en
Feedback
To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali

Open in Telegram
1 191
Subscribers
-424 hours
-197 days
-6130 days
Posts Archive
⚡️⚡️⚡️Natijani e'lon qilamiz! 11-sinf o'quvchisi Yoqubjonov Muhammadyusuf o'z yo'nalishida mavjud fanlarning barchasidan sert
+4
⚡️⚡️⚡️Natijani e'lon qilamiz! 11-sinf o'quvchisi Yoqubjonov Muhammadyusuf o'z yo'nalishida mavjud fanlarning barchasidan sertifikatlarni qo'lga kiritdi va 189 ballga ega bo'ldi. Muhammadyusuf mavjud sertifikatlar: Matematika A Ingliz tilidan IELTS 6.5 Tarix C+ Ona tili C+ ⚡️189 ballni qo'lga kiritgan yuqori sinf o'quvchilari soni 23 tani tashkil etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

Bolalar huquqlari portali – huquqingizni bilasizmi? 📢 Hurmatli o‘quvchilar! O‘z huquq va majburiyatlaringizni qiziqarli va i
+3
Bolalar huquqlari portali – huquqingizni bilasizmi? 📢 Hurmatli o‘quvchilar! O‘z huquq va majburiyatlaringizni qiziqarli va interaktiv tarzda o‘rganishni istaysizmi? ✅ Unda sizlarni “Bolalar huquqlari portali” bilan tanishishga chorlaymiz! Ushbu portal orqali: 🔹 Bolalar huquqlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz; 🔹 Huquqiy o‘yinlar va testlar orqali bilimlaringizni sinab ko‘rasiz; 🔹 Qiziqarli videolar va animatsion materiallarni tomosha qilasiz; 🔹 Huquqiy savodxonligingizni oshirasiz; 🔹 Qonunlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirasiz. 📚 Huquqiy bilim – kelajakdagi muvaffaqiyatingiz poydevoridir! 👨‍🎓 Azizu o‘quvchilar, bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalanib, ushbu portal imkoniyatlaridan keng foydalaning va huquqlaringizni bilgan holda mas’uliyatli fuqaro bo‘lib voyaga yeting! 🌐 Portal manzili: bolahuquqlari.uz

💐 “Ma’naviyat yetakchisi” – Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlangan ma’naviy safar
🇺🇿 Respublika tanlovi ishtirokchilari uchun ilk manzil Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. U yerda ular yurtimizning boy ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy faoliyati va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tajriba almashish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun yangi g‘oya va tashabbuslar manbai bo‘ldi.
Shundan so‘ng “Renessans” oromgohida Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovida kuch sinashdilar. Bu shunchaki bellashuv emas, balki yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan haqiqiy ilhom va fidoyilik darsi bo‘ldi.
✅ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Natijada eng sara yetakchilar aniqlandi: 🥇 I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna (Andijon shahridagi Prezident maktabi) 🥈 II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna (Nukus shahridagi Prezident maktabi) 🥉 III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi)
✨ “Hurmatli tanlov ishtirokchilari va g‘oliblar! Sizlar ma’naviyat sohasida haqiqiy yetakchilik namunasini ko‘rsatdingiz. Sizlarning mehnatingiz va fidoyiligingiz yosh avlod tarbiyasida muhim poydevordir. Bunday tadbirlar ta’lim muassasalarida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviyatni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barchangizga katta muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilayman!” — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 #infografika 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilg
#qabul_2026 #infografika   🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli muhim ma'lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.  ☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Shukronalik va quvonch hissi bilan... Bugun men uchun unutilmas kunlardan biri bo‘ldi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar
+5
Shukronalik va quvonch hissi bilan... Bugun men uchun unutilmas kunlardan biri bo‘ldi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ma’naviyat yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdim.
Avvalo, meni doimo qo‘llab-quvvatlagan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyatiga, hamkasblarimga va yaqinlarimga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bu yutuq faqat meniki emas, balki To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasining birgalikdagi mehnati, direktorimiz Nodirbek Qodiraliyevichning fidoyiligi va tashabbuskorligining natijasidir. Oldimizda yanada ulkan maqsadlar va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Ushbu e’tirof menga yanada katta kuch va ilhom bag‘ishlaydi. Barchangizga bildirilgan ishonch va ezgu tilaklar uchun rahmat! Hurmat bilan, Umarov Qobiljon Abdug‘offorovich To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

💐 “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi ✨ Joriy yilning 10–12-iyun kunlari “Renessans” bolalar sog
+9
💐 “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi ✨ Joriy yilning 10–12-iyun kunlari “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovining yakuniy bosqichi hamda seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. ✨ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi tajribasi va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Yakunda quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi: 🥇 I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna (Andijon shahridagi Prezident maktabi); 🥈 II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna (Nukus shahridagi Prezident maktabi); 🥉 III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi).
Uch kun davom etgan seminar-treninglarda ishtirokchilar zamonaviy liderlik ko‘nikmalari, notiqlik san’ati, volontyorlik faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini boyitdilar. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Savol: MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QANDAY BO'LADI? 📚 Kirish imtihonlari bir bosqichda test shaklida o'tkaziladi. 5-, 6-, 7-sinflar uchun Matematika fanidan – 30 ta test Ingliz tili fanidan – 15 ta test 8-, 9-, 10-sinflar uchun Algebra fanidan – 12 ta test Geometriya fanidan – 8 ta test Fizika fanidan – 10 ta test Ingliz tili fanidan – 15 ta test 📝 Jami: 45 ta test (5–7-sinflar) va 45 ta test (8–10-sinflar). ⚠️ Eslatma: Imtihon ruxsatnomasi imtihondan kamida 3 kun oldin o‘quvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Unda imtihon manzili, guruhi va o‘rni ko‘rsatiladi. 📅 Hujjatlar qabuli 4-iyunda yakunlandi.

#imtihon Ixtisoslashtirilgan maktab va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirigan maktab Namangan filialiga o'qishga kirish bo'y
#imtihon Ixtisoslashtirilgan maktab va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirigan maktab Namangan filialiga o'qishga kirish bo'yicha imtihonlar haqida ma'lumot. Ma'lumot uchun imtihonlar iyun oyining oxirgi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihon bo'yicha ma'lumotlarni telegram kanalimizda yoritib boramiz. www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#Attestatsiya_2026 📚 9-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan attestatsiya boshlandi Bugun maktabimizda 9-sinf o
+4
#Attestatsiya_2026 📚 9-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan attestatsiya boshlandi Bugun maktabimizda 9-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari boshlandi.
📝 Attestatsiya jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, shaffof hamda adolatli muhitda tashkil etildi. O‘quvchilar tarix fanidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
🇺🇿 O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganish yosh avlodda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha o'quvchilarga attestatsiya sinovlarida muvaffaqiyat, yuqori natijalar va omad tilaymiz! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#Qabul_2026 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari soddalashtirilgan, shaffof va qulay qilib tashkil etilmoqda.
Yangi o‘quv yilida 9 ta ixtisoslashtirilgan va 11 ta muhandislik maktabi ochiladi.
➡️ 5 500 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi uchun joy yaratiladi; ➡️ 700 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Agentlik tomonidan 1-maydan boshlab 1206 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirilgan. Hozirgi kunga qadar 51 mingga yaqin qo‘ng‘iroq qabul qilingan va ularga to‘liq ma’lumot berilgan.
Hujjatlar onlayn tarzda — my.gov.uz va ariza.piima.uz platformalari orqali qabul qilinmoqda.
Sport, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi uchun hujjat qabuli: 15-may — 4-iyun kunlari mobaynida 383 mingdan ortiq hujjat topshirildi.Prezident maktablari uchun: hujjatlar qabuli 25-maydan boshlangan bo‘lib, 14-iyunga qadar davom etadi. ✅Ma'lumot uchun: tizimdagi ba'zi maktablarga hujjatlar qabuli 8-iyundan 15-iyunga qadar uzaytiriladi.
Bu yil ariza topshirish jarayoni 3 qadamgacha qisqartirilgan.
➡️ Talabgorlarning vaqti o‘rtacha 15 daqiqagacha tejalgan; ➡️ Keraksiz hujjatlar va byurokratik to‘siqlar bekor qilingan. 🖌 Imtihonlar 15-iyundan 31-iyulgacha butun respublika bo‘ylab 121 ta katta sig‘imli binoda tashkil etiladi. Jarayon ochiqlik, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

💐 “Ma’naviyatni yuksaltirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam tayanchidir!” 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim m
💐 “Ma’naviyatni yuksaltirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam tayanchidir!” 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va sport ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Tanlov davomida ishtirokchilar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatdagi ilg‘or tajribalari, innovatsion loyihalari, samarali boshqaruv yondashuvlari va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan tashabbuslarini maxsus platforma orqali taqdim etdilar.
📍 Hududlar bo‘yicha g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ✅ Begmuratova Zoya Asamaddinovna — Nukus shahridagi Prezident maktabi; Andijon viloyati ✅ Rustamova Rushana Baxramjonovna — Andijon shahridagi Prezident maktabi; Buxoro viloyati ✅ Kamolova Muharram Komil qizi — Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Jizzax viloyati ✅ Yusupova Ma’mura Sayfullayevna — Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi; Qashqadaryo viloyati ✅ Shodmonov O‘ktam Rustamovich — Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; Navoiy viloyati ✅ Qilicheva Manzura Kamolitdinovna — Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Namangan viloyati ✅ Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich — To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Samarqand viloyati ✅ Sattorova Marg‘uba Abdiraxmonovna — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Samarqand filiali; Surxondaryo viloyati ✅ Safarov Sunatillo G‘ayratovich — Termiz shahridagi Prezident maktabi; Sirdaryo viloyati ✅ Mamatxalikova Tursunoy Raxmonberdiyevna — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi; Toshkent viloyati ✅ Kojamkulova Dinara Amantayevna — O‘rta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Farg‘ona viloyati ✅ Dexkonova Lolaxon Axmedovna — Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi; Xorazm viloyati ✅ Seytirzayeva Iroda Seyitnazarovna — Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; Toshkent shahar ✅ Usmonov Adxamjon Abduraxmonovich — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
💐 Hududiy bosqich g‘oliblarini samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga Respublika bosqichida yuksak natijalar, yangi zafarlar va munosib g‘alabalar tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Savol: MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QANDAY BO'LADI? 📚 Kirish imtihonlari bir bosqichda test shaklida o'tkaziladi. 5-, 6-, 7-sinflar uchun Matematika fanidan – 30 ta test Ingliz tili fanidan – 15 ta test 8-, 9-, 10-sinflar uchun Algebra fanidan – 12 ta test Geometriya fanidan – 8 ta test Fizika fanidan – 10 ta test Ingliz tili fanidan – 15 ta test 📝 Jami: 45 ta test (5–7-sinflar) va 45 ta test (8–10-sinflar). ⚠️ Eslatma: Imtihon ruxsatnomasi imtihondan kamida 3 kun oldin o‘quvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Unda imtihon manzili, guruhi va o‘rni ko‘rsatiladi. 📅 Hujjatlar qabuli 4-iyunda yakunlandi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga kirish bo'yicha imtihonlar haqida ma'lumot.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga kirish bo'yicha imtihonlar haqida ma'lumot.

Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi. Bugun maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan yakuniy davlat im
+5
Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi. Bugun maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan yakuniy davlat imtihonlari o'tkazildi.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, shaffof hamda adolatli muhitda tashkil etildi. O‘quvchilar yil davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Maktab jamoasi barcha bitiruvchilarga yakuniy imtihonlarda omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyatlar tilaydi. Ishonamizki, o‘quvchilarimiz o‘z bilimlari va mehnatlari samarasini munosib natijalar bilan namoyon etadilar.
🍀 Aziz bitiruvchilar! O‘z kuchingizga ishoning, xotirjamlikni saqlang va bilimlaringizni ishonch bilan namoyon eting! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#Qabul_2026_2027 🏫 TO‘RAQO‘RG‘ON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA QABUL DAVOM ETMOQDA! 📢 Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! ⏳ Hujjat topshirish muddati yakunlanishiga atigi 1 kun qoldi! 🗓 Hujjatlar 2026-yil 4-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. ✅ Qabul shtabi shanba va yakshanba kunlari ham, dam olishsiz faoliyat yuritmoqda. 📌 Hujjatlarni onlayn yoki maktabimizga tashrif buyurib,ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. ⚡️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Farzandingizning ixtisoslashtirilgan maktabda ta'lim olishi uchun hujjatlarni belgilangan muddatda topshiring. 📍 Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi! 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ☎️ +998 94 302 86 82 ☎️ +998 97 256 78 84 ☎️ +998 99 976 36 98 🔹 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — kelajak sari ishonchli qadam! 🌐 www.ttim.uz 📲 Telegram | Facebook | YouTube

Repost from N/a
#E'lon 9 va 10 sinf o'quvchilaridan Ingliz tilidan kamida CEFR B2 sertifikati bor o‘quvchilar uchun navbatdagi "Dekabr IELTS 7+" guruhiga start beramiz. Teacher: Ozodbek Target: dekabr oyi, Target result: IELTS 7+ Joylar soni: 10 ta ( agar nomzodlar ko‘p bo‘lsa mock asosida saralab olinadi). Ro'yhatdan o'tish 5 iyun juma kuniga qadar. Ro‘yhatga yozilish uchun⬇️ @lightfuture1 999763698

Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi. Bugun maktabimizning 9-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan yakuniy
+4
Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi. Bugun maktabimizning 9-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihonlari o'tkazildi.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, shaffof hamda adolatli muhitda tashkil etildi. O‘quvchilar yil davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Maktab jamoasi barcha bitiruvchilarga yakuniy imtihonlarda omad, yuqori natijalar va muvaffaqiyatlar tilaydi. Ishonamizki, o‘quvchilarimiz o‘z bilimlari va mehnatlari samarasini munosib natijalar bilan namoyon etadilar.
🍀 Aziz bitiruvchilar! O‘z kuchingizga ishoning, xotirjamlikni saqlang va bilimlaringizni ishonch bilan namoyon eting! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#Qabul_2026_2027 🏫 TO‘RAQO‘RG‘ON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA QABUL DAVOM ETMOQDA! 📢 Hurmatli ota-onalar va aziz o‘q
#Qabul_2026_2027 🏫 TO‘RAQO‘RG‘ON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA QABUL DAVOM ETMOQDA! 📢 Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! ⏳ Hujjat topshirish muddati yakunlanishiga atigi 4 kun qoldi! 🗓 Hujjatlar 2026-yil 4-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. ✅ Qabul shtabi shanba va yakshanba kunlari ham, dam olishsiz faoliyat yuritmoqda. 📌 Hujjatlarni onlayn yoki maktabimizga tashrif buyurib,ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. ⚡️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Farzandingizning ixtisoslashtirilgan maktabda ta'lim olishi uchun hujjatlarni belgilangan muddatda topshiring. 📍 Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi! 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ☎️ +998 94 302 86 82 ☎️ +998 97 256 78 84 ☎️ +998 99 976 36 98 🔹 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — kelajak sari ishonchli qadam! 🌐 www.ttim.uz 📲 Telegram | Facebook | YouTube