invictus
Open in Telegram
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.
Show more1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
1 371
#asktoday
Agar sen hozir toʻliq erkin bo'lsang, nega hayoting sen xohlagandek emas?
invictus_pg
1 371
#asktoday
Agar sen hozir toʻliq erkin bo'lsang, nega hayoting sen xohlagandek emas?
invictus_pg
1 371
Assalomu alaykum!
Agar sizni harbiy kuch va strategiyalar 🪖,
siyosiy jarayonlar va yashirin o‘yinlar 🇺🇳,
tarixiy sirlar va unutilgan haqiqatlar 📜,
geografik mo‘jizalar va xaritalar ortidagi sirlar 🌍,
hayratlanarli faktlar 🤯
va chuqur ma’noli iqtiboslar 📝 qiziqtirsa —
👉 siz aynan biz izlayotgan obunachisiz!
📌 Kanalimizda sizni kutadi:
🪖 Harbiy tahlillar va real faktlar
🇺🇳 Siyosiy voqealarning ichki tomoni
📜 Tarixda yashirilgan haqiqatlar
🌍 Dunyoning eng qiziqarli joylari va hodisalari
📚 “Ishonish qiyin” faktlar
📝 O‘ylantiradigan va ilhomlantiradigan iqtiboslar
🔥 Har kuni — yangi, foydali va ishonchli postlar
⚡ Qisqa, lo‘nda va tushunarli tahlillar
🎯 Bilimingizni oshirmoqchimisiz?
Unda vaqtni yo‘qotmang — hoziroq bizga qo‘shiling! ⏬⏬⏬
1 371
noldan boshlash
bir yangi sohani noldan o’rganishni boshlashdan qo’rqmaslik hissi bu inson hayotiga mazmun, ruhiyatida hotirjamlik, kelajak uchun ishonch paydo qiladi.
Bu eshitilishi sodda, ammo bajarishimiz qiyin bo'lgan ishlar turidan.
Sababini Seneca 2000 yil oldin aytib o'tgan edi.
“Biz voqe’likdan ko’ra tasavvurimizdagi havotirlardan ko’proq aziyat chekamiz.” - Seneca
"olindi
1 371
#happiness
If you can't be happy with a coffee, you won't be happy with a yacht.
Naval Ravikant
1 371
2026-yil oldimizga qo'ygan katta va kichik maqsad-rejalarimizning barchasiga to'liq erishadigan, samarali, zafarli va eng asosiysi barokatli yil bo'lsishini Egamizdan so'rab duo qilamiz.
Faqat olg'a zafar bizni kutyapti.
1 371
Uyda yolg'izlar nechtamiz endi?
Yangi yil zerikarli kutayotganlar bormi?
Avvalgidek emas a?
1 371
Repost from Abdusattor
☀️ Insonga quyosh kerak lekin nima uchun?
Insoniyat tarixining 99% qismida biz ochiq havoda yashaganmiz. Bizning ko‘zimiz va miyamiz quyosh chiqishi va botishiga qarab dasturlangan.
Quyosh nuri (hatto bulutli havoda ham) ko‘zga tushganda, miyamizga "Kun boshlandi, uyg‘on!" degan signal yuboradi. Bu signal baxt va energiya gormonini uyg‘otadi va aynan shu paytda kechki uyqu gormoni melatonin uchun taymer ishga tushadi. Shu sababli ertalab quyosh ko‘rmasangiz, kechasi uxlashingiz qiyin bo‘ladi.
Har kuni ertalab, uyg‘onganingizdan keyin dastlabki 30 daqiqa ichida kamida 10-15 daqiqa tashqariga chiqing. Deraza ortidan qarash yetarli bo’lmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshga yoki osmonga qarang ya’ni ochiq havoda bo‘ling.
Inson organizmi shunchaki go‘sht va suyakdan iborat emas, u yorug‘lik bilan boshqariladigan murakkab mexanizm. Quyoshni shunchaki issiqlik manbai deb emas, balki organizmimizdagi barcha jarayonlarni sinxronizatsiya qiluvchi vosita deb tushunish kerak.
Biz ming yillar davomida quyosh ostida rivojlanganmiz. So‘nggi 50-100 yil ichida to‘rt devor orasiga qamalib qoldik. Bu biologiyamiz uchun katta stress. Biz hozir "yorug‘lik ochligi" holatida yashayapmiz, buni D vitamini tabletkalari bilan to‘liq qoplab bo’lmaydi. Quyoshsiz sifatli uyqu bo’lmaydi, uyqusiz esa ertangi ish samaradorligi tushib ketadi.
1 371
Repost from Turakulov | Mutolaa
Uyim-joyim deydigan qizlarga uylanmanglar, yigitlar!
Kerak emas!!!
…u oddiy matematik edi.
Formulalar bilan yashardi.
Tartib bilan.
Sukunat bilan.
Uylandi.
Tartib ketdi.
Sukunat ketdi.
O‘rniga gaplar keldi.
- Qachon uy olamiz?
- To‘y qachon qilamiz?
- Odamlar nima deydi?
- Boshqalardan nimamiz kam?
Xotini yomon emas edi.
U shunchaki oddiy edi.
Orzu-havasli edi.
Jamiyat(dek) edi.
Ilmni tushunmasdi.
Nazariyani bilmasdi.
Lekin to‘y marosimlarini yoddan bilardi.
Shu vaqtlarda u negadir universitetdagi laborant qiz Munisa haqida o'ylardi.
Ha, u matematikani tushunar edi.
Matematikni tushunar edi.
(Uni o'ylaganidan o'zi uyalardi.)
Matematik masala yechardi.
Xotini esa taqqoslash bilan yashardi.
U kelajak haqida o‘ylardi.
Xotini hozir haqida qayg'urardi.
U ichki tartibni qidirardi.
Xotini esa tashqi ko‘rinishni...
U yengildi.
Xotini/jamiyat yutdi!
Keyin…
Keyin yangilik chiqadi:
"Rossiyalik bir olim Puankare masalasini yechibdi."
Yechimni ko‘radi.
Hisoblaydi.
Tekshiradi.
99%.
Bizning matematikniki bilan 99% bir xil edi.
1% farq.
1 haftalik vaqt!
Atiga 1 hafta...
To‘yga. Mehmonlarga.
Uy-joy tashvishlariga sarflangan o'sha 1 hafta.
Bir umrga teng bo'lgan bir hafta!
Shu joyda matematik sinmadi.
U parchalandi.
Sokin baqirdi: Nega? Nega u? Nega men emas?!
Bu yerda u rus olimiga yutqazmadi.
U O'zbek jamiyatga yutqazdi.
Bu hikoya ayol haqida emas.
Bu hikoya nikoh haqida emas.
Bu hikoya matematika haqida emas.
Bu hikoya qadryatlar ierarxiyasi haqida.
...biz iste’dodli odamlarni o‘ldirmaymiz.
Shunchaki ularni band qilib qo‘yamiz.
1%.
1 hafta!
(Munisa...)
@v_turakulov_mutolaa
📖O'qing/eshiting: Puankare
Siz TURAKULOFF30 bilan Mutolaa obunasini 30% chegirma bilan sotib olsangiz bo'ladi.
1 371
Zamonaviy ----narkomaniya bu qisqa videolarga o'tirib qolish.Jamiyatda ko'pchilik kunning va fokusining asosiy qismini Social media ga qaratgan.Bundan biz oladigan manaviy ozuqadan ko'ra uning zarari bir necha xissa ortiqcha.
Yengil dofaminga o'tirib qolish xotiraning buzilishi,uyqu siklining buzilishi va hokazo salbiy ta'sirlarga ega.Aytaman desa gap ko'p asosiysi Instagramdan 2 yillik foydalanishdan so'ng bugun undan voz kechdim Tik tok esa avvaldan mavjud emas.
Dunyoga sog‘lomroq nigoh bilan qaraylik quyosh chiqishi,botishi, mayin shaboda, bular qo‘limizdagi to‘rtburchak matohdan umuman boshqa olam. Baxtli ko‘rinish emas uni his qilish go‘zalroq.
1 371
Jaloliddin Manguberdiyning Temur Malikga aytgani:
O‘jar bo‘ldim,
O‘jar bo‘lding,
Sen Maliki Xo‘jand bo‘lding,
Men-la sarson ko‘char bo‘lding.
Bolamizdan kechar bo‘ldik,
Yorimizdan kechar bo‘ldik,
Borimizdan kechar bo‘ldik,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Jonim oqàr Jayhun bo‘lib,
Jonim oqàr Sayhun bo‘lib.
Chingiz kelar...
Chingiz kelar,
O‘tgan yeri ashk, xun bo‘lib.
Kim nomusdan mahrum bo‘lib,
Kimdir qolar mahkum bo‘lib.
Tomirlarim qaqshab ketar,
Hayqiraman majnun bo‘lib:
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Anov yurgan Gurganchmi-yo?
Unda yotgan bir ganjmi-yo?
Qo‘llarida yov yalovi,
Toni kafan Shayxim Kubro:
"Donishidan tongan elga
Kelgan balo – ketmas qazo".
O‘zing qo‘lla, Yo Iloho!
O‘zing asra, Yo Iloho!
Vatan qolsin,
Vatan qolsin
Otam qochsa yurtni tashlab,
Onam yursa fitna boshlab,
Inim Oqshoh poylab tursa
Izlarimdan tig‘ taroshlab.
Qayga boray dilni g‘ashlab?
Qayga boray ko‘zni yoshlab?
Peshvolari yursa oshlab,
Botirlari jonni tiksa,
Biz-chi, ketsak janggga bosh lab,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Kuning shumi, Xorazmyurt?
Gohi xor yurt, goh azim yurt.
Senga solsama bir razm, yurt,
To‘rt tomoning jang – razm, yurt.
Istaganm toj-u taxtmas,
Istaddim yurt, istaddim yurt.
Gulga cho‘msin, istagim yurt.
Nurga cho‘msin, istagim yurt.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Vatan nedir? Vatan shuldir:
Sulton uldir, zobit uldir,
O‘z ahdida sobit uldir,
Kim boshini egsa – quldir.
Temur Malik,
Temur Malik,
Shamsiringni quchib umla,
Tushingda ham yovni o‘ldir,
Tushingda ham yovni o‘ldir.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Mungli ko‘zlar mo‘ltiradi,
Najot kutib o‘ltiradi,
Noahil el, rishvagar el
Dushmanini kuldiradi.
Dushman bizga tengsiz emas,
Evoh, bizni Chingiz emas,
Bitta xoin o‘ldiradi,
Bitta xoin o‘ldiradi.
Biroq o‘lim so‘ngsöz emas –
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Ul - òğil (shevada). Suhrob Ziyo
1 371
#podcast
Baliq bor joyda baliq ovla.
Kichkina baliqqa energiya sarflagandan katta baliqqa fokus qarat.
1 371
Goh xuddi farishta Hazrati Insonman,
Goh yotish yeyishdan ortmagan hayvonman
Goh yengadi Shayton sohibi isyonman
Bu turfa fe'limdan o'zim hayronman!
Mavlono Rumiy
1 371
Agar sen o'zingni aqilliman deb bilsang nega Baxtli bo'lishni yo'lini topmading?
Naval Ravikant
1 371
#fikrimcha
Maskadagi men va menning farqi.Aslida hamma insonda maska bor.Doim men bir insonman ham tashqi, ham ichki dunyoyim bir deymiz lekin nega har xil sharoitda o'zimizni turlicha tutamiz?
Har birimizda "bir nechta men" bor
Psixologiyada bunga "ichki sub-personalities" deyiladi.
Biz ichimizda bir nechta kichik rollardan iboratmiz:
Raxmli "men"
Jangovar "men"
O'ylovchi "men"
Bolalarcha "men"
Jiddiy "men"
Vaziyat qaysi rolni chaqirsa, o'sha rol ishga tushadi.
Bu - normal.
