To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali
Open in Telegram
1 191
Subscribers
-424 hours
-197 days
-6130 days
Posts Archive
+9
NAMANGANDA “JASORAT MAKTABLARI” GA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi, Namangan davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litsey, Olimpia va paraolimpia sport turlariga tayyorlash markazi, Barkamol avlod sport majmuasi binolarida umumta’lim maktablarining 4 – sinfini tamomlagan 2872 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
◀️ Ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida tashkil etilgan sinovda qatnashchilar matematika fanidan 30 ta, ona tili fanidan 20 ta test topshiriqlarini yechishi lozim boʻladi.
➖ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar 2-bosqichda jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishi talab etiladi.
🔴Namangan viloyatidagi 14 ta “Jasorat maktablariga” 364 ta kvota oʻrni ajratilgan boʻlib, har bir sinfda 26 nafardan oʻquvchi oʻqishi belgilangan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🎓 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING 5-SINFI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI 29-IYUN KUNI 2 SMENADA TASHKIL ETILADI
Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfiga jami 109 560 nafar talabgor o‘quvchi hujjat topshirgan.📌 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida 5-sinf uchun hujjat topshirgan talabgor o‘quvchilar soni imtihon o‘tkaziladigan binolarning umumiy sig‘imidan oshib ketganligi sababli: 🖱️ Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlaridan hujjat topshirgan talabgorlar Urganch shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida; 🖱️ Quva tumanidan hujjat topshirgan talabgorlar Andijon shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida kirish imtihonlarini topshiradilar. 🔴 Maʼlumot uchun, mazkur talabgor o‘quvchilar hujjat topshirgan boshqa (Prezident, Jasorat, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar) maktablarning imtihonlarini o‘z hududidagi belgilangan binolarda topshiradilar. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
🖱️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 7-, 8-, 10-sinflar;
🖱️ Muhandislik maktablari, 7-, 8-, 9-, 10-sinflarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Muhandislik maktablariga hujjat topshirgan talablardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so'raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 DIQQAT, HURMATLI O‘QUVCHILAR VA OTA-ONALAR!
📅 27-IYUN kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
🕗 1-smena
08:00 – 09:45
📘 7-sinf (Aniq fanlar)
🕛 2-smena
12:00 – 13:45
📗 9-sinf (Aniq va tabiiy fanlar)
⚠️ Eslatma!
Imtihonga kelayotgan har bir o‘quvchi o‘zi bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishi shart:
✅ Imtihon uchun ruxsatnoma
✅ Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (asl nusxasi)
⏰ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin belgilangan manzilga yetib kelishingiz tavsiya etiladi.
🌟 Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
Ishonch, xotirjamlik va puxta tayyorgarlik sizni muvaffaqiyat sari yetaklasin!
www.ttim.uz
Telegram | Facebook | YouTube
📌To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qonunchilikdagi yangi o’zgartirishlar yuzasidan tushuntirish ishlari tashkil etildi
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2026-yil 26-iyundagi 03-23-1513-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida pedagog xodimlar ishtirokida targ’ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
🔹 Targ’ibot davomida:
✅ qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlar pedagoglarga tushuntirildi;
✅ giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi;
✅ yoshlarni zararli illatlardan asrashda ta’lim muassasasi, oila va jamiyat hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🎯 Mazkur tadbir pedagoglarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ta’lim muassasasida sog’lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
www.ttim.uz
Telegram | Facebook | YouTube
#qabul_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning:
🖱️ 6-sinfiga (aniq fanlar yo‘nalishi);
🖱️ 7-sinfiga (tabiiy fanlar yo‘nalishi);
🖱️ 8-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari);
🖱️ 10-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari) kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi binosi
1–40 guruhlar
Barkamol avlod sport majmuasi
41–76 guruhlar
Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
77–92 guruhlar
Namangan davlat texnika universiteti 1-akademik litseyi sport zali
93–108 guruhlar
Namangan davlat texnika universiteti 2-sport zali
109–116 guruhlar
Namangan davlat texnika universiteti (15-binosi) sport zali
117–124 guruhlar
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
125–131 guruhlar
Turon xalqaro universiteti sport zali
132–155 guruhlar
Namangan viloyati “Kelajak markazi” binosi
156–170 guruhlar
“Pahlavon” sport majmuasi
170–176 guruhlar
Hurmatli ota-onalar, farzandingizning qayerda imtihon topshirishini bila olmayapsizmi?
Yuqoridagi ro‘yxat orqali farzandingizning guruh raqamiga qarab imtihon joyini aniqlab olishingiz mumkin. Masalan, farzandingiz 55-guruhda bo‘lsa, demak u Barkamol avlod sport majmuasida imtihon topshiradi.
Shuningdek, sizga kelgan SMS xabarda imtihon manzilining Yandex lokatsiyasi ham yuborilgan bo‘ladi. Lokatsiya orqali imtihon joyiga oson yetib borishingiz mumkin.
#qabul_2026
🔴Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun:
- Prezident maktablari (5-sinf);
- Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (5-, 6-, 7-sinflar)ga
kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!
🎓 Prezident maktablari va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so'raymiz.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
DIQQAT, E’LON!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI.
✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!
Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Imtihon topshiriladigan maktab turi;
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli bo‘lgan muhim ma’lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli muhim ma'lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
#CEFR_NATIJA
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yana bir guruh o'quvchilari turli darajadagi til bilish sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.
Eng quvonarlisi bu o'quvchilarning ko'pchiligi 6-7-sinf ekanligi va tabiiy sinf o'quvchilari ham borligidir.
Maktab ma'muriyati barcha o'quvchilarni va ularning ota-onalarini ushbu yutuq bilan tabriklab, ingliz tili fani o'qituvchilariga minnatdorlik bildiradi.
www.ttim.uz
Telegram | Facebook | YouTube
+4
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida aniq fanlar bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.
🏫 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida aniq fanlar yo‘nalishida to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Matematika, fizika, informatika va boshqa aniq fanlar bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning: ✅ mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; ✅ olimpiada va tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish; ✅ nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Malakali pedagoglar tomonidan olib borilayotgan ushbu to‘garaklar o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda kelajakdagi yutuqlari uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi. http://www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube
#diqqat_eʼlon
#matbuot_anjumani
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulining yakuniy natijalari, kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi hamda muddatlari, shuningdek, joriy yildan faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🚨 Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, direktor o‘rinbosari va Agentlikning mas’ul xodimlari ishtirok etishadi.
📌 Mazkur anjuman 2026-yil 19-iyun kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkaziladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+4
#milliy_sertifikat
#natija
#bizda_shunday_o'quvchilar_bor
O'quvchilarimizdan SUPPER NATIJALAR
To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yana bir guruh o'quvchilari O'zbek tili va adabiyoti va Rus tili va adabiyoti fanlaridan yuqori darajali milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.
Izoh: Yuqoridagi barcha sertifikatlar maktabdagi bepul to'garaklar va ustozlarning samarali mehnati natijasidir!
Maktab ma'muriyati o'quvchilarni tabriklab, fan o‘qituvchilariga o'z minnatdorchiligini bildiradi!
http://www.ttim.uz
Telegram | Facebook | YouTube
