Abdukhalil- filtrsiz :)
Open in Telegram
Fikrlarimiz bir xil boâlmasa - tabiiy holat! YouTube kanal: https://youtube.com/@abdukhalil Instagram: https://instagram.com/abdukhalilreal
Show more976
Subscribers
-224 hours
-47 days
-1430 days
Posts Archive
#bilganizbilgan
Norvegiya eng shinam qamoqxonalari bilan mashhur.
Bastoy qamoqxonasida mahbuslar Maldiv orollari uslubida qurilgan shaxsiy katejda saqlanarkan. Ularga istagan sport turi bilan shugâullanishga sharoit ham bormish.
âNelegalâ ishlamoqchi bölganlar uchun foydali maâlumotda endi buyam ))
@abdukhalilreal
Ăzbekiston Amazoni Uzum böladi shekilli. Ăzim e-commerceâda ishlaganim uchun, kuzatishimcha Kapitali juda kuchli.
1)Bemalol katta chegirmalar ommaviy bera olyapti, yaâni investitsiyasi yaxshi
2) LinkedInâda ayrim ishchilarini kördim, juda kuchli xalqaro darajadagi mutaxassislar
P.S.: rasm muallifini bilmayman
@abdukhalilreal
Endi haligi⊠ilojsizlikdan Interga muxlislik qilib oâtirganlar bormi yoki hamma eskitdan M-Citymi? )
@abdukhalilreal
2017-yil yoz oylarida, issiqda, öqishga topshirayotgan abituriyentlar bilan jonbozlik körsatib test yechib ötirganim esimga tushdi. Ăqishga topshirishdagi jiddiy shiddatning oxirgi yili edi adashmasam.
Hozir, ösha temp yöqolgandak nazarimda, öqishga kirish âhayot-mamotâ bölmay qoldi.
Yoki, men 6000 km uzoqqa borvolib, özimcha faylasuflik qilyapman ))
@abdukhalilreal
Hayotning oltin qoidasi haqida eng qisqa film
- Hayotda Meâyorida harakat qilib tursang, bir joyda turaverasan.
- Umuman harakat qilmasang, orqaga ketasan
- Oldinga yurish uchun esa, qiynalishing, koâproq harakat qilishing kerak.
P.S.: Caseyning shu videosiga qoil qolaveraman.
Doâstlariz bilan ulashing!
@abdukhalilreal
Faqat sayohatga kontent qilaman shekilli. Blog yuritayotgnalar va ziyrak kuzatuvchilar yaxshi biladi, baâzida shunchaki âpost joyladimmi-joyladimâ uchun post joylashtiramiz. Sababi, algorithm muntazamlikni yaxshi köradi. Endi faqat rostan kayf qilsam, özim 10 marta körib zerikmaydigan bölsam keyin video joylayman. YouTubeni ham sogâindi odam đ
@abdukhalilreal
Mana masalan ekologiya muammosi tufayli qarib ketgan Muyassar rasmi hech kimga qiziq emas, oârniga makiyajdan qarib ketgan haligi qiz boâlganda bormi ))
âAktivâdagi paradoks
Chetdagi hayot haqida blog yuritayotkan vatandoshlarimiz kuchli paradoks haqida aytib ötishyapti. Yaâni, blogdan bosh daâvo âbilim ulashishâ, lekin auditoriya yengil mavzuni yaxshi hazm qiladi. Sodda qilsam:
* Intelektual kontent (bunda kuzatuvchiga foyda bor) asli layk bosib, repostga arziydi. Lekin, doim ham unday bölmaydi.
* Haligi qizdi rasmi yoki videosi (bunda aqlli kuzatuvchiga foyda yöq) portlaydi. Sariqbolakuya hammayoqdi âsargâaytiribâ qöydi )
Umumiy eng yuqori nuqtadan qarasak, baribir ham foydali kontent ishqibozlari kundan-kun ortib boryapti deb oâylayman, yoki menga shunaqa tuyulyaptimi?
@abdukhalilreal
Aka yevropada sunâiy intelekt rivojlanib kettiyu endi nima boâladi deganlar uchun ekan bunisi )
@abdukhalilreal
Apple hozirgina yangi revolutsion boâlishi kutilyotgan Vision Pro gadjetini namoyish qildi. Vahima qilyapti demangu, borgan sari insonni aqli va tanasiga ega chiqishyapti. Oddiy telfonga tobeligimiz qanchayu, endi bu ochkilar nimaga qodirligini tasavvur qiling.
Gadjet sotuvga 2024-yil boshida, $3449 dan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Ungacha qoâylarni boqib semirtirib tursak boâladi )
@abdukhalilreal
âBiz köp gösht yeyyapmizâ
Oxirgi payt ekologiya va suv haqida özbek segmentidagi ijtimoiy faollar va aktivistlar ancha jonbozlik körsatishyapti. Chindan toza havo va ichimlik suvi bilan bogâliq jiddiy maummolar yaqin emas, ancha yillardan beri allaqachon mavjud. Agar tabiyatni asrashga eâtibor kundan kun kuchayib borsa, navbat hayvonlarga yetib keladi va bir paytlar âbiz köp gösht yeyyapmizâ degan akaxonni gapi dolzarb mavzuga aylanadi.
IMHO
P.S.: videoda 21 yoshli Zuhra va 35 yoshli Muyassar rasmi. Parijdagi orolyböyi muammosiga bag'ishlangan forumda olgandim. Ekologiya muammosi tufayli bu ayollar afsuski qarib ulgirgan :(
@abdukhalilreal
Vizametrikda avgustga joylar ochildi. Bu yerda navbat olishiz mumkin.
@abdukhalilreal
Bularga aniq bir nima bölgan
Bugun nemis hamkasblar bilan suhbatda bildim, Olmoniyada âburnout leaveâ bor ekan. Yaâni ish joyizda köp ishlab, jismonan yoki ruhan toliqib qolsangiz, energiyangizni qayta tiklab olgunizcha dam olishiz mumkin ekan. Bir necha kun emas, xatto oylab. Oyligizi tölab berisharkan shunda ham.
âMazzayu, nimaga dam olishmayapsan?â debman.
âNazariy jihatdan imkoni bor buni tög'ri, lekin vijdon bilan hisob kitobchi?â dedi, uyaldim.
Nega gâirromlikka bunchalik örganib qolganmiz, ehh⊠Oddiy, svetafor qizil chirog'ida töxtab turolmaymizuâŠ
Bular odam emas. Biz ham odam bölib qolarmiz.
@abdukhalilreal
Yevopada (Turkiyada ham) öz mamlakat bayroqlarini istalgan joyga osishadi. Inson qandaydir tuygâu xis qiladi shu bayroqlarni körganda. Vatan tuygâusi darsidan tasirliroq deb öylayman. Bizda ham bu narsaga ruxsat berilishi kutilmoqda ekan.
Manba
@abdukhalilreal
đ©đȘNemislarda maqol bor:
Wer A sagt, muss auch B sagen.
Tarjimasi: A ni aytgan, B ni ham aytishi kerak.
Maânosi: Biror taklif bilan chiqsang, uni qanday amalga oshirishni ham ayt. Zarur boâlsa, oâzing amalga oshir.
P.S.: oâzbegimni eng sevimli mashgâuloti - taklif berish )
#bilganizbilgan
@abdukhalilreal
Bitiruvdagi farq
Rivojlangan, taâlim sifati yuqori bölgan mamlakatda bitiruvchilar amallab öqishni tugatib, mustaqil hayotga yaqinlashganiga xursand bölishadi.
Bizda esa döstlardan, ustozlardan uzoqlashish, âbekorchilikâ davri tugab, masâuliyatni xis qilish payti kelganiga 99% xafagarchilik, yigâi-sigâi.
P.S.: bu mening shaxsiy tahlilimâŠ
@abdukhalilreal
Bir soat oldin, men ishlaydigan firma âHead of Financeâ - Moliya bölim boshligâi ishdan olindi. U kishiga 2024-yil Noyabr oyigacha, har oy 11.000⏠(12.000$ atrofida) kompensatsiya tölasharkan. Ishdan haydash, jiddiy sabab (kompaniya siriga hiyonat, janjal kötarish kabi) bölsagina osonroq kechadi. Aks holda, shunchaki âyoqmayâ qolgani uchun haydash, juda qimmat turadi.
P.S.:Ishdan haydalgilaring keladiye bularni qonun qoidalari oldida )
@abdukhalilreal
Ertaga köplar birinchi sevgisidan ayriladigan kun, ishanoring )
@abdukhalilreal
