invictus
Open in Telegram
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.
Show more1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
1 371
Lekin Alloh bersa 5-7 yilda kelajak uchun yetarlicha moddiy boylik va uning davomiyligiga fundament yaratamiz.
Dua and Never stop
1 371
Mehnat va Pul temasi.
Ko'chaga chiqsak turfa xil insonlar lekin ularni ko'pchiligini maqsadi deyarli bir xil pul
O'rtacha 20 25 yoshdagilar kuniga necha soat ishlaydi katta qismi taxminan 8-9 soat. 5-6 kun haftada.
Boshlang'ich daromad: 7 mln so'm/oy
Xarajat: 4 mln so'm/oy bo'lsa
Jamg'arma boshlanishi: 3 mln so'm/oy bo'lsa
Uy + mashina: deylik kvartira 35 000$+ 11 000 Jentra
= 555 mln
Maosh : yiliga 10% o'sadi deylik lekin uy va xarajatlar ham o'sadi.
Natija qanday? 555mln÷3=185 bu degan 15 yil
Siz hozir xar oy 3 mln jamg'aryapsizmi yoki shu qiymatga teng biror narsaga investitsiya qilyapsizmi?
10 -15 yil vaqt sarflashni istamasangiz aynan hozir bilimizga pul va vaqt sarflang yoki yuqoriroqqa intiling ishlang. Kuniga 15 17 soatlab o'rganayotgan, ishlayotgan, intilyotganlar bor ular moliyaviy erkinlikka ancha avval erishadi. Bazilar esa bu yurishida u marraga yetadimi yo'qmi savol ostida.
Never stop.
1 371
Ok mazza qilib kofeni ichib kitob o'qib yoki kino ko'rib yotish yaxshi lekin surunkali va meyoridan oshiq bo'lsachi ?
Shizofreniya yoki depressiya bilan og'riganlarning 80% ida uyqu buzilganlgi kuzatilar ekan.
Xo'sh nima bo'libdi deganlar
Katta qism yoshlar umuman insonlar tuni bo'yi telefonda. (surfing the net)
Va aynan shu ko'pchilikda depressiya charchoq tushunarsiz hayot fikrlash sustligi mavjud.
Aytgancha shizofreniya - bu miya faoliyati va fikrlash jarayonlariga ta'sir qiluvchi jiddiy ruhiy kasallik boʻlib, insonning haqiqatni to'g'ri idrok etish, oʻylash, his qilish va xulq-atvorini boshqarish qobiliyatini buzadi.
Bu holatlar tanish tuyulsa uyqu siklini to'g'irlang.
Kichik sabab katta muammoga yechim yasaydi. paka paka
1 371
Ayni dam mening mintaqamda soat 22.30 uyqu vaqti lekin uyquni dushmani esa albatta kofe.
Kofe zararmi u qadar emas
Qanday deysizmi?
Bir chashka finjon (or whatever idish)ni oladigan bo'lsak, undagi kofe tarkibidagi kafein miqdori o'rtacha 40-60mg.
Rosa achchiq qilib damlangan, o'zi 3 xo'plamu narhi 5 dollar turadigan ESpresso tarkibidagi kafein miqdori 60-70mg.
Endi solishtiramiz.
.Achchiq espressodagi kafein60mg
.Coca-cola 1litr - 90-100mg
.Pepsi 1litr - 90-100mg
.Gorilla energetik - 500ml 160 mg
.Red Bull - 250 ml 80 mg
.Achchiq qora choy 1litr 300-700mg
.Achchi ko'k choy 1litr - 300-700mg
(kofeda yuqoriroq lekin u qadar emas)
Xop o'rtqolar!
O'zilar choynakni chayqab tashlab, achchiq 95 dan har doimgi dozadan 2 qoshiq ortiqchasi bilan solib, dam yegizib, ustiga popugi bor qalpog'ini kiygizib qo'yib, maza qilib simirib, chiqqan shama cho'pagida tishni kovlab o'tirgan holda, kofe ichuvchilarni tanqid qilmanglar😁
1 371
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borish va intellektual auditoriya bilan networking qilish uchun tiklandi.
1 371
Do'stlar kanal faoliyati to'xtatildi. Ko'p postlarni yozishda xatoliklar bo'libdi. Bizni ma'zur tutasizlar.
O'qish va ishlaringizga rivoj.
1 371
Do'stlar kanal faoliyati to'xtatildi. Ko'p postlarni yozishda xatoliklar bo'libdi. Bizni ma'zur tutasizlar.
O'qish va ishlaringizga rivoj.
1 371
#kechki_mutolaa
O‘g‘lim sizdek bo‘lmayapti...
Shayx hazratlari yoniga kelgan bir ota arz qilibdi.
- Hazrat, uzr sizga havas qilib o‘g‘limga Muhammad Sodiq ismini berdim. Ammo ilmi, zukkoligi sizchalik emas. Nima qilsam o‘g‘lim sizdek olim bo‘ladi?
Hazrat quyuq qoshlarini chimirib, ohista javob bergan ekanlar:
- Hech narsa qilmang, o‘g‘lingiz Muhammad Sodiq bo‘lishi uchun uning onasi chaqaloqni betahorat emizmagan Sobiraxon bo‘lishi, otasi esa o‘g‘li haqida O‘zbekistondagi olim, ustozlardan duo olib, tuni bilan yuz rakat namoz o‘qiydigan Muhammad Yusuf bo‘lishi kerak.
Shunda u Muhammad Sodiqqa aylanadi...
👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
1 371
#sarkazm
“Qachondir Samarqand oshi bilan vodiy oshi oʻrtasidagi farqni ilmiy jihatdan oʻrganib chiqaman. Fizika hamma narsaga qodir. Oʻshanda koʻrasiz, qaysi osh zoʻrligi haqidagi bahslarga nuqta qoʻyiladi. Oʻylab qarasam, bizga eng kerakli ilm shu ekan…”
«Dardisar» Xurshid Abdurashid
1 371
There are no principles; there are only events. There is no good and bad, there are only circumstances.
The superior man espouses events and circumstances in order to guide them. If there were principles and fixed laws, nations would not change them as we change our shirts and a man can not be expected to be wiser than an entire nation.
«Honoré de Balzac»
1 371
Otalar aroqqa cho‘kishgan,
Onalar g‘iybatdan bo‘shamas.
Bobolar qarg‘ashib, so‘kishgan,
Millat ham millatga o‘xshamas.
O‘g‘lonlar mardikor chetlarda,
Qizlar-chi faxsh(lar)ga botishgan!
Bu millat dunyoga qul bo‘lib,
Kitobni axlatga otishgan...
1 371
Xayrli kech azizlar har hafta dam olish kunlari kitob #ulashamiz
Bu odat yaxshi lekin negadir man kutgan intellektual auditoriya yig'ilmayotganday urinishlar zoya ketayotganday xullasi natijalardan ko'ngil to'lmayotir.
#menimcha
Balki bu kitoblarni uyda keladigan "bosh og'rig'im" uchun to'plaganim ma'quldir degan fikr aylanyapti miyyamda, yana bilmadim.
1 371
#ШЕЪРИЯТ
АСТА-АСТА
Кел кўнглим, айлайин сенга насиҳат,
Бу фоний дунёдан ўт аста-аста.
Хоиннинг узри ҳам асли хиёнат,
Жонингни жаннатга сот аста-аста!
Қора тупроқ учун бизнинг зотимиз,
Ўтган улуғлардек фарёд оҳимиз,
Ажал етгач келар ёғоч отимиз,
Йўл тадорикингни кўр аста-аста!
Ошиқ ишқ боғида яшнаб яйраса,
Ғариб булбул дўст боғида сайраса,
Ваъдамиз битганда бизни чорласа,
Азроил жонимиз ол, аста-аста!
Маҳбубий дер: «Дунё иши аломат,
Биз кетармиз, сизлар қолинг саломат!
Бу манзилда ризқ тугади ниҳоят,
Кўринди кўзимга йўл аста-аста!
©️ Маҳбубий
1 371
Xammaga xayrli kech ertaga kitob #ulashamiz
O'zingiz yoqtirgan adabiyotdan she'riy parchani izoxlarda qoldiring.
Tasodifiy bir kishini tanlab olamiz.
