en
Feedback
🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿

🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿

Open in Telegram

🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿 KANALI ✓KO'RGAZMALAR ✓ISH REJA ✓MTT Mp3 ✓MUTFILIMLAR ✓MTT_HODIMLAR IJODI 💡☝️ Online test guruhimiz 👇👇👇 @yangi_tarbiyachilar Biz bilan yuksalasiz 🤗☝ 17.06.22 Admin: @Mir9124 @MTT_USTOZ

Show more
2 825
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
🌟🌟Инсон ким бўлмасин доим гўзаликка интилиб яшайди 🌷🌷Аллоҳ яратган ҳар бир нарсада гўзаллик бор... Ҳар бир ёмонликни ортида яхшилик, ҳар бир дарднинг ортида эса бахт яширин... 🌺🌺Шундай экан дардлар ва ғамлар, ташвишлар олдида ўзингизни юқотиб қўйманг Қадрдон. 🌹🌹Гўзал окшомиз файзли бўлсин!

Yosh bolalarning miyasi 3 yoshgacha 80% qismi shakllanib boʻladi, bu vaqt mobaynida u bilan qanchalik koʻp vaqt oʻtkazilsa sh
Yosh bolalarning miyasi 3 yoshgacha 80% qismi shakllanib boʻladi, bu vaqt mobaynida u bilan qanchalik koʻp vaqt oʻtkazilsa shuncha foyda, bu yoshgacha boʻlgan bolakaylar kelajakda aqliy salohiyati yuqori boʻlishi uchun kunda ota-onasi yoki yon atrofdan 15 20 mingga yaqin soʻzlarni kunda eshitishi kerak 👉https://t.me/MTT_USTOZ

Avtamabildan saqlaning musiqasi

🥰Super qalamdon🥰 Ko'ring🤔va🤨o'zingiz ham yasang🤩😍... https://t.me/ozimizyasaymiz

🪰 Hashoratlarning chaqishidan bezor boʻldingizmi? Men sizlarga ularning dodini beradigan ajoyib sprayni tavsiya etmoqchiman! Limonni poʻstini qirgʻichdan oʻtkazib idish ichiga solasiz va unga myata, qalampirmunchoq, olma sirkasini solib ustida suv quyib bir sutkaga tindirib olsangiz anti pashsha spray tayyorda! 🏠 Uy-roʻzgʻor layfxaklari

Kalta sochli ayollar oʻz boʻyniga erkaklikni olgan ayollardir. Soch kaltalanib boravergani sari ayolda ayollik energiyasi kam
Kalta sochli ayollar oʻz boʻyniga erkaklikni olgan ayollardir. Soch kaltalanib boravergani sari ayolda ayollik energiyasi kamayib boradi, oʻrnini esa erkaklik xususiyatlari egallab boshlaydi... Ayollik jozibasi sizda doim qolishini istasangiz, sochlaringizni hadeb kaltalatishga urinavermang... 👉https://t.me/MTT_USTOZ

Подвижная поделка 🪄 Такая поделка заинтересует детей на долгое время. Детские поделки | #игра

tik-tok-ey-tangrim-menga-3-dona.mp33.58 MB

Развивашка и дыхательная гимнастика 😮‍💨 #развивашка

Отличная идея, которая покажет детям, как нужно вести себя при пожаре 🔥 Мама

+1
Share Ёзги соғломлаштириш 2024.pdf

"YOZ KELDI" @Hasan_hushvaqtov #musiqasi.🎹 @Xasanova_Nilufar #sheri ➖➖➖➖➖ Bolalarga ta'tildan, Xabar keldi yoz keldi.2m Oromgoh ochar quchoq, Do‘stlar ayni soz keldi2m. ➖➖➖➖➖ Naqarot: Yoz keldi~yu Yoz keldi, Doira bilan soz keldi. Uchib kelgan Laylaklar, Qanoi qog'oz keldi.2m. Bog‘da pishib mevalar, Sharbat to‘la yoz keldi.2m Sayr qilamiz bolalar, To‘g‘lardan ovoz keldi. 2m ➖➖➖➖➖ Naqarot: Yoz kelidi~yu, Yoz keldi. Doira bilan soz keldi, Uchib kelgan Laylaklar, Qanoti qog‘oz keldi. ➖➖➖➖➖ ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🎹 MTT IJODKOR MUSIQA USTOZLARI 🎹

Mashgulot ishlanma. Barmoqlar gimnastikasi mashguloti. Mashgulot maqsadi : bolalarga mashgulot haqida tushuncha berish, harakat sifatlarini oshirish, bolalarni epchillik va chaqqonlikka orgatish, bolalarga barmoqlar gimnastikasi haqida va jismoniy tarbiya haqida tushuncha berish maqsad bolalar mayda matorika haqida tushuncha berish va uni orgatish. Vazifalar : bolalarga barmoqlar gimnastikasi mavzusi haqida tushuncha berish, mashgulotni muhim belgilarini ajratishga solishtirishga va umumlashtirishga orgatish. Kerakli jihozlar : sport zal, sport buyumlari va musiqa. Tashkiliy qism : bolalarni qabul qilish, bir chiziqqa saflash, salomlashish, saf mashqlarini bajartirish, turli hil mavzuda va otiladigan mavzu boyicha suhbatlashish, korgazmalik tushuntirish, savol javob otkazish. Asosiy qism : qiziqarli va oziga qaram barmoq gimnastikasi bolalar uchun qollar barmoqlar moslashuvchan bola qol harakat rivojlantirish uchun yordam beradi. Va bu o'z navbatida matematik bilim asoslarini o'rganishga yordam beradi. Bundan tashqari barmoqlar hissiy fon muvozanat ruxsat berish uchun mashqlar va oyinlar togri tanlangan majmui ijobiy psixologik tasir korsatadi. Harakatli oyinlar : qarama qarshi tomonga yugurib otish. Guruh teng ikkiga bolinadi. Oyinchilar maydonning qarama qarshi tomoniga chizilgan chiziq orqasida oralarida bir qadam joy qoldirib qatorga saflanadilar. Har bir guruhda alohida rangli sariq kok lenta boladi. Tarbiyachini kok degan signaliga binoan kok lenta ushlagan bolalar qarama qarshi tomonga yugurib otadilar. U tomonda turgan bolalar qollarini oldinga uzatib ularning kelib qolga tegishlarini kutib turadilar. Qoliga tegilgan bola orqasiga otadi va aylanib qolini yuqoriga kotaradi va hokazo. Yakunlash va ragbatlantirish : mashgulotda yaxshi qatnashgan bolalarni ragbatlantirish va ularga uyga vazifa berish va hayrlashish kelgusi mashgulotgacha. Humayro.

Sport musobaqasi uchun shartlar (oltitalik) 1. Shart buyumlar orasidan yugurish 2. Shart to'pni oyoqlar orasiga qisgan holda sakrab sakrab yurish 3. Shart xalqalar ichiga ikkishidan bolib kirib yugurib borib yugurib qaytish 4. Shart kartoshka ekish (harakatli o'yin) 5. Shart umbaloq oshib tosiqlar ustidan sakrab savatga to'p tushirish 6. Shart (sardorlar baxsi) arqon tortish stul ustiga chiqqan holda arqon tortish Humayroo

Yoz mavsumida o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi, ko‘ngil ochar''Qaroqchilar orolida''o‘yini uchun senariy. 🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝 O‘yin ochiq havoda, quvnoq musiqali dastur va quvnoq harakatli o‘yinlar shaklida o‘tkaziladi. Atrofni o‘rmonzor tasvirini beruvchi maketlar, gul va o‘simliklar bilan bezash mumkin. (''Mo‘jizalar oroli''o‘yinini davomiy qismi qilish ham mumkin.) Bolajonlar tarbiyachi opasi bilan sayohatga chiqishgan.(Boshlarida panama.) Tarbiyachi: ~Bolajonlar o‘tgan safargi sayrimizda bo‘ronga o‘chrab,''Mo‘jizalar oroli''ga tushib qolganimiz esingizdami? Sizlar judayam chaqqon, jasur, mard va bilimdonliklaring bilan shartlarni a'lo bajargandingiz! Bolajonlar sizlarga sayohatimiz yoqayaptimi? Qaranglar tabiat juda go‘zal o‘simliklar turli hil ekan. ~Bog‘cha opa,odamlar nega sayohatga chiqishadi? ~Qadim zamonlardan odamlar tabiati yaxshi,suvi bor joylarni o‘zlariga makon qilishgan.Va shunday yerlarni izlab sayohatga chiqishgan. Keyinchalik esa''Oltin''deb nomlanuvchi qimmatbaho metall topilgach,endi odamlar oltin izlab sayohatga chiqishgan.Hozirda esa,turli mamlakatlarning tabiati va qadimiy inshoatlarini tomosha qilish uchun sayohatga chiqishadi. Bu qanday orol ekan?Hech kim ko‘rinmayapti? ~Balki,biz ham yangi orol topgandirmiz! (shu paytda bir to‘da qaroqchilar chiqib kelishadi.) ~Bu orol bizning orolimiz! ''Qaroqchilar oroli''. Bizlar dengizda kemalarni asir olib, boyliklarini tortib olamiz! Kemadagi yo‘lovchilari esa bizga xizmat qilishadi. Ovqat qilib, kirimizni yuvishadi. Yana yer kovlab, oltin topib berishadi. ~Sizlar noto‘g‘ri ish qilar ekansizlar! Axir bular yomon odatlarku! ~Ha, ha, ha axir biz QA ROQ CHI LAR MIZ!!! (Qaroqchilar raqsi.) Qaroqchilar sardori: ~Bildingizmi? Ana shunaqa! Endi esa ishga! Tarbiyachi: ~Bizning bir shartimiz bor! Bolajonlar bilan musobaqa o‘ynaysizlar. Agar, biz g‘olib bo‘lsak, bizni va boshqa asirlarni ozod etasizlar. Agar, sizlar g‘olib bo‘lsangiz mayli, biz ishlashga rozimiz. ~Qanaqa shart!? Hech qanday shart yo‘q! Ishga kirishing! ~Voy, siz hali shu kichik bolalar bilan bellashishga qo‘rqayapsizmi? ~Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz! ~Unday bo‘lsa, shatrga rozimisizlar? (qaroqchilarning kulgusi) ~Mayli, bir maza qilib musobaqa o‘ynasak~o‘ynabmizda! Lekin ehtiyot bo‘linglar! 1~shart. Bir tomonga Ikkita stollar ustiga bo‘sh kichik satilchalar qo‘yiladi. Ikkinchi tomonga katta satillar va suv olish uchun kichik o‘yinchoq chashkachalar.Oradagi masofa, 10~metrlar atrofida.Masofalar orasiga sport to‘ziqlari teng miqdorda terilgan. Qaroqchilar va bolalar komandasidan 10~nafardan qatnashchilar navbati bilan o‘yinchoq chashkachalarga suv to‘ldirib,to‘siqlardan aylanib o‘tib,stol ustidagi bo‘sh idishni to‘ldirish kerak. Birinchi shartdan keyin''Sport''qo‘shig‘iga gemnastika harakatlari bilan raqs sahnalashtirish mumkin. 2~shart. Komanda ishtirokchilarining soniga teng stullar ikki qator qilib, yonbosh bilan qo‘yiladi. Har bir stulni orasiga suv bilan to‘ldirilgan idishlar qo‘yiladi. Stullarni start va finish joyiga bittadan savat, savatlarni bilinchisilariga bir hil miqdorda kichik koptokchalar qo‘yiladi. Ishtirokchilar stullarga o‘tirgan holatda, oyoqlari yordamida koptokchalarni bitta~bitta finishfagi savatchslarga ko‘chirishi kerak. Ikkinchi~shartdan keyin quvnoq harakatli raqs sahnalashtirish mumkin. 3~shart. Har bir komandadan bittadan ishtirokchi spotr skameykasi ustida, yostiqchalar bilan bir~birini skameykadan tushirishi kerak. (albatta shartlarda bolalar qaroqchilardan ustun kelishi kerak😂👍). Tarbiyachi: ~Barakalla, bolajonlarim! Ko‘rdingizmi, qaroqchilar sardori, biz yengdik! Qaroqchini jahli chiqib, sheriklarini (yolg‘ondakam) quvib qoladi. Qaygib: ~Ha sizlar juda chaqqon va kuchli ekansizlar. Tarbiyachi: ~Endi sizlar ham asirlar va bizni ozod qiling! Qaroqchi: ~Mayli, lekin avval kuchli va chaqqon bo‘lish sirini bizga ham o‘rgating! Tarbiyachi: ~Buning siri: Hamma: ~Sport, sport, sport! ''Sport'' qo‘shig‘i ommaviy ijro etiladi. Tamom.

Yoz mavsumida sog‘lomlashtiruvchi, ko‘ngil ochar''Mo‘jizalar oroli'' o‘yini uchun senariy. 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 🎭 O‘yin ochiq havoda, quvnoq musiqali dasturlar va sport o‘yinlari shaklida o‘tkaziladi. Atrof o‘rmonzor tasvirini beruvchi maketlar,gullar,o‘simliklar bilan bezatiladi. 2~Kema yoki qayiqni maketi. Bolalar va tarbiyachi qayiqda sayrga chiqishgan.Shamolni ovozi, qayiqlar chayqala boshlaydi. Tarbiyachi: ~Bolajonlar, manashu orolga tushib, bo‘ron tinishini kutamiz. Hammalari qayiqdan tushishadi. Oroldan turli qush va hayvonlarni ovozlari eshitilib turadi. Tarbiyachi: ~Bu qaysi orol bo‘ldiykin? Bir~biringizdan uzoqlashmasdan yuringlar. Shunda daraxtlar, qushlar niqobidagi ishtirokchilar chiqib kelishadi. ~Bizning orolimizga xush kelibsiz! ~Voy, sizlar gapira olasizlarmi? ~Albatta! Axir siz mo‘jizalar orolidasiz! Bu erda hamma narsalar gapira olishadi! Endi bir umr birga bo‘lamiz! Tarbiyachi: ~Biz o‘z uyimizga ketishimiz kerak! Bo‘ron tugashi bilan ketamiz! ~Yo‘q, ketolmaysiz! Bizning shartlarimizni bajarmaguningizcha bu yerdan keta olmaysiz! ~Ayting shartingizni! ~Baribir bajara olmaysiz! Shu paytgacha hech qaysi bola shartlarimizni bajara olishmagan! ~Lekin mening bolajonlarim juda aqlli va chaqqon! To‘g‘rimi bolajonlar? ~Ha, biz shartingizni bajara olamiz! Biz kuchlimiz, biz chaqqon, Qani, tez shartni ayting. Bizlar sho‘xmiz, chiniqqan, Ishonmaslikdan qayting! ~Unday bo‘lsa, birinchi shartimizni eshiting! 1~shart: Musiqa tugaguncha, to‘siqlar ostidan o‘tib, kubiklarda yashiringan 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri joylashtirasizlar. 10~nafar ishtirokchi 4~dona to‘siqni ostidan o‘tishi va yashikchada turgan kubiklar orasidan sonlarni topib, to‘g‘ri joylash kk.( Kubiklarni bitta tomoniga son qolgan tomonlariga gul, meva shunga o‘xshash predmetlar yopishtirilgan). 1~shartdan so‘ng sonlar haqidagi qo‘shiqqa raqs tushish mumkin. 2~shart: Qoplarni kiyib, belgilangan masofagacha sakrab borib kubiklarga yopishtirilgan harflardan'' Ona Vatan'' yoki,, O‘zbekiston'' so‘zini yozish kerak. 2~shartdan keyin''Vatan''haqida qo‘shiq kuylash mumkin. 3~shart:''Hayvonlarni ovozini va harakatini o‘xshatib berish!'' Buning uchun avval shar tanlab, yorib, ichidagi yashiringan hayvonni nomini olish kerak. 3~Shartdan keyin''Chungo~chango'' raqsi. ~Ha, sizlar judayam aqlli, quvnoq, topqir va chaqqon bolalar ekansizlar. Sizlarga qayig‘ingizni va yo‘l xaritasini beramiz! Qiynalmasdan uylaringga yetib olasizlar. Yaxshi boringlar, yana mehmon bo‘lib kelinglar. Iltimos, muallifni o‘chirmay foydalaning! Chunki, bular~ijod maxsuli hisoblanadi va kitob shaklida tayyorlanayapti! Sizlarga yordam uchun ilindim!