invictus
Open in Telegram
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.
Show more1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
1 371
Odamlar ajoyib millionlab dollarlarni boshqargisi keladi, lekin ular xattoki har kuni bir xil vaqtda uyg’onishga ham qodir emas.
Rostmi?
1 371
#menimcha
Ba'zan Xayotni qisman qimorga o‘xshataman.
Qo'lingda bor qartalar bilan yutishing shart. O'yinda har bir qarshi tarafni va har bir daqiqani e'tibordan qochirmasliging kk.Va birgina xato tikkaning moling va vaqtinga kuyasan.
1 371
Duo
Insofni yutganim rost,
Iblisdan o’tganim rost,
O’zimdan ketganim rost,
Fitratimga to’zim ber.
Gohi yo’q, gohi borman,
Har lahza xatokorman
Nafsi but amaldorman
Davlatimga to’zim ber
Bargi xazon bo’lgim yo’q,
Umri to’zon bo’lgim yo’q,
Mudom qurbon bo’lgim yo’q,
Qurbatimga to’zim ber.
Havvoman – shundan vahmim,
Atoga kelar rahmim,
Buzmayin olam tarxin,
Jur’atimga to’zim ber.
1 371
Shunchaki izohlarda yoqtirgan kitobingizdan parcha keltiring
Izohlar orasidan bir kishi tanlab olinadi
1 371
Odatimizga ko‘ra kecha shanba edi biroq kitob ulasha olmadik vaqt muammosi.
Shuning uchun bugun kechagi kitobni #ulashamiz
Tanlagan kitobim Keling Qur'on Yodlaymiz kitobi.
1 371
Odatimizga ko‘ra kecha shanba edi biroq kitob ulasha olmadik vaqt muammosi.
Shuning uchun bugun kechagi kitobni #ulashamiz
Tanlagan kitobim Keling Qur'on Yodlaymiz kitobi.
1 371
SHAXMAT
Bu oʻyin arziydi oʻynab koʻrishga
Ammo majbur avaylab, oʻylab koʻrishga
Shohga atalsa-da oʻyinning nomi
U faqat yararkan qochib yurishga.
Xayrulla Hamidov
1 371
Kim nima desa desin, lekin haqiqat shu...
Pulsiz erkak hech kimga yoqmaydi. Erkaklar doim kimnidir umidi, hech narsasi yoʻqni hechkimi boʻlmaydi.
1 371
Qadrli kanal obunachilari agarda sizda premium boʻlsa,kanalda yangi funksiyalar ochish uchun please help this channel:))
Ovoz berish
1 371
Ovozsiz yig‘lagan ko‘zlarni ko‘rdik,
Tomchilar ortida ummonlar bordir.
Sukunat ortida bo‘ronlar tirik,
Ko‘nishlar ortida isyonlar bordir!
Gunohni gunoh deb bilmaslik gunoh,
Sotmang, kasot bo‘lib bo‘lgan bu qadr!
Ozorlar haqqini so‘raydi Alloh,
Ko‘ngillar ortida insonlar bordir!
Oyoq-qo‘llar butu, yuraklar mayib,
Ko‘rib qo‘y til zaxri nelarga qodir.
Yurakka sanchilgan o‘qda ne ayb,
Uni qotil qilgan kamonlar bordir!
Har ishda bir xayr, har ishda xikmat,
Sinovdir taqdirda ne bo‘lsa sodir.
Dard ham beriladi yetguncha toqat.
Yaxshini tanitgan yomonlar bordir!
Zahmat kelar bo‘lsa shukrdan qolma,
Unutma, nima bor sendan ham nodir?!
Ko‘ngling og‘ridimi?
Ko‘ngilga olma...
Boshingda hali ne davronlar bordir!
Ko‘ngillar ortida insonlar bordir...
1 371
Go‘daklikdan ma’lum har odam, Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bölar edim bezori, o‘g‘ri!
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon"!
Qaytar edim köchadan doim.
Burnim pachoq, usti boshim
qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida.
Derdim tutib o‘zimni mahkam: "Hechqisi yo‘q. Qoqildim
toshga.
Ertagacha qolmas örni ham"!
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik. Ko‘chdi she’ru Dostonlarimga!
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun!
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan, Hamon baland o‘tli ko‘kragim!
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim!
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas örni ham"!
Sergey Yesenin
1 371
Barcha umidlar uzilganida, barcha eshiklar yopilganida bir eshik ochiqligini sezasan. Biroq, o'sha eshik qayerda, bilolmaysan. Biroq, anglaysanki, tirik ekansan, hech qachon barcha eshiklar yopilmaydi. Hamisha ochiq turuvchi bir eshik bor. Biz - shundog'am ochiq eshiklarga e'tibor berishga odatlangan odamlar faqat so'nggi lahzadagina o'sha so'nggi ochiq eshikka nazar solamiz. Bu eshik hozir ochildimi? Yo'q, bu eshik har doim ochiq bo'lgan, biroq biz ko'rmaganmiz. Bu paytgacha qayerda edik? Nega bunchalik loqayd va bee'tibor bo'ldik? Xudoyim, bizni qabul et. Sendan kelganmiz, so'nggi qaytishimiz ham faqat Sengadir!
«Relslar uzra yotgan odam» Ravshan Abdulla o'g'li
1 371
Adolat dunyomiz ustida muallaq turgan temirchining baquvvat qoʻlidagi bolgʻadek edi. Shubhasiz, qachondir temirchining qoʻli toladi va adolat bolgʻasi kutilmaganda, dahshatli kuch ila ochunning naqd koʻksiga sanchiladi…
«Rangin qushcha» Yeji Koshinskiy
1 371
Eʼtiqodlar oʻzgaradi, fikrlar oʻzgaradi, lekin qalbning shunday qismi borki, u oʻzgarishsiz qoladi. Iymon yoʻqolishi mumkin, lekin iymonga ehtiyoj hech qachon yoʻqolmaydi.
«Ruhoniy qizi» Jorj Oruell
1 371
Vaqt va asab muammosi sabab bu safargi shanba kitob ulashishni keyingi haftaga qoldiramiz.
1 371
#paradox
Theseus kemasi.
Qadimda yunonlar orasida mashhur bir kema bor edi. Bu kema qahramon Theseusniki bo‘lgan. U shunchalik afsonaviy va muhim hisoblanganki, xalq uni saqlab qolishga harakat qilgan.
Ammo vaqt o‘tishi bilan kemaning yog‘ochlari eskira boshlaydi. Shunda odamlar uni asta-sekin ta'mirlaydi: birinchi taxtasini almashtiradi, keyin rulini, yelkanni…
Kun kelib, kemaning barcha qismlari almashtiriladi. Endi u ko‘rinishda ham, materialda ham avvalgi emas, lekin shakli o‘sha-o‘sha, nomi ham o‘sha – Theseus kemasi.
Odamlar eski qismlarni tashlab yuborishmaydi. Ularni yig‘ib, usta bir odam ularni yana qaytadan yig‘ib, yana bir kema yasaydi.
Savol tug‘iladi:
Har bir qismi yangilangan, lekin shaklan o‘sha qolgan kema – bu Theseus kemasimi?
Yoki eski, asl qismlardan qayta yig‘ilgan kema — haqiqiy Theseus kemasimi?
Bu shunchaki kema emas..
Inson tanasi har yili yangilanadi — hujayralar, to‘qimalar, fikrlar...
Har kuni o‘zgaramiz — lekin biz hali ham o‘sha "men"mizmi?
Yoki har bir bosqichda boshqa odamga aylanamizmi?
Agar siz bu ikki kemani yonma-yon ko‘rsangiz, qaysi birini "Theseus kemasi" deb aytgan boʻlardingiz?
1 371
Sevgi - zafar yo mag‘lubiyatdir... Insonni xayolga kelmagan, tasodifiy yo‘llarga boshlaydi. Ba'zan to‘g‘ri yo‘llarga chiqarib qo‘yadi.
📖 "Labirint" kitobidan
@bukitobqancha
