1 539
Subscribers
-124 hours
-167 days
-4530 days
Posts Archive
1 539
#OB_HAVO
⚡O‘zbekistonda 23-24-yanvar kunlari havo harorati -13 darajagacha soviydi
"O‘zgidromet"ning ma'lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechalari -13 darajagacha, mamlakatning boshqa hududlarida -7 darajagacha sovuq bo‘ladi.
22-23-yanvar kunlari Respublikaning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi) kutilmoqda.
Havo harorati hafta oxiriga borib, asta-sekin yana ko‘tarila boshlaydi.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
📌 Armiyaga bormagan bo‘lsa ham shu yerda xizmat qilgan barchani tabriklab qolamiz
🇺🇿 Barchangizni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
❗️Ertaga – 14 yanvar ish kuni
Ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanmagan. Shunday ekan, 14 yanvar barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.
2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari quyidagicha:
👉1 yanvar – Yangi yil;
👉8 mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21 mart – Navro‘z bayrami;
👉9 may – Xotira va qadrlash kuni;
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
👉Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bugunda boshlab 13-14-15 yanvar kunlari tutiladigan Rajab oyi ro‘zasini iftorlik va saharlik vaqtlarini e’lon qildi (Toshkent vaqti bilan)
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
O'qituvchilarga avtokredit
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog va xodimlar “Muallim eʼzozda” aksiyasi doirasida “Chevrolet” avtomobillarini (Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T) tijorat banklari orqali boshlangʻich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik muddatli toʻlov asosida xarid qilishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
❗️Qo‘ng‘iroqqa javob berdim va pulni yo‘qotdim: O‘zbekiston aholisi noma’lum raqamlardan katta spam-hujumga uchradi
Firibgarlar o‘zbek raqamlarini almashtiradi. Firibgarlarga tushib qolmaslik uchun shubhali raqamlardan qo'ng'iroqlarga javob bermaslik tavsiya etiladi.
Agar siz telefonni ko'tarsangiz-u, lekin qo'ng'iroqning narigi tomonida jimlik bo'lsa, kim va nima uchun qo'ng'iroq qilayotganini bilishga urinmasdan darhol suhbatni tugating.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
Endi shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi
1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
2025-yil 1 iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olina boshlanadi. Bu prezidentning «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda «ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, «Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
Gulnora Karimova manzil koloniyaga o‘tkazildi
Islom Karimovning qizi 2020-yilda 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Birinchi prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova yangi yil arafasida Zangiota tumanidagi 42-manzil koloniyaga o‘tkazildi.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonlari qachondan boshlanadi?
Ma’lumot uchun: OTM talabalari, kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari uchun 8 yanvardan boshlab, maktab o‘quvchilari uchun esa 13 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanadi.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
⚡Xitoyda tarqalayotgan virus O'zbekistonda ham aniqlandi
Ayni vaqtda respublikada o'tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko'tarilishi kuzatilmoqda.
Sanepidqo'mitaga ko'ra, ushbu respirator infeksiyalarning so'nggi laboratoriya tahlillari natijasiga ko'ra: 36,9 foizida gripp virusi, 30,2 foizida rinovirus, 28,6 foizida respirator-sinsitial virus, 1,2 foizida metapnevmovirus va 3,1 foizida boshqa viruslar aniqlangan
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
❄️Ertaga O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududidan nam va sovuq havo kirib keladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi.
8 yanvarda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.
9-10 yanvarda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Shu kunlarda havo harorati kechalari -3...-6° gacha, kunduzi 0...-3° gacha pasayadi.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
#tezkor
⚡️ Respublika Pediatriya Markazi kasallangan bolalar bilan to‘lganligi aytilmoqda
O‘zbekistonda har 1000 ta kasalga chalingan odamning 12 tasi yangi virusga chalingani aytilmoqda. Ya’ni 1.2 foiz.
Yangi tarqalgan metapnevmovirusning belgilari:
Yo‘tal, burun bitishi, bosh og‘rig‘i nafas qisishi ekan
Yaqinlarga yuborib ogohlantirib qo‘yamiz
Ota-onalarga yuborib, ogohlantirib qo‘yamiz.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
#tezkor
⚡️ Respublika Pediatriya Markazi kasallangan bolalar bilan to‘lganligi aytilmoqda
O‘zbekistonda har 1000 ta kasalga chalingan odamning 12 tasi yangi virusga chalingani aytilmoqda. Ya’ni 1.2 foiz.
Yangi tarqalgan metapnevmovirusning belgilari:
Yo‘tal, burun bitishi, bosh og‘rig‘i nafas qisishi ekan
Yaqinlarga yuborib ogohlantirib qo‘yamiz
Ota-onalarga yuborib, ogohlantirib qo‘yamiz.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
#тезкор
⚡️ Республика Педиатрия Маркази касалланган болалар билан тўлганлиги айтилмоқда
Ўзбекистонда ҳар 1000 та касалга чалинган одамнинг 12 таси янги вирусга чалингани айтилмоқда. Яъни 1.2 фоиз.
Янги тарқалган метапневмовируснинг белгилари:
Йўтал, бурун битиши, бош оғриғи нафас қисиши экан
Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз
Ота-оналарга юбориб, огоҳлантириб қўямиз.
https://t.me/Eshitdinggizmi247
1 539
❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!
Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o’z nihoyasiga yetdi.
Ertaga — 3-yanvar (juma) hamda ertadan keyin — 4-yanvar (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
1 539
#MUROJAAT
⚡️2454 nafar xorijiy til sertifikatga ega talabgorlar doktoranturaga o'qishga kira olmagan – yana bir qancha kvotalar bo'sh qolgan!
2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlarning 2454 nafari xorijiy til sertifikatiga ega bo'lsada, ammo mutaxassislik imtihonidan yetarli ball to'play olmay, o'qishga kira olmagan.
Bu yil doktorantura uchun talabgorlarning soni kvotaga nisbatan yuqoriligi sababli ayrim yo'nalishlarda o'qishga qabul qilinmaganlar bo'lgan. Yana ayrim yo'nalishlarda esa yetarli arizalar mavjud emasligi sababli kvotalar to'lmay qolgan.
📈 Umumiy hisobda respublika bo'yicha jami yo'nalishlar kesimida 2454 nafar xorijiy sertifikatga ega talabgorlar o'qishga qabul qilinmay qolib ketgan.
Avvalgi yillarda doktorantura va tayanch doktorantura uchun ajratilgan kvotalar sertifikatga ega bo'lgan talabgorlarning soni yetarli bo'lmagani sababli to'lmay kelayotgan edi. Bu yil esa aksincha talabgorlar soni ortgan.
Bu albatta talabgorlarni bir necha yillardan beri sertifikati mavjud bo'lmagani sababli hujjat topshira olmay, xorijiy til o'rganishga majbur qilgan. Ammo, lekin, biroq... Adolatli yoki "adolatsiz" imtihon o'tkazilishi yoxud taqdirning hazili bilan mana shunday kadrlar o'qishga qabul qilinmay qolgan.
O'qishga qabul qilinganlarning hammasi ham salohiyatli yoxud aksincha qabul qilinmaganlarning hammasi ham salohiyatsiz kadr bo'lishi mumkin emas.
Shu sababli doktorantura va tayanch doktorantura uchun hujjat topshirgan, biroq yetarli ball to'play olmagan tegishli xorijiy til bilish sertifikatiga ega talabgorlarning barchasini shuncha yillik mehnatlarini inobatga olib, ularni qo'llab-quvvatlagan holda hamda bir necha yildan beri bo'sh qolgan kvotalar o'rnini qoplash maqsadida o'qishga qabul qilishlarini so'raymiz!
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:✅ @Talimgaoid
1 539
❓9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?
✅ Qisqa javob: ha, dam olish kuni.
📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.
Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
1 539
+3
NAMANGANDA KITOBXONLIK BAYRAMI O‘TKAZILDI
Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskanida “Kitobxonlik festivali”ning taqdirlash marosimi tashkil etildi.
“Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 35653 nafar o‘quvchilar qamrab olinib, 38 nafar g‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Ma’naviyat bayramida so‘z olgan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Isakovlar nafaqat o‘quvchilar balki ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi shart va zarur ekanini alohida ta’kidladi. Diltortar kuy – qo‘shiqlar va o‘quvchi – yoshlarning beg’ubor raqslari tadbirga yanada mazmun va bayramona tantanavorlik kasb etdi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis
