8 362
Subscribers
No data24 hours
-1067 days
-51830 days
Posts Archive
8 362
😁Kulgan edim, tortinmaysanmi?, ― dedilar.
😢Yig‘lagan edim, tabassum qilmaysanmi?, ― dedilar.
😊Tabassum qilgan edim, riyokorlik (ikkiyuzlik) qilyapti, ― dedilar.
😠Qovoq solgan edim, yashirgan narsasi fosh bo‘ldi, ― dedilar.
🤐Sukut qilgan edim, tili zaif (duduq), ― dedilar.
😲Gapirgan edim, sergap, ― dedilar.
😔Halimlik qilgan edim, qo‘rqoq; agar qodir bo‘lganida, o‘ch olardi, ― dedilar.
🤗Jasurlik qilgan edim, yengiltak; agar o‘ylab ish qilganida, jur’at qilmagan bo‘lardi, ― dedilar.
🤔Agar "yo‘q" desam, (yo‘ldan) chetga chiqdi, agar "ha" deb, ularga muvofiq bo‘lsam, tekinxo‘r, ― derlar.
☝️Va shuni aniq bildimki, odamlarning roziligin qancha istasam ham, malomat, mazammat qilinishim lozim ekan.
— Imom Shofe’iy rohimahulloh
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Ассалому алайкум!
Яхши инсонларнинг Сиз учун қилган дуолари ижобатдир, иншааллоҳ. Сиз бехабар ҳаққингизга қилинган дуолар кўп бўлсин!!!
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Oʻzingni tanholikda his qilsang quyidagi oyatni esga sol:
“Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz” (Qof surasi, 16‑oyat).
– Seni biror kishi his qilmayotganini sezsang quyidagi oyatni esga sol:
“U quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg (shoxidan uzilib) tushmas, magar u bilur”, (Anʼom surasi, 59‑oyat)
– Qalbing azoblanayotganini his qilsang quyidagi oyatni esga sol:
“Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilurmiz”, (Isro surasi, 82‑oyat).
– Sabringga yarasha savob olishingni hech unutma:
“Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur” (Zumar surasi, 10‑oyat).
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Mening hayotimni muhokama qilishdan oldin, mening oyoq kiyimimni kiy va men yurgan yoʻllardan, koʻchalardan, togʻ va tekisliklardan yurib oʻt.
Dard, alam va halovatini totib koʻr. Men yurib oʻtgan yillardan oʻt, men qoqilgan toshlarga sen ham qoqil. Boshqatdan oyoqqa tur va ayni yoʻlda yana takror davom et, xuddi men davom etganim kabi.
Faqat mana shulardan keyingina meni muhokama qila olasan. Oʻtib ketar deganlarimni, boshimdan oʻtkazdim. Tugab qolar deganlarimni, tugatdim. Nafratlanganlarimni oʻchirdim, bas endi yetar, dedim.
Ortda qoldirganlarim esa, mendan hisob soʻrashga harakat qilmasin. Farqiga borganim uchun bugun borsiz, Voz kechganim uchun bugun yoʻqsiz.
— Jaloliddin Rumiy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Ustozdan so'radilar:
— Sevgi va ishqning farqi nimada?
Ustoz javob berdi:
— Sevgi havasning bitguniga qadar, ishq nafasning bitguniga qadar.
— Jaloliddin Rumiy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
#UMAR_IBN_XATTOB
#Премьера
UMAR IBN XATTOB
4 - qism
SD Ҳажм: 77 mb 📥
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...
— Jaloliddin Rumiy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Ey ko‘ngil, ehtiyot bo‘l, oxir zamon bu! Sevsang, vafo neligini, taqvo neligini biladiganlarni sev. Suratlarga aldanma: hatto Iblis “MashaAlloh”, deb yuboradigan kibor qullar bor. Ichiga Jannatni yashirgan vayron qullar bor...
— Jaloliddin Rumiy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Baliq suvga dedi:
⸺ Sen hech qachon mening ko‘z yoshlarimni ko‘ra olmaysan. Chunki men suv ichidaman!
Suv javob qildi:
⸺ Lekin men ko‘z yoshlaringni his qilaman. Chunki sen qalbimdasan!
— Jaloliddin Rumiy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
#Dua
Allohim!
Har bir vafot etgan moʻminni rahm qilgin!
Har bir bemorga shifo bergin!
Har bir gʻamginga shodlik bergin!
Har bir ishsizga ish bergin!
Har bir befarzandga solih-soliha farzandlar ato etgin!
Har bir tolibi ilmga foydali ilm bergin!
Har bir boʻydoqqa solih-soliha juftni roʻbaroʻ qilgin!
Har bir mahzunga saodat bergin!
Allohumma amiyn.🤲
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Ассалому алайкум!
Тонгни қаршилашни насиб этган аллоҳ таолога беҳисоб ҳамду санолар бўлсин!!!
Умидла кутганингиз, дуолар қилиб сўраганингиз, қалбингиздан истаганингиз барча орзуларингизни яратган рўёбга чиқарсин!!!
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
#зикр_ва_дуо
Жаннат хазиналаридан бирини сенга айтайми?
Абу Мусо Ашъарий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам менга: «Жаннат хазиналаридан бирини сенга айтайми?» дедилар. Мен: «Ҳа, айтинг, эй Расулуллоҳ», дедим. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
لاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللهِ
«Ла ҳавла ва ла қуввата илла биллаҳ»ни айт, у жаннат хазиналаридандир», дедилар».
Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари
Манба: https://islom.uz/maqola/10997
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Yunus alayhissalom ham musibatga duchor boʻlganlarida:
لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
(Laa ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minazz'olimiin)
“Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (oʻzimga) zulm qiluvchilardan boʻldim”, deb duo qildilar.
Alloh taolo bu haqda marhamat qiladi: "Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni gʻamdan qutqardik. Biz moʻminlarga mana shunday najot berurmiz"
(Anbiyo surasi, 88-oyat).
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
#UMAR_IBN_XATTOB
#Премьера
UMAR IBN XATTOB
3 - qism
SD Ҳажм: 78 mb 📥
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Qaysi oyatning hukmiga koʻra, kishi bir ishni albatta qilaman deb, uni qilmasa gunohkor boʻladi?
8 362
Savol-javoblar
Savol: Rabbing kim?
Javob: Alloh.
Savol: Qaysi dinga eʼtiqod qilasan?
Javob: Islom diniga.
Savol: Paygʻambaring kim?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi va sallam.
Savol: Kitobing qaysi?
Javob: Qurʼoni karim.
Savol: Kimning millatidansan?
Javob: Ibrohim alayhissalom millatidanman.
Savol: Bu dunyoda kimsan?
Javob: Sinov uchun kelgan musofirman.
Savol: Yashashdan maqsading nima?
Javob: Alloh roziligiga erishish.
Savol: Allohni qanday rozi qilish mumkin?
Javob: Alloh buyurgan amallarni bajarish, qaytarganlaridan qaytish, U Zot rozi boʻladigan tarzda yashash bilan.
Yaqinlaringizga ham ulashing ular ham bilib olishsin.
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Yuzingga oy shu'lasi tegmayotgan bo'lsa, quyosh derazangga nur sochmayotgan bo'lsa, kamchilikni na oydan, na quyoshdan izla! Ko'zlaringdagi pardani olib tashlagin...
— Jaloliddin Rumiy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Bo‘lmayotgan bo‘lsa, majburlama! Yo hayollaring parishon bo‘ladi, yoki qalbing...
Unutgan kishi kabi bo‘l! Chunki go‘zal narsalar hech kutmagan oningda haqiqatga aylanadi..!
— Shams Tabriziy
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
Oʻzingni tanholikda his qilsang quyidagi oyatni esga sol:
“Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz” (Qof surasi, 16‑oyat).
– Seni biror kishi his qilmayotganini sezsang quyidagi oyatni esga sol:
“U quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg (shoxidan uzilib) tushmas, magar u bilur”, (Anʼom surasi, 59‑oyat)
– Qalbing azoblanayotganini his qilsang quyidagi oyatni esga sol:
“Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilurmiz”, (Isro surasi, 82‑oyat).
– Sabringga yarasha savob olishingni hech unutma:
“Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur” (Zumar surasi, 10‑oyat).
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
