cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yetakchi kundaligi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Show more
Uzbekistan9 006The language is not specifiedEducation18 944
Advertising posts
7 646
Subscribers
-724 hours
-527 days
-22030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
💻 So'xlik yoshlar yetakchilarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv-seminar boshlandi 🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da o‘quv-seminarlar o'tkazilgan edi. Ushbu o'quvlar bugun So'x tumandagi 27 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun Sarikanda mahallasidagi 4-sonli maktabda boshlandi. 🔝 Seminarni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ochib berdi. Shundan so'ng, So'x tumani Yoshlar ishlari bo'limi xodimlari, “Yoshlar oromgohi”da o‘quv-seminarlarda o'qib kelgan yoshlar yetakchilari, tuman Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb etish, yoshlar murojaatlari bilan ishlash, “Yoshlar daftari” ga kiritilganni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish va yoshlarga oid axborot tizimlari bilan ishlash va yoshlarning “Ay-Ti” savodxonligini oshirish kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘quv-seminar o‘tkazildi. 🔝 O'quv-seminarimiz ertaga ham davom etadi... ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 3 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#yoshlar_dasturi Yoshlar yetakchilari uchun o’quv seminar tashkil etildi Yaqindagina Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 3 kun davomida mahalladagi yoshlar yetakchilariga yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan Respublika o’quv-seminari tashkil etilgan edi. Bugun O‘rta Chirchiq tumani mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Mirsultonov ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda yoshlar bandligini ta’minlash, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarni tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish ibrat farzandlari, mutolaa bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi. Seminar ishi ertaga ham davom ettiriladi.Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 2 1
Repost from Alisher Sadullaev
Obunachilarimiz orasida zamonaviy kasblarni o'rganayotganlar bormi? Qaysi kasblarni o'rganyapsiz? Qaysi kasblar bo'yicha darslar kerak? Takliflaringizga qarab, @ustozai yangi rejalarini tuzamiz.
Show all...
1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Fargʻona tumani Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan “Onalarga ehtirom” festivali oʻtkazildi Joriy yilning 25-may kuni Fargʻona tumanidagi "Xushnoza" toʻyxonasida tuman mahallalaridagi yoshlar yetakchilari va ularning onalari ishtirokida “Onalarga ehtirom” festivali boʻlib oʻtdi. Farzandlar uchun borligʻini fido qilgan Onalardek ulugʻ zotlarga boʻlgan yuksak ehtiromni namoyon etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning ongi shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish, ularni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish kabi gʻoyalarni mujassam etgan ushbu festival yoshlar siyosati tizimida ilk bor oʻtkazilmoqda. ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 15🔥 1
Photo unavailable
#yetakchi_tajribasi 💥 Farg‘onalik shaddod yetakchi Mubinaxon Mamitaliyeva 23 yoshda. Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona” mahallasi yoshlar yetakchisi.
– Bolalikdan shaddod boʻlganman, – deydi qahramonimiz Mubinaxon Mamitaliyeva. – Shaddodlikda yigitlardan ham oʻtardim. Otam meni qizlarga xos sport turi – badiiy gimnastikaga bergan. Biroq keyinchalik yengil atletikaga qiziqib, gimnastikani tashlaganman. Bolalikdagi fe’lim yetakchilik faoliyatimda yordam beradi. Shahar markazidagi hudud bo‘lgani sababli mahalla yoshlarini nazoratda ushlab turish oson emas. Ba’zan qat’iyat va jasorat talab etiladi.
Mubinaxon “Yoshlarning bo‘sh vaqti – yetakchining ish vaqti” tamoyiliga muvofiq ish olib bormoqda. U sportchi bo‘lgani sababli mahalladagi sportga qiziqishi baland yoshlarni sportga jalb qilib, ular bilan birgalikda mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘ygan. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/shaddod-yetakchi Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Show all...
👍 15 3😱 2🤩 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Termiz shahrida yoshlar yetakchilari uchun o’quv seminar tashkil etildi Xabar berganimizdek, 3 kun davomida mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan Respublika o’quv-seminari tashkil etilgan edi. Bugun Termiz shahridagi yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yer ajratish, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berilmoqda. Qayd etish joizki, seminarda hamkor tashkilotlar xususan Termiz shahar IIB boshlig’i O’.Shukurov, shahar prakurori X.Mamatqulov, shahar adliya bo’limi rahbari A.Jabborov, shahar hokimligi axborot xizmati rahbari A.Qosimova, respublika o’quv-seminarida ishtirok etib kelgan 4 nafar yoshlar yetakchilarining ma’ruzalari tinglanmoqda. ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 6 2
Photo unavailable
#migratsiya 🤔Migratsiyadan qaytgan yoshlar qay tartibda ish bilan ta’minlanmoqda? Ohangaron shahridagi xatlov natijalariga ko‘ra, hudud yoshlaridan 128 nafari mehnat migratsiyada ekani, yana 25 nafar ishsiz yosh chetga ketib ishlash niyatida ekani aniqlandi.
Mahalla yoshlar yetakchilarining sa’y-harakati natijasida mehnat migratsiyasiga ketish istagidagi yoshlarning 15 nafari ish bilan ta’minlandi. 10 nafari shaharda tashkil etilgan monomarkazda kasb-hunarga o‘qitilib, ish bilan ta’minlanmoqda.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/migratsiyadan-qaytgan-yoshlar Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Show all...
👍 3
«Mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.05.2024 yildagi 292-sonYetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 10😱 1🤩 1
00:58
Video unavailable
«Mutolaa» loyihasida yoshlar yetakchilari!
➡️ «Har bir mag‘lubiyat – bu sizning muvaffaqiyatingiz uchun qo‘yilgan birinchi qadam.»
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Bog'ishamol va Eski Anhor mahalla yoshlar yetakchilari Mutolaa loyihasiga tashrif buyurishdi va istiqbolli rejalarni muhokama qilishdi. Kitoblar majmuyi bo‘lgan yangi ilovamiz bilan siz ham yaqindan tanishing: ⭐️ Play Market ⭐️ App store Yuqoridagi videoni tomosha qiling va «Mutolaa» atmosferasini his eting. Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 9 1🔥 1
Photo unavailable
#yetakchi_tajribasi 🤝 Yoshlarning barchasi ish bilan band Shahzod Husenov 2022-yildan Buxoro shahridagi “Otbozor” mahallasi yoshlar yetakchisi. “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichida “Yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish” yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
– Barcha huquqbuzarlik va yomon illatlar bekorchilikdan kelib chiqadi, – deydi Shahzod Husenov. – Jamiyatning eng qudratli kuchi bu uning yoshlaridir. Shunday ekan, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan asrash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mahallamdagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni sevimli mashg‘uloti bilan band qilishni asosiy vazifa qilib belgilab olganman.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yoshlarning-barchasi-ish-bilan-band Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Show all...
👍 16 2😱 2