invictus
Open in Telegram
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.
Show more1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
1 371
Negadir biz ulashgan kitob uchun pullarga kitob sotib olishmayapti.
Nega?
Shunchaki kitob ol deb pul berilsayu uni shaxsiy xarajatlarga sarflab yuborish va'daga vafo qilmaslikdir.
1 371
Oshiqlik o‘z-o‘zini aldashidan boshlanadi, boshqani aldash bilan esa tamom bo‘ladi.
📖Dorian Greyning portreti
✍Oskar Uayld
1 371
Qurigan daraxt egilmaydi
Farzandingizni nihollik davrida tarbiyasiga hushyor bo‘ling! Agar u betarbiya bo‘lib o‘sib qolsa, keraksiz buyumdek qadrsiz inson bo‘lib qoladi.
Qurigan daraxtdan ibrat ol! Na meva beradi, na-da soya-salqin. Uning bu g‘o‘ddayishi o‘zining boshiga bolta olib keladi.
Qadimda darsxonalar eshiklari past bo‘lgan ekan, sababi tolibi ilm ustozni oldiga ta’zimla kirsin,ta’vozuli bo‘lsin uchun. Aslo inson g‘o‘ddayib ta’lim-tarbiyasiz o‘sib qolmasinki, qurigan daraxtning kuniga qoladi. Daraxt-ku o‘tin bo‘lsa uy isiydi, qozon qaynaydi.
Agar odam ichi g‘ovak bo‘lsa, holiga maymunlar yig‘laydi.
👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
1 371
Umringdan nafas ham o'tsa, ey inson,
Qoʻldan chiqarmagil bo'lmayin shodon.
Qandoq o'tkazursan,shundoq o'tar umr,
Hushyor bo'l, shunaqa aslida jahon.
Umar Xayyom
1 371
TAOMIL
O'zbekning g'alati taomillari bor. Marhumni tuproq topshirishdan so'ng qabristonga kelgan aqli jamoadan soʻraydilar:
Falonchi qanday odam edi?
Oʻtganlarni yomonotliq qilish– gunoh. Maqtash kerak.
Jillarqursa, biron fazilatini aytish kerak...
Umrida birovga yaxshilik qilmagan, aksincha, hammani dilini og'ritgan battol bir odam bandalikni bajo keltiribdi.
Odatdagi savol o'rtaga tushibdi.
—Falonchi qanday odam edi?
Hech kimdan sado chiqmabdi. Savol tag'in takrorlanibdi:
—Birodarlar,falonchi qanaqa odam edi?
Yana uzoq sukunat cho'kibdi. Nihoyat, shu mahallada yashaydigan tish doʻxtiri o'rtaga chiqibdi.
—Hamma tishlari butun edi,– debdi...
...Oʻzbekning g'alati taomillari bor... Oʻzbekning g'alati donishmandligi bor...
«Daftar hoshiyasidagi bitiklar» Oʻ.Hoshimov
1 371
TOʻRT TOIFA
Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan doʻst– shunchaki dost.
Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan qolmaydigan, boshingga bulut kelganida g'oyib boʻladigan do'st–do'st emas.
Boshingda quyosh charaqlab turganda izingdan qolmaydigan, boshingga bulut kelganida xiyonat qiladigan doʻst– dushman.
Boshingda quyosh charaqlab turganida izingdan quvmaydigan, boshingga bulut kelganida izingdan qolmaydigan do'st– haqiqiy doʻst.
«Daftar hoshiyasidagi bitiklar» Oʻ.Hoshimov
1 371
Bir-birimizni baxtlilik qolmaganligimiz ustiga yana kamdan-kam muyassar bo'ladigan ozgina quvonchni ham bir-birimizdan tortib olaylikmi? Kayfiyati yomon bo'lsa-da bundan faqat yakka o'zi qiynaladigan, boshqalarning tinchligini buzmaslik uchun bu holatni yashirishga o'zida yetarli kuch topoladigan odam bormikan hech?
«Gʻarb-u Sharq devoni» I.V.Gyote
1 371
"Go‘zalni go‘zal qilgan narsa adabdir!
Adab esa, go‘zalni sevmoqqa sababdir!"
©Jaloliddin Rumiy
1 371
Birdan qanot oʻsib chiqsa yelkamdan,
Uchsam. Hammasini unutsam. Ketsam.
Asar ham qolmasa shum koʻlankamdan,
Armon yetolmagan manzilga yetsam.
Quvib tutolmasa ortimdan laʼin,
Muhabbat oʻrtada boʻlmasa dallol.
Xuddi shu eng maqbul, toʻgʻri yoʻldayin –
Uchishim hech kimga kelmasa malol.
Behzod Fazliddin
1 371
Xa azizlar hamma o‘zi bilan o‘zi, vaqt va energiya inqirozi ko‘pchilikning og‘riqli joyi.
Huddiki yashasang ishlashga, ishlasang yashashga vaqt yo‘q.
Lekin bularning barchasi xayot degan jarayondir nafaqat natijadan balki jarayondan ham zavq olaylik.
Kurashning o‘zi inson qalbini to‘ldiradi. Bizni kutayotgan narsa emas, yo‘ldagi harakatning o‘zi hayotdir Kamyu
1 371
#sarhisob
Iyul oyining so‘nggi kuni — orqaga bir nazar tashlab, butun oyni qanday o‘tkazganingizni tahlil qiling. Qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandingiz? Rejalaringizning necha foizi amalga oshdi, qaysilari amalga oshmadi?
Shaxsiy rivojlanishingiz uchun harakat qildingizmi? Oilangiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz yoki jamiyat uchun foydali ishlar qildingizmi?
Eng muhimi, kechagi “siz” bilan bugungi “siz”ni solishtirganda, o‘zingizda ijobiy o‘zgarish sezayapsizmi? Qayerda edingiz va qayoqqa qarab ketayapsiz?
Oy davomida nechta kitob o‘qidingiz, qaysilarini tugatishga ulgurmadiz?
Bugun — bir oy davomida vaqtingiz bekor ketdimi yoki foydali o‘tdimi, degan savollarga javob topiladigan kun. Shuningdek, ertangi kunga yangi maqsadlar va rejalar tuzish vaqti))
1 371
Kelajak 2070-yil
Bir nechta chat gpt lar meni tutib oldi va biri ikkinchisiga qarab buni qo'yib yuboraylik bu bizga raxmat degan edi😅 dedi.
Bo'lishi mumkinmi
1 371
XuldnomaJannatdan soʻzlasa sodiq musulmon, Jannatda kezganday tasvirlar, beshak Ishonar ne va'da aylagan Qur'on Bu esa mustahkam iymondan darak. «Bandalar gunohin avf ayla Xudo!»– Deb mahshar kunida so'rar paygʻambar. U bizga qalqondir mashharda, illo Boʻlmasin dillarda shubha-yu kadar. Abadiy makonda yangicha hayot– Tazirin bildirdi,bilib bu sirni, Men yana navjaxon bo'lib shu zahod Bo'ynimga bog'ladim ushbu zanjirni. Bag'rimni to'ldirib,dilimga orom Baxsh aylab turibdi samoviy lazzat. Qoʻlimda kavsarning suvi toʻla jom Ro'param esa abadiy jannat.
«Gʻarb-u Sharq devoni» I.V.Gyote
1 371
Baxtsiz kishi ahvolini muhokama qilish ham, unga pand-nasihat qilish ham befoyda.Bu xuddi o'z kuchidan bemorga zarracha ham baxsh etolmasdan,uning toʻshagi yonida turgan sog'lom kishi holatiga o'xshaydi.
«Yosh Verterning iztiroblari» I.V.Gyote
1 371
Biz hammamiz o‘lishimizni bilamiz. Ammo shunga qaramay, buni unutgandek yashaymiz.
😎 Maqsad loyihasining navbatdagi videosi mana shu noqulay mavzu haqida. O'lim nafaqat hayotimiz yakuni, balki hayotimizga ma'no beruvchi vosita va buni anglab yetishimiz hayotga umuman boshqa ko'zlar bilan qarashga yordam beradi. Umid qilamanki zamonaviy shovqin dunyoda bu mavzu uchun ortiqcha 15 minut topa olasiz.
Video "Maqsad" YouTube kanaliga joylandi. Ko’rish uchun havola:
🌐 O’lim. Hayotingiz eng buyuk uchrashuvi
1 371
Assalomu alaykum xayrli kech kanalimiz obunachilari. Konkursda qatnashayotgan edim. Mana shu ssilka orqali kanalga qoʻshilib beringizlar. Gʻolib boʻlsam konkurs qilib 1 kishiga kitob hadya qilaman.
