en
Feedback
To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali

Open in Telegram
1 191
Subscribers
-424 hours
-197 days
-6130 days
Posts Archive
Milliy Sertifikat imtihoni sanalari eʼlon qilinmoqda (2026-yil, II yarim yillik) 26-sentabr: biologiya 27-sentabr: kimyo 28-s
Milliy Sertifikat imtihoni sanalari eʼlon qilinmoqda (2026-yil, II yarim yillik) 26-sentabr: biologiya 27-sentabr: kimyo 28-sentabr: matematika 29-sentabr: fizika ❗️Qolgan fanlar ham tez orada aniq bo‘ladi.

RESPUBLIKADA FAXRLI 3-O‘RIN! Yana bir quvonchli yutuq! To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2025–2026-o‘quv yili y
RESPUBLIKADA FAXRLI 3-O‘RIN! Yana bir quvonchli yutuq! To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan maktablar ichida “Eng namunali maktab” nominatsiyasida RESPUBLIKA MIQYOSIDA FAXRLI 3-O‘RINNI egalladi!
Bu yuksak natija — maktabimiz jamoasining yil davomida olib borgan tizimli mehnati, ta’lim-tarbiya sifatiga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi, pedagoglarimizning fidoyiligi, o‘quvchilarimizning intilishi hamda ota-onalarimizning qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.
Ushbu e’tirof biz uchun nafaqat katta faxr, balki kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etish uchun kuchli rag‘batdir. Maktabimiz rahbariyati, barcha ustoz-pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalarni ushbu munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Respublika — 3-o‘rin! “Eng namunali maktab” 📍 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtisoslashtirilgan maktabi. Yutuqlarimiz bardavom, marralarimiz yanada ulkan bo‘lsin! http://www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

✨ AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan
+9
AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi — o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi. ✅ Kengashning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, maktab boshqaruvini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar. ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan ikki kunlik tadbirda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, shuningdek, yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari ishtirok etmoqda. ✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

NAMANGANDA BESHINCHI “USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI Ma’rifat maskanida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti
+9
NAMANGANDA BESHINCHI “USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI Ma’rifat maskanida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida tashkil etilgan forum viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi jarayoni bilan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan boshlandi. Viloyatning 14 ta hududidan jami 300 nafar pedagoglar hamda tizim xodimlari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi  Shavkatjon Abdurazzoqov so‘zga chiqib, yurt ravnaqi, mamlakat istiqboli va taraqqiyot odimlari ta’lim sohasi bilan, kelajagimiz egalarining har jihatdan ilmu salohiyatli, zamonaviy bilimlarni chuqur va mukammal egallagan o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topishiga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Soha ravnaqi muhtaram Prezidentimizning doimiy e’tiborida ekaniga to‘xtaldi. Shu yilning o‘zida viloyatagi 37 ta ta’lim muassasalari investisiya dasturiga kiritilib, shundan 1 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish, 22 ta maktab rekonstruksiya va 4 ta mukammal ta’mirlash, 10 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish uchun jami 351 mlrd. so'm mablag‘ ajratilgan. Yana bir tarixiy voqea – joriy yilning aprel oyida Namangan shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda 12 ta davlatdan 94 nafar xorijlik o‘quvchilar ishtirok etdi. Terma jamoamiz ushbu musobaqada 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Joriy yilda maktabni tamomlagan bitiruvchilarning 4283 nafari xorijiy va yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan avval o‘qishga qabul qilindilar. O‘tgan o‘quv yilida viloyatimiz o‘quvchilari mahalliy va xalqaro olimpiadalarda jami 19 ta medalga ega chiqdi. Ularning 17 tasi xalqaro maydonda qo‘lga kiritildi. 2026 - yil fevral oyidan boshlab viloyatidagi 35 ta (17 ta maktab va 18 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti) ta’lim muassasalarida Yaponiya tajribasi asosida tarbiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bugungi kunda o‘qituvchilarimizning maoshlari sezilarli oshirilib, 8 million so‘mdan yuqori maosh oluvchilar soni 1219 nafarni, 10 million so‘mdan yuqori maosh oluvchilar esa 511 nafarni tashkil etmoqda. Oliy toifali pedagoglar soni 2017 - yilda 834 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ular 6222 nafarga yetdi va 7,7 barobarga ko‘paydi. Jarayonda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakovning  ma’ruzasi tinglanib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ilm muassasalari o‘qituvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

📚“Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” — chellenjga start berildi! ➖ O‘zingiz ta’lim olgan maktabingizni sog‘indingizmi? Unda u yerga ezgu va foydali sabab bilan qaytish vaqti keldi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi loyiha boshlandi. 📝 Ushbu loyihaning asosiy maqsadlari:
➖ Maktab kutubxonalarini boyitish — yangi o‘quv yilini o‘quvchilar uchun eng yaxshi sovg‘alardan biri bo‘lgan kitob bilan boshlash; ➖ O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash — sovg‘a qilingan har bir kitob orqali yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirish va kelajagiga hissa qo‘shish; ➖ Ma’rifat ulashish — o‘zimiz ta’lim olgan dargohga qaytib, bugungi o‘quvchilarga ma’naviy meros qoldirish.
💻 Chellenjga qo‘shiling hamda ijtimoiy tarmoqlarga video yoki rasm joylashtirganda Vazirlikning instagram sahifasini (instagram.com/mmtv_uz/) belgilashni unutmang! 👉 Maktab o‘quvchilarining yoshiga mos tavsiyaviy adabiyotlar ro‘yxati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐Youtube                     🌐Instagram 🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin

#Диққат_эълон ‼️‼️‼️ Yurtimiz maktablarida 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi ✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta
#Диққат_эълон ‼️‼️‼️ Yurtimiz maktablarida 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi ✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (chorshanba kuni) boshlanadi. 📊 Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi. _____ С 2 сентября во всех школах страны начнётся новый учебный год ✅ Во всех общеобразовательных школах республики учебный год начнется 2 сентября. 📊 Кроме того, в этом году более 795 тысяч первоклассникам торжественно вручат «Подарок Президента», включающий 12 наименований школьных принадлежностей. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: Telegram       🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#YagonaVatan35 To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-A sinf oʻquvchisi Usmonjonov Elbekning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida tayyorlagan ijodiy videoroligi. 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! Mustaqillik — faxrimiz! Kelajak — bizniki! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 7-A sinf oʻquvchisi Usmonjonov Elbekning Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Yagona Vatan 35 "Bir bayroq-bir yurak" nomli ijodiy videoroligi

#diqqat_eʼlon 🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan ma
#diqqat_eʼlon 🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi. 🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi: ✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami; ✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi; ✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami; ✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot; ✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi. 🔴 ESLATIB O‘TAMIZ! 🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi. 🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi. 🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.
☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#imtihon_natijalari_2026 🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! ✔️ Joriy yilning 17-iyul kun
#imtihon_natijalari_2026 🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! ✔️ Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda. Talabgorlar o‘z natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishlari mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/ Shuningdek, imtihon natijalarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy platformasi orqali ham ko‘rish mumkin: ariza.piima.uz — Prezident maktablari imtihon natijalari
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

🏛 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2026-yil bitiruvchilari nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qa
🏛 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2026-yil bitiruvchilari nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. 🌟 Bitiruvchilarimiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda boshqa nufuzli Oliy ta’lim muassasalari talabalari safidan o‘rin oldilar. http://www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#OTM #Mandat 🏛 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2026-yil bitiruvchilari 100% Oliy ta’lim muassasalariga q
#OTM #Mandat 🏛 To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2026-yil bitiruvchilari 100% Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi! 📊 Natijalar: 🔹 38 nafar — Grant 🔹 18 nafar — Kontrakt 🔹 56 nafar bitiruvchining barchasi talabalikka tavsiya etildi 🔹 O‘rtacha ball — 174,7 🔹 16 nafar o‘quvchi — 189 ball 🔹Bitiruvchilardagi sertifikatlar soni — 193 ta Ushbu yutuq bitiruvchilarimizning tinimsiz mehnati, ustozlarimizning fidokorona mehnati hamda ota-onalarimizning ishonch va qo‘llab-quvvatlashi natijasidir. 👏 Barcha bitiruvchilarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi ta’lim yo‘llarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🌟 Kelajak sizniki — orzularingiz sari dadil qadam tashlang! http://www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bi
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying.
Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang!
🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘l
💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!! 🚀 YCC nima? Young Climate Champions - bu 1 yillik ekologik liderlik dasturi. 🏕️ Dastur avgustdagi liderlik oromgohidan boshlanadi. U yerda siz O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan tengdoshlaringiz bilan tanishasiz va iqlim lideri bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 🌱 Keyin esa bilimlaringizni amalda qo‘llaysiz! 2026–2027 o‘quv yili davomida jamoangiz bilan ekologik loyihalar amalga oshirasiz. Faol ishtirok etsangiz milliy va xalqaro iqlim tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🎉 Yil yakunida esa erishgan yutuqlaringizni YCC oilasi bilan birgalikda nishonlaysiz! 🌟 Sizni nimalar kutmoqda? 🏕️ Toshkent shahridagi liderlik oromgohlari 🌍 Iqlim o‘zgarishi va ekologik liderlik bo‘yicha amaliy bilimlar 🎤 Milliy va xalqaro iqlim konferensiyalari va tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati 🤝 O‘zbekistonning barcha hududlaridan yangi do‘stlar 💡 O‘z ekologik va iqlim loyihalaringizni yaratish va amalga oshirish uchun mentorlik va yordam 📜 Sertifikat va tavsiyanomalar 📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✅ 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ✅ Iqlim, ekologiya va ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qiziqadiganlar ✅ 2026–2027 o‘quv yili davomida o‘z hududida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lganlar 🚀 Young Climate Champion bo‘lishga tayyormisiz? 📝 Ariza topshirish uchun: link ⏰ Arizalar qabuli: 2026-yil 14-avgustgacha ⚠️ Joylar soni cheklangan! 💚 Bu shunchaki oromgoh emas. Bu 1 yil davomida o‘rganish, yangi do‘stlar orttirish va haqiqiy o‘zgarish qilish imkoniyati. Balki keyingi Young Climate Champion aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍 ———————————— Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.

#YagonaVatan35 To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-D sinf oʻquvchisi Xayrullayev Akramjonning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida tayyorlagan ijodiy videoroligi. She’r muallifi: Xayrullayev Akramjon 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! Mustaqillik — faxrimiz! Kelajak — bizniki! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#YagonaVatan35 To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-D sinf oʻquvchisi Xayrullayev Akramjonning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida tayyorlagan ijodiy videoroligi. 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! Mustaqillik — faxrimiz! Kelajak — bizniki! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

#YagonaVatan35 To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari Mahmudjonova Fotima va Zuhralarning O
#YagonaVatan35 To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari Mahmudjonova Fotima va Zuhralarning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida tayyorlagan “Bir bayroq – bir yurak” — kreativ fleshmobi 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! Mustaqillik — faxrimiz! Kelajak — bizniki! www.ttim.uz Telegram | Facebook | YouTube

Aziz o‘quvchilar! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maktabimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida kreativ media loyihalar tashkil etilmoqda. 🎥 Siz ham ishtirok eting! Quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlab, o‘z ijodingizni namoyish qiling: 🇺🇿 #YagonaVatan35 — Vatan haqidagi fikringiz, tabrik va ezgu tilaklaringiz; 🎬 “Mustaqillik menga nima berdi?” — 30–60 soniyalik video; 🏳️ “Bir bayroq – bir yurak” — kreativ fleshmob; 🎤 Vatan haqidagi she’r yoki qo‘shiq ijrosi; 🏫 “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” — ijodiy video; ❤️ Vatan, davlat ramzlari va Mustaqillik haqida kreativ videolar. 📱 Telefoningizni oling, g‘oyangizni toping va ijodingizni namoyish eting! Eng kreativ va mazmunli ishlar maktabimizning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. 📩 Tayyor videolaringizni @qobiljonumarov telegram profiliga yuboring. 🇺🇿 Vatan — qalbimizda! Mustaqillik — faxrimiz! Kelajak — bizniki!