Shukur Qurbon ijodi
Open in Telegram
Ushbu kanal yaqindagina tashkil etildi. Chiqib ketishga shoshilmang. Unda sizni shoir Shukur Qurbon ijodi bilan yaqindan tanishtirib boramiz.
Show more270
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
February '24
February '24
+2
in 0 channels
January '24
+5
in 1 channels
Get PRO
December '23
+7
in 0 channels
Get PRO
November '23
+11
in 1 channels
Get PRO
October '23
+14
in 1 channels
Get PRO
September '23
+21
in 0 channels
Get PRO
August '23
+8
in 0 channels
Get PRO
July '23
+4
in 0 channels
Get PRO
June '23
+27
in 0 channels
Get PRO
May '23
+9
in 0 channels
Get PRO
April '23
+12
in 0 channels
Get PRO
March '23
+7
in 0 channels
Get PRO
February '23
+18
in 0 channels
Get PRO
January '23
+24
in 0 channels
Get PRO
December '22
+30
in 0 channels
Get PRO
November '22
+20
in 0 channels
Get PRO
October '22
+22
in 0 channels
Get PRO
September '22
+21
in 0 channels
Get PRO
August '22
+23
in 0 channels
Get PRO
July '22
+16
in 0 channels
Get PRO
June '22
+17
in 0 channels
Get PRO
May '22
+30
in 0 channels
Get PRO
April '22
+73
in 0 channels
Get PRO
March '22
+313
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 16 February | 0 | |||
| 15 February | 0 | |||
| 14 February | 0 | |||
| 13 February | 0 | |||
| 12 February | 0 | |||
| 11 February | 0 | |||
| 10 February | 0 | |||
| 09 February | 0 | |||
| 08 February | 0 | |||
| 07 February | +1 | |||
| 06 February | +1 | |||
| 05 February | 0 | |||
| 04 February | 0 | |||
| 03 February | 0 | |||
| 02 February | 0 | |||
| 01 February | 0 |
Channel Posts
NAVOIYNI ANGLASH
Tarix, degani bu — jang-jadal emas,
So‘zdir u , so‘zlarda aks etgan ma’no.
Balki turkiyni ham birov til demas,
Navoiy nazmidan tuymasa navo.
Uyg‘oq shuur bilan xayolga tolsak,
Navoiy va iymon — egiz tushuncha.
Shoirga biz qancha yaqin borolsak,
Xudoga yaqinlab borurmiz shuncha.
El g‘amin o‘ylagan bari bir o‘lmas,
Uni kutar doim taqdir alomat.
Bu teran nolalar hech qachon so‘lmas,
Ko‘ngilni avaylab-asrar salomat.
«Ey, Navoiy», deya chorlar o‘zini
Muhabbat yo‘liga, mehr yo‘liga.
«Ey, Navoiy» — jahon ochar ko‘zini,
Tilla tushgan kabi gadoy qo‘liga.
«Ey, Navoiy» — quyosh tushar samodan,
Ketar poy-piyoda ufqlar oralab.
Yurak entikadi toza havodan,
Metin dardlarini tilka-poralab.
Avlod-avlodlarga hamisha yor u,
Turli xalqlar aro raso qaddimiz.
«So‘zimni eshit», — deb bizlarga zor u,
«Biz ham zor», — deyishga bormi haddimiz?
@ShukurQurbon
| 2 | QUSHCHA
Qushcha in quradi daraxtga nuqul,
Shamol buzib tashlar uni beshafqat.
Qushcha in quradi daraxtga har yil,
Uning qismatida har yil shu mehnat.
Qushcha chirqillaydi ogʻir va dardli,
Koʻksida olamcha orzu va toqat.
Daraxtga u inlar quraveradi,
Yoqur shamol esib tursa-da bu payt.
Hayotda koʻp bunday gʻussali taqdir,
Odatda ularga taskin berilar.
Unga achinmayman ammo negadir,
Negadir qushchani qutlagim kelar.
Shukur Qurbon 1971
@ShukurQurbon | 0 |
| 3 | BUGUN SENI KOʻRMASAM BOʻLMAS
Bugun seni koʻrishim kerak,
Bugungidek hech qachon toʻlmas
Hajringda qon qaqshagan yurak,
Bugun seni koʻrmasam boʻlmas.
Tutumi yoʻq bu ishq dunyosi
Koʻnglimizni bir pulga sotdi.
Tutumi yoʻq bu ishq dunyosi
Oʻrtamizda togʻlar yaratdi.
Togʻlar baland... bu endi sirmas,
Koʻksimizdan hayot sipqorar.
Hayqiramiz, aks-sado bermas,
Hayqiramiz, yutib yuborar.
Ayriliqning bu manzarasin
Hayratdaman koʻz bilan koʻrib.
Dardlarimning asli-sarasin
Angladim-ku oʻlmasdan turib.
Yuragimda armonimday sir,
Oʻzga kimni chorlayman, kimni?
Endi senga bari bir, axir,
Aytay, axir, sevganligimni.
Behudadir oʻtgan yoshliging,
Menga boʻlgan bagʻritoshliging,
Yuragimga quloq solmasang,
Sevganligim anglay olmasang...
Bugun seni koʻrishim kerak,
Bugungidek hech qachon toʻlmas.
Hajringda qon qaqshagan yurak,
Bugun seni koʻrmasam boʻlmas.
1977
@Shukur_Qurbon | 0 |
| 4 | Farzandiga kitob olib bermagan odam
Farzandni baxt-iqbolini koʻrmagan odam.
Oʻzining-da kelajagin oʻz qoʻllari-la
Avlodlari koʻz oʻngida zoʻrlagan odam.
2010
@ShukurQurbon | 0 |
| 5 | Hikoyani o‘qib, buyuk shoir Matnazar Abdulhakimning "Darsdan so‘ng" nomli she'ri voqealari ko‘z oldimga keldi. Ikkalasining ham yakuni juda o‘xshash. Huzunli hikoya ekan. Sizga ham ilindim | 0 |
| 6 | https://telegra.ph/AJRON-11-09 | 0 |
| 7 | https://telegra.ph/AJRON-11-09 | 0 |
| 8 | * * *
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘,
Ey pokiza, ey yuksak panoh!
Ifloslik-u tubanliklardan
Qochib keldim, keldim banogoh!..
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘!
Nafasingdan simirsam, to‘ysam,
Qo‘shiq aytsam, toshlar tinglasa!.. Cho‘qqilardan yiqilib o‘lsam,
O‘lganimni hech kim bilmasa!..
Qo‘shiq aytsam, toshlar tinglasa!..
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘!..
Shukur Qurbon
@ShukurQurbon | 0 |
| 9 | ЙИҒЛАЁТГАН ҚИЗ
Бу оғир боғ ичра оғир қадамлар
Ташлаб кетаётган оғиргина қиз,
Дунё кўзларингдан дунё аламлар
Томчилар, ҳар бири бир улкан юлдуз.
Томчилар кўзингдан норасидалик,
Сўзга айланмаган ёниш томчилар.
Бешафқат дийдорми оғир жудолик,
Йўқотиш томчилар, топиш томчилар.
Йўқ, сени алдаган, биров алдаган,
У сени севгандир, йўқ, йўқ, севмаган.
Кўксингга чиройли ўқлар қадаган,
Бировлар алдаган, биров алдаган.
Томчилар кўксингдан келаётган куз,
Оғулар томчилар, гуллар томчилар.
Яқин хотиралар… идрок фаромуш,
Виждонингни ўйиб урар томчилар.
Виждонсиз номусли ниқобин қўймас,
Виждоннинг ҳар дами руҳий изтироб.
Виждонсиз хатосиз кунлардан тўймас,
Виждон бу хатодан улғайган азоб.
Сени юпатмоққа журъат йўқ менда,
Сен менинг кечмишим, умрим бўлаги.
Фақат мен қайғулар тиларман сенга,
Каттакон қувончнинг унсиз ўланин!
Алданмоқ тиларман сенга кўп марта,
Алданмоқ – дунёга назар, англамоқ.
Алданмоқ – кўзёши қилмоқ, йўқ, артмоқ,
Алданмоқ – курашга отланмоқ демак.
Йиғламоқ тиларман, қайнаб йиғлагин,
Тишларингни секин қайраб йиғлагин!
Ўнта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Юзта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Мингта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Паймонанг тўлгунча, тўйгунча йиғла!
Улар лаззатхўрлар, қароқчилардир,
Умрлари узун, соб бўлмас, эсиз!
Бу дунё – аслида алдоқчилардир!
Бу дунё – аслида йиғлаётган қиз!
Мен сенга қўшилиб йиғлай олмасман,
Фақат бош эгаман қайғунгга сўзсиз.
Мен сенга талпиниб, асло толмасман,
Мен сени севаман, йиғлаётган қиз.
Йўлдош Эшбек
@ShukurQurbon | 0 |
| 10 | CHORLASH
Egri-bugri, qing‘ir-qiyshiq harflar ila
Sen ilk bora yozding, o‘g‘lim, «Vatan» so‘zini.
Qo‘lingdagi qalam ochdi ilk bor ko‘zini,
Qog‘oz ochdi...
Sen ham, yetar, ko‘zlaringni och,
Yuraginga ko‘chir uni rostlab, avaylab,
Yurakdagi vatan so‘zi — umriy ehtiyoj.
Shukur Qurbon 1982
@ShukurQurbon | 0 |
| 11 | Men seni sevamanmi bilmayman
Sen mangulik nafassan
"Bilmayman" degan
Rauf Parfi
@ShukurQurbon | 0 |
| 12 | Boshqa kasbni qildi farzandlar
Mayli, boshqa yo'ldan ketdi deganimas bu.
Avvalo Xudo-yu bizlar tufayli
Tug'ilgan ularning qalbida orzu.
Shukur Qurbon
@ShukurQurbon | 0 |
| 13 | AQL VA YURAK
Aql bilan yurak o‘rtasida bahs
Davom etar, mana, ming yildan beri.
Bu bahs, balki, yana ming yilda bitmas,
Hamma hayron bilmay ustun qay biri...
Bu chigalni men ham yecholmam, boshqa —
Bir so‘zim bor, shunga tegishli, kerak:
Aqli bois yostiq qo‘yilar boshga,
Dardi bois zaxga berilar ko‘krak.
Shukur Qurbon 1986
@ShukurQurbon | 0 |
| 14 | Ko'zimga nechun to'r tashladingiz
Nechun arqon tashladingiz
Kiprikmi shular?
Rauf Parfi
@ShukurQurbon | 0 |
| 15 | Xayr
Shukur Qurbon she'ri
Javlon Jovliyev ijrosida
@ShukurQurbon | 0 |
| 16 | Tashqarida yomg‘ir, ichkarida men,
Chekarmiz dunyoning ikki xil g‘amin.
Yig‘larmiz: u — bahor foniyligiga,
Men — boqiyligiga hijron alamin.
Shukur Qurbon
@ShukurQurbon | 0 |
| 17 | No text... | 0 |
| 18 | Ko‘rsatuvning ushbu sonida ustoz Shukur Qurbon o‘zlarining adabiyot haqidagi qimmatli fikrlari va go‘zal she'rlari bilan bo‘lishganlar. O‘tkazib yubormang! | 0 |
| 19 | “Qaqnus”ning maxsus bayram sonini o‘tkazib yubormang!
“Qaqnus” — so‘z tarovati va kuy harorati uyg‘unlashgan nuqta!
📺“Qaqnus”
🗓1-oktabr, yakshanba
⏰20:00
@mm_telekanal | 0 |
| 20 | "Оғир тўлқинланиб боради карвон.
Карвон узра бир тахтиравон;
Тахтиравон гўзал ҳамда шоҳона,
Гўзал ҳамда шоҳона, бироқ ғамхона..."
Шукур Қурбон
📺 "Қақнус"
@ShukurQurbon | 0 |
