cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

AYOLLAR HAYOTI

AYOLLAR UCHUN FOYDALI QOʻLLANMA REKLAMA VA TAKLIFLAR UCHUN 👇 @irodaa_adminka

Show more
Advertising posts
197
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Vikipediyaʼning yozishicha, AQShda birinchi bo‘lib matodan tayyorlangan tagliklarni Maria Allen 1887 yilda ishlab chiqara boshlagan. Bizga tanish suyuqlikni shimib oluvchi modda esa 1984 yildan tagliklarda ishlatila boshlagan. Demak, hozirgi tagliklar 35 yillik tarixga ega. Tagliklarning mintaqamizga kirib kelganiga esa 20 yillar bo‘lgan bo‘lsa ham, qaynonalar va kelinlar o‘rtasida ularning zarari borasida 2 xil qarashlar mavjud. Eng ko‘p tarqalgan gap – tagliklarning o‘g‘il bolalar reproduktiv sistemasiga ta’siri haqida. Ya’ni, bir martalik taglikda katta bo‘lgan bolalar farzand ko‘ra olmaslik xavfi bor, degan qarashlar mavjud.Aslida ham shundaymi? Zararning asosiy sababi – taglik ostida harorat ko‘tarilib, moyaklarning urug‘lar (sperma) ishlab chiqarishiga ta’sir qilish deyiladi. Dunyoda ham bu borada unchalik ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Germaniyada 48 nafar bolalar bilan tajriba o‘tkazilgan. Ularga 24 soat davomida bir martalik va paxta matodan bo‘lgan taglik kiydirib harorat o‘lchanganda, tabiiy bo‘lmagan taglikda 1 gradus balandroq natija ko‘rsatilgan. Bu xavotirlanishga sabab bo‘la oladimi?Katta yoshdagi erkaklarning moyaklari harorati yuqoriligi farzand ko‘rishlariga salbiy ta’sir qilishi ilmiy isbotlangan. Ilmiy izlanishni olib borgan Germaniyaning Kiyel universiteti pediatr endokrinologi doktor Parchning yozishicha, bir martalik tagliklardan foydalanganda moyaklar harorati ko‘tarilgani isbotini topgan. Lekin, bu rivojlanib kelayotgan moyaklarga ta’sir ko‘rsatadimi, yo‘qmi noaniq. Nyu-Yorkdagi Stoni Bruk universiteti urolog professori doktor Larri Lipshirtz esa “chaqaloqlarning keyinchalik spermaga aylanadigan hujayralari boshqa hujayralar kabi oddiy va ular issiqdan ta’sirlanmaydi” deydi. Gap shundaki, moyaklar faqat voyaga yetgan bolalarda sperma ishlab chiqarishni boshlaydi. Shuning uchun, yoshligida bir martalik tagliklar ishlatilgan bolalar ulg‘aygach, farzand ko‘rish ehtimoli past bo‘ladi, degan xulosa to‘g‘ri emas. Ustiga-ustak, bir martalik taglik ishlatmagan bolaning ozroq e’tiborsiz qolishi, ayniqsa qishning sovuq kunlarida shamollashga olib keladi.Onalarning yana bir xavotiri taglikka o‘rgangan bolalar hojat chiqarishini boshqara olmay qolishidir. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, bolalar 22-30 oylik bo‘lganlaridagina miya hojat chiqarish funksiyasini boshqara boshlaydi. Demak, shu yoshdan keyin bolalarni tuvakka o‘rgatishimiz mumkin ekan. Zamonaviy kashfiyotlar hayotimizni osonlashtirish uchun o‘ylab topilgan. Taglik ishlatmasdan doimiy kir yuvishdan charchagan, asabiy onadan ko‘ra, taglik ishlatib asablari joyida bo‘lgan, oilasiga vaqti yetarli bo‘lgan ona kichkintoy uchun yaxshiroq. Faqat tagi quruq bo‘lishi uchun bolani doimo beshikda yotqizishimiz ham bolaning ruhiy va fiziologik rivojlanishiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun har bir ishda o‘zimiz va farzandimiz uchun ma’qulini tanlashimiz lozim.
Show all...
Birgina o‘pich farzandimni o‘zgartirdi O‘g‘lim huquqshunoslik fakultetida talaba edi. Men u bilan juda ko‘p tortishib qolardim. Biror bir kun uni koyishdan, u bilan gap talashishdan xoli o‘tmas edi. Oxiri toqatim toq bo‘lib o‘z o‘g‘limni ko‘rganda bezillaydigan bo‘lib qoldim. Uning ham menga munosabati bundan yomon bo‘lsa, yomon ediki, yaxshi emasdi. O‘g‘lim bilan o‘rtamizdagi sovuqchilikka sabab bo‘layotgan narsa uning darslariga beparvoligi edi. Bir kuni kechasi xonasining oldidan o‘tayotib eshigining qiya ochiq qolganiga ko‘zim tushdi. Ichkariga qarasam, o‘g‘lim ustini yopmay uxlab qolibdi. Xonasiga kirdim-da, ustini yopib, eshik tarafga qarab yurdim. Eshik dastasini ushladim hamki, birdan o‘g‘limni o‘pib qo‘yish xayolimga keldi. Orqamga qaytib o‘g‘limni o‘pdim. Ha, peshonasidan o‘pdim-da chiqib ketdim. Ertalab o‘g‘limning kayfiyati yaxshi, o‘zini tutishi ham boshqacha edi. Avvalgi qovoq uyish, qo‘rs-qo‘polliklari bugun negadir yo‘q edi. Menga salom berib oldimga o‘tirdi. Birga nonushta qildik. Shundan keyin o‘g‘lim kun sayin men bilan yaxshi muomala qiladigan va darslarini o‘z vaqtida bajaradigan bo‘lib qoldi. Xulqi go‘zallashdi. Men bu holatdan ajablanib ehtimol Alloh taolo bechora onasining duolarini ijobat qilgan bo‘lsa kerak deb xulosa qildim. Lekin bir kuni bu katta o‘zgarishning sirini onasidan eshitib bildim. O‘g‘lim onasiga aytgan gaplarini qanday bo‘lsa, shundayligicha aytib bera qolay: “O‘sha kecha otam xonamga kirganlarida uxlamagan edim. Shunchaki, ular bilan gaplashmaslik uchun o‘zimni uxlaganga solib yotgandim. Otam tepamga asta kelib, meni uxlayapti deb o‘ylaganlari uchun uyg‘otib yubormay deya ohista harakatlar bilan ustimni yopdilar. Keyin eshik tomon yo‘naldilar. Xonamdan tashqariga yo‘nalgan qadam tovushlari meni xotirjam qildi. Chunki o‘sha paytda otamni ko‘rishni ham, u kishi bilan gaplashishni ham xohlamasdim. Ular ham huddi shunday meni yomon ko‘radilar deb o‘ylardim. Lekin o‘sha kecha mening his-tuyg‘ularimni tamoman o‘zgartirib yubordi. Otam orqaga qaytib peshonamdan o‘par ekan, qalbimning tub-tublaridan bir nimalar to‘lqinlanib ketganini his qildim. Men tushundimki, otam meni yomon ko‘rmas ekanlar, balki men ahmoq u kishi haqlarida doimo noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan ekanman. Men o‘sha kechani xatolarimni anglab, yig‘lab o‘tkazdim. Yig‘lar ekanman, endi bundan buyon yaxshi tarafga o‘zgarishga, otamga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishga qaror berdim”. 📚Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining “Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq” kitobidan

00:21
Video unavailableShow in Telegram
Chiroyli yamoq solishni oʻrganamiz🪡 @Ayollar_Hayoti🍀
Show all...
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Siz ham shunday bukishni bilasizmi 🤩 @Ayollar_Hayoti🍀
Show all...
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Obraz sizga yoqdimi?😍 #makiyaj https://t.me/Ayollar_Hayoti
Show all...
00:09
Video unavailableShow in Telegram
Sviterlarni yigʻishtirish vaqti keldi😇 https://t.me/Ayollar_Hayoti
Show all...
00:54
Video unavailableShow in Telegram
🌙Qurʼon oyi, Ramazon keldi! ✨Ramazon muborak boʻlsin! https://t.me/Ayollar_Hayoti
Show all...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
😃 Kiyimlarni taxlash boʻyicha yana bir layfxak! https://t.me/Ayollar_Hayoti
Show all...
00:33
Video unavailableShow in Telegram
👶🏻Yangi tugʻilgan chaqaloqlarni tinchlantirish uchun ajoyib usul! 🤱🏻Bolani shunday holatda koʻtarish, uni anchayin xotirjam qiladi. https://t.me/Ayollar_Hayoti
Show all...