en
Feedback
invictus

invictus

Open in Telegram

Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.

Show more
1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
Birga uzoq yashash nasib qilmadi hech Mehrim, so’zlarim saqladim pinhona Garchi buni aytishga bo’lsada kech Sensiz endi bu uy
Birga uzoq yashash nasib qilmadi hech Mehrim, so’zlarim saqladim pinhona Garchi buni aytishga bo’lsada kech Sensiz endi bu uy ham huvillar ona Sog’inib uyga kelsam bag’rimga bosib Ba’zida dardlarim dasturxon kabi yozib Kelardim ko’chadan kiyimlarim to’zib Sensiz endi bu uy ham huvillar ona

Baxt hissi Er ayolidan so‘radi: - Baxtlimisan? - Sizchi? - .... Beshikdagi chaqaloq yig‘lab g‘ashlik qila boshladi. Shunda ul
Baxt hissi Er ayolidan so‘radi: - Baxtlimisan? - Sizchi? - .... Beshikdagi chaqaloq yig‘lab g‘ashlik qila boshladi. Shunda ular dunyodagi eng baxtli insonlardan ekanliklarini his qilishdi! 👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!

#parcha "Sevgan insonlaringizni burjini, atirini iforini bilasiz... Lekin qo'rquvlaridan, pushaymonliklaridan, singan hayollaridan habaringiz yo'q." Charlz Bukovskiy "Eng qisqa ondir mo'jiza" t.me/tafakkur_uzra

Hayot paradoksi Inson “baxtli bo‘lsam shukr qilaman” deydi, hayot esa “shukr qilsang baxtli qilaman” deydi.

*** Барибир, Вужуднинг билгани – ғирром, Кўнгилга солганинг чиндир, Худойим. Жаҳаннам оташин этгин-у ҳаром, Мени бу дунёда ён
*** Барибир, Вужуднинг билгани – ғирром, Кўнгилга солганинг чиндир, Худойим. Жаҳаннам оташин этгин-у ҳаром, Мени бу дунёда ёндир, Худойим. Ёнмоқ истаяпман оловларингда, Раббимо, кўксимга чўғ отиб юбор. Тобланиб олайин синовларингда, Уйғонгим келяпти, уйғотиб юбор! 📌Behzod Fazliddin

- Oʻzbek talabalari bilan ishlash qiyin, - dedi u sovuqqonlik bilan. - Nimaga? Nega unday deysiz? - dedim jahlim chiqib. Gapirish uchun ruxsat soʻramay oʻrnimdan turganimni koʻrib, ustozning qoshlari chimirildi. - Ular koʻp oʻylashadi, lekin oʻrganishga harakat qilishmaydi, - dedi. "Soyabon ostida" kitobidan

#menimcha Osmonga tikilib yotib o‘y surib ancha stressdan uncha muncha charchoqdan forig‘ bo‘ladi odam. Buni gashti boshqacha
#menimcha Osmonga tikilib yotib o‘y surib ancha stressdan uncha muncha charchoqdan forig‘ bo‘ladi odam. Buni gashti boshqacha ajoyib terapiya. Bu ham ne‘mat ekan sababi unday osmonga tikilib yotadigan joyni topish o‘zi bir muammo.

Xayrli bo‘lsin 2-raqam egasi @Xakimzada ga karta raqam yuboring

"Terabitiya ko‘prigi" kitobi aslida real voqeaga asoslanganini bilarmidingiz? Ketrin Paterson qalamiga mansub bu kitob uning o‘g‘li Devidning bolaligidagi voqeadan ilhomlanib yozilgan. Devidning yaqin do‘sti Liza Xill chaqmoq urishidan fojiali halok bo‘lgan edi. O‘g‘liga bu og‘ir yo‘qotishni yengishda yordam berish maqsadida, Ketrin ushbu romanni yozadi va unda qayg‘u, do‘stlik hamda tasavvur kuchini tasvirladi. O‘ttiz yil o‘tgach, hozirda dramaturg bo‘lgan o‘g‘li Devid onasining romanini 2007-yilda suratga olingan film ssenariysiga moslashtirdi. Uning aytishicha, bu kartinani ideal shaklga keltirish uchun deyarli 17 yil vaqt ketgan. Bu esa kino uning oʻzi va doʻstining oilasi uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Film va roman shaxsiy fojiani abadiy hikoyaga aylantirgan qimmatli meros sifatida, ko‘plab kitobxonlar va kino tomoshabinlarining qalbidan chuqur oʻrin egallagan. Manba:@kino_sarhad

Chet elda ko‘plab musulmonlar bilan suhbatlarda, bizning tariximiz, ayniqsa islom tariximiz naqadar buyuk bo‘lganiga yanada amin bo'lasan kishi.Belgiyalik Kunenlar oilasi bilan suhbat qurganimda musulmon boʻlmasada biz,bizning tariximiz va dinimiz haqidagi ma’lumotlarni ko‘plab o‘zbeklardan ham ko‘proq bilishi meni bir tomondan faxrlantiradi, bir tomondan esa uyaltiradi.

#ulashamiz Bugun kanalimizda kitob ulashish kuni.(shanba kuni qilmoqchi edim ulgirolmadim) O'zingiz o'qigan kitoblarning birortasidan parcha yozib qoldiring g'olib tasodifiy tanlanadi. Tanlagan kitobim «Муаттар сийрат дурдоналари»

Uzr do‘stlar kanalda aktiv emasman vaqt va energiya yetmayapti shu sabab kechagi kitob ulashishga ham ulgirmadim.Bir ko‘makchiga hech yalchimadim.Nu amallaymiz. Bugun kitob ulashamiz.

Gul bo'lsayding gul shaydosin o'zi menman. Uchratib ishq nidosin ovozi menman. Lablaringdan mayli bo'lsin bo'ynima dor. Bas s
Gul bo'lsayding gul shaydosin o'zi menman. Uchratib ishq nidosin ovozi menman. Lablaringdan mayli bo'lsin bo'ynima dor. Bas shu dorga osilishga rozi menman.
A.M.Aliy
@tafakkur_uzra

Abadiylik nuqtayi nazaridan...
Shubhasiz, inson umri — juda qiziq jarayon. O'tmishimizga nazar tashlab, hayotimizni tahlil qilib ko'rsak, qachonlardir bizga muammo bo'lib ko'ringan narsalar ayni damda juda oddiy va elementar yumushlar ekanligini payqaymiz. Bir-bir yodga olganimizda, o'zimizning qanchalik sodda bo'lganimizni eslab kulib qo'yamiz. Aslida, muammolar darajasining bunday o'zgarishi — tabiiy hol. Chunki biz hamma narsani tajribamiz va aqlimiz darajasiga ko'ra belgilaymiz. Bular esa qilgan xatolarimiz yordamida shakllanadi. Shuning uchun ham xato qilishdan qo'rqmaslik kerak. Biroz paradoksal eshitilishi mumkin, lekin har bir qabul qilingan qaror — aqlimizning ayni paytdagi darajasiga asoslanadi. Demak, siz hech qachon xato qilmaysiz — shunchaki aqlingiz darajasiga ko'ra ish tutasiz. Muammolarga kelsak, yosh o'tgan sayin ular kattalashib boraveradi — ortda qolgani esa shunchaki oddiy tuyulishni boshlaydi. Demak, qaysidir ma'noda muammo qanchalik katta bo'lmasin — u yetarlicha katta emas. Shuning uchun, har narsaga kuyunaverish, o'zimizni azoblayverishimiz ham kerak emas. Faylasuf Benedikt Spinoza lotincha "sub specie aeternitatis" — "abadiylik nuqtayi nazaridan" iborasini qo'llashni yaxshi ko'rgan ekan. Uning aytishicha, kundalik muammolar abadiylik nuqtayi nazaridan qaraganda unchalik qo‘rqinchli emas.

Muslim bo’ldik arabdan ortiq, O’ris bo’ldik rusdan ziyoda. Birni topsak yorug’ dunyoda, O’n karrani qilganmiz tortiq. Ichdik, chekdik, sho’ro yurtida, O’zdik barcha og’alardan ham. Yuzsizlikda oshmasak bo’ldi, Ovropalik tog’alardan ham.
Erkin Vohidov

Tabiyiga oshiqmiz

#menimcha Kamyob insonlar deganda asli kabi ko'ringan yoki ko'ringani kabi bo'lgan maskalarda yurmaydigan insonlar ko'z oldimda gavdalanyapti. Boshqalarni bilmadimu men chiroyni ham, qalbni ham tabiyiga...

Andalusdan yevropaga 950-yilda Andalusda yevropadagi birinchi qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasi qurilgan. «Ko‘hna dunyo»ning boshqa mamlakatlarida esa bunday fabrikalar ancha keyin paydo bo‘lgan. 953-yilda German imperatori Otton I tomonidan yuborilgan diplomatik missiya rahbari Jon Gorzski Andalus poytaxti Qurtubada 3 yil yashab, ta’lim olgan va vataniiga qaytishda otiga arab tilidagi kitoblarni ham yuklab, o‘zi bilan olib ketgan edi. 📖 «Hammasi kitob haqida» kitobidan

Андалусдан Европага 950 йилда Андалусда Европадаги биринчи қоғоз ишлаб чиқариш фабрикаси курилган. «Кўҳна дунё»нинг бошка мамлакатларида эса, бундай фабрикалар анча кейин пайдо бўлган. 953 йилда герман императори Оттон I томонидан юборилган дипломатик миссия раҳбари Жон Горзский Андалус пойтахти Қуртубада 3 йил яшаб, таълим олган ва ватанига қайтишда отига араб тилидаги китобларни ҳам юклаб, ўзи билан олиб кетган эди. 📖 «Ҳаммаси китоб ҳақида» китобидан

Umr o‘tib ketdi. Yig‘lama. O‘tdi dunyo – besarhad qayg‘u. O‘lim kelsa?..  Xo‘sh, kelsa, nima?  Ayriliqdan          dahshatlimi u?
Usmon Azim