cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Achieve Yourself!

MA Student at Uni-Bremen ~ Data Enthusiast ~ Teacher ~ (and a Web Developer too) Living to learn is learning to live

Show more
Advertising posts
760
Subscribers
+224 hours
-37 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

qilaman + qilmoqchiman x qilishim kerak < qildim 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
❤‍🔥 7💯 2 1👍 1 1
Show all...
Kanadaning Toronto universitetiga to'liq grant yutgan bola bilan suhbat

Rasmiy vebsayt: http://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter.com/KunUzNews

Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

👍 3❤‍🔥 1
“O’RGANISH MAKTABDA EMAS, MIYADA BO’LADI” – Manfred Shpitzer (Nemis nevro-olimi) Ba’zida til o’rganish qo’rqinchli tushga aylanib ketadi. “Birinchi ikki oydan keyin umuman to’xtab qoldim” “Grammatika qiyin tushunmayapman” “Bu so’z qanaqa o’qiladi o’zi?” degan gaplar paydo bo’ladi. Ssen bilan birga o’qigan bola 7.5 oladiyu sen bazo’r 5.5ga ilinasan. Qobiliyatdanmi? To’g’ri, mahallamizdagi Shoqosim 8.5 olganidayam “Talantda bu” deyishdi. Lekin hech kim Rus tilini o’rganolmay chala tashlab ketganini, nemis tilida 3 yilda amallab A2ga chiqqanini eslamadi. Ikkita tilni bilchillatib qo’yib o’zimdan talant yasab olganman. Aslida tilni hamma o’rgana oladi. Hammamiz tug’ilganimizdan kamida bitta tilni o’rganamiz. Demak til o’rganish qobiliyati allaqachon hammamizda bor. Muammo - to’g’ri yondashuvda. Nima qilsak til o’rganish vaqtini 2 baravar qisqartirib sifatini 2 baravar oshirishimiz mumkin? Qisqasi, bugun shu haqida gaplashamiz. Tasavvur qil: qadimgi asrlar. Sen esa dehqonsan. Kun bo’yi dalada ketmon chopasan. Jazirama quyosh ostida ter donachalari butun tanangdan oqib tushadi. O’ylab qolasan, nima qilsam mehnatim yengillashib, hosilim ko’payadi? Yerimni esa oldingiday 1 oydamas, bir haftada hayday olaman? Topdim! Uyni sotib ho’kiz olaman! Boshqacha qilib aytsak, katta natijalar katta qurbonliklar talab qiladi. Ko’p motivatorlar motivatsiya, ichki quvvat yoki super-muper metodikalar natijangni oshiradi deyishadi. Paloncha duo xotirangga yaxshi, pistonchasi yo’lda asraydi. Pfff. Albatta duolar kerak. Lekin real bo’laylik olma pish og’zimga tush deb yotgan bilan ish bitmaydi. Asosiy savol bu - qanaqa qurbonliklar qilish kerakligida? Bugun senga mana shulardan 5 tasini tushuntirib beraman. Gaplarim havodan olinmaganiga 5 yillik til o’rgatish, IELTS 8.5, nemis va rus tilidagi chala bilimim va atigi 5-6 ta poliglotning aytganlari guvoh xolos. Tayyor bo’lsang ketdik! (Davomi bor) 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
❤‍🔥 5👍 3 1🕊 1
🤵 Anchadan beri YouTube kanalimni muntazam yuritishni rejalashtirib kelyapman Shu hafta mana shu reja uchun birinchi qadamni tashladim. Ilk mavzuni tanlab, unga matn yozishga kirishdim. Albatta Telegram kanalimdagi sodiq obunachilarimga hurmat yuzasidan avvalo ularning oldidan o'tmay bu kontentni e'lon qilmayman. Ertaga ertalab ana shu matndan bir parchani e'lon qilaman. Ayamasdan tanqid qilaberingiz. Har qanaqa to'g'ri kamchilikni ko'rsatgan odamga oldindan katta rahmat! 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
👍 11❤‍🔥 1 1🕊 1
Bu mavzulardan qaysi biri qiziqroq?Anonymous voting
  • Tilni tez o'rganish
  • Shaxsiy munosabatlarda muvaffaqiyat
  • Stressga chidamlilik
  • Qiyin vaziyatda xotirjam qolish
  • Maqsad tanlash, rejalashtirish va amalga oshirish
  • Xarakterni rivojlantirish
0 votes
👍 3 1 1
🛫 Qiziq ma'lumot Yaponlar ta'limda 3 narsaga e'tibor berisharkan: 1) Jamoa bo'lib ishlashga 2) Erkin o'yinlar orqali o'rganishga 3) Mas'uliyatni o'rgatishga Bolalar doim guruhlarda ishlaganidan ularda yoshlikdan do'stlik va hamkorlik hissi shakllanarkan. Yapon tilida sinfdosh "tomadachi" - do'st deyilarkan. Bog'chada bolalar kuni bo'yi o'ynab kech bo'lganda majlisda nimalar o'ynashganini va uning tahlilini tushuntirib berisharkan. Yoshlikdan bolalar o'zlari va atrofdagilari uchun mas'ul ekanligi o'rgatilarkan. Masalan tushlik payti o'quvchilar o'zi partalarni o'zgartirib tushlik tugagach hammasini yana yig'ishtirib qo'yisharkan. 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
👍 9 2 1
🛫 Qanday qilib tez o'ylash mumkin? Ba'zi odamlar shunaqa tez reaksiya ko'rsatadi. Men esa sekin o'ylayman. Shoshib qolsam gaplarimni yo'qotaman. Zo'r javob qaytarolmayman. Mana shunaqangi hayollar sizdan ham o'tadimi? Tez o'ylashdagi asosiy sirlardan biri tayyorgarlikda. Agarda kimdir 10 yil davomida basketbol o'ynagan bo'lsa o'sha odamning mushak xotirasi to'pni ushlashga dasturlangan bo'ladi. Unga to'pni otsam ilib oladi. Lekin oyog'iga tepsam katta ehtimol bilan ushlolmaydi. Tezkor reaksiya xotiramizdan kelib chiqadi. Nimada tezkor bo'lmoqchi bo'lsangiz o'sha ishni tinimsiz mashq qiling. Gitara chalishda sekinmisiz? Notalardan orqada qolyapsizmi? Unda kuniga 1 soat va bir oy har kuni uni mashq qilib turing. Hozirjavob va hazilkash bo'lmoqchi bo'lsangiz ko'proq standup yoki komediya ko'ring. Ingliz tilida tez gapirmoqchimisiz? Unda kinolarni ko'rib ortidan tez qaytarishni mashq qiling. Lekin bir soat mashq qilib haliyam sekinku deb yotib olmang. Axir qovunni ekib qo'yib bir soat suv berib, "e chiqmadiku", - deb ketmaysizku. Practice makes perfect! 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
👍 7 3 2
🛫 Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Al Farg'oniy, Al Xorazmiy Ular turli davrlarda, turli hududlarda tug'ilishgan. Lekin hammalarini birlashtirib turadigan yagona narsa bo'lgan. Safar bu tug'ilgan uyingdan ketish, qiyinchilik, jismoniy va psixik sinovlar degani. Nima uchun ular shunchaki o'zlariga qulay muhitda qolish o'rniga boshqa yerga ko'chishgan? 14-asrda Usmonli turklar imperiyasi nihoyatda kuchayib butun savdo yo'llarini egallab olgach Ispaniya savdogarlarining Hindistondan tovar olib kelishi qiyinlashadi. Mana shu qiyinchilik fonida Kolumb keyingi 5-6 asrning eng ulkan kashfiyotlaridan biri, Amerikani topadi. Yevropaga yangi imkoniyatlar beradi. E'tibor qilsangiz yosh bola juda ko'p qiyinchiliklarni ko'radi. Avval turib yurishni o'rganish kerak. Keyin maktabga borish. Keyin o'qishni o'rganish va ho kazo. Chunki bu qiyinchiliklar unga harakat, munosabat va axborot erkinligini beradi. Muammo shundaki katta bo'lganimiz sari hayotimiz bir xil qolipga tushib qulay shaklda qotishni boshlaydi, biz ham. Qulaylik hududi xuddi toshbaqa kosasiga o'xshaydi. U seni himoya qiladi, asraydi. Lekin balki sen qushlarday qanot chiqarib uchishing, yoki baliqday suzishing mumkin edi. Qulaylik hududidan chiqmaguncha buni bilolmaysan. Juda ko'plab odamlar aslida mana shu kosa ichida bir umr qolib ketishadi. Xudodan oson hayotnimas, kuchli bo'lishni so'ra degan gapni ko'p eshitganman. Zero toshqin dengizlargina kuchli dengizchilarni chiqara oladi. 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
🔥 9👍 2 1
Bu haftada ham tongda 3ta post tayyorlaganman. Undan avvalroq Berlindagi sayohat va Zakovatdan ayrim rasmlarni ulashmoqchiman. P.S: 3-rasmda chapdan ikkinchi o'rinda Germaniyadagi O'zbekiston elchisi. Yaxshi suhbat bo'ldi. 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Show all...
4👍 3❤‍🔥 2 1
Hozir 1990-2000 yillar qo'shiqlari matnini o'qib o'ylayapman: Odamlar ma'nisiz bilimsiz she'r yozishga uyalishgan ekan. Demak Navoiy davrida daho bo'lmay turib she'r yozganlarni toshbo'ron qilishgan bo'lsa kerak...
Show all...
🔥 13👍 3🌚 2❤‍🔥 1 1🍓 1