OLIY TAʼLIM
Open in Telegram
✅ OLIY TAʼLIM 🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz! ✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi 📩 Xabar yuborish: @oliy_talim_asoschisi
Show more8 349
Subscribers
No data24 hours
-287 days
-8730 days
Posts Archive
8 349
👨🎓 Talabalar va abituriyentlar uchun tez-tez kerak bo‘ladigan onlayn xizmatlar:
1⃣ O‘qish joyidan ma'lumotnoma olish (oliy ta'lim muassasasidan);
2⃣ Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnomaning dublikatini olish;
3⃣ Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
4⃣ O‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish;
5⃣ Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish;
6⃣ Chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlariga ariza yuborish;
7⃣ Yoshlarbop boshqa xizmatlar;
8⃣ Ta'lim bilan bog‘liq xizmatlar;
9⃣ Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xizmatlar;
1⃣0⃣ Madaniyat, turizm va sport bilan bog‘liq xizmatlar.
Ushbu xizmatlardan, shuningdek, MyGov mobil ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab olgan holda ham foydalanish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
8 349
⚡️Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
8 349
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar:
#perevod
➖ “Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, IELTS yoki CEFR sertifikati, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi;
➖ “Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;
➖ Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari mana bu yerda bor:
https://t.me/xushnudbek/28719
➖ Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, yaʼni kim yuqoridagi o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qatʼi nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos. Lekin bir narsani hisobga olish kerak. Oliygohlar sig‘imi va imkoniyatidan kelib chiqib, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar soni ko‘payib ketsa, ularni sirtqi yoki masofaviy kabi ta’lim shakliga o‘tkazib yuborishlari mumkin.
“Perevod”ga oid yana-da ko’proq qo‘shimcha maʼlumotlar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/28716
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Rasman: maktabdagi o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.
2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.
Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi.
19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
8 349
Abituriyentlar testdan so‘ng nimani tanlashadi❓
1️⃣ Beshtagacha yo‘nalish tanlanadi.
Siz istalgan yo‘nalish va istalgan OTMni tanlashingiz mumkin, bu siz topshirgan fanlar majmuiga mos keladi.2️⃣ Ta’lim shakli tanlanadi.
Kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarini tanlash mumkin, bu ajratilgan kvotalarga bog‘liq. Besh yo‘nalish orasida ta’lim shakllarini aralashtirish mumkin, masalan, 1 va 2 yo‘nalish - kunduzgi, 3 - kunduzgi, 4 - kechki, 5 - masofaviy.3️⃣ Tanlov ustuvorligi belgilanadi.
Davlat granti yoki yo‘nalish uchun ustuvorlikni tanlash mumkin. Masalan, kimdir aytishi mumkin: "Men besh yo‘nalishdan qay biriga kirsam ham muhim emas, muhimi - davlat grantiga kirish", shunda ustuvorlik grantga beriladi. Boshqa bir kishi aytishi mumkin: "Men albatta tanlagan birinchi yo‘nalishga kirishim kerak, hatto shartnoma asosida ham", shunda ustuvorlik yo‘nalishga beriladi.Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari sanasi va vaqti maʼlum boʻldi
📅 2025-yil 24-iyul — test sinovlari respublikaning barcha hududlarida, 25-iyul — Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda oʻtkaziladi.
🕘 Test sinovlari ikki smenada oʻtkaziladi:
🔹 Birinchi smena — soat 09:00;
🔹 Ikkinchi smena — soat 15:00.
Eslatma: Abituriyentlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi.
Sinov oʻtkaziladigan manzil ruxsatnomada koʻrsatilgan boʻladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
8 349
⚡️Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
8 349
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent
Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor:
1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;
2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;
3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.
Bu yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.
❓Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.
❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2025/2026-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.
❓Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?
O’tgan yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, grantga 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Keling aniq misolda ko‘ramiz.
Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 145 ta grant kvotasi ajratilibdi (o’tgan yili 115 ta edi). Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 145 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.
Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov (chegara) qo‘yiladi. Masalan, 145 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 145 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.
Davlat granti bo’yicha chegara haqida mana bu yerda batafsil tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24793
‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.
👉 @xushnudbek 👈
8 349
⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
#abituriyent
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
#abituriyent
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 ming 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 ming 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 ming 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 ming 761 ta.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
❗️Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan, 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yiliuchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:
🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️To’rtinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
8 349
❓Nodavlat oliygoh litsenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?
✅ Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini tekshirishingiz mumkin.
☝️ Eng afzal yo‘li – license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
❗️2 kunda 449 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
mandat.uzbmb.uz saytining "Kengaytirilgan qidiruv" sahifasida fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar to‘plagan ballar ro‘yxati e’lon qilinmoqda. Shuningdek, ro‘yxatdagi istalgan abituriyent natijasi ustiga bossangiz, batafsil ma’lumotlarni chiqarib bermoqda. Ya’ni nechta savolga to‘g‘ri javob bergan, qanday imtiyozlari bo‘lgan va sertifikatlar orqali necha ball to‘plagani haqida.
Dastlabki ikki kunlik natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 449 nafar abituriyent to‘plash mumkin bo‘lgan eng maksimal 189 ballni qo‘lga kiritganini ko‘rishimiz mumkin.
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:
🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 21 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 1 nafar
🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 45 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 122 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 5 nafar
🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 62 nafar
Rus tili: 1 nafar
🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 167 nafar
Rus tili: 6 nafar
Qoraqalpoq tili: 9 nafar
Bu hali atigi 2 kunlik natijalar xolos. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, ularning soni yanada ko‘payishi, shubhasiz. Joriy yilda rekord qo‘yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
8 349
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/28279
Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24856
(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
8 349
❗️Qabul tugashiga 1 kun qoldi
#abituriyent
Bugun, 24-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 607 ming 586 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 O‘zbek tili — 533 514 nafar;
🔹 Rus tili — 60 374 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili — 12 048 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 650 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ erkaklar — 281 330 nafar
🙋🏻♀️ ayollar — 326 256 nafar
❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 23-iyun soat 18:00 holatiga 650 ming 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.
O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi?
✅ Mutaxassislik blok testlari qanday mavzulardan tuzilishi bo‘yicha bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida eʼlon qilingan maʼlumotlarni taqdim etamiz:
1️⃣ Ona tili va adabiyot
- Ona tili - 60 %; - Adabiyot - 40 %.2️⃣ Matematika:
- Sonlar va ular ustida amallar - 25 %; - Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %; - Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%; - Geometriya - 30%.3️⃣ Tarix:
- Siyosiy tarix - 50-60%; - Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %; - Madaniy hayot - 10-15 %; - Amaliy topshiriqlar - 20-25 %.4️⃣ Fizika:
- Mexanika - 35 %; - Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %; - Elektromagnitizm - 30 %; - Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%.Barcha abituriyentlarga tarqating! Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
8 349
🇰🇷Koreyaga ketamizmi?
Unda kuchli koreys tilini biz bilan o‘rganing!
📍 Online darslar — uyda o‘tirgan holda, sifatli ta’lim!
📚 Noldan TOPIK 6 darajagacha — kafolatli yondashuv!
👩🏫 Ustoz — Koreyada grant asosida tahsil olgan, 3 marotaba TOPIK 6 egasi, 10 yillik tajriba,
🎯 “Quiz on Korea” xalqaro tanlovi g‘olibi!
✈️ Koreyaga ketish yo‘lingizni ochamiz!
Bugunoq yoziling — joylar soni cheklangan!
👏 Online darslar uchun: @Hamida_online_koreys_tili ga yozing
👥Guruhga qôshiling:📥
https://t.me/online_koreys_tili_hamida
📣Kanalga albatta qo'shiling: https://t.me/online_koreys_tili_hamidaxon
