🏆🔥POSITIVE INTRIGA🔥🏆
Open in Telegram
273
Subscribers
-124 hours
+27 days
+230 days
Posts Archive
🏴 4 yilda bir marta keluvchi kabisa yiliga to‘g‘ri kelgan 1288-yilda Shotlandiya 29 fevral kunini ayollarning erkaklarga nikoh taklif qilish imkoniyatini e'lon qildi. Eng qizig‘i ushbu qonunga ko‘ra taklif qilgan ayolga rad javobini bergan erkak jarima to‘lashi kerak bo‘lgan.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
👳🏻♂️ Poliginiya – bu bir erkakning ko'p ayolni nikohlashi.
🧕🏻 Poliandriya – bu bir necha erkakning bitta ayolga nikohlanishi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
💍 Johiliya davrida nikohlarning turlari (bu nikohlar Alloh taolo va uning Rasuli (s.a.v) tomonidan bekor qilingan)
Mut'a Nikohi – Vaqtinchalik nikoh
Nikoh-i Badal – Turmush o'rtoqlarning o'zaro almashinuvi.
Nikoh-i Makt – Bu to'ng'ich o'g'lining otasi vafotidan keyin o'gay onasi bilan nikohi. Yaʼni ota vafot etsa, Katta oʻgʻil,otasining xotiniga uylanishi mumkin edi
Nikah- I Sigʻar – Oilalar mahr yoki unvon bermaslik uchun o'zaro qizlarini bir-birlariga berishadi. Bu yerda Mahr otaga qolishi mumkin va majburiy nikoh boʻladi
Nikoh- I Istibda – Oʻg'li bo'lmagan erkaklar o'g'il ko'rish uchun turmush o'rtog'ini boshqa birovga taklif qilishadi. Yaʼni oʻgʻilli boʻlish uchun xotinini boshqaga berib, boshqadan oʻgʻilli boʻladi. Koʻpincha, bunday taklif boy, mashxur oilalar erkaklariga berilgan
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🇬🇭 Gana davlatida ajrashayotgan er-xotinlar ajrim vaqtida, toʻy liboslarida kelishi shart. Shu bilan ularni niyatidan qaytarishga harakat qilinadi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
Ha, azizlar shunaqa boʻlib qoldi 🤭 Eng yoqqan tomoni bu kunda Buvijonimizni Yubiley Tugʻilgan kunlarini oʻtkazamiz 🤗
Qadrdon insonim! Sizni "Oila" deb atalmish muqaddas qasriga ilk bor qadam qoʻyayotgan ikki yosh (Zakovatchilar) 🤵🏻QUDRAT va 👰🏻♀️ROZIYAlarning Nikoh toʻylari munosabati bilan 2024-yil 16-may kuni soat 18:00da boʻlib oʻtadigan "VISOL OQSHOMI" kechamizga taklif etamiz.
Yoʻlingiz tushib, vaqtingiz boʻlib, ilojini qilib kelsangiz sizdan bagʻoyatda xursand boʻlamiz ☺️
Ha, azizlar Vaznim og'ir deb hech qachon siqilmang prosta siz nito planetadasiz xolos;)
🔰 Odam o'zga sayyoralardagi og'irligi (Yer–70 kg):
Oy – 11,7 kg,
Merkuriy – 18 kg,
Marsda – 26 kg,
Uran – 59 kg,
Venera – 63 kg,
Saturnda – 19 kg,
Neptun – 80 kg
Yupiter – 185 kg.
Turli sayyoralarda odam vaznining har xil bo'lishi osmon jismlarining radiusi va massasiga bog'liq. Sayyoraning massasi qancha katta bo'lsa, uning tortish kuchi ham shuncha katta bo'ladi, binobarin, undagi jismlar ham shuncha og'ir bo'ladi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🌁 Bortl shkalasi — ma'lum bir joyning tungi osmon yorqinligini o'lchaydigan to'qqiz darajali raqamli shkala. Bu samoviy jismlarning astronomik kuzatuvchanligini va yorug'lik ifloslanishidan kelib chiqadigan miqdoriy koʻrsatkich.
Jon E. Bortle o'lchovni yaratdi va uni Sky & Telescope jurnalining 2001 yil fevral sonida havaskor astronomlarga kuzatuv ob'ektining zulmatini baholashga yordam berish va ikkinchidan, kuzatuv joylarining qorong'iligini solishtirish uchun nashr etadi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🌍 Yer atmosferasidagi qatlamlar va fazodagi 25 ta eng yorqin Yulduzlar bilan tanishing
✴️ Ushbu yulduzlar nomini Stellarium dasturiga yozsangiz osmonning qayerida ekanini ko'rsatib beradi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🚀🇰🇿 Dunyodagi eng birinchi va eng katta Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromi ham, unga yondosh Boyqo‘ng‘ir shaharchasi yillik 115 mln dollar to‘lash sharti bilan 2050 yilga qadar Rossiyaga ijaraga berilgan. Rossiyaning to‘lovi faqat bundan iborat emas – kosmodrom faoliyatini moliyalashtirib turish, shaharcha infratuzilmasini saqlash va boshqa qator loyihalar uchun Rossiya hukumati yiliga 10 mlrd rubldan ortiq mablag‘ sarflaydi. 60 yildan ortiq tarixi davomida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan olti mingdan ortiq raketalar uchirilgan, 1 500 dan ortiq fazogir aynan shu kosmodromdan koinot sari yo‘l olgan. Kosmodromning joylashgan joyini josuslardan sir saqlash uchun unga yaqin hududda yolg‘ondakam kosmodrom qurilgan.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🍽️ 1961-yilning iyulida sho‘ro kosmonavti Yuriy Gagarin rasmiy tashrif bilan Britaniya qirolichasi huzurida bo‘ladi. Bukingem saroyida tashkil etilgan ziyofat chog‘ida mehmonlarga limonli choy taqdim etiladi. Gagarin choyni ichib bo‘lgach, qoshiq bilan ichidagi limonni olib yeb qo‘yadi. Oliy darajadagi ziyofat qatnashchilari fazogirning bu ishini ko‘rib, yoqa ushlaydilar. Chunki bunday xunuk harakat qirollik saroyi etiketiga tamomila zid edi. Yuzaga kelgan o‘ng‘aysiz vaziyatni bartaraf etish uchun Yelizaveta II ham o‘z finjonidagi limonni namoyishkorona tarzda yeydi va tabiiyki, qirolichaning ketidan boshqa mehmonlar ham bu ishni takrorlashadi
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🛸 Kosmosga sun'iy yo'ldosh yuborgan birinchi davlatlar:
☭ Sovet Ittifoqi
‣ Sputnik 1 (1957)
🇺🇸 Amerika Qo'shma Shtatlari
‣ Explorer 1 (1958)
🇬🇧 Buyuk Britaniya
‣ Ariel 1 (1962)
🇨🇦 Kanada
‣ Alouette 1 (1962)
🇮🇹 Italiya
‣ San-Marko 1 (1964)
🇫🇷 Fransiya
‣ Asterix (1965)
🇦🇺 Avstraliya
‣ WRESAT (1967)
🇪🇺 ESRO
‣ ESRO 2B (1968)
🇩🇪 G'arbiy Germaniya
‣ Azur (1969)
🇯🇵 Yaponiya
‣ Ohsumi (1970)
🇨🇳 Xitoy
‣ Dongfanghong I (1970)
🇳🇱 Niderlandiya
‣ ANS (1974)
🇪🇸 Ispaniya
‣ Intasat (1974)
🇮🇳 Hindiston
‣ Aryabhata (1975)
🇮🇩 Indoneziya
‣ Palapa A1 (1976)
🇨🇿 Chexoslovakiya
‣ Magion 1 (1978)
🇧🇬 Bolgariya
‣ Bolgariya 1300 (1981)
🇸🇦 Saudiya Arabistoni
‣ Arabsat-1A (1985)
🇧🇷 Braziliya
‣ Brasilsat Al (1985)
🇲🇽 Meksika
‣ Morelos 1 (1985)
🇸🇪 Shvetsiya
‣ Viking (1986)
🇮🇱 Isroil
‣ Ofek-1 (1988)
🇱🇺 Lyuksemburg
‣ Astra 1A (1988)
🇦🇷 Argentina
‣ Lusat (1990)
🇭🇰 Gonkong
‣ AsiaSat 1 (1990)
🇵🇰 Pokiston
‣ Badr-1 (1990)
🇷🇺 Rossiya
‣ Kosmos 2175 (1992)
🇰🇷 Janubiy Koreya
‣ Kitsat-1 (1992)
© Jahon statistikalar
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🍽️ Birinchi bo‘lib kosmosda Yuriy Gagarin ovqatlangan. Uning nonushtasi 160 grammlik uchta: ikkita go‘shtli va bitta shokoladli tyubikdan iborat bo‘lgan.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🎩 Yuriy Gagarin 1934-yil 9-martda Smolensk viloyati Klushino shahrida tug‘ilgan. Sovet uchuvchi-birinchi kosmonavt.
SSSR Qahramoni. Polkovnik. U insoniyat tarixida yangi davrning kashfiyotchisidir. Birinchi toifali harbiy uchuvchi. Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi. Bir qator shtatlarning eng yuqori nishonlari kavaleri. Ko'plab Rossiya va xorijiy shaharlarning faxriy fuqarosi. U MiG-15 samolyotida o‘quv parvozini amalga oshirayotganda, hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra aviahalokatda halok bo‘ldi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🚀 "Поехали!" - Ilk kosmonavt Yuriy Gagarin (1934-1968) 1961 yil 12 aprelda birinchi boshqariladigan "Vostok" kosmik kemasining parvozidan oldin aytgan ibora. U insoniyat taraqqiyotining yangi, kosmik davrining o'ziga xos ramziga aylandi.
⏲️ 1961-yil 12-aprel kuni «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan ichida Yuriy Gagarin o‘tirgan «Vostok» kosmik kemasining uchishiga start beriladi. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshadi. Shu tariqa inson ilk marta kosmosga chiqadi. Parvoz vaqtida Gagarin o‘zini juda yaxshi tutadi va vaznsizlik holati insonning ruhiyatiga ta’sir qilmasligi ma’lum bo‘ladi. 1 soat 48 daqiqa davom etgan parvozdan so‘ng u sog‘-omon Yerga qaytib tushadi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
🐎 Axaltaka (Oltin ot) – salt miniladigan yungi tillarang tusdagi qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish arava qoʻshmay, yuksiz minishni anglatadi. Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. U poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi. “Manas”, “Qoʻrqut ota” kabi xalq dostonlarida ham tilga olingan.
P.s: 2023-yil Noyabrda Mayk Tayson Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Otxonalardan biriga tashrif buyurganida unga ushbu turdagi ot sovgʻaga berildi.
📮 @POSITIVE_INTRIGA
