en
Feedback
MARXABO MAHALLA

MARXABO MAHALLA

Open in Telegram

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ОСТАНАКУЛОВ СУНН ТЕЛ:932353408 МАХАЛЛА РАИС САРАДЖАНОВА АНЖЕЛИКА ТЕЛ: 937245248 Маиший чикинди (мусор) инспектор Салохиддин 94 701 45 99 Ичимлик сув инспектор Каршиев Маъруф 945370097 "MARXABO" махалласи Admin: @samsh_marxabomfy

Show more
278
Subscribers
+124 hours
-17 days
+130 days
Posts Archive
#Uzb35 #Mustaqillik35 📚 «Samarqand oilalari — ma’rifat bilan»
Samarqand shahrida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy hayotga tayyorlash hamda xonadonlarda kitobxonlik muhitini shakllantirishga qaratilgan «Samarqand oilalari — ma’rifat bilan» loyihasi izchil davom etmoqda. 🇺🇿 Samarqand shahar hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi F. Umarov tashabbusiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan nikoh qurish arafasidagi yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilinmoqda. Loyiha doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi, Samarqand shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Adliya bo‘limi o‘rtasida uch tomonlama Memorandum imzolangan. 📖 Bugungi kunda kitoblar jamlanmalari FHDYO bo‘limlari orqali nikohlanuvchi yoshlarga topshirilmoqda. Mazkur tashabbus yosh oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va mas’uliyatni yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda oilaviy ajrimlarning oldini olishga xizmat qiladi. 🤝 Ma’rifatli oila — mustahkam oila! 📚 Kitobli xonadon — ma’rifatli jamiyat poydevori!
 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

Davlat rahbarlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar. — Главы государств приняли участие в совместном бизнес-форуме. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

— Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim boʻlib, amalsiz boʻlsa, bu shogir
— Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim boʻlib, amalsiz boʻlsa, bu shogirdlar axloqiga yomon taʼsir koʻrsatadi. ✍️ Abdulla Avloniy Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

photo content
+1

Шу фукарони курганалар алокага чиксин 93 235 34 08 ракамига

❗️Эрта никоҳ ва 16 ёшгача бўлган ҳомиладорлик ҳақида хабар бермаганлар жаримага тортилиши мумкин Ўзбекистонда эрта никоҳ ёки
❗️Эрта никоҳ ва 16 ёшгача бўлган ҳомиладорлик ҳақида хабар бермаганлар жаримага тортилиши мумкин Ўзбекистонда эрта никоҳ ёки 16 ёшгача бўлган ҳомиладорлик ҳолатлари ҳақида тегишли идораларга хабар бермаганлик учун жарима белгилаш таклиф этилмоқда. Қонун лойиҳаси 19 сентябрга қадар жамоатчилик муҳокамасига қўйилган. Унга кўра, маҳалла, ФҲДЁ, таълим ва тиббиёт муассасалари ҳамда диний идора вакиллари бундай ҳолатлардан хабардор бўлса, ички ишлар органлари ва «Инсон» марказларига хабар бериши керак бўлади. Хабар бермаган фуқаролар ва хизматчиларга 3–5 БҲМ, мансабдор шахсларга эса 5–10 БҲМ жарима солиш таклиф қилинмоқда. Қоида бир йил ичида такрорланса, жарима миқдори яна оширилади. ✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!

ТАЪЗИЯ ВА ЖАНОЗА ЭЪЛОНИ Бисмиллаҳир роҳманир роҳим. Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун. Каримов Алишер Илмурадович 1957 йил 19 апрель куни таваллуд топган бўлиб, 2026 йил 8 сентябр куни вафот этдилар. Каримов Алишер Илмурадович узоқ йиллар давомида Самарканд шахар Мархабо МФЙ худудидаги 72-МТМ да мудир лавозимида фаолият юритганлар. Меҳнат жамоалари ва ҳамкасблари орасида ҳурмат ва эътибор қозонган инсон эдилар. Жаноза маросими 2026 йил 9 сентябр куни соат 10:00 да ўтказилади. Манзил: Самарқанд шаҳри, Буюк Ипак йули кўчаси, 62-уй, 25-хонадон. Мархум Каримов Алишер Илмурадовичнинг яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз. Яратгандан барчаларига сабр-тоқат тилаймиз. Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун.

Ота-оналар учун муҳим маълумот! Мактабларда янги баҳолаш тизими жорий қилинади Энди боланинг чораклик натижаси битта “3”, “4” ёки “5” билан эмас, уч хил баҳолаш натижасидан йиғилган 100 балл билан аниқланади.
Янги тизимда ўқувчининг фақат маълумотни ёдлаб олгани эмас, мавзуни тушуниши, мустақил фикрлаши ва олган билимини амалда қўллай олиши ҳам баҳоланади. Чораклик натижа жами 100 баллдан иборат. 🟢 Форматив баҳолаш — 10 балл. Бу ўқувчининг кундалик дарсдаги ўзлаштиришини кузатиб боради. Муҳими, бола хатога йўл қўйса, уни дарҳол аниқлаш ва тузатиш имконига эга бўлади. 🔵 БСБ — боб бўйича сумматив баҳолаш — 50 балл. Асосий улуш шу ерда: ўқувчи ўтилган мавзу ёки бўлимни қай даражада ўзлаштиргани текширилади. 🟣 ЧСБ — чорак бўйича сумматив баҳолаш эса 40 балл. Унда бутун чорак давомида олинган билим ва амалий кўникмалар умумлаштирилади. Демак, формула оддий: 10 + 50 + 40 = 100 балл.
👉 @UnchaMuncha

📢 "Ma'naviyat va ma'rifat namunasi" shahar ko‘rik-tanloviga start beriladi! ❗️Samarqand shahrida "Ma'naviyat va ma'rifat nam
📢 "Ma'naviyat va ma'rifat namunasi" shahar ko‘rik-tanloviga start beriladi!
❗️Samarqand shahrida "Ma'naviyat va ma'rifat namunasi" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur tanlov davlat va xususiy umumtaʼlim maktablari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada yuksaltirish, Ma'naviyat va ma'rifat kengashlari hamda Ma'naviyat va ma'rifat xonalari faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va eng namunali maskanlarni aniqlashga xizmat qiladi. 📅 Ko‘rik-tanlov 2026-yil sentyabr–oktyabr oylarida o‘tkaziladi. 🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 Eng yaxshi ta'lim muassasasi; 🔹 Eng yaxshi tashkilot; 🔹 Eng yaxshi mahalla. 🥇 Har bir nominatsiya g‘olibi Diplom hamda 15 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi. Hurmatli, Samarqand shahridagi ta'lim muassasalari rahbarlari, tashkilot va idoralar mas'ullari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari! Sizlarni ushbu nufuzli ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etishga, o‘z jamoangizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini namoyon etishga chorlaymiz. 📍 Tanlovda qatnashish uchun arizalar Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi (Shahar hokimligi, 13-xona) hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan telegram kanal orqali qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun 📲 Telegram: @manaviyatmarifat24 👉 Tanlov nizomi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

📚 «Raqamli ma’rifat akademiyasi» — yangi loyiha! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Raqamli ma’rifat akademiyasi» loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
🎯 Loyiha doirasida bugungi mavzu: 🌐 Internet — imkoniyatmi yoki xavf?
Internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, raqamli makonda axborotni saralash va turli tahdidlardan himoyalanish — bugun har birimiz uchun muhim.
1-darsning 1-qismi. Davomi bor... https://youtu.be/voMW3g1nSEY?si=ClJtt7VBqTDfVTYA #RaqamliMarifatAkademiyasi #Internet #RaqamliMadaniyat Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

Prokurorning ma’naviy qiyofasini shakllantirish mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi. — В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi. — Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

— Bizning millatimizga sado va soʻz birlan ziyoli nomini olgʻan insonlar lozim emas. Balki, xizmati, harakati, yordami va him
— Bizning millatimizga sado va soʻz birlan ziyoli nomini olgʻan insonlar lozim emas. Balki, xizmati, harakati, yordami va himmati birlan ziyoli nomini olgʻan insonlar lozimdir.Munavvarqori Abdurashidxonov Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston va Hindiston munosabatlari yangi darajaga olib chiqiladi. Davlatimiz rahbari ShHTning Bishkek sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Poytaxtimizda Zamonaviy san’at markazi ochildi.

Ғофуржон Мирзаев Бош вазирнинг ўринбосари – Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси раиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан
Ғофуржон Мирзаев Бош вазирнинг ўринбосари – Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси раиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг кадрлар бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

#Uzb35 #Mustaqillik35 Samarqand shahridagi Shohi Zinda majmuasi tarixi haqida qiziqarli ma’lumot. 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari bilan: Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekis
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari bilan: Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi; Jamshid Jaxongirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Sardor Alisherovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Facebook|Instagram|X

— O‘zbekistonni oldinda nafaqat yangilanish, balki chinakam yuksalish, renessans kutmoqda. Bu meni cheksiz quvontiradi, chunk
— O‘zbekistonni oldinda nafaqat yangilanish, balki chinakam yuksalish, renessans kutmoqda. Bu meni cheksiz quvontiradi, chunki ayni fikr asossiz emas. Vatanimizda taraqqiyot uchun barcha imkoniyat bor. ✍️ Rafiq Nishonov Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram

Samarqand shahri 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda. Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTubeFacebook|Instagram