cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

AbdurRohman Rick🔻

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Sahifani bag'rikeng, ma'rifatparvar, betakalluf, g'ururli, kamsuqum, gender adolat tarafdori bo'lgan shaxs yuritadi. Nasihatlari o'zi uchun. Dakkilari o'zi uchun.

Show more
Advertising posts
197
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Tarjima mem
Show all...
😁 13
Anaqissa Toshkentda kv izlab yurgan qizlar bo'lsa, 2 kishi uchun Yunusobod tumanida hovli bor. Izohlarda plus belgisini qoldiring, sizga bog'lanishadi. Yoki kv izlab yurganlarga dalolat qilishingiz ikki tomonning ham yengilini yengillashtiradi. Rahmat. Reklama huquqi asosida
Show all...
🫡 1
Ички сиёсатда, диний соҳадаги сиёсатда икки қараш курашмоқда. 1.Инерция. Олдинги қараш. Узоқ муддат ҳукмрон бўлган қараш: диндорлик – энг катта душманимиз, диндорлик даражаси ошиб борса – модерн давлат қура олмаймиз, иккинчи Афғонистон бўламиз, йиқиламиз, йиқитиламиз, қолоқ бўлиб қоламиз, олабўжи бўлиб қоламиз... Шунинг учун диндорлик даражаси билан курашиш керак: соқол, ҳижоб, диний кўриниш... Исломий ошхоналар, диний номлар... – буларнинг барисига “Запрееееет!!!” 2.Ислоҳотлар ортга қайтмаслиги керак. Репрессияга йўл қўймаслик керак. Агар репрессияларга қайтсак, ўзимизга ҳам ноқулай бўлади... Халқаро майдонда обрўй кетади, сармоя келмайди, ҳеч ким қўл бериб саломлашмай қўяди... Яна якка мохов бўлиб қоламиз, яна қорадан қора рўйхатларда бўламиз... Лекин, кичик қадамлар билан инерция устун келмоқда. Яна диндорлик даражаси билан кураш авж олмоқда. Дин ва виждон эркинлиги билан кураш бошланмоқда... Оқибатлари барибир салбий бўлади... Давлат учун ҳам, жамият учун ҳам. Ҳеч ким ютмайди, миллат ютқазади, давлат ютқазади, халқ ютқазади. Аслида, жамиятнинг ҳокимиятга ишончини ошириш керак эди, давлатнинг легитимлигини мустаҳкамлаш керак эди. Дунёвий давлатчиликни тушунтириш зарур эди, виждон ва дин эркинлигини реал жорий қилиш керак эди... Тескариси бўлаяпти. @Rabbimov_rasmiy
Show all...
👍 1
Ramazon hayiti muborak bo'lsin, yaxshilar.
Show all...
🎉 8
ОХИРГИ КУН... Ўтиб борар ўттизинчи кун, Эшитилар шом учун азон. Алвидо, дейишга қўрқаман, Кўришгунча, дейман, рамазон... Елканлари уфққа шўнғиган Манзарани эслатган каби Қайларгадир савоб кўтариб Сузиб борар умр маркаби. Мен оролда қолаётган ўй — Ўша эртакдаги Робинзон... Ўн бир ойлик ёлғизлигим қўй, Сени кутмоқ — шараф, Рамазон! Биттадан ёз, ҳам қишу баҳор Ўтказамиз, хўп, майли, дегин. Суюклигим, лекин ваъда бер - Мен шўрликни соғиниб келгин. Елканларинг хилпиллат маҳзун, Ол менданам кўп-кўп хавотир. Ҳа, рамазон, билмайсан-да сен, Йўқлигингда не ишлар содир... Сен келасан, гуллар бу маскан Воқиф бўлиб азалий сирдан. Ўн бир ойда дилимни эзган Гуноҳларим куяди бирдан. Унутилар ортдаги заҳмат, Пешонамда раҳмат терлари. Кўз ёшлардан қолармикан-ей Юракнинг ваҳм, мавҳум кирлари?! Соғинчинг-ла бут бугун юрак — Такрор-такрор васлингга етиш Ва қўшимча биргина тилак: Бу оролдан сен билан кетиш!!!" Кўнглим энди тамомийла тўқ, Тугаб қолди шомга ҳам азон - Луғатимда хайр сўзи йўқ, Кўришгунча, дейман, рамазон! Алвидо, дейишга қўрқаман... @Xayrulla_Hamidov_adabiyot
Show all...
👍 3🔥 1
Ziyouz.com'ga bugun 20 yil bo'libdi. https://t.me/davronbekt/2906
Show all...
Davronbek Tojialiyev sahifasi

Бугун ҳаётимдаги энг яхши лойиҳалардан бири Ziyouz.com дунё юзини кўрганига 20 йил бўлди. Кечагидек ёдимда, бундан ропа-роса 20 йил аввал, 2004 йил 9 апрель куни сахар пайти дўстим Отабек Нуриддинов хонадонида Ziyouz.com порталининг илк саҳифаларини интернетга юклаган эдик. Сайтни html дастурлаш тилида ўзим ёзган ва ўша замон услубида оддий дизайн қилган эдим. Илк 20 та мақолани ўша пайтдаги интернет тезлиги (31 кбит/с) билан уни жойлашга 1 соатча кетганди (қулоқларим остида Dialup овози жарангламоқда). Ярим йил ичида сайтдаги мақолалар сони 300 тага етган.

👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mahalliy yo'nalishda tayyorada uchganlar aytsinchi, bepul o'rin bilan pulli o'rinlarni farqi nima? Chetdagi hammasi ham derazaga qaraydimi?
Show all...
👍 1
Repost from Ilyos Safarov
Tahlil: Islom, terror va terakt tushunchalari nega yonma-yon ishlatiladigan bo‘lib qoldi? “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni dunyoda xavfi va ko‘lami yildan-yilga ortib borayotgan hamda yaqindagina Rossiyada yuz bergan teraktdan keyin insoniyatga navbatdagi o'zini eslatgan terrorizm balosi haqida bo‘ldi. Shuningdek, intervyu davomida terrorizm yuz tutayotgan zamonaviy o'zgarish va ko'rinishlar hamda uning nega ko‘pda islom dini va musulmonlar bilan bog‘lanishi masalalari ham tahlil qilindi. Dastur mehmoni sifatida savollarga diniy ulamo Mubashshir Ahmad va olima, sotsiolog Dilsora Fozilova javob berdi. 📹👉 https://youtu.be/UDAhqy75duQ @haqiqatdaIlyos
Show all...
Tahlil: Islom, terror va terakt tushunchalari nega yonma-yon ishlatiladigan bo‘lib qoldi?

“Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni dunyoda xavfi va ko‘lami yildan-yilga ortib borayotgan hamda yaqindagina Rossiyada yuz bergan teraktdan keyin insoniyatga navbatdagi o'zini eslatgan terrorizm balosi haqida bo‘ldi. Shuningdek, intervyu davomida terrorizm yuz tutayotgan zamonaviy o'zgarish va ko'rinishlar hamda uning nega ko‘pda islom dini va musulmonlar bilan bog‘lanishi masalalari ham tahlil qilindi. Dastur mehmoni sifatida savollarga diniy ulamo Mubashshir Ahmad va olima, sotsiolog Dilsora Fozilova javob berdi. Telegram 👉

https://t.me/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) TikTok 👉

https://www.tiktok.com/@vatandosh.tv

Instagram 👉

https://www.instagram.com/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) YouTube 👉

https://www.youtube.com/@vatandosh_tv

Facebook 👉

https://fb.com/vatandoshtv

👍 2🔥 1
Markaziy Bank ma'lumotlariga ko‘ra yillik inflyatsiya darajasi 14 foiz etib qoldirildi. Demak sodda qilib aytganda, pulning qadrsizlanishi yillik 14 foiz ekan. Lekin ba'zida aholi orasida, xususan tarmoqlarda inflyatsiya darajasiga ishonchsizlik va shubha bilan qarash uchrab turadi. Xo‘sh, shunday ekan buni tekshirish uchun nega endi har kim o‘z shaxsiy inflyatsiya hisoblab ko‘rmasligi kerak? @linkdatauz jamoasi ajoyib loyihani ishlab chiqibdi. Loyiha maxsus kalkulyatordan tashkil topgan bo‘lib, unda har kim o‘z shaxsiy yoki oilaviy inflyatsiya darajasini hisoblab ko‘rishi mumkin. https://linkdata.uz/linkbasket.html havolasi orqali kirilganda shaxsiy kalkulyatordan foydalanish yo‘riqnomasi va nima ichun inflyatsiya darajasini hisoblash kerakligi haqida ma'lumotlar berib o‘tilgan. Ushbu loyihani iqtisodiyot va Data Science sohasidagi yetuk malakali mutaxassislar amalga oshirgan. Shuningdek, jamoa tarafidan O‘zbekistondagi avtomobil narxlarini baholash, yo‘l harakati hodisalari tahlili kabi bir qancha qiziqarli loyihalar ham ishlab chiqilgan va ishlab chiqish jarayonida.
Show all...
Link Data

Welcome to Link Data.

👍 1
Repost from Muslim Mind
https://t.me/+QMSVhxLeYX42ZTVi Mana, vanihoyat uzoq kutilgan doktor Raida Jarrorning “atheism: a giant leap of faith” deb nomlangan asarining oʻzbek tilidagi toʻliq variantini siz o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilamiz. Bu kitobni tarjima qilishimizni e'lon qilganimizdan buyon juda ko'pchilik qiziqish bildirib kutishdi. Mana endi uni toʻliq oʻqib chiqing va fikrlaringizni bildiring. Manfaati ikki dunyoyingizga foydali bo'ladigan sodda tildagi kitobni taqdim qilayotganimizdan xursandmiz. Kitobni tarjima, tahrir va sahifalashda xolis ishtirok etgan insonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Alloh ulardan rozi bo'lsin! Bu ishlar xolis, hech kim yoki hech qaysi g'oyalarga nisbatan beg'araz qilindi. Bunda bizga Allohni oʻzi madadkor boʻldi, u xohladi va kitob oʻzbek tilida chiqdi. Ehtimol kelgusida kitobning audio va qog'oz shakli ham eʼlon qilinadi. Shu sabab kitobga faqat birlamchi manbadan kirishga imkon va uni boshqalar tijoriy maqsadlarda ishlatmasliklari uchun yopiq kanalda ochiq taqdim qilindi. - Hurmat va ehtirom ila, Muslim Mind
Show all...
Atheism a giant leap of faith

“Yaratgangan ishonish aqlgan dushman bo'ldik degani emas, balki imon aqlning asosidir”

🎉 6👍 1