Yozyovon 28-BMSM | Rasmiy kanal
Open in Telegram
🎵 28-bolalar musiqa va san’at maktabi rasmiy guruhi Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar! Maktabimiz yangiliklari, tadbirlar va e’lonlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun guruhimizga qo‘shiling. +998902774146
Show more203
Subscribers
+124 hours
+17 days
-130 days
Posts Archive
+7
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING
35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR O‘TKAZILDI
🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 28-Bolalar musiqa va san’at maktabida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🇺🇿 Shuningdek, sinf xonalarida “Mustaqillik darslari” o‘tkazilib, o‘quvchilarga Vatanimizning mustaqillik yillari davomida erishgan yutuqlari, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati haqida tushunchalar berildi.
🎶 Tadbirlar davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat va istiqlolga shukronalikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
💐 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
+8
🎓 Yangi o‘quv yili — yangi iste’dodlar sari ilk qadam!
✨ 28-Bolalar musiqa va san’at maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun 1- sinf o‘quvchilarini qabul qilish bo‘yicha ijodiy qobiliyat sinovlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🎶 Qabul jarayonida yosh iste’dodlarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy qobiliyati hamda iqtidorini namoyon etish imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi.
🎵 Musiqa yo‘nalishlarida o‘quvchilarning musiqiy eshitish qobiliyati, ritmni his qilishi, qo‘shiq kuylashi, musiqani eshitib eslab qolishi kabi ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌟 Har bir ishtirokchida o‘ziga xos iste’dod, intilish va katta orzular mujassam. Bugungi sinovlar esa ana shu iste’dodlarni kashf etish sari muhim qadam bo‘ldi.
👏 Qabul sinovlarida faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarimizga omad va kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎼 San’atga oshno qalblar — kelajakning buyuk iste’dodlari!
💫 28-Bolalar musiqa va san’at maktabi — iste’dodlar maskani!
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman.
—
Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей.
В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог.
Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать.
Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор.
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik!!!!
28-Bolalar musiqa va san’at maktabida 2026–2027 o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Maktabda o‘quv xonalari tartibga keltirilib, dars jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ularning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎶 28-Bolalar musiqa va san’at maktabi — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan!
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi zafarlar sari!
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
🟢Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🟢Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
🟢Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.
🟢Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
🟢Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433
#yozyovon_28_bmsm
Farg'ona viloyati Yozyovon tumani 28-bolalar musiqa va san'at maktabiga 2026-2027- o'quv yili uchun 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan iqtidorli oʻgʻil qizlarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga taklif etamiz!
1. Fortepiano 🎹
2. Estrada xonandaligi 🎤
3. Akademik xonandaligi (vokal)
4. Torli cholg'ular 🎻 (skripka, veolenchel)
5. An'anaviy sozanda ( qashqar rubob, tanbur, dutor, gʻijjak, doira)
6. Anʼanaviy xonanda 🪕 🗣(maqom)
7. O'zbek xalq cholg'ulari 🪕🥁(akkordeon, dutor, chang, prima rubob, gʻijjak, doira, qashqar rubob)
8. Damli va zarbli cholg'ulari 🎺( udarnik, ksilafon, fleyta, saksafon)
9. Tasviriy va amaliy san'at 🧑🎨
10. Estrada cholgʻu ijrochiligi (fortepiano, gitara, bas gitara)
11. Xoreografiya (raqs)💃
Kerakli hujjatlar:📒
📝 Direktor nomiga ariza ✔️
📖.Tug'ilganlik haqida guvohnoma ✔️
📃.Sog'ligi to'g'risidagi ma'lumotnoma ✔️
📷 3×4 xajmda fotosurat 8 dona ✔️
☎️ +99890 277 41 46
☎️ +99890 303 92 88
✅Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram • YouTube • Instagram
#yozyovon_28_bmsm
Farg'ona viloyati Yozyovon tumani 28-bolalar musiqa va san'at maktabiga 2026-2027- o'quv yili uchun 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan iqtidorli oʻgʻil qizlarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga taklif etamiz!
1. Fortepiano 🎹
2. Estrada xonandaligi 🎤
3. Akademik xonandaligi (vokal)
4. Torli cholg'ular 🎻 (skripka, veolenchel)
5. An'anaviy sozanda ( qashqar rubob, tanbur, dutor, gʻijjak, doira)
6. Anʼanaviy xonanda 🪕 🗣(maqom)
7. O'zbek xalq cholg'ulari 🪕🥁(akkordeon, dutor, chang, prima rubob, gʻijjak, doira, qashqar rubob)
8. Damli va zarbli cholg'ulari 🎺( udarnik, ksilafon, fleyta, saksafon)
9. Tasviriy va amaliy san'at 🧑🎨
10. Estrada cholgʻu ijrochiligi (fortepiano, gitara, bas gitara)
11. Xoreografiya (raqs)💃
Kerakli hujjatlar:📒
📝 Direktor nomiga ariza ✔️
📖.Tug'ilganlik haqida guvohnoma ✔️
📃.Sog'ligi to'g'risidagi ma'lumotnoma ✔️
📷 3×4 xajmda fotosurat 8 dona ✔️
☎️ +99890 277 41 46
☎️ +99890 303 92 88
✅Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram • YouTube • Instagram
+6
#Yozyovon_28_bmsm
Yozyovon tumani 28-Bolalar musiqa va san'at maktabi
🏆 “Yosh iste’dodlar” Respublika tanlovida maktabimiz o‘quvchilari munosib natijalarni qo‘lga kiritdilar!
🎹 Umumiy fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha
🥇 Vladislav Plotnikov — 1-o‘rin
🎼 Fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha
🥇 “Kamalak” guruhi — 1-o‘rin
🥈 “Troya” guruhi — 2-o‘rin
Shuningdek, yakka ijrochilar orasida:
🥈 Ahmadjonova Dilnura — 2-o‘rin
🥈 Azamov Kamoldin — 2-o‘rin
🥉 Ahmadjonova Nilufarxon — 3-o‘rin sohibi bo‘ldilar.
Yosh iste’dod egalari va ularning ustozlarini ushbu yutuqlar bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
✅Bizni kuzatishda davom eting👇 Telegram | YouTube | Instagram
+9
#YILLIK_HISOBOT_KONSERT
2026-yil 21-may kuni Yozyovon tumanidagi 28-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Yillik hisobot konserti” yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar yil davomida egallagan bilim va ijodiy mahoratlarini namoyish etib, milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Konsert ota-onalar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda ustoz-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda mehmonlar ishtirok etib, o‘quvchilarning ijodiy yutuqlarini e’tirof etdilar. Hisobot konserti yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda yil davomida amalga oshirilgan ijodiy ishlar sarhisobi sifatida muhim аhamiyat kasb etdi.Yakunda faol o‘quvchilar va fidoyi ustozlarga tashakkurnomalar bildirilib, kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga omad tilandi. ✅Bizni kuzatishda davom eting👇Telegram | YouTube | Instagram
