en
Feedback
GRAND TA'LIM MAKTABI

GRAND TA'LIM MAKTABI

Open in Telegram

Grand taʼlim maktabi farzandingizning porloq kelajagi va yorqin istiqboli uchun birinchi qadam! ☎️ Aloqa markazi: +99899-905-29-92 ✍️ Murojaatlar uchun: @grandmaktabadmin 🌐 Veb-sayt: https://grandmaktab.uz/ 🎬 https://www.instagram.com/grandmaktabi

Show more
962
Subscribers
-324 hours
-47 days
-930 days
Posts Archive
BILIM VA TARBIYA UYG‘UNLIGI 📚 Ta’lim — insonga bilim beradi, tarbiya esa o‘sha bilimni to‘g‘ri yo‘lda qo‘llashni o‘rgatadi. Zero, haqiqiy ta’lim natijasi faqat yuqori baholar yoki egallangan bilim bilan emas, balki odob, mas’uliyat, insoniylik va ezgu fazilatlar bilan ham namoyon bo‘ladi. ⚡️ Grand ta’lim maktabida ta’lim va tarbiya bir-biridan ajralmas tushunchalar sifatida qaraladi. O‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishi bilan bir qatorda, kattalarga hurmat, tengdoshlariga e’tibor, o‘zaro muomala madaniyati, mas’uliyat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishiga ham alohida e’tibor qaratiladi. 🏢 Grand taʼlim maktabi - farzandingizning porloq kelajagi va yorqin istiqboli uchun birinchi qadam! ☎️ Aloqa: 99-905-29-92 ✍️Telegram: @grandmaktabi

#SALOM_MAKTAB ✨ 5-sentabrdan Grand ta’lim maktabida yana bir go‘zal hikoya boshlandi... 🔰 Ilk qo‘ng‘iroq sadolari ostida maktab bag‘riga qaytgan bolalar, hayajonga to‘la nigohlar, samimiy tabassumlar va katta orzular yangi o‘quv yilining ilk kuniga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ana shu quvonch va hayajonlar og‘ushida 2026–2027-o‘quv yili rasman boshlandi. 🔔 Yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri esa ushbu unutilmas kunning eng yorqin lahzalariga aylandi. Bayram davomida yangragan dilbar kuy-qo‘shiqlar, o‘quvchilarimizning chiqishlari, samimiy tilaklar va yurtimizning taniqli ziyolilari bilan kechgan mazmunli uchrashuvlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 📚 Endi esa yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i ortidan bilim va izlanishlarga boy yangi sahifa ochildi. Oldinda katta maqsadlar, yangi kashfiyotlar, yorqin natijalar va zabt etilishi kutilayotgan ulkan marralar turibdi. ☎️ Aloqa: 99-905-29-92 ✍️Telegram: @grandmaktabi

photo content
+6

photo content
+9

photo content
+9

photo content
+9

#SALOM_MAKTAB 🔔 Bugun Grand ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Bu jarang o‘quvchilarimi
+9
#SALOM_MAKTAB 🔔 Bugun Grand ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Bu jarang o‘quvchilarimizni ilm va ma’rifat sari chorlab, qalblarida yangi orzular, ezgu maqsadlar va ulkan intilishlarni uyg‘otdi. 🔰 “SALOM MAKTAB” bayram tadbiri o‘quvchilarimiz uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Quvonchli lahzalarga boy ushbu kun yurtimizning taniqli ziyolilari ishtirokida yanada fayzli va mazmunli o‘tdi. 💐 Grand ta’lim maktabi jamoasi esa yangi o‘quv yilini katta maqsad va ezgu niyatlar bilan qarshi olib, farzandlarimizni bilimli, tafakkuri keng, odob-axloqi va amaliy faoliyatida sobit, barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘lida izchil mehnat qilishda davom etadi. 🏆 Yangi o‘quv yili barchamiz uchun ulkan marralar, yorqin natijalar va unutilmas muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin! ☎️ Aloqa: 99-905-29-92 ✍️Telegram: @grandmaktabi

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✨ Aziz o‘quvchilarimiz! Jonajon Grand ta’lim maktabingizda yangi — 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. 📚 Kutubxonamiz yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitilmoqda, o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalarimiz esa zamonaviy, qulay va zarur anjomlar bilan jihozlanmoqda. 📎 Har bir yangilanish — sizning yanada sifatli ta’lim olishingiz, izlanishingiz va o‘z iste’dodingizni namoyon etishingiz uchun. Yangi o‘quv yilini birgalikda, yangi maqsad va katta ishonch bilan boshlaymiz! 🔰 3-sentabr kuni soat 08:15 da Grand ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. ☎️ Aloqa: 99-905-29-92 ✍️Telegram: @grandmaktabi

Табрик 🇺🇿 Мустақиллик байрами муборак бўлсин! Ассалому алайкум азиз юртдошлар, азиз дўстлар, ҳурматли ҳамкасблар! Сизларни
Табрик 🇺🇿 Мустақиллик байрами муборак бўлсин! Ассалому алайкум азиз юртдошлар, азиз дўстлар, ҳурматли ҳамкасблар! Сизларни Ўзбекистон республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги байрами билан чин қалбимдан самимий табриклайман. Барчангизга тинчлик, оилавий саодат ва хотиржамлик ҳамда барча хайрли ишларингизда улкан зафарлар тилайман. Гўзал Ўзбекистонимиз ҳамиша тинч, халқимиз фаровон, келажагимиз буюк бўлсин! Ҳурмат билан Музаффар Саттиев.

Табрик 🇺🇿 Мустақиллик байрами муборак бўлсин! Ассалому алайкум азиз юртдошлар, ҳурматли профессор-ўқитувчилар, талабалар ва
Табрик 🇺🇿 Мустақиллик байрами муборак бўлсин! Ассалому алайкум азиз юртдошлар, ҳурматли профессор-ўқитувчилар, талабалар ва ўқувчилар! Сизларни “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” шиори остида ўтаётган Ўзбекистон республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги байрами билан чин қалбдан самимий табриклайман. Таълим муассасамизга асос солинганига 18 йил тўлаётган ушбу кунларда муассасанинг устозлар, ходимлар ва тингловчиларини, GRAND TA’LIM мактабига қадам қўйган ўқувчиларни ҳамда YANGI ASR UNIVERSITETIга ўқишга қабул қилиниб, талабалик шарафига эришган йигит ва қизларимизга ҳамда уларнинг ота-оналарига ўзимнинг самимий тилакларимни изҳор қиламан. Янги 2026/2027-ўқув йилида барчангизга улкан ютуқлар ва муваффақиятлар ёр бўлсин! Юртимиз мустақиллигининг улуғ байрами барчангизга муборак бўлсин! Музаффар Саттиев, GRAND TA’LIM мактаби ва YANGI ASR UNIVERSITETI таъсисчиси. @grandtalim / @grandmaktabi / @yangiasruniversiteti

#TABRIK 🇺🇿 Aziz yurtdoshlar! Grand taʼlim maktabi jamoasi Sizlarni Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklayd
#TABRIK 🇺🇿 Aziz yurtdoshlar! Grand taʼlim maktabi jamoasi Sizlarni Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklaydi! ✨ Mustaqillik – xalqimizning orzu-intilishlari va matonati bilan qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqdir. U bizga erkin yashash, o‘z yo‘limizni tanlash va kelajakka dadil qadam tashlash imkonini berdi. 💐 Bayram quvonchi har bir oilaga fayz, har bir qalbga esa ishonch va umid olib kirsin. Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz kelajagi esa yanada porloq bo‘lsin! 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabi

Табрик 🇺🇿 Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги байрами муборак бўлсин! Ассалому алайкум азиз юртдошлар, ҳурматли профессор-ўқитувчилар, талабалар ва ўқувчилар! Сизларни шахсан ўзим номимдан ҳамда YANGI ASR UNIVERSITETI, GRAND TA’LIM НТМ ва GRAND TA’LIM мактаби жамоаси педагог ва ходимлари номидан “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” шиори остида ўтаётган Ўзбекистон республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги байрами билан чин қалбдан самимий табриклайман. Таълим муассамизга асос солинганига 18 йил тўлаётган ушбу кунларда, муассасанинг барча филиалларидаги устозлар, ходимлар ва тингловчиларни, GRAND TA’LIM мактабига қадам қўйган ўқувчиларни ҳамда YANGI ASR UNIVERSITETIга ўқишга қабул қилиниб, талабалик шарафига эришган йигит ва қизларимизга ҳамда уларнинг ота-оналарига ўзимнинг самимий тилакларимни изҳор қиламан. Янги 2026/2027-ўқув йилида барчангизга улкан ютуқлар ва муваффақиятлар ёр бўлсин!
Мамлакатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев байрам табригида айтганларидек: "Биз бугун кечагидан кучлимиз. Насиб этса, эртага бундан ҳам кучли бўламиз. Ўттиз беш йиллик мустақил тараққиёт йўлимиз бизга бир ҳақиқатни ўргатди: халқ ва давлат ягона мақсад йўлида бирлашиб, астойдил ҳаракат қилса, забт этиб бўлмайдиган марранинг ўзи йўқ. Бундай буюк қудратга эга халқ ва давлатни енга оладиган кучнинг ўзи йўқ. Биз ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва буюк келажагимизни биргаликда барпо этамиз!”.
Фурсатдан фойдаланиб, сизга, оила аъзоларингизга узоқ умр, сиҳат-саломатлик ва ишларингизда зафарлар тилайман! Юртимиз мустақиллигининг улуғ байрами барчангизга муборак бўлсин! Музаффар Саттиев, GRAND TA’LIM мактаби ва YANGI ASR UNIVERSITETI таъсисчиси. @grandtalim / @grandmaktabi / @yangiasruniversiteti

#XABAR 📚 Aziz ota-onalar va qadrli o‘quvchilar! Grand ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining ilk darslari 3-sentabr kuni
#XABAR 📚 Aziz ota-onalar va qadrli o‘quvchilar! Grand ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining ilk darslari 3-sentabr kuni boshlanadi. 🔔 Yangi o‘quv yilining ilk kunini bayramona kayfiyatda qarshi olish maqsadida soat 08:15 da “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri o‘tkaziladi. 🔰 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi bilimlar va yangi marralar sari qo‘yilgan navbatdagi qadam. Oldinda esa bilim, izlanish va yutuqlarga boy yangi bir sahifa turibdi. 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabi

🔔 Har bir yangi o‘quv yili — yangi sahifa. Unda yangi maqsadlar, yangi rejalar va yangi marralar mujassam. 24-avgust kuni Grand ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun ustozlarimizning ish faoliyati rasman boshlandi. 🎀 Bu kunni shunchaki ishning ilk kuni sifatida emas, balki uzoq kutilgan uchrashuv, yangi o‘quv yiliga berilgan ilk kayfiyat sifatida qarshi oldik. Ustozlarimizni samimiy e’tibor, iliq muhit va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib oldik. ✨ Maktab yana o‘zining odatiy, ammo o‘zgacha shukuhiga kirdi. Ustozlarning suhbatlari, yangi rejalar va kelgusi o‘quv yiliga oid fikrlar maktab hayotini yana jonlantirdi. Oldinda katta mehnat, mas’uliyatli vazifalar va yangi marralar turibdi. Eng muhimi esa — bularning barchasini bir jamoa bo‘lib amalga oshiramiz. 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabAdmin

✨ Inson hayotidagi eng muhim qadamlardan biri maktabdan boshlanadi. Chunki maktab — shunchaki bilim beriladigan maskan emas, balki bolaning dunyoqarashi shakllanadigan, orzulari qanot yozadigan, xarakteri va hayotga munosabati qaror topadigan muhitdir. 🔰 Bu yerda bola ilk bor katta maqsadlar haqida o‘ylaydi, o‘z qobiliyatlarini kashf etadi, do‘stlik, mas’uliyat, hurmat va mehnatning qadrini anglaydi. Bugun berilgan ta’lim — ertangi kunning poydevori. Bugun singdirilgan tarbiya esa kelajakdagi insonning qiyofasini belgilaydi. 📎 Maktabimizda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul davom etmoqda! Ariza topshiring va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, maktabimiz o‘quvchisiga aylaning: www.grandmaktab.uz/cv 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabAdmin

OʻQITUVCHINING MEHR MANZILI ✨ Oʻqituvchi — inson hayotidagi eng muhim yoʻlboshchilardan biri. U faqatgina fanlarni oʻrgatib qolmay, balki oʻquvchilar qalbida ilmga, hayotga, va o'zlariga ishonch uyg'otadi. O'qituvchining mehr manzili — bu har bir qalbda ilm va mehr uyg'otishdir. 📎  Maktabimizda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul davom etmoqda! Ariza topshiring va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, maktabimiz o‘quvchisiga aylaning: www.grandmaktab.uz/cv 🎞 Intervyuni YouTube sahifamizdan toʻliq shaklda shu yerda tomosha qilishingiz mumkin! 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️Telegram:@GrandMaktabAdmin

✨ O‘quvchilarimiz ta’tilga chiqqaniga bugun 55 kun bo‘ldi. Ammo maktabimizda hayot bir kun ham to‘xtagani yo‘q. Aksincha, yangi o‘quv yilini yanada mazmunli, qulay va yuqori natijalarga yo‘naltirilgan holda boshlash uchun tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. 🎀 Ayni kunlarda 2026–2027-o‘quv yili uchun yangi o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, yangi loyihalar va o‘quvchilarimiz uchun kutilayotgan yangiliklarni tayyorlash ustida jamoamiz izchil ish olib bormoqda. 🔰 Bugungi bir kunlik ish jarayonimizdan lavhalarni siz bilan bo‘lishmoqchimiz. Eng muhimi, bu tayyorgarliklarning barchasi bir maqsadga — o‘quvchilarimizni yangi o‘quv yilida yanada katta imkoniyatlar, yangi loyihalar va yoqimli yangiliklar bilan kutib olishga qaratilgan. 📎 Maktabimizda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul davom etmoqda! Ariza topshiring: www.grandmaktab.uz/cv 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabAdmin

⚡️ Bugun farzandi uchun maktab tanlayotgan onalar faqat "Qayerda yaxshi ta’lim beriladi?" degan savol bilan kifoyalanmaydi. Ularning nigohida bundan-da muhimroq bir savol bor: "Farzandim bu maktabda ta’lim olib, qanday inson bo‘lib voyaga yetadi?" 🔰 Chunki haqiqiy ta’lim faqat bilim va natija bilan o‘lchanmaydi. Bola maktabda fanlarni o‘rganish bilan birga, muhitdan ta’sirlanadi, ustozlaridan namuna oladi, tengdoshlari bilan munosabat orqali hayotiy ko‘nikmalarni egallaydi. U fikrlashni, tinglashni, mas’uliyatni his qilishni, o‘z qarashini asoslashni va tanlovlari uchun javob berishni o‘rganadi. 🏆 Shu bois bugungi onalar uchun yaxshi maktab — faqat yuqori natijalar ko‘rsatadigan ta’lim maskani emas. Ular bilim va tarbiya, talab va e’tibor, intizom va mehr bir-birini to‘ldiradigan muhitni izlaydi. 📎 Maktabimizda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul davom etmoqda! Ariza topshiring: www.grandmaktab.uz/cv 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabAdmin

4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili fanidan “Jamoa bo‘lib o‘rganamiz” mavzusida qiziqarli bilimlar bellashuvi tashkil etildi. 📚 Bellashuv davomida sinflar jamoalarga bo‘linib, turli topshiriq va shartlarni bajarish orqali ingliz tilidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. O‘quvchilar yangi so‘z va iboralarni qo‘llash, savollarga tezkor javob berish hamda jamoaviy topshiriqlarni hamjihatlikda bajarish orqali o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etdilar. 🚀 Ushbu jarayon o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, hamkorlikda ishlash, erkin fikrlash, muloqot qilish va sog‘lom raqobat muhitida o‘zini namoyon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. 📎 Maktabimizda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul davom etmoqda! Ariza topshiring va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, maktabimiz o‘quvchisiga aylaning: www.grandmaktab.uz/cv 📞 Aloqa: 99-905-29-92 ✍️ Telegram: @GrandMaktabAdmin