en
Feedback
𝗦𝗨𝗠𝗔𝗬𝗬𝗔 𝗕𝗟𝗢𝗚𝗦|| UZUM USTOZ

𝗦𝗨𝗠𝗔𝗬𝗬𝗔 𝗕𝗟𝗢𝗚𝗦|| UZUM USTOZ

Open in Telegram

https://taplink.cc/sumayyablogs 📚 Mentorlik asosida amaliy online kasblar 📦 Uzum Market | Xitoy Biznes | SMM 🎓 3000+ muvaffaqiyatli o‘quvchi 🤝 Hamkorlik: @sumayya_adminkam Kanal linki: https://t.me/+aleBdZrWD_w1ZGIy

Show more
1 614
Subscribers
-624 hours
-297 days
-24230 days
Posts Archive
🔥 AKSIYA! 📦 5 ta komplekt maktab sumkasi – Ryukzak + Shopper + Penal + Krossbody + Hamyon ❌ Eski narx: 249,000 so'm ✅ Hozir
🔥 AKSIYA! 📦 5 ta komplekt maktab sumkasi – Ryukzak + Shopper + Penal + Krossbody + Hamyon ❌ Eski narx: 249,000 so'm ✅ Hozir: 129,000 so'm 💰 Tejash: 48% 🛒 Buyurtma: https://uzum.uz/uz/product/5-ta-komplekt-ametist---282-2991036?skuId=10993012 📢 @uzum_arzon

Assalomu aleykum Xayrli kun go'zallarim Bugun sizlar bilan uzum marketda sezonga qarab sotuvga kirish haqida video dars qilib
Assalomu aleykum Xayrli kun go'zallarim Bugun sizlar bilan uzum marketda sezonga qarab sotuvga kirish haqida video dars qilib bermoqchiman. Bu uchun sizdan kichkina iltimosim bor aktivlikni oshirib menga energiya berishiz kerak😘

Uzumni oʻzida... Uzum Market ilovasining oʻzida ham Xitoydan toʻgʻridan toʻgʻri tovar zakas qilish mumkinligini bilarmidingiz
+1
Uzumni oʻzida... Uzum Market ilovasining oʻzida ham Xitoydan toʻgʻridan toʻgʻri tovar zakas qilish mumkinligini bilarmidingiz !! "No" tomoni tovarni kelishini bir oy kutasiz. Narxlar esa doimiy bozorniki bilan bir xil. Mahsulot yoqmasa, qaytarish imkoni ham mavjud. Sizga qaysi biri qulay: Oʻzingiz zakas qilganingizmi yoki Uzum orqali olishmi?

Bugun nima haqida suhbatlashamiz. Savollaringiz boʻlsa yuboring. Bugun barchasiga javob beraman 👇🫶

Ertalabdan kayfiyatingni koʻtaradigan narsa bu - pul! Uyqudan uygʻonib, kartangizni tekshirsangiz yana pul tushib turibdida,
Ertalabdan kayfiyatingni koʻtaradigan narsa bu - pul! Uyqudan uygʻonib, kartangizni tekshirsangiz yana pul tushib turibdida, bu boshqacha hissiyot. Kechqurun ham savdo boʻlgan boʻladi, tongda ham. Toʻgʻri, bu natijalarga asta erishiladi, sabr qilib, qunt bilan oʻrgangan inson bir oyda ham natijaga chiqadi. Muhimi qatʼiyat va harakat. Fikrimga qoʻshilasizmi, Millionerlarim! Sizni kayfiyatingizni koʻtaruvchi narsa nima?

Qoʻlini koʻtarganlar ancha yigʻilib qolibdi-ku, qizlar? Demak, hamma kutib oʻtiribdi: "Qachon boshlasam ekan? Tavakkal qilsam, kuyib qolmaymanmi?" deb. Keling, ochiqchasiga gaplashamiz. Kuz mavsumi — bu savdoning eng qaynoq, hamma pul ishlaydigan davri. Bu paytda odamlar "sotib olsammi-yoʻqmi" deb oʻylanib oʻtirmaydi, chunki bola maktabga borishi kerak! Forma ham, daftar-ruchka ham majburiy ehtiyoj. Xoʻsh, siz nimadan qoʻrqyapsiz? "Pulim kam, katta doʻkon ocholmayman" — Hozir doʻkon ochish uchun joy ijaraga olish shart emas! Uyda oʻtirib, telefon orqali onlayn doʻkon yuritish davri keldi. "Tovarni qayerdan olaman?" — Xitoydan yoki ulgurji bozorlardan eng xaridorgir oʻquv qurollari, ryukzaklar, kiyim-kechaklarni qidirishni hozir boshlash kerak. Avgust kelganda kech boʻladi. "Eplay olarmikinman?" — Yonimda sizga oʻxshagan necha yillab ikkilanib yurgan, bugun esa oyiga chiroyli daromadga chiqqan oddiy uy bekalari, onajonlar bor. Ular epladi-ku? Qizlar, bu mavsumni ham shunchaki kuzatuvchi boʻlib oʻtkazib yubormang. "Kuz keldi, xarajat koʻpaydi" deb siqilish boshqa, "Mavsum keldi, barakasini bersin!" deb moʻmaygina foyda olish boshqa. Agar rostdan ham shu kuzda daromadingizni yangi bosqichga olib chiqishni istasangiz, reaksiyalarni portlatamiz! 🔥 Keyingi postda biznesni noldan boshlash boʻyicha eng muhim tavsiyalarni ulashaman! 👇

Mavsumlarning "dodajonisi" kelyapti Sezyapsizmi, maktab yaqin. Halitdan bolajonlarimiz qolib onajonlar ertaroq forma qilib qo
Mavsumlarning "dodajonisi" kelyapti Sezyapsizmi, maktab yaqin. Halitdan bolajonlarimiz qolib onajonlar ertaroq forma qilib qoʻyish tarafdori. Eng zoʻri online sotib olayotganlar soni koʻp hozir. Rosti hamda, issiqda kuyib yurmaydi, yoʻlkira sarflamaydi. Xullas, Millionerlarim, tavakkal qilishni hozir ayni vaqti. Oʻquv qurollari, kitoblar bilan ham savdoga kirib doʻkon ochib olish imkoniyati mavjud sizda. Bu deganim kuz mavsumi uchun moʻmaygina daromad va zahira qilib olasiz. Kim haliyam ilkilanyapti, qoʻllaringni koʻtarib yuboringlarchi👇

Bizda oʻz biznesini rivojlantirmoqchi boʻlganlar uchun imkoniyat. Endi siz men bilan bir martalik konsultatsiya olish orqali oʻz biznesingizni yanada rivojlantirib, xatolaringiz bu toʻgʻrilab yuqori daromadga chiqishingiz mumkin. Konsultatsiya davomida tahlil qilamiz, yechim beramiz va kerakli tavsiyalarni beramiz. Batafsil maʼlumot olish uchun adminga yozing

Ijodimga baho beringchi... Canvada tayyorlab, montaj qilingan. Nechchi bahoga arziydi. Siz bularni qaysi biriga kirasiz? Sizga qiziqarli rubrikalar va jonli efir oʻtib bermoqchiman, qaysi mavzu haqida boʻlishini izohlarga yozib keting

ORZULARNI KECHIKTIRISH — O'ZINGNI KECHIKTIRISHDIR! "Keyinroq qilaman...", "Bolalar sal ulg'aysin, keyin...", "Sharoit bo'lsa,
ORZULARNI KECHIKTIRISH — O'ZINGNI KECHIKTIRISHDIR! "Keyinroq qilaman...", "Bolalar sal ulg'aysin, keyin...", "Sharoit bo'lsa, keyin boshlayman..." Tanish gaplar, shundaymi? Ko'pchiligimiz hayotdagi eng go'zal orzularimizni mana shu "keyin" degan yashirin sandiqqa tashlab qo'yamiz. Lekin bir haqiqatni tan olaylik: u sandiq ochiladigan "keyin" degan kun taqvimda yo'q. U hech qachon kelmasligi mumkin... Orzuni kechiktirish — bu aslida o'z baxtingizni, o'z muvaffaqiyatingizni va o'zligingizni kechiktirishdir. Voz kechmang. Boshqalar uchun, sharoit uchun o'z hayotingizni to'xtatib qo'ymang. Hozir, ayni shu soniyalardan boshlab harakat qiling. Buyuk narsalar qilish shart emas — shunchaki kichkinagina bo'lsa ham birinchi qadamni tashlang. ☺️ Bugun qo'rquvni yengib qo'yilgan kichik bir qadam — ertangi katta haqiqatingizdir!

Уз максади учун хар куни уз устида 1 соат ишлаш

Baʼzida oʻylab qolamanda... Hozir ayni nima qilmoqdasiz -Kino koʻryapman -ijtimoiy tarmoqlarni titkilayapman - farzandim bilan bandman - koʻchadamiz - sizning kanalingizni postlarini oʻqiyapman - izohga yoza qolay,. mening variantim yoʻq ekan. Kimniki bilan variantim bir xil ekan

Strategiya oʻzgarsa — natija ham oʻzgaradi! Yaqinda aynan mana shunday muammolar bilan kelgan doʻkonni tahlil qildik. Tovar b
Strategiya oʻzgarsa — natija ham oʻzgaradi! Yaqinda aynan mana shunday muammolar bilan kelgan doʻkonni tahlil qildik. Tovar bor, lekin buyurtma yoʻq edi. Biz nima qildik? 👉Tovarlar kartochkasini va kalit soʻzlarni toʻgʻriladik. 👉Reklama tizimidagi xatolarni bartaraf etib, minimal budjet bilan TOPga chiqardik. 👉Moliyaviy hisobot tizimini yoʻlga qoʻydik. Natija? Doʻkon 1 haftada har kungi stabil sotuvga chiqdi. Bunga erishish uchun oylab vaqt emas, tizimni toʻgʻri tushunish kifoya. Sizda qanday muammolar bor? Bir jonli efir oʻtib bersammikin !? Qanday mavzuda boʻlishini istardingiz👇

Endi boʻladi nasib

Uzumda doʻkonni "choʻktiruvchi" 3 ta asosiy xato. Nega koʻpchilik Uzumda minusga kirib ketyapti? Men oʻz tajribamda (va shogirdlarim amaliyotida) eng koʻp uchraydigan 3 ta halokatli xatoni ajratdim: "Koʻr-koʻrona" tovar tanlash: Bozorda nima trendda boʻlsa, tahlilsiz shuni olib kirish. Natijada tovar omborda qolib ketadi, siz esa saqlash puli toʻlaysiz. Analitika va hisobotning yoʻqligi: Haftalik va oylik sof foyda, xarajatlar va oylik aylanmani hisoblamaslik. "Choʻntakka pul tushyapti, demak foydadaman" deyish — biznesning oxiri. Notoʻgʻri reklama sozlamalari: Ichki reklamani notoʻgʻri yoqib, budjetni havoga uchirish. Reklama tizimida birinchilardan boʻlishning oʻz sirlari bor! Agar shu xatolardan birortasi sizda boʻlsa, doʻkoningiz rivojlanishdan toʻxtaydi! Sizning ham doʻkoningiz bormi , izohlarda yozib qoldiring!