380
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2930 days
Posts Archive
Dilda harorat yo'qdir, turqisovuqmiz hammamiz.
Dunyo toqiga chirmashgan chirmovuqmiz hammamiz.
Bir kun kelib ruh qushlari etganda parvoz
Biz qolamiz, chunki tovuqmiz hammamiz.
Ayubxon, tavallud ayyomingiz bilan tabriklayman. Alloh umringizni uzun, hayotingizni mazmunli, rizqingizni ulug' qilsin. Ikki dunyo saodatiga erishtirsin.
Iyun oyidan boshlab esa kuzgi milliy sertifikatga topshirmoqchilar uchun hamda attestatsiyadan o'tmoqchilar uchun guruh tashkillanadi.
May oyidan boshlab yangi guruh ochmoqchimiz. Ona tilini umuman o'qimaganlar ushbu darsda qatnashishlari mumkin. Tanish-bilishlarga yuborib qo'yasizlar.
Kim yurtidan yovni quvsa, mendirman o'sha.
Ushbu qo'shma gapning bosh gapidagi ega haqida to'g'ri hukmni aniqlang.
Hayit kunlarida janglar ham to‘xtab,
Qilichlar qiniga qaytib kirguvsi.
Mo‘minlar egizak jonlarga o‘xshab,
O‘zgaga boqqan choq o‘zni ko‘rguvsi.
Umidvor har kimsa topib kushoyish,
Qorong‘i dillarga yog‘ib turgay nur.
Uyquda farog‘at, yurtda osoyish,
Duolar ijobat, niyatlar manzur.
Adovat, hasadni kasb etgan inson,
Mayli yo shoh yo gado, yo sayid bo‘lsin.
Iloyo bariga baxsh etsin iymon,
O‘tar har lahzasi bir hayit bo‘lsin...
Abdulla Oripov
Seshanba kuni bo'ladigan darslarni ertaga, ya'ni 31-mart kuni o'tib olaylik. Seshanba kuni man Yozyovonda bo'lmayman. Shuning uchun ertga soat 8:³⁰ ga 2-guruh, 10:⁰⁰ ga 3-guruh kelinglar
Aziz o'quvchilarim, sizlarga Iyd Ramazon muborak. Shu kun hikmatidan muvaffaqiyat, ulkan zafarlar tilayman. Bilim olishdan aslo charchamang. Hammangiz o'zingiz istagan oliygoh talabasi bo'ling.
ОХИРГИ КУН...
Ўтиб борар ўттизинчи кун,
Эшитилар шом учун азон.
Алвидо, дейишга қўрқаман,
Кўришгунча, дейман, рамазон...
Елканлари уфққа шўнғиган
Манзарани эслатган каби
Қайларгадир савоб кўтариб
Сузиб борар умр маркаби.
Мен оролда қолаётган ўй —
Ўша эртакдаги Робинзон...
Ўн бир ойлик ёлғизлигим қўй,
Сени кутмоқ — шараф, Рамазон!
Биттадан ёз, ҳам қишу баҳор
Ўтказамиз, хўп, майли, дегин.
Суюклигим, лекин ваъда бер -
Мен шўрликни соғиниб келгин.
Елканларинг хилпиллат маҳзун,
Ол менданам кўп-кўп хавотир.
Ҳа, рамазон, билмайсан-да сен,
Йўқлигингда не ишлар содир...
Сен келасан, гуллар бу маскан
Воқиф бўлиб азалий сирдан.
Ўн бир ойда дилимни эзган
Гуноҳларим куяди бирдан.
Унутилар ортдаги заҳмат,
Пешонамда раҳмат терлари.
Кўз ёшлардан қолармикан-ей
Юракнинг ваҳм, мавҳум кирлари?!
Соғинчинг-ла бут бугун юрак —
Такрор-такрор васлингга етиш
Ва қўшимча биргина тилак:
Бу оролдан сен билан кетиш!!!"
Кўнглим энди тамомийла тўқ,
Тугаб қолди шомга ҳам азон -
Луғатимда хайр сўзи йўқ,
Кўришгунча, дейман, рамазон!
Алвидо, дейишга қўрқаман...
Ilm ovdir, mahkam tutgin ovingni,
Yozish bilan kishanlagin "yov"ingni.
Kishanlamay, qochirvorgan besardir,
O‘ljasini asrolmagan ovsardir.
Tilimda, dilimda oyat o'ttiz kun,
Ko'zimga nur bo'ldi g'oyat o'ttiz kun,
Bilib-bilmay qilgan gunohlarimga
Kafforat bo'lg'usi shoyad o'ttiz kun!
