en
Feedback
Kerak bo'ladi

Kerak bo'ladi

Open in Telegram

Bilgan va bilmagan maʼlumotlaringiz.

Show more
1 070
Subscribers
-424 hours
-77 days
-2030 days
Posts Archive
Qora ziyofat (The Black Dinner) — 1440-yilda Shotlandiyada, Edinburg qal'asida sodir bo'lgan. Shotlandiya taxtida yosh qirol
Qora ziyofat (The Black Dinner) — 1440-yilda Shotlandiyada, Edinburg qal'asida sodir bo'lgan. Shotlandiya taxtida yosh qirol Yakov 6 o'tirardi, lekin haqiqiy hokimiyat uning homiylari — Uilyam Krichton va Aleksandr Livingston qo'lida edi. Ular kuchayib borayotgan Duglas xonadonidan xavfsirab, uning boshlig'i — Duglas grafi Uilyam va uning ukasi Devidni Edinburg qal'asiga ziyofatga taklif qilishadi. Ziyofat davomida stolga qora buqaning boshi qo'yiladi — bu o'lim jazosining ramziy belgisi bo'lgan. Shundan so'ng ikki yosh yigit tutib olinib, soxta suddan so'ng qal'a hovlisida boshi kesib tashlanadi. Bu voqea Duglas xonadonining kuchini vaqtincha zaiflashtirish uchun uyushtirilgan siyosiy fitna edi, biroq Shotlandiyada Duglaslarga nisbatan achinish va g'azab uyg'otdi. Bu voqea ko'pincha "Taxtlar o'yini" seriali va kitoblaridagi "Qizil to'y" (Red Wedding) sahnasiga ilhom manbai sifatida tilga olinadi — ikkalasida ham mehmondo'stlik qonunini buzib, xoinlik bilan qatl qilish g'oyasi mavjud. Kerak bo'ladi

Volapyuk (Volapük) — XIX asrda yaratilgan sun’iy xalqaro til. Uni nemis ruhoniysi Iogann Martin Shleyer (Johann Martin Schley
Volapyuk (Volapük) — XIX asrda yaratilgan sun’iy xalqaro til. Uni nemis ruhoniysi Iogann Martin Shleyer (Johann Martin Schleyer) 1879-yilda yaratgan. Asosiy maqsad — turli xalqlar bir-biri bilan oson xalqaro muloqot qilishi uchun umumiy til yaratish edi. Shu jihatdan u keyinchalik mashhur bo‘lgan Esperantoga o‘xshaydi. Bu til asosan Ingiliz, Nemis va fransuz tillari qoshilmasidan tashkil topgan bo'lib, bazi so'zlarni shunchaki qisqartmasida yaratib qoyilgan ( Universiter = Niver) 1879 — Shleyer Valepukni yaratdi. 1880-yillar — Yevropada juda tez tarqaldi. Tilni o‘rganuvchilar va Valepuk klublari paydo bo‘ldi. 1889-yilda Parijda Valepuk bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazilgan. Keyinchalik tilning grammatikasi va boshqaruvi bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelib, harakat zaiflashdi. XX asrga kelib Esperanto Valepukdan ancha mashhur bo‘lib ketdi. “Volapük” so‘zi tilning o‘zida: vol — dunyo pük — til Ya’ni taxminan “dunyo tili” degan ma’noni anglatadi. Kerak bo'ladi

"Soya" fenomeni — Karl Yungning analitik psixologiyasidagi asosiy tushunchalardan biri. Bu insonning o'zi tan olishni istamay
+1
"Soya" fenomeniKarl Yungning analitik psixologiyasidagi asosiy tushunchalardan biri. Bu insonning o'zi tan olishni istamaydigan, ongidan siqib chiqargan yoki bostirgan shaxsiyat qirralari — salbiy his-tuyg'ular, istaklar, xarakter xususiyatlari. Bular jamiyat, tarbiya yoki o'z-o'zini baholash tufayli "yashirin" holga o'tkaziladi, lekin yo'q bo'lib ketmaydi — ongsizlikda saqlanib qoladi. Har bir insonda soya mavjud — bu tabiiy va universal hodisa Odatda achchiqlanish, hasad, o'ch olish istagi, xudbinlik kabi "yomon" deb hisoblangan tuyg'ularni o'z ichiga oladi Ba'zan ijobiy, lekin foydalanilmagan qobiliyatlar ham soyada bo'lishi mumkin Eng qiziq jihati — inson o'z soyasini ko'pincha boshqalarga "proyeksiya" qiladi. Ya'ni o'zida yoqtirmagan xususiyatni boshqa odamda ko'radi va undan g'azablanadi "u odam juda xudbin" deyish, aslida o'zida ham shunday jihat bor. Kim Tanosni yoqtirmagan. Yana qanday soya fenomenlarni bilasiz Kerak bo'ladi

Omikuji- Yaponiyada ibodatxona va ziyoratgohlarda olinadigan, kelajakdagi omad yoki hayotning turli sohalari haqida bashorat
+1
Omikuji- Yaponiyada ibodatxona va ziyoratgohlarda olinadigan, kelajakdagi omad yoki hayotning turli sohalari haqida bashorat va maslahat yozilgan kichik qog‘oz. Omikuji — odatda qutidan tasodifiy olinadigan yoki maxsus usulda tanlanadigan qog‘oz bo‘lib, unda odamning omadi va kelajagi haqida yozuv bo‘ladi. Daikichi — juda katta omad Chūkichi— katta/yaxshi omad Kichi— omad Shōkichi — biroz omad Suekichi— kelajakda omad kelishi Kyō — omadsizlik Daikyō — juda katta omadsizlik Qiziq tomoni shuki, yomon omikuji chiqqanda yaponlar ko‘pincha uni ibodatxona hududidagi maxsus arqon yoki daraxt shoxiga bog‘lab qoldirishadi — go‘yoki omadsizlikni o‘sha yerda qoldirib ketish ramzi. Yaxshi omikuji esa odatda o‘zi bilan olib ketiladi. Omikuji an'anasi Yaponiyada ancha qadimiy bo‘lib, uning ildizlari Xitoydagi tayoqchalar orqali fol ochish an'analariga borib taqaladi. Yaponiyada bunday usul Muromachi davridan (1336–1573) oldin yoki shu davr atrofida mavjud bo‘lgan deb qaraladi. Kerak bo'ladi

Mizdaxkon (Mizdakhan) majmuasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani yaqinida joylashgan qadimiy tarixiy-arxeol
Mizdaxkon (Mizdakhan) majmuasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani yaqinida joylashgan qadimiy tarixiy-arxeologik majmua. U asosan qadimiy shahar xarobalari, maqbaralar va katta qabristondan iborat. Majmuaning ayrim qismlari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Hudud uzoq vaqt davomida muhim madaniy va diniy markaz bo‘lgan. Mizdaxkon nekropoli: Bu yerda turli davrlarga oid juda ko‘p qabrlari va maqbaralar mavjud. Gaur qal’a: Majmua hududidagi qadimiy qal’a-shahar xarobalaridan biri. Mazkur hudud Xorazm sivilizatsiyasi tarixi va zardushtiylik bilan bog‘liq yodgorliklari bilan ham mashhur. 🕌 Mashhur yodgorliklari Mazlumxon Sulu maqbarasi — Mizdaxkonning eng taniqli inshootlaridan. Uning yer osti qismi va g‘ayrioddiy me’moriy tuzilishi sayyohlar e’tiborini tortadi. Mizdaxkon haqida xalq orasida “Qiyomat soati”, ya’ni dunyoning oxiri bilan bog‘liq afsonalar ham mavjud. Chunki maqbaradan har yili 1ta tosh to'kiladi. Bu esa qiyomat soatiga o'ziga hos alluziyadir. Kerak bo'ladi

Craquelure (Krakelyur) — bu eski moy bo'yoq rasmlar yoki keramikada vaqt o'tishi bilan paydo bo'ladigan mayda yoriqlar to'ri,
+1
Craquelure (Krakelyur) — bu eski moy bo'yoq rasmlar yoki keramikada vaqt o'tishi bilan paydo bo'ladigan mayda yoriqlar to'ri, lak yoki bo'yoq qatlami qurishi va qisqarishi natijasida hosil bo'ladi. Sababi bo'yoq va laklar vaqt o'tishi bilan qurib, biroz qisqaradi, lekin ostidagi qatlam qattiqroq bo'lgani uchun yorilib ketadi. Qo'llanilishi eski rasmlarni imitatsiya qilishda, keramika sirlarida (masalan, celadon idishlarda) va zamonaviy dizaynda "antiqa" ko'rinish berish uchun ataylab yaratiladi. Turlari: mayda to'r shaklidagi yoriqlardan tortib, yirik "kaplama" uslubigacha bo'lishi mumkin. Kerak bo'ladi

ALFONS BERTILLON (1853–1914) Bu inson fransiyalik politsiya xodimi, kriminalist va antropolog bo‘lib, jinoyatchilarni ilmiy u
+1
ALFONS BERTILLON (1853–1914) Bu inson fransiyalik politsiya xodimi, kriminalist va antropolog bo‘lib, jinoyatchilarni ilmiy usulda identifikatsiya qilish tizimining asoschilaridan biri hisoblanadi. Alfons dastlab Parij politsiyasida oddiy hujjatlarni yurituvchi xodim sifatida ishlagan. Jinoyatchilar haqidagi ma'lumotlarni tartibsiz saqlash muammosini ko‘rib, ularni aniqroq aniqlash usulini ishlab chiqishga kirishgan. «Bertillonaj» usuli: Bertillon antropometriya asosida odamni identifikatsiya qilish tizimini yaratdi. Unda mahbusning turli tana qismlari, masalan: bosh uzunligi va kengligi; qo‘l va oyoq uzunligi; quloq o‘lchamlari; bo‘y; gavda o‘lchamlari maxsus asboblar yordamida o‘lchangan. Keyin bu ma'lumotlar politsiya kartochkasiga yozilgan. Bundan tashqari, shaxsning yuzidagi o‘ziga xos belgilar, chandiqlar, tatuirovkalar va boshqa belgilar ham qayd etilgan. Bertillonning yana bir katta hissasi — politsiya fotografiyasini standartlashtirish. Mahbus odatda yuzidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yon tomondan (profil) suratga olingan. Bu usul keyinchalik butun dunyoda jinoyatchilarning politsiya fotosuratlari — mugshot sifatida keng tarqaldi. 1892-yilda Parijda anarxist portlashlari sodir bo‘lgan. Bertillonning identifikatsiya tizimi Ravachol nomi bilan tanilgan anarxistni aniqlash va qo‘lga olishda muhim rol o‘ynagan. Bu voqea uning obro‘sini yanada oshirib, tizimining boshqa mamlakatlarda ham qo‘llanilishiga yordam bergan. Bertillonaj o‘z davri uchun juda innovatsion edi, lekin inson tanasining o‘lchamlari orqali odamni mutlaq aniqlash har doim ham ishonchli emas edi. Keyinchalik barmoq izlari (daktiloskopiya) ancha samarali identifikatsiya usuliga aylandi. Kerak bo'ladi

Xoqoniya turkchasi (Qoraxoniylar turkchasi, arab. الخاقانية) — XI–XIII asrlarda Qoraxoniylar davlatida shakllangan qadimgi tu
Xoqoniya turkchasi (Qoraxoniylar turkchasi, arab. الخاقانية) — XI–XIII asrlarda Qoraxoniylar davlatida shakllangan qadimgi turkiy adabiy til bo'lib, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari adabiy tilining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Qorluq-chigil-yag'mo lahjalari asosida shakllangan Arab yozuvida yozilgan Qadimgi turkiy til (run yozuvi davri) bilan keyingi chig'atoy tili orasidagi bog'lovchi bosqich. Bu tilda yaratilgan mashhur asarlar: "Qutadg'u bilig" (Yusuf Xos Hojib, 1069) — hikmatli, ta'limiy doston "Devonu lug'otit turk" (Mahmud Koshg'ariy, 1072–1077) — turkiy tillar lug'ati va qomusiy asar "Hibatul haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) — ta'limiy-diniy asar "Devoni hikmat" (Ahmad Yassaviy) — tasavvufiy she'rlar to'plami (bu asarda Xoqoniya turkchasiga xos xususiyatlar mavjud) Kerak bo'ladi

"Roof knocking" (ing: tomni taqillatish) U asosan Israel Defense Forces tomonidan qo‘llangan harbiy usul sifatida tilga olina
"Roof knocking" (ing: tomni taqillatish) U asosan Israel Defense Forces tomonidan qo‘llangan harbiy usul sifatida tilga olinadi. Bu usulning mohiyati: Havo hujumi uyushtirilishidan oldin binodagi odamlarga ogohlantirish beriladi. Ba'zan telefon qo‘ng‘iroqlari, SMS yoki varaqalar tashlanadi. Shundan so‘ng binoning tomiga kichik, odatda nisbatan kam zarar yetkazuvchi o‘q-dori tashlanib, bu "tezda binoni tark eting" degan signal sifatida ishlatiladi. Bir necha daqiqadan keyin asosiy zarba berilishi mumkin. Bu taktika tarafdorlari uni tinch aholi qurbonlarini kamaytirish maqsadida ishlatilishini aytishadi. Tanqidchilar esa aholi uchun vaqt yetarli bo‘lmasligi, nogironlar, bolalar va keksalar tezda chiqib keta olmasligini ta'kidlaydilar. Xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislar ham bu usulning har bir holatda yetarli ogohlantirish hisoblanishi yoki hisoblanmasligi haqida turli fikr bildiradilar. Qisqacha aytganda, "tomni taqqillatish" — hujumdan oldin binodagilarni ogohlantirish uchun qo‘llanadigan harbiy taktika.

Janubiy Xoch yulduz turkumi (lotincha: Crux) — osmondagi eng kichik, ammo eng mashhur yulduz turkumlaridan biridir. U janubiy
Janubiy Xoch yulduz turkumi (lotincha: Crux) — osmondagi eng kichik, ammo eng mashhur yulduz turkumlaridan biridir. U janubiy yarimsharda joylashgan bo‘lib, xoch shaklini hosil qiluvchi yorqin yulduzlari bilan tanilgan. Asosiy yulduzlari: Acrux, Mimosa, Gacrux, Imai va Ginan. Dengizchilar va sayohatchilar qadimdan undan janub yo‘nalishini aniqlash uchun foydalangan. U Avstraliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya va Braziliya kabi davlatlarning madaniyatida muhim o‘rin tutadi. O‘zbek tilida bu turkum ba'zan "Janubiy But" deb ham ataladi. U O‘zbekiston hududidan ko‘rinmaydi, chunki mamlakatimiz shimoliy yarimsharda joylashgan. Qiziqarli ma'lumot: Janubiy Xoch osmondagi eng kichik 88 ta rasmiy yulduz turkumi ichida eng kichiklaridan biridir. Uning uzun o‘qi janubiy osmon qutbiga ishora qiladi, shu sababli uni ko‘pincha "janubning qutb yulduzi" vazifasini bajaruvchi belgi deb atashadi. Kerak bo'ladi

Vitruviy (Vitruvius) (miloddan avvalgi 80-70-yil – miloddan avvalgi 15-yil) – rim meʼmori va muhandisi. „Meʼmorlik haqida oʻn
+1
Vitruviy (Vitruvius) (miloddan avvalgi 80-70-yil – miloddan avvalgi 15-yil) – rim meʼmori va muhandisi. „Meʼmorlik haqida oʻn kitob“ ilmiy asari bilan tanilgan. Unda shaharsozlik, muhandis-texnik va badiiy masalalar tahlil qilinib, qadimgi ellinistik yunon va rim meʼmorligida toʻplangan nazariy va amaliy tajribalar umumlashtirilgan. Vitruviy traktati XV asrda chuqur oʻrganilib, XVII—XVIII asrlar meʼmoriy order shakllarini yaratishda muhim rol oʻynagan. Leonardo Da Vinci ham ozining Vitruian odamini shu insondan ilhomlanib yaratgan deyiladi Kerak bo'ladi

Jaloliya taqvimi (yoki Tarixi Jaloliy) – Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh topshirig'iga binoan, buyuk shoir va olim U
Jaloliya taqvimi (yoki Tarixi Jaloliy) – Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh topshirig'iga binoan, buyuk shoir va olim Umar Xayyom boshchiligidagi astronomlar tomonidan 1074-1079 yillarda yaratilgan juda aniq quyosh kalendaridir. Quyosh (shamsiy) harakatiga asoslangan bo'lib, yil boshi bahorgi teng kunlik va yangilanish davri bo'lgan Navro'zdan (21-mart) boshlanadi. U Yevropada 500 yildan so'ng qabul qilingan Grigorian kalendaridan ham aniqroq hisoblangan. Unda 1 kunlik xato 5000 yilda bir marta sodir bo'ladi.Asosiy maqsadi: Mavjud taqvimlardagi xatoliklarni to'g'rilash, soliq yig'ish (xaroj) muddatlarini tartibga solish va dehqonchilik ishlarini yil fasllariga aniq moslashtirish uchun isloh qilingan. Jaloliya taqvimi hozirgi zamonaviy Eroniy taqvimning (hijriy-shamsiy) asosi hisoblanadi. Kerak bo'ladi

Kichik sayyoralarga o‘zbek olimlarining nomi berildi 2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘
+2
Kichik sayyoralarga o‘zbek olimlarining nomi berildi 2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo’mitasi (WGSBN) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining ikki nafar olimi - Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomlari ikki kichik sayyora ̶ asteroidga berilgani ma’lum qilindi. Yangi nomlar WGSBN Bulletenining 6-jild, 11-sonida e’lon qilindi. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi. Ma’lumot o‘rnida: Avvalroq bu ikki olim NASAning sayyoraviy modofaa tajribasi doirasidagi faol ishtiroki va hissasi uchun NASA tomonidan “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlangan edilar.

Shtirlits — sovet yozuvchisi Yulian Semyonovning kitoblari va ularning mashhur ekranlashtirishlari, xususan, "Bahorning o‘n y
Shtirlits — sovet yozuvchisi Yulian Semyonovning kitoblari va ularning mashhur ekranlashtirishlari, xususan, "Bahorning o‘n yetti lahzasi" teleseriali qahramoni bo‘lgan afsonaviy sovet josusidir. Uning haqiqiy ismi — Maksim Maksimovich Isayev Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasida SD (xavfsizlik xizmati) shtandartenfyureri bo‘lib xizmat qilgan Asl maqsad: Fashistlar Germaniyasi oliy doiralarida josuslik qilish, maxfiy ma'lumotlarni to‘plash va Sovet Ittifoqiga yetkazish. Shaxsiyati: Intellektual, ehtiyotkor, sovuqqon va o‘ta professional razvedkachi. Qahramon nafaqat filmlarda, balki postsovet hududidagi xalq yumorining asosiy qahramonlaridan biriga ham aylangan (ko‘plab "Shtirlits latifalari" mavjud). Sotsionikada "Shtirlits" deb ishbilarmon, maqsadga intiluvchan, tashkilotchi va atrofidagilarning qulayligini ta'minlaydigan tip ham ataladi. Kerak bo'ladi

Karachay ko'li Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida, Janubiy Ural tog'lari yaqinida, Qozog'iston chegarasiga yaqin joylashgan.
Karachay ko'li Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida, Janubiy Ural tog'lari yaqinida, Qozog'iston chegarasiga yaqin joylashgan. Bu ko'l 1951–1953-yillar oralig'ida u yerga tashlangan yadroviy qurollar va boshqa radioaktiv chiqindilar tufayli Yer yuzidagi eng ifloslangan joylardan biri hisoblanadi. Ko'l avvalroq yadroviy chiqindilarni saqlash inshooti sifatida foydalanilgan, hozirda esa u bo'sh betonlar bilan to'ldirilgan bo'lib, doimiy radioaktiv chiqindilarni saqlash omboriga aylantirilgan. Ko'ldagi radioaktiv chiqindilar ekologik muammo tug'diradi hamda havo va yer osti suvlarini ifloslantiradi. Ko'lning nomi turkiy "qorachoy" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "qora ariq" yoki "qora suv" degan ma'noni anglatadi. Kerak bo'ladi

Bikfort simi (inglizcha Bickford fuse) — bu portlovchi moddalarni (masalan, dinamitni) ma'lum bir vaqt oralig'ida, xavfsiz ma
Bikfort simi (inglizcha Bickford fuse) — bu portlovchi moddalarni (masalan, dinamitni) ma'lum bir vaqt oralig'ida, xavfsiz masofadan turib portlatish uchun mo'ljallangan yondiruvchi shnur. Uni ingliz ixtirochisi Uilyam Bikford 1830 yilda ixtiro qilgan. Kerak bo'ladi

Repost from ⁿᵒ ᶠᵃᵒˡ
#fakt O'NILL SILINDRI Bu kosmosda millionlab insonlarning Yer atmosferasidagidek erkin va xavfsiz yashashi uchun moʻljallanga
+2
#fakt O'NILL SILINDRI Bu kosmosda millionlab insonlarning Yer atmosferasidagidek erkin va xavfsiz yashashi uchun moʻljallangan ulkan sunʼiy koinot stansiyasi (koloniyasi) loyihasidir. Ushbu gʻoya 1976-yilda amerikalik fizik Jerard O'Nill tomonidan oʻzining "The High Frontier: Human Colonies in Space" kitobida taklif qilingan. Loyiha tuzulishi quyidagicha:
• Tizim bir-biriga bogʻlangan va teskari yoʻnalishda aylanadigan ikkita ulkan silindrdan iborat. Teskari aylanish stansiyaning koinotda muvozanat saqlashini taʼminlaydi (groskopik effektni neytrallaydi). • Har bir silindrning diametri taxminan 8 kilometr, uzunligi esa 32 kilometr boʻlishi koʻzda tutilgan. Bunday ulkan maydonda bir necha yuz mingdan bir necha milliongacha odam yashay oladi. • Kosmosdagi eng katta muammo — vaznsizlik odam salomatligiga zarar yetkazadi. O'Nill silindri oʻz oʻqi atrofida daqiqasiga taxminan 1,4 marta aylanadi. Bu aylanish natijasida hosil boʻladigan markazdan qochma kuch silindrning ichki devorlarida huddi Yerdagidek tortishish kuchini (1g) his qilishni taʼminlaydi. Odamlar silindrning ichki devori yuzasida tik turib yura oladilar. • Silindr ichi boʻylama boʻylab 6 ta teng chiziqqa boʻlinadi: 3 tasi shaffof ulkan derazalar (oynalar) va 3 tasi yashash uchun moʻljallangan quruqliklar (yer maydoni). Quruqlik qismida huddi Yerdagidek tuproq, daraxtlar, daryolar, koʻllar, uylar va shaharlar barpo etiladi. Odamlar yuqoriga qaraganida osmonni emas, silindrning qarama-qarshi tomonidagi yer maydonini koʻrib turishadi. • Silindrning tashqarisida ulkan harakatlanuvchi oynalar (koʻzgular) oʻrnatiladi. Bu koʻzgular Quyosh nurini ichkariga yoʻnaltiradi yoki toʻsib qoʻyadi. Koʻzgularni ochib-yopish orqali stansiya ichida sunʼiy ravishda 24 soatlik kunduz va tun almashinuvi, hatto yil fasllari yaratiladi.
Boshqa sayyoralarni (masalan, Marsni) oʻzlashtirishdan koʻra O'Nill silindrining afzalligi shundaki, undagi tortishish kuchi, atmosfera bosimi va iqlim inson biologiyasiga moslab 100% nazorat qilinadi. Bunday megastrukturalarni qurish uchun materiallarni Oy yoki asteroidlardan qazib olish rejalashtirilgan. Ushbu gʻoya koʻplab ilmiy-fantastik asarlarga, jumladan, mashhur "Interstellar" filmining yakunidagi kosmik stansiya hamda "Mass Effect" oʻyinidagi Citadel stansiyasi koʻrinishiga asos boʻlgan. @no_faol

NEKROKRATIYA: O'liklar hokimiyati Grekcha nekros — „oʻlik“ va kratos — „hokimiyat“, yaʼni „oʻliklar hokimiyati“ ma'nosini ber
NEKROKRATIYA: O'liklar hokimiyati Grekcha nekros — „oʻlik“ va kratos — „hokimiyat“, yaʼni „oʻliklar hokimiyati“ ma'nosini beruvchiu bu atama vafot etgan sobiq rahbar rasman davlat boshligʻi deb tan olinishi va mamlakat hamon uning qonun-qoidalari bilan boshqarilishini anglatuvchi siyosiy tizimni anglatadi. Bunday tuzumda amaldagi hukumat tirik rahbarlardan iborat bo'lsa-da, ular barcha qarorlarni oʻlgan yetakchining „irodasi“, „gʻoyalari“ yoki „merosi“ asosida qabul qiladilar va o'zlarini shunchaki uning ijrochilari deb hisoblaydilar. Bunga eng yorqin misol albatta Shimoliy Koreya. Zamonaviy siyosatshunoslikda Shimoliy Koreya (KXDR) dunyodagi yagona amaldagi nekrokratiya deb tan olinadi. 1994-yilda vafot etgan mamlakat asoschisi Kim Ir Sen 1998-yildagi Konstitutsiyaga koʻra, respublikaning „Abadiy Prezidenti“ deb eʼlon qilingan. 2011-yilda vafot etgan uning oʻgʻli Kim Chen Ir esa Koreya Mehnat partiyasining „Abadiy Bosh kotibi“ va mamlakatning „Abadiy raisi“ maqomini olgan. Amaldagi rahbar Kim Chen In mamlakatni rasmiy Prezident sifatida emas, balki Davlat ishlari raisi va bobosining „gʻoyalari davomchisi“ sifatida boshqaradi. Nekrokratiya elementlari qadimgi sivilizatsiyalarda ham kuzatilgan. Qadimgi Misr va Inklar imperiyasida Vafot etgan firʼavnlar yoki hukmdorlarning mumiyalari muqaddas sanalgan. Maxsus xizmatkorlar va kohinlar oʻsha mumiyalar qarshisiga kelib, goʻyoki oʻlik hukmdorning „irodasini tinglashgan“ va davlatni shunga qarab boshqarishgan. Tibet va Butan (XVII asr) oʻrtasidagi urushlar davrida Butan asoschisi Shabdrung Ngavang Namgyal vafot etgani raqiblar bilib qolmasligi uchun salkam 30 yil davomida yashirilgan. Davlat uning nomidan chiqarilgan farmonlar bilan boshqarib turilgan. Kerak bo'ladi

Ba‘zi afsonalarning yakuni baxtli tugamaydi! Ha bugun ko‘zingda alamli ko‘z yoshlar senga bu safar ham kubokni ko‘tarish nasi
Ba‘zi afsonalarning yakuni baxtli tugamaydi! Ha bugun ko‘zingda alamli ko‘z yoshlar senga bu safar ham kubokni ko‘tarish nasib qilmadi ammo... Sen butun dunyo futbol muhlislarini ikki qutbga bo‘linishiga sabab bo‘lgan ikki insondan birisan. Sen ortingdan yuz millionlab odamlari futbol uchun ergashtira olgan o‘zga sayyoraliksan. Ba‘zi afsonalarning yakuni baxtli tugamaydi. Ammo ular abadiy afsonaligicha qoladi. Rahmat barchasi uchun C.R 7.

Jadid atamasi. Bugungi kunda ko’pchilik o’zini yoki boshqa ko’zga ko’rinayotgan blogger yoki xalq tanigan insonlarni jadid deb atashmoqda. Jadidchilik aslida qanday harakat? Jadid deganda kimni tushinishimiz kerak? Hozir shu mavzuda biroz suhbat quramiz. Tarixchi Boymirza Hayit o’z maqolasida jadidchilik 19-asrda emas undan avvalroq boshlanganini aytadi. O’sha asrlarda butun musulmon dunyosida eski tartib, eski monarxiya tizimi asta-sekin zamon bilan tenglasholmay qolayotgandi. Shu sabab Usmonli imperiyasida, Hindiston va boshqa musulmon o’lkalarida ta’lim va siyosiy yangilanish g’oyasi olg’a surila boshladi. Ular Ovrupadagi yangilanishga ko’r-ko’rona taqlid qilmadilar. Ziyo Ko’kalp buni juda tiniq ajratib beradi. “Turklashmoq, Islomlashmoq, Zamonaviylashmoq” asarida u: zamonaviylashmoq ovro’poliklar kabi zirhlilar, avtomobillar, uchoqlar yasab, ularni ishlata bilmoqdir, suratda, ko’rinishda ovro’poliklarga o’xshab olmoq emas deb yozadi. Bu g’oyalardan ta’sirlangan Ismoilbey G’aspirali Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschisi bo’ldi. Ismoilbey 1883-yilda Bog’chasaroyda “Tarjimon” gazetasini chiqara boshladi, 1884-yilda esa yangi usuldagi maktabni ochdi. Uning shiori: “Tilda, fikrda, ishda birlik” edi. “Tarjimon” gazetasi butun Rossiya musulmonlariga, jumladan Turkistonga tarqaldi va mahalliy ziyolilarga ta’sir qildi. Bu ziyolilar Muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy, Hoji Muin, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxon, Is’hoqxon To’ra Ibrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir va boshqalar. Eski maktabda bola arab harflarini yodlab, ma’nosini tushunmay Qur’onni takrorlar, savod chiqarishga bir necha yil ketardi. Yangi usulda esa tovushga asoslangan metod bilan bola bir necha oyda o’qishni o’rganardi, dars ona tilida borar, din yonida geografiya, hisob, tabiat bilimi ham o’qitilardi. Shu maktabni yoqlaganlar “jadid”, eski usulni himoya qilganlar esa “qadimchi” deb atalardi. Keyinroq bu harakat ta’limdan matbuot, teatr, jurnalistika, milliy uyg’onish va siyosatga kengaydi. Jadidlar muayyan tarixiy dastur ta’lim islohoti, milliy ong, Islom bilan zamonaviylikni murosaga keltirish tarafdori edi. Ular yangi usul maktablarini ochdilar, darsliklar yozdilar, gazeta-jurnallar chiqardilar, milliy teatrni yaratdilar (boshida teatrda ayollar ishtirok etmagan), xayriya jamiyatlari tuzdilar, yoshlarni Istanbul va boshqa shaharlarga o’qishga yubordilar. Maqsad xalqni ma’rifat orqali uyg’otish, Islom bilan zamonaviy bilimni uyg’unlashtirish edi. Modern dunyo qarashdagi ziyolilar bo’lsin yoki islomiy dunyo qarashdagi ziyolilar bo’lsin mana shu xalqni marifat orqali uyg’otish g’oyasi atrofida birlashdilar. Jadidlik - kasb emas, u zamon talabidir deydi tarixchi Bahrom Irzayev. Bugun jadidchilik harakati batamom tugatilgan. Bu harakatning maqsadi qanchalik amalga oshdi buni baholash qiyin. Lekin bugun ular kurashgan ilmsizlik illati hali-hamon oldimizda turibdi. Bu harakatning ikkinchi to’lqini balki yuqorida aytganimiz bloggerlar orqali bo’lar bilmadim lekin faqat blog yuritub bo’lmasligi aniq. Ko’proq mehnat va sifatli ish qilinishi kerak.