cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Channel for medical students

"Bir soat ta'lim achchig'ini tortmagan,bir umr johiliyat achchig'ini tortadi."- Imom Shofeiy ADTI talabasi Abduquddus Halimjonov tomonidan yaratilgan tibbiy-fundamental kanal.

Show more
Advertising posts
418
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Diqqatsizlik epidemiyasi! Kunni katta rejalar bilan boshladingiz. Bugun hamma ishni "yess" qilaman, hammasiga ulguraman deb o‘ylagan edingiz. Lekin nimagadir kunni oxiriga borib hech narsaga ulgurmadingiz, butun kun suvdek o‘tib ketdi, siz esa har kungidek o‘zingizdan ko‘nlingiz to‘lmay, tushkun kayfiyatda uyquga ketdingiz. Bu jarayon kunlab, oylab va hatto yillab davom etgandir. Sizning xulosangiz esa bitta: hech narsaga vaqtim yetmayapti, vaqt tez o‘tyapti... Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, bunday muammolar rostdan ham vaqt bilan bog‘liqmikan??? Albatta sizdagi eng katta vaqt o‘g‘risi bu telefoningiz. Buni ko‘pchilik sezib turadi. Buni tekshirish uchun telefoningiz sozlamalaridan "Digital wellbeing" bo‘limiga kiring va har kunlik vaqtingizni necha soatini qayerga sarflayotganizni ko‘rib "mazza qiling". Ha, doim ham kun bo‘yi telefonga bekorchi vaqt o‘tkazmaymiz, lekin yarim soat Instagramda video titkilashingiz sizni 1 kunlik diqqatingizni yo‘q qilishga qodir. Bu nima degani? Bu degani siz dars qilasizmi, ovqat yeysizmi, hatto ibodat vaqtida ham miyangizda qanaqadir qo'shiqlar, turli epizodlar aylanib yuradi. Agar qaysidir videoga ko‘proq emotsiya bersangizku, tamom, bir umr miyangizdan "o‘chmaydi". Endi siz nima ish qilmang, yana o‘sha narsaga qaytishingiz kelaveradi. Dars qilishga o‘tirasiz 10 minutda xayolingiz qochishni boshlaydi( agar 10 minutga bora olsa). Yo‘q menda bunday emas desangiz shunchaki 2 min bir nuqtaga fikringizni jamlab turing, atigi 2 min hech narsa haqida o‘ylamang. Kafolat beraman 10 sekundga bormay miyangiz qandaydir xayollarga to‘ladi. Men buni "Diqqatsizlik epidemiyasi" deb atadim. Sizdagi hech narsaga ulgurmasligingiz sababi doim ham vaqtga bog‘liq emas, diqqat yo‘qligidadir. Soatlab bir narsa ustida ishlasangiz ham hech qanday natija bo‘lmaydi. Sizga ko‘p vaqt emas, ko‘proq diqqat kerak. Yechim nima? Avvalo, qiyin bo‘lsada ijtimoiy tarmoqlarda bekorchi sang‘ishni to‘xtating. Ijtimoiy tarmoqlar ortida eng kuchli mutaxassis psixologlar ishlamoqda, maqsadi sizni diqqatingizni kompaniyalarga sotish xolos. Diqqat mashqlarini har kunlik bajarib boring. Eng kuchli texnika "pomodoro" dan foydalaning. Bularni uzoq muddat davomida bajarib borish natijasida siz o‘ta yuqori samaradorlikka erishasiz. Hamma gap buni intizom bilan qila olishda. Xulosa: Siz nimaga fokus qaratsangiz, u sizni keyingi hayotingizni belgilab beradi. Diqqatingizni arzonga sotmang, yengil-yelpi narsalar bilan kelajak hayotingiz juda og‘ir kechishi mumkin. Kattaroq va ahamiyatliroq narsalarga fokus qarating. Hayotingiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Abdujalilov Avazbek Altius Medical
Show all...
👍 4
New words. 24.06.2024. 1.consequences-oqibatlari 2.conseption-tushuncha 3.purposes-maqsadlari 4.slows-sekinlashadi 5.consume-iste'mol 6.being-bo'lish 7.develop-rivojlantirgan 8.discussed-mukoma qilindi 9.Maintain-saqlb turish 10.heavily-og'ir 11.possibly-ehtimol 12.usual-odatiy 13.powerful-kuchli 14.accumulate-to'plash 15.rise-ko'tarilish 16.recall-eslash 17.redness-qizarish 18.evidence-dalil 19.flushing-qizarish 20.cheat-aldash 21.sweating-terlash 22.poison-zahar 23.raise-oshirish 24.pathway-yo'l 25.pulls-tortadi 26.gout-podagra 27.therefore-shuning uchun 28.favor-yaxshilik 29.requires-talab qiladi 30.combined-birlashtirilgan
Show all...
👍 2
Sketchy pharmacology.pdf98.68 MB
"Til o'rganish orqali biz nafaqat yangi so'zlar, balki yangi dunyoqarashni ham kashf etamiz."                         Frenk Harris
Mani hayotimda ingliz tilining o'rni haqida gapirishdan oldin, til o'rganish sizga nima bera olishini etishni joiz deb topdim. 🌐 Ingliz tili dunyo bo'yicha eng ko'p qo'llaniladigan tillardan biri hisoblanadi. Aksari, yuqori daromadli sohalarda ingliz tilini bilish kerak. Qaysi davlatga, nima ish yuzasidan borishingizdan qat'iy nazar, u yerda albatta, Allohning fazli bilan ingliz tilida so'zlashish oson kechadi. ♾ Til o'rganish boshqa sohalarni ham bepul o'rganish imkonini ochib beradi, In Shaa Alloh. Chunki, internet olamida qaysi sohaga oid darsliklar izlasez, Allohning izni bilan ingliz tilidagi mukammal varianti albatta chiqadi. ✅ Shaxsan o'zimning kuzatuvlarimdan etishim mumkin-ki, o'zbek auditoriyasida foydali kontentlar juda kam, sanoqli! Ammo, ingliz tili auditoriyasida oxiriga yetolmaysiz, Alhamdulillaah ✨ Qarilikda faqatgina "pensiya"ga qarab qolishni xohlamaydigan, og'ir mehnat talab qiladigan ishlarni qilishni istamaydigan kishilar, albatta til o'rganishi kerak, deb hisobliman. Til bilishingiz birgina sohada qotib qolmasdan, yana boshqa imkoniyatlaringizni ham ishga tushurishga yordam beradi, In Shaa Alloh. 🎓 O'zim ham biznes sohasida o'qigan bo'samam, Allohning izni bilan ingliz tilini bilganim uchun, media sohasini bepulga, internetdan o'rgandim. Hozirda shu soham bo'yicha Turkiyada ish olib borvoman, Alhamdulillaah ✅ Ingliz tilini o'rganish, Allohning izni bilan: — bilim va saviyangizni oshiradi; — dunyoviy ehtiyojlarni qoplash uchun vosita vazifasini bajaradi; — fikrlash qobiliyatingizi rivojlantiradi. 🇺🇿 Dunyoviy ehtiyojlar qoplangach o'z-o'zidan ibodat qilishga, oilamizga, ilm olishimizga vaqtimiz bo'ladi, In Shaa Alloh. Doim aytaman, biz bu dunyoga ibodat qilish uchun, Allohni zikr qilish uchun kelganmiz. Ammo, ko'pchilik oilasini yaxshi ta'minlash, uy-joy qilish, farzandlarini yaxshi univerlarda o'qitish uchun ham umri mehnatda o'tib ketadi. Aynan, til bilishingiz sizga shu masalalarni oson hal qilishda as qotadi, In Shaa Alloh.
Show all...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
Bir solih kishidan: — Kuniga qanchadan Qurʼon oʻqiylik? - deb soʻrashganida: — Baxt-saodatdan qancha istasang shuncha, - deb javob bergan ekan. صباح الخير
Show all...
👍 5 3
Show all...
Rus tilini o'rganamiz!🇷🇺

Прокачаем твою грамотность, словарный запас и искусство речи. Менеджер: @EngIish_Admin 📈Reklama xizmati: @reklamaland Приглашай друзей:

https://t.me/+t7yYUKLX03VkZDJi

👍 1
Shunga start bosvoringlar
Show all...
😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 Ingliz tili va IELTS kurslaridan eng sara videodarslarga olg'a! LinguaLift — 10 yillab tajribaga ega ustozlar tomonidan Ingliz tili 0 dan to IELTSgacha kurslar TEKINGA! Loyihaga qo'shilish orqali, qiymati 2 milliondan oshiq videodarslarni yutib oling! Sizga ham qatnashishni tavsiya qilaman 👇
Show all...
👍 1
USMLE ga nimaga uchun tayyorlanasizlar?Anonymous voting
  • Amerikada shifokor bo'lib ishlash uchun
  • O'zim uchun, ketish niyat yo'q.O'zimni soham bo'yicha yetuk mutahasis bo'lish uchun.
  • Usmle ga qiziqmayman.
0 votes
😁 2
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Buyrak toshlarining qanday turlari mavjud? Urologlar toshlarning 6 asosiy turini ajratib ko'rsatishadi: 1 ️⃣ Uratli - ular siydik kislotasi, kaliy va natriy tuzlaridan iborat. Zich va silliq; 2️⃣ Oksalatli - ular kaltsiydan iborat. Juda zich va notekis. Shilliq qavatni qattiq shikastlash; 3️⃣ Fosfatli - ularda ko'p fosfat kislota mavjud. Ular silliq va juda mo'rt; 4️⃣ Struvitli - tez o'sishga moyil bo'lgan yumshoq konsistensiyali kulrang toshlar; 5️⃣ Sistinli - sistindan iborat. Ular sariq rangga ega va ko'pincha ular yumaloq shaklga ega; 6️⃣ Ksantin toshlari rentgen nurlarida ko'rinmaydigan va o'z-o'zidan tanadan chiqarilmaydigan yomon toshlardir. 👍@Doctor_TvUz
Show all...
5.55 KB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.