en
Feedback
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa

Open in Telegram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Show more
935
Subscribers
-124 hours
-37 days
-7530 days
Posts Archive
#Ibrat_maktabi 🖌 Chiziq, shakl chizishda qaysi mo'yqalam(четка) ishlatsam ekan degan savol ko'pchilikni qiynaydi. Shu bois i
#Ibrat_maktabi 🖌 Chiziq, shakl chizishda qaysi mo'yqalam(четка) ishlatsam ekan degan savol ko'pchilikni qiynaydi. Shu bois izlanib, tajribam va internet tarmog'idan foydalanib glossariy kichik qo'llanmani taqdim qilaman. Az qotsa saqlab qo'ying. Quyida inglizcha va o'zbekcha glossariy keltiraman Taklon Round → Yumaloq sintetik Taklon Fan → Yelpig‘ichsimon sintetik Angular → Qiyshiq (burchakli) Comb → Taroqsimon Natural Mop → Tabiiy dumaloq Shader → Tekis bo‘yash Natural Round → Tabiiy yumaloq Ox Glaze → Glazur uchun Natural Flat → Tabiiy tekis Glaze Wash → Yuvma (wash) uchun keng Filbert → Oval uchli Stencil → Shablon Bristle Flat → Qattiq tukli tekis Bristle Round → Qattiq tukli yumaloq Bristle Fan → Qattiq tukli yelpig‘ichsimon Liner → Chiziq chizish Detail → Mayda detal Script → Xattotlik (yozuv) 👨‍🎨 Kaminai kamtarin: Bahodir Mamajonov, san'at (art) fani o'qituvchisi ____ Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram

🥩 Nega jonivor tirikligida boshqa, qovurilganda boshqa nom bilan ataladi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ingliz tilida tirik sigirni "cow", lekin uning go‘shtini "beef" (govedina) deyishadi? Yoki cho‘chqa "pig" bo‘lsa-yu, go‘shti "pork" deb ataladi? 🧐Bu shunchaki tasodif emas. Bunga 1066-yildagi tarixiy voqea sababchi! O‘sha paytda Angliyani fransuz tilli normanlar bosib oladi. Natijada mamlakatda qiziq bir sinfiy bo‘linish yuzaga keladi: 🔹Kambag‘al dehqonlar (inglizlar): Ertadan kechgacha dalada loy kechib, hayvonlarni bo‘qishgan. Ular hayvonlarn o‘z ona tilida — cow (sigir), pig (cho‘chqa), sheep (qo‘y) deb atashgan. 🔸Boy aristokratlar (fransuzlar): Ular dalaga qadam ham bosmagan, faqat tayyor pishgan mazali go‘shtni eyishgan. Ular ovqatni o‘zlarining fransuz tilida — boeuf (beef), porc (pork), mouton (mutton) deb atashgan. Natijada ingliz tilida ajoyib qoida shakllanib qolgan: hayvon dalada yurganda inglizcha nomlanadi, zodagonlarning likopchasiga tushganda esa fransuzcha bo‘lib qoladi! ✨🐓 Aytgancha, nega tovuq (chicken) o‘zgarishsiz qolgan?Chunki tovuq go‘shti juda arzon bo‘lgan. Uni ham kambag‘allar, ham boylar birdek eyishgan. Hech qanday sinfiy farq bo‘lmagani uchun, uning nomi o‘zgarmay, oddiy xalq tilida qolib ketgan. Tarix shunaqa qiziq narsa! Do‘staringizga ham ulashing, ular ham bilib olishsin. 👇

#Ibrat_maktabi #Psixologik_soat 🎓 IBRAT MAKTABIDAN KUTAYOTGANLARIM Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchi
+8
#Ibrat_maktabi #Psixologik_soat 🎓 IBRAT MAKTABIDAN KUTAYOTGANLARIM Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari bilan darsdan tashqari vaqtda maktab psixologi tomonidan “Ibrat maktabidan kutayotganlarim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 📝 Tadbir davomida o‘quvchilarning motivatsiyasi, kutilmalari, emotsional holati va maktab muhitiga moslashuv darajasini aniqlash maqsadida psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi. 😊 Shuningdek, o‘quvchilarning ijobiy emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash, jamoaviy birdamlik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan quvnoq treninglar o‘tkazildi. ✨ Maqsad: 7-sinf o‘quvchilarida sog‘lom psixologik muhit va ijobiy maktab tajribasini shakllantirish. ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

#IBRAT_MAKTABI #BIOLOGIYA ​🌱 7-SINFLARDA BIOLOGIYA LABORATORIYA DUNYOSIGA ILK QADAM. ​Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabini
+6
#IBRAT_MAKTABI #BIOLOGIYA ​🌱 7-SINFLARDA BIOLOGIYA LABORATORIYA DUNYOSIGA ILK QADAM. ​Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilarini biologiya fani, uning amaliy va laboratoriya muhitiga qiziqarli hamda samimiy usulda moslashtirish (adaptatsiya) maqsadida maxsus amaliy dars tashkil etildi. ​Dars va jarayon davomida: ​ 🔬 Laboratoriya bilan tanishuv: O‘quvchilar amaliyatda ishlatiladigan biologik apparat va jihozlar, shuningdek, tirik organizmlarning asosini tashkil etuvchi biomoddalar bilan yaqindan tanishdilar. ​ 📊 Dastlabki bilim va qiziqish diagnostikasi: "Mening biologiyadagi birinchi tadqiqotim" hamda kichik so‘rovnoma va interaktiv savol-javoblar orqali o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalar shakillantirildi. ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

#IBRAT_MAKTABI #PSIXOLOGIK_TRENING 🌷 IBRAT MAKTABIDA PSIXOLOGIK SO‘ROVNOMA — SAMIMIY MUHIT VA KO‘TARINKI KAYFIYAT!🌷 🌱Is’ho
+7
#IBRAT_MAKTABI #PSIXOLOGIK_TRENING 🌷 IBRAT MAKTABIDA PSIXOLOGIK SO‘ROVNOMA — SAMIMIY MUHIT VA KO‘TARINKI KAYFIYAT!🌷 🌱Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘qituvchi va tarbiyachilar ishtirokida qiziqarli psixologik so‘rovnoma tashkil etildi.                                       📋 “Savolnoma” orqali jamoa a’zolarining fikrlari, ish jarayonidagi munosabatlari va psixologik kayfiyatiga oid qiziqarli savollar o‘rtaga tashlandi. 😊 Eng muhimi, ushbu faoliyat kulgu, samimiy suhbat va ijobiy emotsiyalar orqali jamoa a’zolarining kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qildi. 🌟 Sog‘lom psixologik muhit — samarali jamoaning muhim poydevoridir! 💐 Har bir samimiy tabassum — jamoaga qo‘shilgan ijobiy energiyadir! ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

🏆 1410 BALL — YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🇺🇸🎓 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Oygul Toshpulatova
🏆 1410 BALL — YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🇺🇸🎓 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Oygul Toshpulatova xalqaro miqyosdagi nufuzli SAT imtihonida 1410 ball to‘plab, munosib natijani qayd etdi! 👏✨ 📚 Umumiy natija: 1410/1600 ✍️ Reading & Writing: 680 🧮 Math: 730 🌎 1410 ball — nufuzli xorijiy universitetlarga yo‘l ochuvchi muhim natijalardan biri! Oygul Toshpulatovani ushbu yutug‘i bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉 Unga kelgusidagi ta’lim va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yanada yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz! 🇺🇿 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi — bilim, intilish va yuksak natijalar maskani!

🏆 1540 BALL — IS’HOQXON IBRAT IJOD MAKTABI YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🇺🇸🎓 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf
🏆 1540 BALL — IS’HOQXON IBRAT IJOD MAKTABI YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🇺🇸🎓 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Shohjahon Abdualiyev xalqaro miqyosdagi nufuzli SAT imtihonida 1540 ball to‘plab, ajoyib natijani qayd etdi! 👏🔥 📚 Umumiy natija: 1540/1600 ✍️ Reading & Writing: 750 🧮 Math: 790 🏅 Natija: 99-percentil Bu natija — davlatimiz rahbari boshchiligida ta'limga bo'layotgan e'tiborning yorqin ifodasidir. 🌎 1540 ball — dunyoning eng nufuzli universitetlari sari ochilayotgan katta imkoniyatlar eshigi! Shohjahonni ushbu yuksak natija bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉 Ustozlari va ota-onasiga esa ana shunday iqtidorli, bilimga chanqoq yoshni qo‘llab-quvvatlab kelayotganlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Yutuqlar bardavom bo‘lsin! Kelajakdagi marralar bundan-da baland bo‘lsin! 🚀 🇺🇿 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi — katta orzular va katta natijalar maskani!

🇺🇿Tanlov_gʻoliblari_aniqlandi! Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi
🇺🇿Tanlov_gʻoliblari_aniqlandi! Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda 5-18 yosh toifasidagi oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Vatanparvar yoshlar – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” koʻrik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovning asosiy maqsadi “Vatan tayanchi” harakati a’zolarida Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik, bunyodkorlik va ijodkorlik fazilatlarini shakllantirish, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni yoshlar ongiga singdirish, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga intiluvchi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirishdan iborat. Tanlov Mudofaa vazirligining rasmiy telegram sayti orqali 3 ta yoʻnalishda onlayn tarzda oʻtkazildi: 1-yoʻnalish: “Vatanimga bagʻishlov” (mualliflik she’ri); 2-yoʻnalish: “Istiqlol qahramonlari va Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” (insho); 3-yoʻnalish: “Vatan ravnaqiga mening hissam” (video, rasm). 100 nafardan ziyod “Vatan tayanchi” harakati aʼzolari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etgan mazkur tanlov gʻoliblarini aniqlash maqsadida sohaga oid mutaxassislar jalb qilinib, eng munosiblari gʻolib deb topildi.   Yakuniy natijalarga koʻra, “Vatanimga bagʻishlov” (mualliflik she’ri) yoʻnalishida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, “Vatan tayanchi” otryadi aʼzosi (Mirishkor tumani) Esanova Zinfera Tulboy qizi;  “Istiqlol qahramonlari va Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” (insho) yoʻnalishida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi, “Vatan tayanchi” otryadi aʼzosi Qurbonaliyeva Mushtariy Oʻrinbek qizi;  “Vatan ravnaqiga mening hissam” (video, rasm) yoʻnalishida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi, “Vatan tayanchi” otryadi aʼzosi Samadova Muslima Bekzod qizi gʻolib deb topildi.   Bundan tashqari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey oʻquvchisi (Uchko‘prik tumani) Abdulloh Abdurahimov hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Toʻraqoʻrgʻon tumani) oʻquvchisi Kumushxon Mamadaliyeva tanlovning ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari deb topildi.   Gʻoliblar quyidagi esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi: “Vatanimga bagʻishlov” (mualliflik she’ri) yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻringa diplom va noutbuk; “Istiqlol qahramonlari va Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” (insho) yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻringa diplom va noutbug; “Vatan ravnaqiga mening hissam” (video, rasm) 1-oʻringa diplom va noutbug; Shuningdek, tanlovning ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari esa “Vatan tayanchi” harakatining maxsus sovgʻasi bilan taqdirlanadi. 😎Vatan_tayanchi_rasmiy

Hozircha Mahmudxo'ja Behbudiy uchun promt (Ustoz AI):
Ultra-realistic 4K portrait of a middle-aged Central Asian intellectual (Mahmudkhoja Behbudii), 9:16 aspect ratio. He has a dense, well-groomed dark beard with some gray hairs and wears round gold-rimmed vintage spectacles. He is wearing a traditional large white turban (turs) and a luxurious dark green velvet ikat robe (chapan) with intricate gold embroidery along the collar. The lighting is cinematic and dramatic, highlighting the fine skin pores, individual beard hairs, and the rich texture of the velvet fabric. High-end photography, photorealistic, 8k resolution, sharp focus, deep shadows, professional studio lighting, historical accuracy.
©️ Botirali Boybobayev, SI o'qituvchisi, Human, 2026 ________
p.s. SI adashishi mumkin, lekin inson adashmasin...
Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram

#Ibrat_maktabi #fanlar 🖼 Alloma va adiblarimizni sifatli rasmini topishda qiynalamiz. Sun'iy intellekt orqali bu maummoni ha
+1
#Ibrat_maktabi #fanlar 🖼 Alloma va adiblarimizni sifatli rasmini topishda qiynalamiz. Sun'iy intellekt orqali bu maummoni hal qilishda Ustoz AI loyihasi mutaxassislari promt taqdim etishdi. 👨‍🎨 Yuqoridagi jadidlar Ustoz AI loyihasi rasmiy sahifasidan olindi. Lekin Is'hoqxon To'ra Ibrat uchun man yangi promt yozdim, agar Ibrat muzeyi mutaxassislari va tarixchi ustozlar tasdiqlashsa Sizlar bilan baham ko'raman. Uni ozro o'zgartirish orqali istalgan adib uchun ishlatsa bo'ladi (437 so'zdan iborat).

#IbratMaktabi #SAT #1540 #YuksakNatija #IbratYoshlari #KelajakSari 🏆 1540 BALL — IS’HOQXON IBRAT IJOD MAKTABI YANA BIR YUKSA
#IbratMaktabi #SAT #1540 #YuksakNatija #IbratYoshlari #KelajakSari 🏆 1540 BALL — IS’HOQXON IBRAT IJOD MAKTABI YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🇺🇸🎓 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Shohjahon Abdualiyev xalqaro miqyosdagi nufuzli SAT imtihonida 1540 ball to‘plab, ajoyib natijani qayd etdi! 👏🔥 📚 Umumiy natija: 1540/1600 ✍️ Reading & Writing: 750 🧮 Math: 790 🏅 Natija: 99% Bu natija — Shohjahonning bilimi, izlanishi, mehnatsevarligi va katta maqsadlarining yorqin ifodasidir. 🌎 1540 ball — dunyoning eng nufuzli universitetlari sari ochilayotgan katta imkoniyatlar eshigi! Shohjahonni ushbu yuksak natija bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉 Ustozlari va ota-onasiga esa ana shunday iqtidorli, bilimga chanqoq yoshni qo‘llab-quvvatlab kelayotganlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Yutuqlar bardavom bo‘lsin! Kelajakdagi marralar bundan-da baland bo‘lsin! 🚀 🇺🇿 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi — katta orzular va katta natijalar maskani!

#IBRAT_MAKTABI #PSIXOLOGIK_SOAT 🌱 IBRAT MAKTABIDA 7-SINFLAR ADAPTATSIYASI DAVOM ETMOQDA Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
+9
#IBRAT_MAKTABI #PSIXOLOGIK_SOAT 🌱 IBRAT MAKTABIDA 7-SINFLAR ADAPTATSIYASI DAVOM ETMOQDA Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga yangi qabul qilingan 7-sinf o‘quvchilarining maktab muhitiga samarali moslashuvini ta’minlash maqsadida psixologik-pedagogik tadbirlar tashkil etildi. Jarayon davomida: 📊 Psixologik diagnostika: "Mening Ibratdagi birinchi haftam" va "Mening moslashuvim" so‘rovnomalari orqali bolalarning emotsional holati, maktabga munosabati va psixologik ehtiyojlari o‘rganildi. 🎯 Interaktiv faoliyat: Adaptatsiyani yengillashtirish uchun qiziqarli treninglar va jamoaviy mashqlar o‘tkazildi. 🌳 Samimiy muloqot: Ochiq havodagi suhbatlar o‘quvchilarning erkin fikr bildirishiga va psixolog bilan ishonchli aloqa o‘rnatishiga yordam berdi. Asosiy maqsadimiz — har bir o‘quvchida maktabda xavfsizlik, jamoaga daxldorlik va o‘z imkoniyatlarini namoyon qila olish hissini shakllantirishdir. ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

#Ibrat_maktabi #Mustaqillik_darsi 🇺🇿 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot
+9
#Ibrat_maktabi #Mustaqillik_darsi 🇺🇿 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida barcha sinflarda maktab direktori, direkor o'rinbosarlari va yozuvchilar uyushmasi vakillari tomonidan “Mustaqillik” — “Kelajak soati” dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. 📖 Darsning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda milliy mustaqilligimizning tarixiy ahamiyati, mustamlaka davrida xalqimiz boshidan kechirgan murakkab va mashaqqatli kunlar, istiqlol yo‘lida ajdodlarimiz ko‘rsatgan jasorat va matonat haqidagi bilimlarni yanada boyitishdan iborat. ✨ Darslar davomida o‘quvchilarga zamonaviy kasblarni egallash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topish, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash bugungi yosh avlod oldidagi eng muhim vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi. ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

#Ibrat_maktabi #birinchi_qungiroq 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ij
+9
#Ibrat_maktabi #birinchi_qungiroq 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida 🔔 “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Tadbirda maktab direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda o'quvchilarga o'z tilaklarini bildirdi:
🌱 Aziz o‘quvchilar! Yangi o‘quv yilida har bir kuningiz izlanish va kashfiyotlarga, har bir qadamingiz esa yangi yutuqlarga aylansin. Bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz so‘nmasin, orzularingiz sizni buyuk marralar sari yetaklasin!
Shuningdek, ota-onalar, iqtidorli o‘quvchilar so‘zga chiqib, ezgu tilaklarini bildirishdi. 🎓 Maktabimizga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning qasamyod qabul qilishi bo‘lib o'tdi. 🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi bilimlar, yangi orzular va yangi marralar sari ilk qadam! ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

#Ibrat_maktabi "Yangi o‘quv yilini xush kayfiyat bilan boshlaymiz!" 📚 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi o‘quvc
+6
#Ibrat_maktabi "Yangi o‘quv yilini xush kayfiyat bilan boshlaymiz!" 📚 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi o‘quvchilar hamda ustozlarni yangi o‘quv yilida ko‘tarinki ruhda qarshi oldi. Maktab hovlisida samimiy uchrashuvlar, ezgu tilaklar va quvonchli lahzalar yangi marralar sari ilhom baxsh etdi. 🎓 Kelajak sari ishonch bilan, bilim va ijod yo‘lida oldinga! ___ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabri
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Mustaqillik_shukuhi #YagonaVatan35 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni
#Mustaqillik_shukuhi #YagonaVatan35 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrla
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.   Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.   O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.   Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.   Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.  
Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

#YagonaVatan35 #Mustaqillik35 FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yi
#YagonaVatan35 #Mustaqillik35 FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🎓 Tadbirda Agentlik direktori Sevara Shakirova jamoa a’zolarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarda har bir xodimning mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida oldinda turgan ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ta’lim sohasidagi samarali va fidokorona mehnati, tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Agentlikning bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor