en
Feedback
•𝓣𝓪𝓺𝔀𝓪𝓽𝓲𝔂🍉•

•𝓣𝓪𝓺𝔀𝓪𝓽𝓲𝔂🍉•

Closed channel

Diniy sahifa emas, fikrlarimni yozaman. 2025-“Yilning eng nafis blogi” 2026-“Yilning eng halovatli blogi” dasiz @taqwa_rek manfa’atli hamkorlik uchun. Sahifani kuzating egasini emas!

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel •𝓣𝓪𝓺𝔀𝓪𝓽𝓲𝔂🍉•

Channel •𝓣𝓪𝓺𝔀𝓪𝓽𝓲𝔂🍉• in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 246 subscribers, ranking 3 858 in the Religion & Spirituality category and 3 950 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 246 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -479 over the last 30 days and by -24 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 33.34%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 25.29% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 6 751 views. Within the first day, a publication typically gains 5 120 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 375.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Diniy sahifa emas, fikrlarimni yozaman. 2025-“Yilning eng nafis blogi” 2026-“Yilning eng halovatli blogi” dasiz @taqwa_rek manfa’atli hamkorlik uchun. Sahifani kuzating egasini emas!

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

20 246
Subscribers
-2424 hours
-1187 days
-47930 days
Posts Archive
Siqilganingda menga kelmasang, kulgularingni eng avval menga aytishdan nima foyda…?! @taqwatiy

Ayol-qizlarga atalgan sahifamiz https://t.me/+awKTRiJRv0s2YWU6

Kitobni joʻnatsak pochta pulini toʻlashga imkon boʻlmay qoladi deb oʻylab pulini oʻtkazib beraqoldik:) Nasib qilsa yana kitob
+1
Kitobni joʻnatsak pochta pulini toʻlashga imkon boʻlmay qoladi deb oʻylab pulini oʻtkazib beraqoldik:) Nasib qilsa yana kitobli oʻyinlar qilih turamiz. @taqwatiy

Kitobni joʻnatsak pochta pulini toʻlashga imkon boʻlmay qoladi deb oʻylab pulini oʻtkazib beraqoldik:) Nasib qilsa yana kitob
+1
Kitobni joʻnatsak pochta pulini toʻlashga imkon boʻlmay qoladi deb oʻylab pulini oʻtkazib beraqoldik:) Nasib qilsa yana kitobli oʻyinlar qilih turamiz. @taqwatiy

Тебе пришло новое сообщение: "Qayerda bo‘lsangiz ham, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham, o‘lim sizni topadi." (N
Тебе пришло новое сообщение: "Qayerda bo‘lsangiz ham, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham, o‘lim sizni topadi." (Niso, 4:78) ✉️Shu izoh egasini loyiq deb topdik. Bizga aloqaga chiqing sizga hadiyamiz bor^_^ Yana shunday oʻyinlar qilib turamiz-mi? Nima deysiz? @taqwatiy

Stop‼️

Rasmga eng chiroyli izoh yozgan obunachimizga bitta kitob hadiya qilamiz:) https://t.me/anonimqbot?start=nuvgta Vaqt 07.09.20
Rasmga eng chiroyli izoh yozgan obunachimizga bitta kitob hadiya qilamiz:) https://t.me/anonimqbot?start=nuvgta Vaqt 07.09.2026 19:00gacha)

Imom Navaviyni hayotlarini oʻrganarkanmiz bir narsaga koʻzim tushdi. Ular parhezkor boʻlgan ekan. Umuman oʻzi vaqtida, ishida baraka borki ulamoni hayot yoʻliga nazar solinsa albatta xalqumiga qattiq turganini bilamiz. Bu borada Imom Navaviy Rohimahulloh ham ancha peshqadam boʻlgan ekan. Ilm yoʻlidaligi sabab ota-onasini yuborgan taomidangina ovqatlangan ekan. Yashagan joyida esa, “bu yer oʻzi choʻl-biyobon boʻlsa, mening rizqimni esa Alloh ota-onam orqali beradi” deb yashagan joyidan hech taomlanmagan ekan. Hozir zamon boshqacha, odamlarga “avval iqtisod keyin siyosat” degan shiorni oʻz nafslari yoʻlida ishlatish qulay. Mide yegani va turk qavhasi uchun Turkiyaga, asl ramyon uchun Xitoy/Koreyaga, pitsani zoʻri Italiyada…) Yeyish uchun yashayotganimiz uchun ham Alloh bizni oshqozonimiz bilan, pul tolib yeb-ichib yashash bilan ovora qilib qoʻygandekmasmi…?) Ana senga, ol bandam deb ilmdan, hayodan, yashash ma’nosidan uzoqlashtirib qoʻymadimikin…?! Bu turli taomlar bizga “rahmat” emas “jazo” emasmikan…?) Hamma bir oʻzini tanasiga oʻylab koʻrsa foydadan holi emas. @taqwatiy

Bilasizmi? Qur’onda eng ko‘p takrorlanadigan murojaatlardan biri: “Ko‘proq namoz o‘qing”, “Ko‘proq ro‘za tuting”, “Ko‘proq sadaqa qiling”degan buyruqlar emas. Balki Alloh taolo insonni qayta-qayta: “Aql yuritmaysizlarmi?” deb o‘ylashga, anglashga va xulosa chiqarishga chorlaydi. Bu yerda gap shunchaki o‘ylash haqida emas. Insonning aqlini ishlatishi, haqiqatni anglashi va anglagan narsasi asosida o‘zini boshqara olishi nazarda tutiladi. Arablar tuyaning oyog‘iga bog‘lanadigan arqonni ham “عقال" deb atashgan. U tuyaning erkin yurishini cheklaydi va uning xavfli joylarga ko‘r-ko‘rona ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Insondagi aql ham shunday bo‘lishi kerak. Aql faqat o‘ylash uchun berilmagan. U insonni o‘zini halokatga olib boradigan narsalardan tiyishi kerak. Bugungi dunyoda aqllilik ko‘pincha yuqori bilim, diplom, yuqori aql darajasi, chiroyli gapirish yoki kuchli dalillar bilan o‘lchanadi. Ammo Qur’on nuqtayi nazaridan inson juda ko‘p narsani bilishi mumkin, lekin baribir haqiqiy aqlni ishlatmayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki bilimning o‘zi aql emas. Haqiqiy aql insonni o‘z nafsini boshqarishga va to‘g‘ri yo‘lni tanlashga undaydigan idrokdir. Aql seni istaklaring jilovsiz ketayotganida to‘xtatadi. Nafsing qasos olishni xohlaganida to‘xtatadi. Vasvasa seni gunohga chorlaganida to‘xtatadi. Ichingda kibr va takabburlik paydo bo‘la boshlaganida to‘xtatadi. Shuning uchun Qur’on nazaridagi aql shunchaki kuchli tafakkur yoki zehniy qobiliyat emas. U insonning o‘zini, nafsini va xatti-harakatlarini boshqara olishidir. Shu sababli Shaytonni ham aqlsiz yoki nodon deb bo‘lmaydi. U Allohning mavjudligini bilgan. Alloh bilan gaplashgan. Allohning amrini bilgan. Ammo shunga qaramay, u la’natlangan bo‘ldi. Nega? Chunki bilimning o‘zi yetarli emas. Uning kibr va nafsi bilgan haqiqatiga bo‘ysunishiga to‘sqinlik qildi. Bugungi jamiyatga ham shu nuqtayi nazardan qarash mumkin. Biz tarixdagi boshqa davrlarga qaraganda ko‘proq ma’lumotga egamiz. Ammo xavotir va ruhiy bezovtalik kuchaymoqda. Turli qaramliklar ortmoqda. Axloqiy qadriyatlar zaiflashmoqda. Diqqatni uzoq vaqt bir narsaga jamlash qobiliyati kamaymoqda. Chunki ma’lumot ko‘paymoqda, ammo uni to‘g‘ri anglash, undan hikmat bilan foydalanish va o‘zini boshqarish qobiliyati kamayib bormoqda. Islom aqlni axloqdan ajratmaydi. Qur’on nuqtayi nazaridan haqiqiy aqlli inson bilimi qalbini yumshatadigan, uni Allohga yaqinlashtiradigan va xulqini go‘zallashtiradigan insondir. Alloh: “Aql yuritmaysizlarmi?” deganida, bu shunchaki: “Nega o‘ylamayapsizlar?”degan savol emas. Balki mazmunan: “Sizni o‘zingizni halokatga olib boradigan yo‘ldan to‘sishi kerak bo‘lgan aqlingizga nima bo‘ldi?” degan chuqur ogohlantirishdir. Haqiqiy aql qancha narsani bilishingizda emas. Balki bilganlaringiz sizni qanday inson qilayotganidadir. #tarjima #quran ©️Ummu Sa’ad @taqwatiy

Alloh xohlasa togʻlar qum zarralariga aylanadi. Shunday ekan siz faqat duo va sababiga mahkam bogʻlaning….! @taqwatiy
Alloh xohlasa togʻlar qum zarralariga aylanadi. Shunday ekan siz faqat duo va sababiga mahkam bogʻlaning….! @taqwatiy

Bir kun kelib ekranlar o‘chadi. Postlar yo‘qoladi. Trendlar unutiladi. Biz bu dunyoni yolg‘iz tark etamiz va Allohning huzuriga ham yolg‘iz boramiz. O‘sha kunda haqiqiy qadrli bo‘ladigan narsalar faqat qilgan amallarimiz, ixlosimiz va qalbimizning holati bo‘ladi. Shuning uchun qalblarimizni asraylik va o‘zimizga tez-tez savol beraylik: biz qilayotgan amallarimizni haqiqatan ham Alloh uchun qilyapmizmi yoki ba’zan o‘zimiz sezmagan holda odamlarning maqtovi, e’tibori va roziligini istayapmizmi? Alloh niyatlarimizni poklasin, qalblarimizni bu dunyoning behuda tashvishlari va o‘tkinchi lazzatlaridan xalos etsin hamda bizga doimo faqat Uning roziligini izlashni nasib qilsin…) @taqwatiy

Ayni damda Turkiyada boʻlib turgan va Turkiyalik ayollar umra va xaj uchun kiyiladigan mahsus kiyimlarini joʻnatib bera oladiganlar boʻlsa bizga aloqaga chiqing: @taqwatiyga_ bot💌

Bu yil KIU ga aynan “qur’onshunoslik” yoʻnalishiga kirgan ayol-qizlar bormi? Boʻlsa @taqwatiyga_bot ga yozib yuboring iltimos)

Ijtimoiy tarmoqlarda sabrni go‘yo estetik va chiroyli bir narsa sifatida ko‘rsatishadi, aslida esa u insonni ich-ichidan parc
Ijtimoiy tarmoqlarda sabrni go‘yo estetik va chiroyli bir narsa sifatida ko‘rsatishadi, aslida esa u insonni ich-ichidan parchalab yuboradigan eng og‘ir tuyg‘ulardan biridir…) @taqwatiy

UYLANGAN ERKAK BILAN O‘YNASHMANG. Yosh qizlar, turmush qurgan erkaklar bilan munosabatda bo‘lishda juda ehtiyot bo‘ling. Siz o‘zingiz sezmagan holda, «uylanaman» degan va’dalar ortidan borib, turmush qurgan erkakning ma’shuqasiga aylanib qolishingiz mumkin. Odatda, uylangan erkakning barqaror oilasi bo‘ladi. Shuning uchun u sizga nima deb va’da bermasin, uning qayta uylanishga ehtiyoji siz o‘ylaganchalik kuchli bo‘lmasligi mumkin. Sizning vaqtingiz esa o‘tib bormoqda. Bundan tashqari, u ayollarni ancha yaxshi tushunishi mumkin. Shu sababli, sizga qanday munosabatda bo‘lish, qanday e’tibor berish va sizni ketish haqida o‘ylashdan to‘xtatishni yaxshi bilishi ehtimoli yuqori. Ayrimlarining moliyaviy imkoniyati ham yaxshi bo‘ladi va sizga pul sarflashga tayyor turadi. Eng achinarlisi, ba’zi ayollar turmush qurgan erkakning e’tiborini hatto qadrliroq deb qabul qilishadi. Chunki u o‘z xotinidan ko‘ra ularni ustun qo‘yayotgandek tuyuladi. Aslida esa bu nosog‘lom raqobat tuyg‘usidan paydo bo‘lgan soxta qadriyat. Gʻamxo‘rlik, e’tibor va, agar imkoniyati bo‘lsa, pul bularning barchasi sizni juda osonlik bilan turmush qurgan erkakning ma’shuqasiga aylantirishi mumkin. Nikohning turli bosqichlarida er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarishi tabiiy. Balki u xotini bilan muloqotidan avvalgidek zavq olmayotgandir. Shuning uchun sizdan o‘z hayotidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun foydalanishi mumkin. Ammo shu bilan birga, sizni ushlab turish uchun «senga uylanaman» degan va’dani yem qilib qo‘yadi. Bunday yo‘l bilan o‘z qadringizni yo‘qotmang. «Uylanaman» degan va’daning o‘zi hech qanday kafolat emas. «Hozircha hamma narsa joyiga tushishini kutyapman, keyin sizning oilangiz bilan tanishaman». Shunday gaplarga ishonib, vaqtingizni boy bermang. Musulmon ayol bunday vaziyatda o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqqani yoki, hech bo‘lmaganda, juda ehtiyotkor bo‘lgani ma’qul. U nikoh masalasida ochiq va jiddiy qadam tashlashga tayyor bo‘lmaguncha, sizga bo‘lgan ortiqcha kirishini cheklang keraksiz suhbatlardan tortib, har qanday yaqinlikkacha. Masalan, gadjetlarni yaxshi ko‘radigan, ularni sotib olishda qancha pul sarflayotganiga unchalik qaramaydigan erkakni olaylik. U ba’zan qisqa muddatli foyda uchun ham katta mablag‘ sarflaydi. Bu misol erkaklarning pulga munosabatini tushunish uchun. Erkak har doim pulni kimningdir qadrini o‘lchash uchun sarflamaydi. Ba’zida u xohlagan narsasiga erishsa, sarflangan mablag‘ning miqdori unchalik ahamiyatli bo‘lmaydi. Shuning uchun, agar siz erkakning sizga sarflayotgan puliga oson ta’sirlanadigan ayol bo‘lsangiz, ayrim uylangan erkaklar uchun siz shunchaki oson o‘lja bo‘lishingiz mumkin. Ayniqsa, ayollarni o‘zlariga rom qilish uchun pul sarflashga odatlangan erkaklardan ehtiyot bo‘ling. Ishoning, u «ov» tugadi deb hisoblagan kuni, sizga nisbatan saxiyligiga bo‘lgan qiziqishi ham so‘nishi mumkin. Islom ko‘p xotinlikka ruxsat bergan. Ammo shu bilan birga, iffat, hayo va odobni qat’iy talab qiladi. Shuning uchun turmush qurgan erkak bilan munosabatda iffat va odob chegarasidan chiqadigan har qanday harakatni «ko‘p xotinlik» deb atab bo‘lmaydi. Bu ko‘pincha nafsga ergashish yoki turmush qurgan erkakning siz bilan o‘ynayotgan shaxmatidir. Agar u haqiqatan ham sizga uylanishni istasa, u to‘g‘ri yo‘l bilan harakat qiladi.Ko‘p xotinlikka ruxsat borligi tartibsiz va harom munosabatlarga ruxsat bor degani emas. Siz, ayol sifatida, birovning yashirincha ko‘ngilochar vositasi bo‘lishdan ancha yuksak qadrga egasiz. Sizni chin dildan istagan erkak sizni yashirmaydi. Sizni qadrlagan erkak siz bilan o‘ynamaydi. Sizga uylanishni istagan erkak esa va’da bilan emas, amali bilan isbotlaydi. ©️Ummu Sa’ad @taqwatiy

Oʻz qarashlari, oʻz imzosi, oʻzini chegarasi, Gerbi, Bayrogʻi, Madhiyasi. Umuman olganda oʻzligini oʻzi va dunyo tan olishiga qilingan harakatlarni roʻyobi oʻlaroq qabul qilingan qarorga koʻra—Mustaqillik bayramimiz muborak boʻlsin🇺🇿 @taqwatiy

Ba’zi odamlarni bisotida butun boshli bogʻi boʻlsa ham, sizdagi bitta dona gulni koʻra olishmaydi…) @taqwatiy

Ehsonni yopdik sababchi boʻlgan hammaga tashakkur) @taqwatiy

Oxirgi 1 soat‼️

3.290.000 soʻm yigʻildi Rasululloh ☪️ dedilar: “Sizlardan biringiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha, iymoni komil bo‘lmaydi.” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari) Ehson ertalabgi 11:00gacha turadi!