UzDevid | Uzbekistan Developer Ibragimov Diyorbek
Open in Telegram
Dasturlash - bu nafaqat mening kasbim, balki bu mening yoqtirgan mashg'ulotim. Men uchun doimiy o'rganish va rivojlanish manbai.
Show more248
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
"Deep Fake" texnologiyasi juda kuchaygan bir zamonda yashar ekanmiz, media olamidan olingan har bir materialga ahamiyatli bo'lishimiz, ko'rgan yoki eshitgan ma'lumotlarimizni avvalgidan ko'ra ko'proq tekshirishimiz va tahlil qilishimiz shart!
Xalq ko'ziga ko'ringan, uning ishonchiga kirgan bir insonni qiyofasi va ovozidan foydalanib juda ko'pchilikni yo'ldan adashtirish oson. O'sha insonni ijtimoiy tarmoq sahifasidan olingan bir nechta rasm, kerakli matn va biroz vaqt kifoya.
Xa, balki siz sun'iy idrok tamonidan yaratilgan materialni darrov seza olarsiz, lekin bunday texnologiya mavjudligidan habari bo'lmagan yaqinlarimizchi?!
Texnologiyalar rivojlanyabtimi, biz ham rivojlanishimiz kerak. Raqamli olamda o'z xavfsizligimizni ta'minlashimiz kerak!
Yaqinlarni habardor qiling. Endi siz ham mas'ulsiz!
@uzdevid | UmmaLife
To'g'ri, inson o'zi bilan ham do'stlashib turishi kerak axir...
Abiduvn loyihalarini davom ettirish va yangi loyihalarni yaratish uchun dasturchilar kerak.
BackEnd: Yii2, Laravel, Nodejs.
FrontEnd: nextjs, reactjs yoki boshqa
Mobile: Flutter/dart.
Ish online, kuniga 3-4 soat.
Loyihaga ko'ngilli va tajribali dasturchilarni olamiz, haq to'lanmaydi.
Batafsil: @IbragimovDiyorbek
Bunday, yovuz niyyatli odamlar tarafidan tarqatilinayotgan habarlar yangilik emas, lekin, ohirgi kunlarda juda ko'p odamlar buni qurboniga aylanyabti. Kimdadir telegram akkaunti buzilyabti, kimdir esa millionlab pullarini yo'qotyabti...
Har qanday ommabop tizim kuchli kiber-hujumlarga dosh beraoladi, lekin, eng kuchli zaiflik bu uning foydalanuvchilari tarafida!
Bunchalik sodda bo'lmaylik! Kimdandir (kim bo'lsa ham) havola (ссылка) keldimi, doim tekshirib ko'raylik! har qayoqqa kirib ketavermaylik!
Uzum, Click, Payme yoki boshqa tizim qanaqadir tanlov o'tkazayotgan bo'lsa avvalo o'sha tizimni sayti/ilovasida bu haqida habar beriladi. Web sahifa uchun doimo o'sha tizimni o'zining domeni ishlatilinadi.
Xushyor bo'ling! Eng kamida, siz tufayli kimdir jabr ko'rishi mumkin, bo'lmasa o'zingiz!
@uzdevid
Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan o'yin.
Vatan himoyachilarini tabriklayman!
O'qunglar, onalar!
Muncha yomon sho'rladi peshonalar,
Qizlarimiz joriyayi xonalar¹,
Siz edingiz jonlara jononalar,
Qadringizi bilmadi devonalar,
Qumri bilan bulbul-u bedonalar,
Yaxshi o'qur, siz ham o'qung onalar!
Bir qarangiz, yerda ko'kargan giyoh,
Sizga qilur, har biri atfi nigoh²
Lola kulib dog'-u kulur oymu moh,
Umri aziz sho'ra terib o'tdi oh,
Qumri bilan bulbul-u bedonalar,
Yaxshi o'qur, siz ham o'qung onalar!
Rasmi ravish shul esa nisvoniyat³
Kulsa kerak olama islomiyat.
Qoyida shariat qani haqqoniyat,
Qildi sizi johila nafsoniyat.
Qumri bilan bulbul-u bedonalar,
Yaxshi o'qur, siz ham o'qung onalar!
Millati islomiyaning bonusi,
O'zbek elining qaro ko'z ohusi,
Kor⁴ qilur bir kuni jahl og'usi⁵,
Ilm-u amal ushbu kasal dorusi.
1. Joriyayi xonalar – uy kanizi, uy ishi bilan band.
2. Atfi nigoh – e'tiborga tushish.
3. Rasmi ravish shul esa nisvoniyat – ayollarning turmush tarzi shu bo'lsa.
4. Kor – ish, asar, ta'sir.
5. Jahl og'usi – nodonlik og'usi.
Jadid kulliyoti: Sabzazor
@uzdevid | UmmaLife
O'qunglar, onalar!
Muncha yomon sho'rladi peshonalar,
Qizlarimiz joriyayi xonalar¹,
Siz edingiz jonlara jononalar,
Qadringizi bilmadi devonalar,
Qumri bilan bulbul-u bedonalar,
Yaxshi o'qur, siz ham o'qung onalar!
Bir qarangiz, yerda ko'kargan giyoh,
Sizga qilur, har biri atfi nigoh²
Lola kulib dog'-u kulur oymu moh,
Umri aziz sho'ra terib o'tdi oh,
Qumri bilan bulbul-u bedonalar,
Yaxshi o'qur, siz ham o'qung onalar!
Rasmi ravish shul esa nisvoniyat³
Kulsa kerak olama islomiyat.
Qoyida shariat qani haqqoniyat,
Qildi sizi johila nafsoniyat.
Qumri bilan bulbul-u bedonalar,
Yaxshi o'qur, siz ham o'qung onalar!
Millati islomiyaning bonusi,
O'zbek elining qaro ko'z ohusi,
Kor⁴ qilur bir kuni jahl og'usi⁵,
Ilm-u amal ushbu kasal dorusi.
1. Joriyayi xonalar – uy kanizi, uy ishi bilan band.
2. Atfi nigoh – e'tiborga tushish.
3. Rasmi ravish shul esa nisvoniyat – ayollarning turmush tarzi shu bo'lsa.
4. Kor – ish, asar, ta'sir.
5. Jahl og'usi – nodonlik og'usi.
Jadid kulliyoti: Sabzazor
@uzdevid | UmmaLife
Og'riq sezyabsanmi? Demak tiriksan. Boshqalarning og'riqlarini sezyabsanmi? Demak insonsan.c Noma'lum
Аллоҳ йўлидаги жангда ўлдирилган зотларни ҳаргиз ўликлар деб ўйламанг! Йўқ, улар тириклардир! У зотлар Аллоҳ Ўз фазлу карами билан берган неъматлардан хушнуд ҳолларида баҳраманд бўлмоқдалар ва ҳали ортларидан етиб келмаган биродарларига ҳеч қандай хавфу хатар йўқлиги ва ғамгин бўлмасликлари ҳақида хушхабар бермоқдалар(Ол-и Имрон сураси, 169-170 оятлар). https://islom.uz/maqola/4325
Шаҳид Солиҳ ал-Арурийнинг синглиси:
"Акамнинг қони Ғазодаги курашни алангалайдиган учқун бўлади. Бугун биз ҳамдардлик эмас, табрикларни қабул қиламиз."
@Globaltahliluz - Каналимизга аъзо бўлинг
Бугун Исроил ҳаво ҳужумида шаҳид қилинган Солиҳ ал-Арурийнинг онаси, ўғлининг шаҳид бўлгани ҳақидаги хабарга қуйидагича муносабат билдирди:
"Аллоҳ қабул қилсин.. Аллоҳ қабул қилсин"
@Globaltahliluz - Каналимизга аъзо бўлинг
Шаҳид Солиҳ ал-Арурий: "Биз иймон келтирган кишилармиз, шаҳидликни орзу қиламиз ва буни буюк ғалаба деб биламиз".
@Globaltahliluz - Каналимизга аъзо бўлинг
Hodisa – Nafaqat musulmonlar uchun, balki, g'ayrimuslim bo'lsada qalbidagi insoniylikni yo'qotmagan odamlar uchun ham rejalangan ijtimoiy tarmoq edi.
Bu loyihaga o'z vaqtimni va hamkasblarim vaqtini sarflaganimga qaramasdan uni to'xtatdim. Umma Life platformasini ko'rgach "Hodisa"-ni davom ettiraverishimga faqatgina hudbinligim sabab bo'lishi mumkin edi.
Og'riqli nuqtalarimiz juda ko'p bo'laturib bor narsani qaytadan "ixtiro" qilishga qo'lim bormadi.
Xa, jamiyatga foydasi tegadigan imkoniyatdan foydalanolmadim, lekin hammasi hali oldinda. Umid qilaman.
Bizning g'oyalarimiz va niyyatlarimiz bir bo'lgan nuqtalarda ("ko'rpani" o'zimizga tortmasdan) birlashishimiz shart! Agar-ki yaqinda bo'lib o'tgan tarix qaytalanishini xohlamasak...
@uzdevid
