1 303
Subscribers
+1924 hours
+907 days
+17630 days
Posts Archive
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
🌟 YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR DASTURI
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil 10-sentyabr kuni yoshlar hayotidagi muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati va sport mahoratini namoyon etish maqsadida “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari: bilim, ma’rifat, tashabbus va ezgu maqsadlar sari” mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy, intellektual, kitobxonlik va sport tadbirlari o‘tkaziladi.
🎓 TADBIRLAR DASTURI
1. “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti
📌 Mavzu: “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari: bilim, ma’rifat, tashabbus va ezgu maqsadlar sari”
👥 Mas’ul: Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Zafar Niyazov
2. “Ochiq eshiklar kuni”
📌 O‘tkazilish joyi: Urgut tumani Axborot-kutubxona markazi
🎯 Yoshlarni kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar va axborot-resurs imkoniyatlari bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.
👤 Mas’ul: Urgut fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘tkir Badalov.
🤝 Hamkor: Urgut tumani Axborot-kutubxona markazi.
3. “Tennisdagi mahorat — hayotdagi matonat” shiori ostida stol tennisi musobaqasi
📌 Ishtirokchilar: Amaliy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining 1-bosqich talabalari.
👤 Mas’ul: Amaliy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Gulxayo Xolboyeva.
4. “Yoshlar — intellektual salohiyatimiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini
📌 Ishtirokchilar: Tabiiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari.
👤 Mas’ul: Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jasurbek Shakarov.
5. “Yoshlar — sport tarafdori” shiori ostida voleybol musobaqasi
📌 Ishtirokchilar: Ijtimoiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari.
👤 Mas’ul: Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Shahboz Boyqobilov.
6. “Kitob — tafakkur manbai” kitobxonlik tadbiri
📌 O‘tkazilish joyi: Viloyat axborot-resurs markazi, A.S. Pushkin nomidagi kutubxona.
👥 Mas’ul: Tillar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Soipov.
🇺🇿 BIR MAQSAD, BIR G‘OYA, BIR EZGU INTILISH!
10-sentyabr kuni Samarqand davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan tadbirlar orqali talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, iste’dodi, tashabbuskorligi va sportdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
🇺🇿 🌷 Bizni kuzating:
https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+3
#SamDPI
#Mustaqillik35Yil
#TillarFakulteti
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, YANGI KELAJAK POYDEVORI!
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida talabalar o‘rtasida esse yozish tanlovi o‘tkazildi.
✍️ Tanlovda talabalar Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlar, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagi haqidagi fikrlarini o‘z ijodiy ishlarida yorqin ifoda etdilar.
🌱 Mazkur tanlov yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tarixiy xotira hamda milliy g‘ururini yuksaltirishga xizmat qildi.
🇺🇿 35 yillik Mustaqillik — xalqimizning buyuk yutuqlari, bugungi bunyodkorligi va porloq kelajakka bo‘lgan ishonchining yorqin timsolidir!🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Samarqand davlat pedagogika instituti
📝 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda 8-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internati o‘rtasida inklyuziv ta’limni rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.➡️ Kelishuv doirasida pedagogik tajriba almashish, talabalar va pedagoglarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, seminar-treninglar, mahorat darslari hamda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etilishi belgilandi. ➡️ Mazkur hamkorlik inklyuziv ta’lim muhitini takomillashtirish va bo‘lajak pedagoglarning zarur kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+3
#SamDPI
#TillarFakulteti
#QatagʻonQurbonlari
#TarixiyXotira
🇺🇿 TARIXNI ANGLASH — O‘TMISHNI UNUTMASLIKDAN BOSHLANADI
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti talabalari Samarqand viloyati Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.
🕊 Tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixining murakkab va fojeali davrlari, qatag‘on siyosati qurbonlari, ularning hayoti va taqdiri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeydagi eksponatlar, tarixiy hujjatlar va ma’lumotlar yosh avlodda Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌿 Bunday ma’rifiy tashriflar talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish hamda bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.Tarixiy xotira — milliy o‘zlik va kelajak poydevoridir! 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+2
#SamDPI #TillarFakulteti
#Jarayon #5_son_TTJ
⚡️ Talabalar turar joyida yashovchi talabalar holati o‘rganildi
🏢 Tillar fakulteti dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Saipov tomonidan 5-son Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi.
🔍 Tashrif davomida xonalar holati, tozalik darajasi, sanitariya-gigiyena talablari, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💬 Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📊 Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, xavfsizligini ta’minlash hamda o‘qish jarayoni uchun qulay muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Samarqand davlat pedagogika instituti
🌟🌟🌟
➡️ SAMDPIDA “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVI BOSHLANDI! ⬅️
Agar sizda innovatsion g‘oya bo‘lsa va uni amaliyotga joriy etishni istasangiz, ushbu tanlovda ishtirok eting!
Kimlar ishtirok etishi mumkin?Tanlovda institutning barcha bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.
⚠️MUHIM! Tanlovda avval himoya qilingan yoki boshqa tanlovlarda taqdim etilgan loyihalar bilan qayta ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqat yangi, ilgari himoya qilinmagan loyihalar qabul qilinadi.📅 Institut bosqichi ➡️ Loyihalarni qabul qilish: 2026-yil 7-sentabrdan ➡️ So‘nggi muddat: 2026-yil 30-sentabr (shu kuni ham qabul qilinadi)
Institut bosqichi g‘oliblari uchun mukofotlar:🥇 1-o‘rin — 2 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 1 500 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m
Institut bosqichi g‘oliblarining loyihalari respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.💰 Respublika bosqichi g‘oliblari uchun: 🥇 1-o‘rin — 100 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 50 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 25 mln so‘m
Baholash mezonlariHar bir mezon 20 ball bilan baholanadi: 🔹G‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi; 🔹G‘oyaning dolzarbligi; 🔹Mavjud analoglardan ustunligi; 🔹Xarajatlar smetasining asoslanganligi; 🔹Amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar. 📄 Nizom bilan tanishish 📄 Ro‘yxatdan o‘tish ✈️ Batafsil ma’lumot uchun: SamDPI Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi yoki @Boqiyev_0930 manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+2
#SamDPI #TillarFakulteti
#Tanishtiruv
🌸 TALABA QIZLAR BILAN TANISHTIRUV UCHRASHUVI
Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida yangi qabul qilingan 1-kurs talaba qizlari bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba qizlarga institutdagi ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🌷Tadbirda institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ozoda Anorqulova , institut psixologi Hafiza Ruziyeva, xotin-qizlar psixologi Dilafruz Qodirova, institut profilaktika inspektori Hulkar Muhammadiyeva hamda Tillar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Shalola Erbutayevalar ishtirok etdi.
🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar va zarur tavsiyalar oldilar.🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
#tanlov
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.✅Hujjatlarni qabul qilish muddati: Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
#tanlov
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovida qatnashing!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov eʼlon qilinmoqda.
✅Tanlovning asosiy shartlari:
- Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega boʻlish hamda hududiy koʻrgazmalarda ishtirok etgan boʻlish lozim;
- Tanlov 2 bosqichda (hududiy va respublika) oʻtkaziladi va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan 3 nafar ishtirokchi “InnoWeek – 2026” haftaligi doirasida aniqlanadi.✅Hujjatlarni qabul qilish muddati: Arizalar elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 25-avgustdan 25-sentabr soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlov natijalari va bosqichma-bosqich koʻrib chiqish maʼlumotlari ishtirokchilarning ixtiro.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+6
#SamDPI #TillarFakulteti
#AfrosiyobMuzeyi #Sayohat
🏛 Ma’naviy-ma’rifiy sayohat
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 101-guruh hamda Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 104-guruh talabalari bilan birgalikda qadimiy va betakror Afrosiyob muzeyiga tashrif buyurildi.
🏺 Tashrif davomida talabalar qadimiy Samarqand tarixiga oid noyob arxeologik topilmalar, tarixiy yodgorliklar va muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimizning boy tarixiy-madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.🌿 Mazkur ma’rifiy sayohat talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etishga xizmat qildi. 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Samarqand davlat pedagogika instituti
+3
#Jarayon
✅ Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev tomonidan Tillar fakultetining 1-bosqich talabalari bilan tanishuv haftaligi doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hamkorlikni kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from Shahzoda Negmatova
+6
📌 Eng yuqori natija qayd etgan talabalar taqdirlandi!
Samarqand davlat pedagogika institutiga turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalariga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✨ Xush kelibsiz, aziz talabalar!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+3
#GiyohvandlikkaQarshi #SoglomTurmushTarzi #Yoshlar #Profilaktika #Targibot
🚫 GIYOHVANDLIKKA — YO‘Q DEYMIZ!
🎓 Talabalar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 207-son qarori hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish doirasida oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida profilaktik va targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.🧠 Tadbir davomida mutaxassislar va mas’ul xodimlar tomonidan: 🔹 psixotrop va giyohvandlik moddalarining inson salomatligi hamda ruhiyatiga yetkazadigan og‘ir oqibatlari; 🔹 yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish va buning uchun belgilangan huquqiy javobgarlik; 🔹 yot g‘oyalar va zararli odatlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish masalalari atroflicha tushuntirildi.
💬 Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil javoblar olishdi.🌿 Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni zararli illatlardan asrash va ularning porloq kelajagini ta’minlash — barchamizning burchimizdir! 🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Samarqand davlat pedagogika instituti
+3
#Yozgi_maktab
🌍 SamDPI talabalari — xalqaro yozgi maktabda ishtirok etmoqda
Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari Boku Slavyan Universitetida tashkil etilgan “International Summer School on Azerbaijan Studies” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasiga yetib bordi.➡️ Mazkur xalqaro ta’lim dasturi Ozarbayjonning tarixi, madaniyati, tili, adabiyoti va zamonaviy taraqqiyotini chuqur o‘rganish, shuningdek, xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. ➡️ Talabalarimizning ushbu dasturdagi ishtiroki O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+4
#SamDPI #TillarFakulteti
#TTJ #IjaraXonadonlari
🏠 TALABALAR TURAR JOY BILAN TA’MINLANMOQDA!
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 1-bosqich talabalarini talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
🤝 Talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilib, ularni TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirish, zarur ma’lumot va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
🎓 Maqsad — har bir talaba uchun qulay, xavfsiz va munosib yashash sharoitini yaratish! 📌 Tillar fakulteti — talaba manfaatlari yo‘lida!🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from Shahzoda Negmatova
+6
📌 Yangi o‘quv yili — yangi orzular, yangi marralar!
Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Mustaqillikning 35 yilligi yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanayotgan bugungi kunlarda institut hayotidagi muhim voqea — yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda yoshlarning talabalik sari ilk qadamlari bayramona ruhda nishonlandi.
Tantanali tadbirda institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirok etib, birinchi bosqich talabalarini yangi o‘quv yili va talabalik hayotining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ota-onalarni farzandlarining talaba bo‘lgani bilan qutlab, yoshlarga ta’lim olish va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
✨ Xush kelibsiz, aziz talabalar!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Repost from Samarqand davlat pedagogika instituti
+3
#SamDPI #Jarayon
#Yangi_o‘quv_yili
🎓 Xush kelibsiz, aziz talabalar!
Samarqand davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar hamda tillar fakultetlarida 2026–2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+6
#SamDPI #Uzb35_Mustaqillik
#Kelajak_soati
#Tillar_fakulteti
#Yangi_o‘quv_yili
3️⃣5️⃣ 🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🇺🇿 YAGONA VATAN — YAGONA MAQSAD!
📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda.
🇺🇿 Mashg‘ulot davomida talabalarga Vatanimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilmoqda.
🌟 Shuningdek, Tillar fakultetida 1-bosqich talabalari bilan yaqindan tanishish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Musulmonov Noryigit Hasanovich ishtirokida ochiq va samimiy suhbat tashkil etildi.
💙 Yagona Vatan! Yagona xalq! Yagona ezgu maqsad — Yangi O‘zbekiston kelajagini birgalikda bunyod etish!🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
Repost from SamDPI_Ma'naviyat bo'limi
+6
#SamDPI
#Yangi_o‘quv_yili
#Tillar_fakulteti
🎓 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MARRALAR SARI ILK QADAM!
🏛 Samarqand davlat pedagogika instituti Tillar va Ijtimoiy fanlar fakultetlarida 2026–2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda fakultetlar rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda yangi talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🎤 Marosimda Tillar fakulteti dekani Iroda Utayeva hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Isobek Shermanov so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilini boshlayotgan talabalarni samimiy muborakbod etdilar.
📚 Talabalarga oliy ta’limdagi ilk qadamlarini dadil tashlash, o‘qish jarayonida bilim va ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish, ustozlarga hurmat va kasbga sadoqat ruhida ta’lim olishlari yuzasidan ezgu tilaklar bildirildi.🇺🇿 🌷 Bizni kuzating: https://t.me/SamDPI_M_Tadbirlar
