Yondaftardan
Open in Telegram
Qalbingizni gullating - Insonlar sizda Islomni topsin. Tajribasiz yozuvchi qizning ijodxonasi Ehtiyot bòling, ilmga muhabbatingiz oshish xavfi bor. Postlar manba bilan olinsin !
Show more1 315
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-6330 days
Posts Archive
1 315
#tarjimasi
Otaning qizini nikohi oldi kuyovga aytgan so'zlari :
Senga qizimni turmushga berdim , ko'zimning qorachig'ini , qalbimning ruhini , o'zgarishlarsiz sevganimni , umrim bilan jipslashgan rafiqimni, qalblarni sevgisiga to'ldirganimni, kichik bo'lishiga qaramasdan kelayotgan rizqim sababchisini, kichkina bo'lishiga qaramasdan otasining onasini, Allohning izni ila jannatga boshlovchi yo'limni, kunduzlari Quyoshimni , tunlari Oyimni turmushga beryabman.
@yondaftardan
1 315
Shaqqus sodr ya’ni koʻksidan shaytonning nasibasini olish hodisasi hamma paygʻambarda yuz bergan ammo Hazrati Maryam va Muso alayhissalomlarda bu voqea boʻlmagan.
Boisi, Maryamning onasi Hannaning qilgan ushbu duolari sababdir.
Maryam to tugʻilguniga qadar, onalari “ Robbim albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga Shaytonir rojiymdan panoh tilarman” dedi.
@yondqftardan
1 315
Hozirgi yoshlar juda ajoyib…
Ular olimlarga, milliarderlarga biror sogada muvaffaqiyat qozonganlarga havas qilishadi kuzatishadi “voy, voy” lashni biladi HOLOS!
Ammo ulardan men oʻtib ketaman, ularni ham mendek bitta boshi, ikki koʻz, qulogʻi boʻlgan deb filrlamaydi. Hali men bulardan ham katta ishlar qilaman deb, maqsad qoʻymaydi…
Yoʻq, yoʻq, maqsad qoʻymaydi desam, yolgʻon boʻladi. Maqsad qoʻyadi… Lekin (Harakat qilmaydi, niyatlar boʻgʻizda qolib ketgan zamindamiz shekilli)))
1 315
Haqiqat!
Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtingizni sarflar ekansiz tayyor turing siz choʻkyabsiz!lnstagram, telegram, you tobe, tiktok kabilarda “maza qilgan” vaqtlaringizda siz tengilar oʻqib yo ishlab yoki biror sohada sizdan ancha oldinlab “maza” qilishgan! .
Yutkizgan esa har doim Siz boʻlib qolaverasiz, chunki siz ijtimoiy tarmoqlar qaramisiz !
Sizdan oldinlab ketganlar esa kelajakda sizni boshqaradi !
@yondaftardan
1 315
Insonim Hasan 🌟
Mehribon doʻstim, akamjonim Hasan,
Ham qarindosh, ham qadrdonim Hasan.
Xoʻp samimiy, begʻubor-u benazir,
Sohibi xulqi hasan, jonim Hasan.
Aqli ilm-u maʼrifat oshuftasi,
Fikri irfon, qalbi Qurʼonim Hasan.
Jonima koʻrsa musibat nayzasin,
Turguchi yonimda qalqonim Hasan.
Ismidan zotiga nisbat onchakim,
Muhsin-u hasson-u ehsonim Hasan.
Volidaynimdan tabarruk yodgor,
Ustixonim, goʻshtim-u qonim Hasan.
Yo Ilohiy, ber unga umri fuzun,
Ofiyat, izzat, sharaf-shonim Hasan.
To Hasan boʻlmay Husayn topmas vujud,
Hoy-u siyn-u nunim, insonim Hasan.
✍️ Husaynxon Yahyo Abdulmajid
21.10.2025
Istanbul
Sinvonim* Husayn 🌟
Mushfiqim, ulfat, ukamjonim Husayn,
Chin qorindoshim, jigarjonim Husayn.
Gar tilovat etsa, koʻngillar asir,
Aylasa inshod, xushxonim Husayn.
Soʻzlasa, dillar erib, vijdon turar,
Ul masihanfos suxandonim Husayn.
Vaʼzi aql-u ruhga zoʻr ozuqadir,
Koʻzga nur-u, dilga darmonim Husayn.
Totdi yoshlikdan necha dard-u alam,
Misli Ayyub dardga polvonim Husayn.
Qalbi yonmish doimo Haq ishqida,
Boʻldi elga shamsi tobonim Husayn.
Boʻyla oʻngi ichida, botinparast,
Sidq-u siddiq, mehri pinhonim Husayn.
Bitsa ashʼor, boʻysunar vazn-u aruz,
Sursa barmoq, sheri davronim Husayn.
Fiqh-u tafsir-u hadis, ilmi suluk,
Fors, arab tilga bilimdonim Husayn.
Yoʻq akam, oʻtmish otam, ketmish onam,
Mahv etibdir barcha armonim Husayn.
«Yo»si tasgʻirdan emas, taʼzim uchun,
Oxir-u sobiq Sulaymonim Husayn.
Soʻzlasam vasfin tamom, topmas tamom,
Boʻlgusi eng yaxshi dostonim — «Husayn».
Yo Rab, et umrin uzun, jismin butun,
To abad boʻlsin mening yonim Husayn.
Jonim ul «yo»i xitobidan tirik,
Olsa, illo olgusi jonim Husayn.
Bu Hasan boʻlmish Husayn birlan butun,
Xon-u monim, juft-u sinvonim Husayn.
✍️ Hasanxon Yahyo Abdulmajid
28.10.2025
AQSH
Izoh: «Sinvon» bir ildizdan chiqqan ikkita xurmo daraxti. U aka-uka, tugʻishgan, oʻxshash, monand maʼnolarini anglatadi. Soʻzning tuzilishi ikkilik siygʻasiga monand boʻlgani bois, asli bir boʻlib, bir-birini tutib, toʻldirib turgan egiz, juft, oʻxshash narsalarga ishlatiladi.
Bu soʻz Qurʼoni karimda kelgani bilan ham ahamiyatli.
©️Farohiy
@yondaftardan
1 315
Tog' bo'lsang qor yog'ar boshinga.
Gul bo'lsang ham tanangda tikon.
Kuchinga yarasha yuklar yuk.
Iymonga yarasha imtihon.
@ Mahbubiy
@yondaftardan
1 315
Kim aytdi sizlarga Universitetda faqat kattalar oʻqiydi deb ?
“Tugʻilib-la oʻqiyotganlar bor😁 ))”
1 315
Ba‘zi siyrat kitoblarida Rosulullohni qo‘llari guldek mayin, iforlari atirguldanda xushboʻy deb, ta‘riflar kelgan...
Har doim gulni ko‘rsam ko‘zimni yumib ushlayman va uzoq nafas olib hidlayman...
Va tasavvur qilaman 🥲
Hamma gulni har xil ma‘noda sevadi..
Aynan mana shu hisni his qilish uchun ham gullarni juda yaxshi ko‘rsam kerak. Go‘yo Rosulullohga eng o‘xshash..,
bizning davrgacha yetib kelgan topilmadek, qarayman (vooy deb o‘zimda yo‘q hursand bo‘laman).
Siz gulni hidlarmidingiz yo Gul sizni hidlarmidi Yo Rosululloh ...
@yondaftardan
1 315
Hayotimizdagi aksariyat muammo Til sabalidir.
Nomahram ayol tili bilan, shirin gapirdi, erkakni fikri buzildi.
Til bilan er ayolini tahqirladi, ayol undan voz kechdi.
Til sabab, er ayolini talog‘ini berdi.
Til sabab, farzandlar ota-onaga oq bo‘ldi.
Til sabab fahsh ishlar tarqaldi, beodobchilik yoyildi.
Til sabab nechta ayol baxtsiz, necha erkak oilasiz, necha bolalar ota-onasiz qoldi.
Til sabab qatldan ham yomon fitnalar chiqdi.
Qarg‘ish, tuxmat, yolg‘on, g‘iybat, tovlamachilik, maddohlik, dilozorlik, barchasi tildan chiqdi.
Bir parcha go‘sht nechta insonni hayotini parokanda qildi.
Bir parcha go'sht yo tiriltiradi, yo o'ldiradi.
Tafakkur qiling, Alloh harom qilgan narsadan tilimizni tiyaylik.
Aynan mana shu a‘zo Yo oxiratimizni obod qiladi yo barbod.
Tilni isloh qilish o‘z-o‘zidan dilni ham isloh qilishdir.
Tilning buzuqligi, qalbning qoraligidandir.
Xolid ibn Validni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) bir kishi juda qattiq so‘kib gapirdi. Ammo Ular indamaydilar va so‘ngida,
"Bu sening kitobing uni istaganingcha to‘ldir" deb javob qaytaradilar.
Biror joyga borsangiz o‘zingizga
" Nega boryabman ?" Yoki
"Menga manfaatlimi ? "
deb savol berasiz.
Iltimos biror so'z gapirishdan oldin ham, ushbu savolni o‘zingizga bering.
Nega buni gapiryabman?
Menga manfaatlimi ?
Zararimga hujjatmasmi ? deng.
So‘nggi so‘zim : Yelkangizdagi sizning kitobingiz, uni istaganingizcha to'ldiring ❗️
@yondaftardan
@yondaftardan
1 315
Repost from Yondaftardan
Bu hayotdagi eng kòp Zolim insonlar
" Yaxshi" insonlar bòlarkan...
Keling buni sababini yozaman, siz esa òqing.
Hammani kòngliga qaraydi, òzini kòngli bilan esa òzini ham atrofidagilarini ham ishi yòq.
Òz kònglini - O'zi Zolimi
Hammani òta yaxshi kòradi, bor-u, yòģini bòlishadi. Vaqtini, miyyasini birovlarning muammolarini eshitishga yoki yechim topishga ketkizadi. Hammaga "Haloskor" bo'lishga majburdek yashaydi.
Lekin òzi muammoga duchor bòlsa atrofidagilar " bilmagandek" beparvodek termuladi. Hamdardlikdan boshqasiga yaramaydi.
Òz vaqtini - Òzi Zolimi
Yaqinlarim meni deb ģamgoh bòlmasin deya, kòz yoshlarini yashiradi, achchiq-tiziģ gaplarini kòtaradi, xatolarini kechiradi va hech nima bòlmagandek unutadi...
Òz qadrini - Òzi Zolimi
Òzi bergan mehrga munosib javob ololmay, hafa bòladi, oģrinadi, yiģlaydi, asabiylashadi.
Òz soģligini - Òzi Zolimi
Bir sòz bilan aytganda Ular...❤️🩹
ZOLIM ham Òzi
MAZLUM ham Òzi....
@yondaftardan
