🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿
Open in Telegram
🇺🇿RESPUBLIKA MTT_USTOZLAR🇺🇿 KANALI ✓KO'RGAZMALAR ✓ISH REJA ✓MTT Mp3 ✓MUTFILIMLAR ✓MTT_HODIMLAR IJODI 💡☝️ Online test guruhimiz 👇👇👇 @yangi_tarbiyachilar Biz bilan yuksalasiz 🤗☝ 17.06.22 Admin: @Mir9124 @MTT_USTOZ
Show more2 825
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Ushbu jadvalda chiniqtirish tadbirlarining boshlangʻich va yakuniy nazorati,
shuningdek, ularning organizmga taʻsir qilish vaqtining koʻpayishi koʻrsatiladi.
Chiniqtirish tadbirlari davomida, kamida 2-oyda bolalar bir guruhdan
ikkinchisiga oʻtkazilishi mumkin. Bolalar quyidagi mezonlar asosida guruhlarga
oʻtkaziladi:
-bu davrda oʻtkir kasalliklarning yoʻqligi;
-bolalarning chiniqtirish tadbirlariga ijobiy hissiy munosabati;
-sovuqqa nafas siqishi, yurak urishining keskin oshishi, “gʻoz terisi” bilan
qoplanish kabi salbiy tashqi belgilarning yoʻqligi.
Toza havoda chiniqish jarayonlari suv va quyoshda chiniqishdan oldin
tashkil etilishi lozim.
Quyoshda chiniqish daraxtlar soyasida yengil havo vannalari bilan
boshlanadi, soʻngra bolalarning qoʻllari, oyoqlari yalangʻoch holda quyosh
vannalariga oʻtadilar, bunda bolalarning boshida har doim yengil qalpoqcha
boʻlishi shart.
Quyosh vannasini olish uchun bolalarning oʻyinlarini 5-6 daqiqada
quyoshning toʻgʻridan-toʻgʻri nurlari ostida olib borish, keyin yana soyaga qaytish
tavsiya etiladi. Quyoshdan qorayish boshlangandan soʻng quyosh vannalari
umumiy tarzda tashkil etiladi.
Quyosh vannalari 5 daqiqadan boshlanib, bolalarning quyoshda biratoʻla 10
daqiqagacha qolishigacha yetkaziladi va kun davomida bu jami 40-50 daqiqani
tashkil etishi mumkin.
Tibbiy xulosa bilan chiniqtirish man etilgan bolani tadbirlarga jalb etish man
etiladi. Shuni esda tutish kerakki, chiniqtirish usullari va vositalari bolaning
yoshiga, holatiga va atrof-muhit sharoitlariga qarab alohida tanlanadi.
Toza havo bilan chiniqtirish barcha bolalarga tavsiya etiladi, lekin bolaning
ahvoliga qarab umumiy yoki qisman havo vannalarini otkazish kerak.
Xuddi shu narsa suv tadbirlarida ham amal qilinadi- umumiy yoki qisman
muolajalardan foydalaniladi va suv harorati alohida tanlanadi.
Umumiy muolajalarni tashkilotda joylashgan dushdan foydalanish bilan
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Yalangoyoq yurishni tashkil qilish uchun qum, tosh, shagʻal, keramzit va
boshqalar bilan jihozlangan turli oʻlcham va kattalikdagi “salomatlik
yoʻlakchasi”dan foydalanish mumkin.
Chiniqtirishning samarasini oshirish uchun yoz davrida suzish havzalarida
oʻynash, bolalar choʻmiladigan sunʻiy hovuz (basseyn), ariqcha (jilgʻacha)lardan
keng foydalanish lozim. Bunda suv harorati +20 darajadan past boʻlmasligi, suvda
turish muddati 30 soniyadan 5-10 daqiqagacha asta-sekin ortib boradi.
Maxsus chiniqtirish tadbirlarini tashkil qilishda MTTdagi barcha bolalarni
guruhlarga ajratish tavsiya etiladi.
1- guruh. Bolalar sogʻlom, ilgari chiniqtirilgan.
2- guruh. Bolalar sogʻlom, birinchi marta chiniqtiriladigan tadbirlarni
boshlaydigan yoki salomatligida ayrim kamchiliklar bor bolalar.
3- guruh. Surunkali kasalliklarga chalingan bolalar yoki uzoq vaqtdan
keyin maktabgacha taʻlim tashkilotiga kelgan bolalar.
"Eslab qolib, keyin bo’ya” xotira mashqi
🧠 Bolalar xotirasini yaxshilash uchun zerikarli uslublar talaygina, lekin ularni mehrini qozongani sanoqli. Bu mashq ham bolajonlar xotirasini charxlashda juda samaralidir.
Yuqoridagi mashq orqali farzandingiz avval 20 soniya ichida yo'lni eslab qolishi va so'ngra keyingi sahifaga o'zi mustaqil o'sha yo'lni qayta tiklay olishi lozim bo'ladi.
Kanalga ulanish👉 https://t.me/MTT_USTOZ
Yoz davrida sogʻlomlashtirish tadbirlari shakllari
- ertalabki gimnastika (anʻanaviy, korrektsiyalovchi);
- sogʻlomlashtiruvchi yugurish;
- turli sport oʻyinlari;
- harakatli oʻyinlar;
- yayov yurib sayr qilish, ekskursiyalar, yoʻnalishlar boʻyicha sayr (eng
oddiy sayyohlik);
- mayda motorika, diqqat va harakatlarni rivojlantirish, muvofiqlashtirishga
qaratilgan harakatli mashqlar, muvozanatga qaratilgan mashqlar, dam olish
gimnastikalari, toʻgʻri qaddi-qomat va tovonlarni jipslash uchun mashqlar;
- basseyn (hovuz)dagi mashgʻulotlar;
- sport mashqlari va sport turlari elementlari;
- uyqudan keyingi sogʻlomlashtiruvchi muolajalar;
- chiniqtiruvchi tadbirlar( quyosh, suv, havo);
- kun tartibidagi yakka tartibdagi ishlar. Har bir guruh uchun faol harakatli tadbirlar rejasini tuzishda ulaming
shakllarini xilma-xilligiga eʻtibor qaratish, shuningdek, jismoniy faoliyat bilan
bogʻliq tadbirlar (harakatli oʻyinlar, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish,
ekskursiya, mehnat)ni hisobga olish muhimdir. Bunday tadbirlar havo isib
ketgunga qadar yoki havo salqin paytda oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir. Eng
issiq kunlar(chilla)da bolalar uzoq vaqt davomida toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh ostida
boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Tarbiyachi ishini oqilona tashkil etish uchun ertalabki gimnastika
komplekslari, sport mashqlari (sport oʻyinlari elementlari: futbol, basketbol,
badminton, velosiped va samokatda uchish), harakatli oʻyinlar, estafetalar, mayda
motorikani rivojlantirish va dam olish mashqlari kartotekasini yozgi davr uchun
tayyorlab qoʻyish kerak.
Maktabgacha taʻlim tashkiloti direktori va shifokor bolalarni chiniqtirish va
sogʻlomlashtirish ishlarini toʻgʻri tashkil etish uchun masʻuldirlar.
Yozgi sogʻlomlashtirish davrida chiniqtirish muolajalarini tashkil etish juda
muhim boʻlib, u bola oganizmini himoya qilish funktsiyasini mustahkamlaydi,
infektsiyalarga va haroratning oʻzgaruvchanligiga bardoshli boʻlishga tayyorlaydi,
qon aylanishini, modda almashinuvini, aqliy faoliyatini yaxshilaydi va asab tizimi
faolligini oshiradi.
Bo’ri va yetti uloqcha
Qadim o`tgan zamonlarda bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bo’lgan ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko’rar va erkalar ekan.
– Bolajonlarim, siz eshikni mahkam yopib, hech kimga ochmay o’tiring. O’rmonda och bo’ri izg’ib yuribdi. Ehtiyot bo’ling! – deb tayinlarkan.
Ona echki o’rmonda o’t-o’lan bilan ovqatlanib, muzdek suv ichib, bolalarining oldiga kelarkan. Eshikni taqillatib qo’shiq aytar ekan:
– Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to’lib, yerga to’kildi.
Bolalari shu zaxoti eshikni ochib onasini kutib olishar edi. Ona echki ularni ovqatlantirib, yana o’rmonga ketar ekan.
– Uloqchalar, bolachalar!
Eshikni oching,
Onangiz keldi,
Sut olib keldi.
Echki bolalari:
– Eshityapmiz, eshityapmiz. Ovozing onamizniki emas! Onamiz ingichka ovoz bilan qo’shiq aytadi.Hoy bo’ri bu yerdan yo’qol!
Bo’ri o’ylab-o’ylab ovozini o’zgartirish uchun temirchining yoniga ketibti.
– Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to’lib, yerga to’kildi.
Echki bolalari eshikni ochishib, o’z onalarini kutib olishibdi. Keyin birin-ketin bo’ri kelgani, ularni aldab yemoqchi bo’lgani haqida so’zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantirib bo’lib, hech kimga eshik ochmaslik haqida qattiq tayinlabdi-da, o’rmonga ketibdi.
Ona echki ketishi bilan bo’ri yana uy yonida paydo bo’libdi. Eshikni taqillatib, ingichka ovozda qo’shiq aytibdi:
-Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to’lib, yerga to’kildi.
Uloqchalar bo’rini ovozini payqamay eshikni ochib yuborishibdi. Shu on bo’ri uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin-ketin yutib yuboribdi. Ulloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga kirib omon qoldi.
Ona echki uyga qaytib kelsa, eshik ochiq, hech kim yo’q. Ona echki bolalarini qidira boshlabdi. Uzoq qidirib, chaqiribdi. Hech kimdan javob bo’lmabdi. Pechka ichiga nazar solib qaltirab o’tirgan kichik bolasini topibdi. Ona echki bo’lgan voqeadan xabar topib, achchiq-achchiq kuyinib yig’labdi:
– Oh, bolajonlarim, uloqchlarim!
Eshikni nega ochdingiz, Bo’ri qo’liga nega tushdingiz?!
Uning ovozini bo’ri eshitib:
– Eh, echkijon! Senga rahmim kelyapti. Bolalaringni men yeganim yo’q, – debdi.
Ona echki esa uni shoxi bilan shunday suzibdi-ki, bo’rining qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab-sakrab chiqib, onalari oldiga yugurgilashibdi.
O’shandan beri uloqchalar yanada hushyor va tinch-totuv yashar ekanlar.
Курочка с цыплятами.
Смотрит мама-курица
На цыплят и жмурится.
Хоть сидят они в тени,
Словно солнышки они.
Жаль что скоро из гнезда
Разбегутся кто куда.
https://t.me/MTT_USTOZ
Киты-неваляшки
И в морях, и в океанах
Кит немыслим без фонтана.
В небо бьющая вода –
Символ каждого кита.
https://t.me/MTT_USTOZ
