Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlar va ma'naviyat
Open in Telegram
Samarqand temir yo‘l texnikumi yoshlari bilan amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bag‘ishlangan kanal
Show more983
Subscribers
-324 hours
-37 days
-2430 days
Posts Archive
#qizlar_majlisi
👧 2024-yilning 14-mart kuni Samarqand temir yo'l texnikumi Xotin-qizlar kengashi raisi B.F.Narzullayeva tomonidan texnikumida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida qizlarga ichki-tartib qoidalar, kiyinish madaniyati, jamoat joylarida o'zini tutish odobi tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, qizlarning muammo va takliflari eshitildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram
#Zakovat
📌 2024-yilning 13-mart kuni Samarqand temir yo'l texnikumi psixologi J.G‘.Islomov hamda boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqovlar Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi ""Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsasida texnikum o‘qituvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yinini tashkil etildi.
Dastlabki o‘yinlarda 512, 513 va 514-guruh jamoalari bellashishdi.
Murosasiz bahslarga boy kechgan o'yinda barcha jamoalar faollik ko'rsatib savollarga yuqori aniqlikda javob yo'llashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram
🌸 8-март халқаро хотин - қизлар байрами билан табриклайман...
Сизни хеч қачон бахорий гўзаллик тарк этмасин, юзингиздан кулгу лабингиздан табассум аримасин.
#Osiyo_malaklari
📅 2024-yilning 5-mart sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, texnikum xotin-qizlar kengashi faol a'zolari, topshiriqlarni bajaruvchi inspektor L.Qarshiyeva, uslubchi B.V.Suyunovalar hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘quvchi qizlar o‘rtasida "Osiyo malaklari" ko‘rik-tanlovini tashkil etishdi.
Tadbirda qizlar 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Shartlar davomida qizlarning zukkoligi, pazandaligi va ijodkorlik qobilyatlari hakamlar tomonidan munosib baholanib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra
1-o‘rin - Itolmasova Durdona 521-guruh
2-o‘rin - Boboniyozova Marjonabonu 528-guruh
3-o‘rin - Pardayeva Nigina 111-guruh
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
---------------------Telegram-----------------
Samarqand temir yo'l texnikumi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy rolik.
#yovvoyi_tabiat_kuni
⚡ Joriy yilning 4-mart kuni Samarqand temir yo'l texnikumi psixologi J.G'. Islomov, boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqovlar "3-mart - Yovvoyi tabiatni asrash kuni" munosabati bilan "Yovvoyi tabiatni asrashga barchamiz mas‘ul" mavzusida davra suhbati tashkil etishdi. Tadbirda yig‘ilgan o'quvchilarga bugungi kunda yo‘q bo‘lib ketish arafasida bo‘lgan o‘simlik turlari va hayvonlar to‘g‘risida ma‘lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijtimoiy rolik namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram
Samarqand temir yo`l texnikumi boshlang`ich tashkiloti tomonidan Zulfiya Isroilova ijodiga bag`ishlab tasvirga olingan videorolik.
#Ochiq_dars
📅 2024-yilning 1-mart sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, 119-A guruh rahbari A.A.RAximov va guruh o‘quvchilari 1-mart atoqli o`zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi va yaqinlashib kelayotgan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Bahor gullaridan yaralgan ona" mavzusida ochiq ma'naviyat soati tashkil etishdi.
Diltortar raqslar va kuy-qo`shiqlarga boy o`tgan tadbirda, shoira ijodidan namunalar namoyish etilish bilan bir qatorda, onalarimizni tarannum etuvchi chiqishlar ham o`zgacha joziba kasb etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
---------------------Telegram-----------------
#profilaktik_suhbat
👮♂️ 2024-yilning 29-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov "Ziyokorlar" MFY profilaktika inspektori F.Xolbekov bilan hamkorlikda texnikum o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat tashkil etishdi. Tadbir davomida har bir guruhlar kesimida targ‘ibit tashviqot ishlari tashkil etilib, o‘quvchilar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar va ularning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
----------Telegram ---------
##IT_Park
💻 Joriy yilning 29-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi psixologi J.G‘.Islomov, yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, uslubchi B.V.Suyunova hamda texnikum axborot bo‘limi yetakchi mutaxassisi X.O‘ktamovlar tomonidan StartUP g‘oyalar va innavatsion texnalogiyalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati va Samarqand temir yo'l texnikumida yangi tashkil etilgan "IT CYBER ACADEMY" o‘quv markazining taqdimotini tashkil etildi. Tadbirda IT-Park Samarqand Start Up loyihalari bo‘yicha bosh menejiri B.S.Toshboyev, "IT CYBER ACADEMY" o‘quv markazi direktori M.Y.Toshmatov, dasturchilar M.To‘raqulov va A.Kazakovlar ishtirok etishib, o‘quvchilarga yurtimizda IT texnalogiyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma‘lumotlar berib o‘tishdi. O‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan aniq javoblar olishdi va yangi o‘quv markaziga ekskursiya tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram
#profilaktik_suhbat
👮♂️ 2024-yilning 28-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov tomonidan Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-fevraldagi 3/5-4/1-1005-sonli xati ijrosini ta‘minlash maqsadida 1-bosqich o‘quvchilari uchun "Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar tarqalishi va iste‘molining oldini olish maqsadimiz" mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga Samarqand shahar TXTB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori podpalkovnik J.Burxonov va leytenant R.Sultonovlar taklif etildi. Tadbir avvalida o‘quvchilarga hujjatli film namoyish etildi. Shundan so'ng soha mutaxassislari yig‘ilgan o'quvchilarga muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan ma‘lumotlar berib borish asnosida, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
----------Telegram ---------
#Zulfiya_tavalludiga_109_yil
📖 Joriy yilning 28-fevral kuni Samarqand temir yo'l texnikumi psixologi J.G‘.Islomov, boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, texnikum uslubchisi B.V.Suyunova hamda ARM xodimi G.A.Hamidovalar hamkorlikda 1-mart atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun munosabati bilan ochiq dars tashkil etishdi.
🌹 Bahor va sevgi kuychisi Zulfiyaning hayot yo‘li, qoldirgan ijodiy merosi haqida fiklar almashildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan shoira ijodidan o‘rin olgan she‘rlardan namunalar taqdim etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
---------------Telegram--------------
DIQQAT E`LON
IT ga doir bilmagan savollarizga javob olish uchun maxsus imkoniyatni qo`ldan boy bermay desangiz
IT Cyber Academy hamda Samarqand Temir Yo`l Texnikumi hamkorligi asosida 29-Fevral 11:00 da Kelajak kasblari va IT ni qay holatda o`rganish bo`yicha masterclass trening darsi tashkil etilmoqda.
Ushbu darsda Texnikumda tahsil olaydigan barcha talaba yoshlar va o`qituvchilar hamda IT ga qiziqadigan yoshlarni taklif etib qolamiz.
Bog'lanish uchun telefonlar:
📞 +998 94 487 44 37
📞 +998 88 579 53 00
📞 +99890 606 70 43
Manzil: Samarqand shahar ibn xoldun ko`chasi 79-uy
Mo`ljal: Tramatologiya yonida
Telegram | Instagram
Repost from N/a
DIQQAT E`LON
IT ga doir bilmagan savollarizga javob olish uchun maxsus imkoniyatni qo`ldan boy bermay desangiz
IT Cyber Academy hamda Samarqand Temir Yo`l Texnikumi hamkorligi asosida 29-Fevral 11:00 da Kelajak kasblari va IT ni qay holatda o`rganish bo`yicha masterclass trening darsi tashkil etilmoqda.
Ushbu darsda Texnikumda tahsil olaydigan barcha talaba yoshlar va o`qituvchilar hamda IT ga qiziqadigan yoshlarni taklif etib qolamiz.
Bog'lanish uchun telefonlar:
📞 +998 94 487 44 37
📞 +998 88 579 53 00
📞 +99890 606 70 43
Manzil: Samarqand shahar ibn xoldun ko`chasi 79-uy
Mo`ljal: Tramatologiya yonida
Telegram | Instagram
#Ochiq_dars
📅 2024-yilning 23-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov, Murabbiylar kengashi Sh.Sh.Mirzanova, texnikum uslubchisi B.V.Suyunova, 116 - guruh rahbari B.T.Xalilov va guruh o‘quvchilari "Besh tashabbus" mavzusida ochiq ma'naviyat soati tashkil etishdi.
Tadbirda yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e‘tibor, ularning yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar turli xil chiqishlar bilan yoritib berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
---------------------Telegram-----------------
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temur Poyonov Samarqand shahriga tashrifi doirasida Markaziy Harbiy okrugda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Samarqand temir yo'l texnikumi boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov boshliq texnikum o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
---------------Telegram--‐----------
🗣 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temur Poyonov Samarqand shahridagi Yoshlar markazida yoshlar muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilib, ochiq muloqotda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda takliflarni bildirishdi.
🇺🇿 Uchrashuv yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temur Poyonov tomonidan Samarqand viloyat Kengashi raisiga zamonaviy qulaylilarga ega xizmat mashinasi topshirildi.
Obuna bo‘lish majburiy emas! 👉 @Samarqand_live
#jaholatga_qarshi_marifat
⚡2024-yilning 22-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi rahbariyati tomonidan texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun Samarqand viloyat Din ishlari bo‘yicha qo'mitaning rahbari S.M.Boymurodov, Samarqand viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimi X.K.Yeshmuradovlarni taklif qilingan holda "Jaholatga qarshi ma‘rifat" shiori ostida "Yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar ta‘siridan saqlash, ekstremizm va missionerlikka qarshi kurashish" mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir avvalida o‘quvchilarga "Tinchlik qadri" nomli hujjatli film namoyish etildi. Shundan so'ng mutaxassislar tomonidan o'quvchilarga mafkuraviy hurujlar, turli xil yot g'oyalarga berilmaslik, taqiqlangan mazmundagi materiallardan foydalanmaslik, telefondan oqilona foydalanish ko‘nikmalari, jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalari, mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan ma'lumotlar berib o'tildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram
#ochiq_eshiklar_kuni
🏢 2024-yilning 20-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi yoshlar yetakchisi Sh.Y.Xoliqov hamda yoshlar uslubchisi B.V.Suyunovalar umumta'lim maktabi o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etishdi. Samarqand shahahridagi 49-maktab o‘quvchilari tashrif buyurgan mazkur tadbirda, o‘quvchilarga texnikumda yaratilgan sharoitlar, o‘quv va amaliyot xonalari, dars jarayonlari va qabul parametrlari haqida ma'lumotlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
------------------Telegram-------------
