🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿
Open in Telegram
🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿 KANALI ✓KO'RGAZMALAR ✓ISH REJA ✓MTT Mp3 ✓MUTFILIMLAR ✓MTT_HODIMLAR IJODI 💡☝️ Online test guruhimiz 👇👇👇 @yangi_tarbiyachilar Biz bilan yuksalasiz 🤗☝ 17.06.22 Admin: @Mir9124 @MTT_USTOZ
Show more2 825
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
👫🌷БОЛАЖОН
Сен қалбимнинг гулисан,
Кўзларимнинг нурисан,
Ҳаётим мазмунисан,
Кўзмунчоғим, болажон.
Дунёлар сен-ла гўзал,
Бунча бўлмасанг асал,
Келажагимга тамал,
Шамчироғим, болажон.
Айланайин ўзингдан,
Ширин-шакар сўзингдан,
Порлаб турган кўзингдан,
Овунчоғим, болажон.
Соғлом ўс, билма завол,
Улғайиб, топгин камол,
Инсон бўл саҳий, ҳалол,
Яшнар боғим, болажон.
Кўксингда оринг бўлсин,
Юртга бакоринг бўлсин,
Қаторда норинг бўлсин,
Суянч тоғим, болажон.
Буюк боболарга хос,
Зурёд бўлиб, топ эъзоз,
Юксакларга эт парвоз,
Қалб ардоғим, болажон.
✍️ Муножот Каримжон қизи
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹💐
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan Kengaytirilgan yig‘ilish BAYONI KUN TARTIBIga qo'yilgan masalasiga asosan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 2024-yilning 31-may- kuni “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!” shiori ostida "Bolalarga bering dunyoni" mavzusida Nurota tuman 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bayram ertaligi bo'lib o'tdi. Bayram ertaligida bolajonlar tomonidan aytilgan she'rlar ijro etilgan raqs va qo'shiqlar hamda pedagoglar tomonidan ijro etilgan sahnaviy ko'rinishlar bayram shukuhiga shukuh qo'shdi va bolajonlar quvonchiga quvonch ulashdi. Ayniqsa tadbirkor hamda ota-onalar tomonidan ulashilgan sovg'alar bolajonlarning kayfiyatini yanada ko'tarib olam-olam taassurot qoldirdi.
