cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Parizoda hikoyalar kanali

Assalomu alaykum kanalimga xush kelibsiz. Kanalda hayotiy hikoyalarni oʻqiysiz. Kanal ochilgan sana 15.06.2022. Sabr qil Xasta yurak Aldangan qiz Soʻnggi pushaymon Bevafo Yolgʻonchi dunyo Sabrli kelinchak 1,2,3fasllar. Illatlarga toʻlgan dunyo yozilyapti

Show more
Advertising posts
614
Subscribers
-224 hours
-117 days
-5030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Shu hikoyani pdf varianti
Show all...
👍 2
👍 2
𝐌𝐢𝐫𝐣𝐚𝐥𝐨𝐥 𝐍𝐞𝐦𝐚𝐭𝐨𝐯 - 𝐓𝐚𝐤 𝐭𝐚𝐤 t.me/mirjalol_nematov
Show all...
XAYIT AYYOMIZ 🌙MUBORAK BOʻLSIN Yoqimli azon ovoz Quchogʻlashib jaynamoz, Oʻqishar, Hayit namoz, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. Muqaddasdur, Ramazon, Qalbimizda hayajon, Birga oʻqib biz,Qur'on, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. Duolar qiladi lab, Ummat gunohin poklab, Nurlarga toʻlib oqlab, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. Xinolar qoʻyib qoʻlga, Dasturxon ochib elga, Gullar olib barchaga, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. Intiq kutdi, qancha jon, Orzular qilib har on, Xalqqa berib ehson, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. Salomat asra, Alloh, Hidoyat qilib panoh, Yoʻqlab, Ota-onamiz oh, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. Hamma boʻlsinda omon, Xayr deymizda tamom, Yana kelgin, Ramazon, Xursand shadon kulamiz, Hayit bayram qilamiz. ✍️ Solihabegim ( Dilafruz Shaxirxoniy T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Show all...
Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

1
Ассаламу алайкум! Мусулмонлар байрами бўлмиш Рамазон хайити билан Яна бир бор табриклайман! Хонадонларингизни файз-у барака ва осойишталик асло тарк этмасин! Келаси йили Хайит намозини Мадинада ўқишлик барчамизга насиб қилсин илохим 🤲
Show all...
3
❤‍🔥 2
— Boʻlmaydida. — dedi Gulruxsor injilib — Baraka toping qizlar , uyni chinnidek qilib qoʻyibsizlar.— deya ichkariga kirib kelgan Fotima ona ularning suhbatini boʻldi. — Yaxshi borib keldingizmi , Fotima ona?— dedi qizlar. — Yaxshi. Shu faqat bir gap eshitdimda.— dedi Fotima ona mayuslashib. — Qanday? — Ertadan qishloqdagi barcha oʻn yoshdan oltmish yoshgacha boʻlgan aholi majburiy mehnatga chiqar emish. Qishloqqa russiyaliklar kelib qurilish ishlari va yana birnimalar qilarkan. — dedi Fotima ona. — Endi bu nimasi boʻldi-ya?— dedi Gulruxsor taomlarni suzib kelib. — Nima ham derdik. Boshqa iloj bormi bizda. Endi qishloq aholisini quldek ishlatishni boshlaydi. Vaqtida mana shu qishloqlarning aholisi Abdulloh sultonni qoʻllab-quvvatlaganda hozir rohat-farogʻatda yashayotgan boʻlardi.— dedi Koʻkkoʻz asabiylashib. Ertalabdan hamma qishloq ahli qishloqning markaziga yigʻilishdi. Yosh bolalardan tortib qariyalargacha bor edi. Quyosh chiqib , hali bahor boʻlishiga qaramasdan hamma yerni kuydirardi. Uzoqdan bir toʻda otliq koʻringach issiqdan jizgʻanak boʻlganlar ,,hayriyatʼʼ deyishdi. Oʻrtadagi oq otdagi russiyalik yigit sakrab otidan tushib atrofga bir nazar soldi. — Ajoyib. Ochiq yerlar koʻp ekan. Bu yerga bemalol biz istagan narsalarni barpo eta olamiz.— dedi yigit . — Xoʻsh , qishloq ahli bilganingizdek bir oy oldin bu shahar bizning qoʻlimizga oʻtdi. Shuning uchun biz bu yerdagi boʻsh yerlardan unumli foydalanish maqsadida otxona , mevazor , qurol yasab chiqaradigan joy va shuningdek qolgan boʻsh yerga bugʻdoy va arpa ekishni rejalashtirdik. — dedi qora shlyapali yigit. — Bugun bu yerga kerakli mahsulotlar hamda aslahalar keltiriladi. Ertadan esa hamma ishga kirishadi. Ishdan bosh tortganlar russiyaga qul qilib olib ketiladi.— dedi endi ulardan yana biri. — Ayollar mevazor , bugʻdoyzorga yoʻnaltiriladi. Erkaklar esa qurilishga. — dedi shlyapali yigil gapini tamomlab otiga qayta chiqib. Ular joʻnab ketganidan soʻng qishloqqa qator aravalarda barcha kerakli narsalar keltirildi. — Gulruxsor nega ranging oqarib ketdi? Issiqda mazzang qochyabdimi yoki?— dedi Koʻkkoʻz uyga ketayotgan palla. — Shunday shekilli. Uyga borsam oʻtib ketadi. Ikki soat issiqning koʻzida turish qiyin ekan. Men katta boʻlgan shahar namgarchiligi koʻp shahar edi. Kunda kunora yomgʻir yogʻardi. Men shunga oʻrganibman chogʻi.— dedi Gulruxsor uy yoniga yetib qolganidan quvonib. — Qachongacha bu ahvolda yashaymiz-a? — dedi Koʻkkoʻz boʻlayotgan voqealardan choʻchib. — Bilmadim. Bizni saroydagilar oʻlik yoki tirikligimizni bilishmasa ham kerak. Oʻzi umuman oddiy joriya bilan ishi ham yoʻqdir.— dedi Gulruxsor idishga suv solib , chanqogʻini qondirarkan.
Show all...
👍 8🥰 2🆒 2
— Gulruxsor mening ham yuragimni siqma. Hali hammasi yaxshi boʻladi. Men doimo sening yoningdaman.— dedi Koʻkkoʻz Gulruxsorni quchib. Xullas , oʻrtada bir tun ham hash-pash deguncha oʻtib ketdi. Abdulloh sulton noilojlikdan Estoniya shahrini Russiyaliklarga berib shahzodani qutqarib oldi. Shahzoda esa bunday pistirma boʻlishini oʻylamay , tayyorlanmaganligi uchun afsus chekardi. — Hammasi meni deb boʻldi.— dedi Jahongir. — Jahongir oʻzingni ayblashni bas qil. Qanday qilib oʻnta askar va oʻzing butun boshli bir qoʻshinga bas kela olarding. Hali ham sen va Yusufni eson-omon asirlikdan qutqarib oldik.— dedi kuyib-pishin Oisha sulton. — Qanchadan-qancha odam vafot ettiya. Omina xalfa jon berdi... Gulruxsorni oʻlikmi , tirikmi bilmayman.— dedi Jahongir. Bir oydan soʻng: — Qizim , men bozorga tushib kelay. Sen Koʻkkoʻz bilan uylarni tartibga keltirib tur.— dedi Fotima ona oynalarni artayotgan Gulruxsorga qarab. — Xoʻp boʻladi , Fotima ona.— dedi Gulruxsor ishida davom etib. Mana ular Fotima onaning uyida yashab kelayotganiga ham bir oy toʻldi. Bu vaqt ichida bir necha marotaba Abdulloh sulton Russiyaliklarga sulh taklif qildi , ammo samarasiz. Qizlar esa chegara yopilganligi sababli chiqib keta olmadi. — Fotima ona qani?— dedi Koʻkkoʻz. — Bozorga tushib kelay dedilar.— dedi Gulruxsor oynani artib boʻlib. — Sekin tush.— dedi Koʻkkoʻz Gulruxsorni qoʻlidan ushlab. — Ana , uy chinnidek boʻldi.— dedi Gulruxsor atrofga qarab. — Men ham taom tayyorlab qoʻydim. Fotima ona kelishlari bilan kechlik qilamiz.— dedi Koʻkkoʻz derazadan koʻchaga qarab. — Gulruxsor , egnimizdagi kiyimlar ham ado boʻlibdi. Yangi olish kerak.— dedi yirtilib qolgan kiyimiga qarab Koʻkkoʻz. — Ha , ammo hozir u uchun pul yoʻq.— dedi Gulruxsor. — Biror yoʻlini toparmiz. Qandaydir ish bilan shugʻullanishimiz kerak. Ikkimiz ham yetmish yoshli ayolga muammo boʻlishimiz yaxshi emas.— dedi Koʻkkoʻz oʻylanib. — Men ham shuni oʻylab turgandim. Nima qilamiz? — Oʻtgan kuni qishloq ayol-qizlari kiyim tiktirishi uchun qoʻshni qishloqqa borib kelishini eshitgandim Fotima onadan. Balki biz ham liboslar tikib koʻrarmiz. — dedi Koʻkkoʻz gʻoya berib.
Show all...
🥰 7👍 3