To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali
Open in Telegram
1 191
Subscribers
-424 hours
-197 days
-6130 days
Posts Archive
#qabul2026 #statistika
📊 234 mingdan ortiq abituriyent minimal o‘tish balini ham to‘play olmadi
Bilimni baholash agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 234 072 nafar abituriyent eng kam o‘tish bali — 56,7 ballni ham yig‘a olmagan.
📈 Natijalar taqsimoti:
🏆 189+ ball — 7 579 nafar
🔹 170–188 ball — 47 152 nafar
🔹 150–169 ball — 48 740 nafar
🔹 130–149 ball — 48 791 nafar
🔹 110–129 ball — 45 137 nafar
🔹 90–109 ball — 56 366 nafar
🔹 70–89 ball — 53 997 nafar
🔹 56,7–69,9 ball — 106 722 nafar
❌ 56,7 balldan past — 234 072 nafar
🎯 Bu yil mandat tizimida qayd etilgan eng yuqori natija — 217,4 ball.
Repost from Namangan viloyati hokimligi
+9
НАМАНГАНДА КАРТИНГ БЎЙИЧА ВИЛОЯТ ҲОКИМИ КУБОГИ УЧУН 3-БОСҚИЧ ФИНАЛ МУСОБАҚАСИ ЎТКАЗИЛДИ.
Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” шиори остида, жорий йил 2 август куни Наманган вилояти кенгаши тасарруфидаги Учқўрғон туман ЎСТМга қарашли картадромда Картинг пойгаси бўйича Наманган вилоят ҳокими КУБОГИ учун 3-босқич финал мусобақаси ўтказилди.
Мусобақада вилоятимизнинг шаҳар ва барча туманларидан келган жами 7 та жамоадан 65 нафардан зиёд спортчилар «МИКРО», «МИНИ», «СУПЕРМИНИ», «ОК-ЖУНИОР», «ПАТРИОТ», «КФ», «КЗ» синфлари ва «Т—4 ПАТРИОТ ЎСМИРЛАР»синфи бўйича баҳслашдилар.
Мусобақанинг якуний натижаларига кўра:
фаҳрли 1-ўринни Тўрақўрғон туман ЎСТМ, 2-ўринни Наманган вилояти техник ва амалий спорт турлари маркази ва 3-ўринни Янгиқўрғон туман ЎСТМ жамоалари эгалладилар.
Ғолибларни тақдирлаш маросимида “Ватанпарвар” ташкилоти Наманган вилояти кенгаши раиси А.Алаходжаев, ҳамкор давлат ва жамоат ташкилотлар вакиллари, ОАВ вакиллари иштирок этдилар.
Ғолибларга “Ватанпарвар” ташкилотининг диплом ва медаллари тантанали равишда топширилди.
___
NAMANGANDA KARTING BOʻYICHA VILOYAT HOKIMI KUBOGI UCHUN 3-BOSQICH FINAL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida, joriy yil 2 avgust kuni Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqoʻrgʻon tuman OʻSTMga qarashli kartadromda Karting poygasi boʻyicha Namangan viloyat hokimi KUBOGI uchun 3-bosqich final musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada viloyatimizning shahar va barcha tumanlaridan kelgan jami 7 ta jamoadan 65 nafardan ziyod sportchilar «MIKRO», «MINI», «SUPERMINI», «OK-JUNIOR», «PATRIOT», «KF», «KZ» sinflari va «T—4 PATRIOT OʻSMIRLAR»sinfi boʻyicha bahslashdilar.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra:
fahrli 1-oʻrinni Toʻraqoʻrgʻon tuman OʻSTM, 2-oʻrinni Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi va 3-oʻrinni Yangiqoʻrgʻon tuman OʻSTM jamoalari egalladilar.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi raisi A.Alaxodjayev, hamkor davlat va jamoat tashkilotlar vakillari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Gʻoliblarga “Vatanparvar” tashkilotining diplom va medallari tantanali ravishda topshirildi.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
Nomi: Toʻraqoʻrgʻon TIM zafarlar maskani.
Miallif: A.Yakubjonov va Ai
🔉 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥🧡🧡🧡❤️❤️❤️
⭐️"Vatanparvar yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" respublika ko‘rik-tanloviga start berildi!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda 15–18 yosh toifasidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
➡️Tanlovning maqsadi:
Yoshlarda Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik va bunyodkorlik fazilatlarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyati hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
✔️ Tanlov yo‘nalishlari:
🗣 "Vatanimga bag‘ishlov" – mualliflik she’ri
🗣 "Istiqlol qahramonlari va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" – insho (2–4 bet)
🗣 "Vatan ravnaqiga mening hissam" – maxsus nominatsiya
📅 Ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi:
💻 Tanlovga topshiriladigan hujjatlar:
🗃Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🗃 Bog‘lanish uchun telefon raqami va o‘qish/yashash manzili;
🗃 Tanlangan yo‘nalish ko‘rsatilgan ariza;
🗃 Ijodiy ish (PDF yoki Word formatida);
🗃 100–150 so‘zdan iborat annotatsiya.
✍️ Hujjatlar rasmiy elektron pochta manzili👨💻 vatantayanchi@gmail.com hamda 🛫 @vatan_tayanchi_tanlov telegram orqali qabul qilinadi.
🏆 Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Shuningdek, ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari 2 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi.
🎁 G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🔗 Ko‘rik tanlov Nizomi 👈
😎 Aziz "Vatan tayanchi" harakati a’zolari!
Ijodingiz, bilim va iste’dodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safidan munosib o‘rin egallang!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#imtihon_natijalari_2026
📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda.
🟢 Hududiy (saralash) bosqichi:
🟢 2026-yil 3–4-avgust
🟢 2-bosqich (asosiy suhbat):
🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.Tanlov bosqichlari: ✅ 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.✅ Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
🔴Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi.
➡️ 0 (tayyorlov guruhi) uchun:
25-iyul | soat 09:30 da
➡️ 1-sinf uchun:
26-iyul | soat 09:30 da
Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi.
Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
⚠️ Muhim eslatmalar:
➡️ Ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, kirish imtihonlari ham davlat tilida tashkil etiladi.
➡️ Nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.
➡️ Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan nomzodlar imtihon jarayonlariga kiritilmaydi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
✅ 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi
2026–2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari joriy yilning 23–24-iyul kunlari quyidagi tartibda tashkil etiladi.
🖌 23-iyul kuni soat 08:00 da Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasi, 57-uy, "Respublika kelajak markazi" binosida o‘tkaziladi.
🖌 24-iyul kuni esa ingliz tili bo‘yicha 2-bosqich kirish imtihoni Britaniya Kengashi (British Council) tomonidan maktabning rasmiy veb-saytida e'lon qilingan "Qabul imtihoni spetsifikatsiyasi" asosida 3 smenada Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83/A-uyda tashkil etiladi.
Nomzodlarning imtihonga kelish vaqtlari:
🖱️ 07:00 — 1-guruh
🖱️ 10:30 — 2-guruh
🖱️ 14:00 — 3-guruh
🖌 Aniq va tabiiy fanlar hamda ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi.
🔴 Muhim eslatma: IELTS sertifikati Overall 7.0, Writing 6.0 va undan yuqori natijaga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ushbu fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. Bu haqdagi ma'lumot nomzodlarning shaxsiy kabinetlari orqali yuboriladi.
🔴 Barcha nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani olib kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda!
🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095
🖱️ https://ariza.piima.uz
✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan:
🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi.
✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi:
🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🖱️ Test sinovlari:
🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil
🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda
🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi.
Hurmatli nomzodlar!
Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO2026
🇺🇿 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi O‘zbekiston yana bir tarixiy sahifani ochdi.
📍 Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdi.
💐 Bugungi natijalar bizga alohida faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: Rayhona Tuymurodova oltin medal, Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.🧪IChO 2026 O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ta’lim hamjamiyatidagi nufuzini yanada mustahkamladi. Ushbu tarixiy olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlarimiz, ustozlarimiz, mutaxassislarimiz, volontyorlarimiz va fidoyi jamoamizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Eng muhimi, bugun yoshlarimiz butun dunyoga O‘zbekiston ilm-fani va ta’limining yangi salohiyatini namoyon etdi. ✅ Rasmiy sahifalar
📢 Hurmatli ota-onalar!
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bo’yicha o’tkazilgan imtihon natijalari tez kunlarda e’lon qilinadi.
🔹 Natijalar e’lon qilingach, bu haqda rasmiy sahifalarimiz orqali darhol xabar beriladi.
⏳ Sizdan biroz sabr qilishingizni va faqat rasmiy manbalardagi ma’lumotlarga tayanishingizni so’raymiz.
Farzandingizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
#Imtihon_2026
🔴 DIQQAT, E’LON!
✅ PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🖌 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi.
✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
🖱️ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
🖱️ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
🔴 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. 🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas.
Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!
🎓 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar!
✅ 2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi.
✅ SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
O‘zbekiston gerbi 34 yoshda
1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈
#Imtihon_2026
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari
🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00.
⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi!🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
NAMANGANDA “JASORAT MAKTABLARI” GA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi, Namangan davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litsey, Olimpia va paraolimpia sport turlariga tayyorlash markazi, Barkamol avlod sport majmuasi binolarida umumta’lim maktablarining 4 – sinfini tamomlagan 2872 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
◀️ Ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida tashkil etilgan sinovda qatnashchilar matematika fanidan 30 ta, ona tili fanidan 20 ta test topshiriqlarini yechishi lozim boʻladi.
➖ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar 2-bosqichda jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishi talab etiladi.
🔴Namangan viloyatidagi 14 ta “Jasorat maktablariga” 364 ta kvota oʻrni ajratilgan boʻlib, har bir sinfda 26 nafardan oʻquvchi oʻqishi belgilangan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
