246
Subscribers
+224 hours
No data7 days
+830 days
Posts Archive
246
* * *
Бир қушча деразам ёнида
Ўтирар паришон ва ғариб.
Йиғлайди, кўзлари ёнади,
Кўзлари – иккита марварид.
Бир ажиб навога ўхшайди,
Шоирга ўхшайди бир ҳассос.
Мискин куй чалмоққа у шайдир
Дардига бордир-ку бир асос.
Мен унга қарайман оҳиста,
Мен қушча ҳолига йиғлайман.
Ва лекин билмайман не истар,
Билмайман, ҳеч қачон билмайман.
Рауф Парфи
246
Yozuvchisining oʻziyam qaytib ochib koʻrmaydigan barcha kitoblarni oʻqib chiqqan marketing qurboni sevgilisiga qarab:
Men doʻzaxdan qoʻrqmayman, jonim,
Doʻzaxdaman allaqachonlar...
246
Keling, tanishmaymiz…Tanishsak, bir-birimizning xatolarimizga, nuqsonlarimizga, kamchiliklarimizga guvoh boʻlamiz. Bir-birimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz, chiroyli gumonlarimiz yoʻqoladi. Natijada oʻrtadagi hurmat, ixlos, muhabbat tushunchalari gʻoyib boʻladi. Xayolimizdagi va hayotimizdagi inson mutlaqo boshqa-boshqa ekanini tushunib yetamiz. Kimnidir topamiz-u, aslida yoʻqotgandek boʻlamiz. Kim bilandir yaqinroq boʻlamiz-u, aslida uzoqlashgandek. Undan koʻra, yaxshisi, keling, oradagi masofa shunday qolsin. Toki men sizni, siz meni sevib, qadrlab, hurmat qilib yashaylik...
246
Angladim–bahorga atalmaganmiz,
Kuzda tug'ilganman,demakki–kuzman.
Eng so‘nggi yaprog'im to‘kilgungacha,
Sen ketgan yo‘llardan ko‘zimni uzmam
Sen ham bahorlarni axtarib yurma
Behishtdan quvilgan nochor azizim,
Boshqa fasllarning borligi ro‘yo
Bu dunyoda faqat kuz bor, Azizim.
|Shuhrat Orif
@Sh_Anhu
246
#Tafakkur
“Oliy sudda yigirma yetti yil qozi (sud) bo'lib ishladim. Taloq hodisalari aksarining sababi “ko'r” erkakning g'azabi hamda ahmoq xotinning gap qaytarishi ekanligini bildim”.
©️Ali Tantoviy
Hushyor boʼlamiz@Sh_Anhu
246
Qarorlarni oʼzimiz qabul qilamiz.
Hukmni ham oʼzimiz chiqaramiz.
Bazan aqlan, bazida qalban.
Qalbga tayanaverish kerak.
246
Qaygʼurma, birodar. Biz ham tishimizni tishimizga tirab yashab kelyapmiz.
Bu dunyo hech kimga vafo qilgan emas.
