𝐒𝐚𝐛𝐫_𝐬𝐮𝐧𝐧𝐚🕋
Open in Telegram
لا راحة في الدنيا «Sabr qilishdan to'htamang, chunki u barcha eshiklarni ochuvchi so'ngi kalitdir...» Kanalimizga sodiq bo'lsangiz kiring🌙
Show more355
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-3730 days
Posts Archive
355
Payshanba kuni makkadan kelgan arab tilidegi bir kursdoshimiz barchamizga zam zam suv berib hurmo tarqatib chiqtila.
Astoydil qibla tarafga qarab uzoqdan uzoq duo qilib suvni mazza qilib ichdim Alhamdu lillah. Keyin hurmo shokoladli edi, oyijonimga ilinib yemasdan sumkamga solib qoysam yonimdegi opam yarimini tishlab yarimini ogzimga solib ular ham aytdilar oziznikini oyijonizga olib qoing deb. Suvni ichib hurmoni yeb hursand otirib rozaligim esimga tushib ketdi 😁
355
+2
• أفضل وقت يقضي علي طريق العلم •
• Eng yaxshi sarflangan vaqt, ilm yoʻlida ketgan vaqtdir..🖤
Ibnul Qoyyim
355
+1
Odatiy arab tili darslarining birida
Arab tili o’qituvchisi o’quvchisidan so’radi:
- Arab tilida «qand» so’zini qo’shib gap tuz-chi!
- «Ertalab choy ichdim».
- Bu gapda «qand» so’zi yo’qku?!
- Qand choyning ichida erib ketganda ustoz!😁
355
Bitta dozahiy odam bor ekan. Qachanlardur bitta mushukga yordam berib qoygani uchun unga Jannatimga kir deyilgan ekan. Agar kasal mushukni korib yordam bersangiz ham bermasangiz ham u dunyo da sizga guvohlik berar ekan vallohu a'lam. U mani korib turib otib ketdi, yoki oshunda manga yordam bergan deb.
Allohim sahiylardan qilsin va jannati bilan siylasin..
355
+2
Shu mushukchani kochada topib oldim. Judayam kichkina kasal ekan.
Uyda eplab qareman degandim, lekin qolimdan kelmayapti😢
Oddiy suv ham ichalme qoldi. Mushukni eng kichkina ovqatidan bersam ham tomogidan otmayapti, mushuk judayam kichkina. Bu yerlarda mushuklarga doctor(veterinar) topish qiyin ekan.
Duo kililar, olib qolmasin 😔
355
+2
Shu mushukchani kochadan topib oldim, uyda eplab boqaman degan edim. Lekin ahvoli juda ogir ekan, oddiy suv ham ichalmayapti.
Veterinarni ham bilmiman qayerdaligini😢
Duo qilinglar
355
TOLIBI ILMLARGA QIMMATBAHO NASIHATLARAyo tolib, ayo zukko o‘quvchi, Tur, uyg‘on, uxlama, bo‘lma uyquchi. Chunki umring o‘tdi, o‘tmoqda zamon, To hayot ekansan vaqtingni qizg‘on. Vaqtni qizg‘anishing baxillik emas, Ayni saxovatdir, qilamiz havas. Darsga qunt qil, yopish, ajrama aslo, Xursand bo‘lib o‘qi, darsga bo‘l shaydo. Bugun bir tolibsan, kichkina inson, Ertaga ellarga boshliq, qo‘mondon. O‘qib-o‘qib bo‘lgin dono rahnamo, Nodon rahbar yurtni qiladi rasvo. Qarilik qilichi shashting tomirin Kesmasidan oldin tezroq shoshilgin. Azmu qaroringga yetmasdan putur Tez-tez, ko‘p-ko‘p o‘qi, yoshlik imkondir. Yigitlik — o‘tkinchi, foydalan undan, Xazonga aylanar bir kuni chaman. Behuda yurishlar, bordi-keldilar, Ortiqcha ovqat, gap, uyqu ham zarar. Keraksiz ortiqcha narsaning barin Imkon qadar tashlab, qutul yuklardin. Oliyjanob, sharif kishilar bilan Hamsuhbat bo‘l, do‘stlash, foyda olasan. Lekin haddan oshib ketmasin suhbat, Har narsaning ozi shirindir albat. Uka, ko‘paytirma, o‘rtacha yasha, Ko‘pga o‘chning ko‘pi mahrumdir, qara. Dilga tukkan orzu, istak, maqsadni Amalga oshirgin, ko‘targin qadni. Vahimga berilib ishni shishirma, Zardan qimmat vaqtni yelga uchirma. Pashshadan fil yasab qo‘rqib ketmagin, Bahonalar izlab johil o‘tmagin. Ilm va ilmdor zotlarni ko‘rsam, Sofdillar qoshida ekan muhtaram. Dunyo, oxiratda, ey ukaginam, Shon istasang qo‘lga qalam ol, qalam! Rabbing uchun xolis o‘qib o‘rgangin, Niyating buzilib qolmasin tag‘in. O‘qigan ilmingga amal qil albat, Garchi duch kelsa ham yo‘lda mashaqqat. Bas, sabr qil, chida, ko‘rsat matonat, Yalqovlik qilmagin, ukajon, faqat. Himmatga yarasha kelar g‘am-qayg‘u, Bu g‘am bag‘ishlaydi orombaxsh tuyg‘u. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ Shu bilan tugadi moʻjaz tarjima, Hammasi haqiqat, emas qochirma. “Robbiy, zidniy ilman”, deb duo qiling, Bilimni boshdagi tojim deb biling. Dilimiz, elimiz bilimga chanqoq, Bilimdonlar esa nechundir tarqoq?! Salamun alaykum va rohmatulloh, Bilimdonlarni qil, yo Rabbbim, isloh. Ahli ilm yurtga keltirsin foyda, Inoqlik, totuvlik o‘ssin har joyda. Bitdim o‘ttiz baytli xolis nasihat, Yodlab oling, do‘stlar, qilib bir g‘ayrat. Ey Jalol, so‘zingga amal qil o‘zing, Shunda meva berar aytgan har so‘zing. ©️Jalol Ibrohim حفظه الله
355
Bir kishi Ibrohim Adhamning oldiga kelib: “Ey Abu Isʼhoq nafsim gunoh maʼsiyatlarga botib ketdi, sizda gunoh-maʼsiyatlardan qaytaradigan biror narsa bormi?” dedi.
Ibrohim Adham: “Agar mendan beshta xislatni qabul qilib olib ularga rioya qila olsang senga birorta ham gunoh zarar bermaydi,” deb javob berdi.
Haligi kishi: “Ularni ayta qoling ey Abu Isʼhoq”, dedi.
– Alloh taologa isyon qilmoqchi bo‘lsang Uning bergan rizqini yemagin!
– Unda qayerdan yeyman, axir yerdagi barcha narsa Uning bergan rizqi bo‘lsa!
– Unday bo‘lsa U bergan rizqni yeb turib, yana Unga isyon qilishni o‘zingga ep ko‘rasanmi?!
– Yo‘q albatta, ikkinchisini ayta qoling.
– Alloh taologa isyon qilmoqchi bo‘lsang Uning yerida turmagin!
– Ey Ibrohim, bu birinchisidan ham dahshatliroqku. Mashriq ham, mag‘rib ham ularning orasida nima bo‘lsa hammasi Uning mulki-ku, Uniki bo‘lmagan qayerda turaman?
– Ey inson, U bergan rizqni yesang, Uning yerida yashasang, yana Unga isyon qilsang, shuni o‘zingga ep ko‘rasanmi?!
- Yo‘q aslo ep ko‘rmayman, uchinchisini ayta qoling.
– Alloh taologa isyon qilmoqchi bo‘lsang U seni ko‘rmaydigan bir joyni topda, isyoningni o‘sha yerda qil!
– Hoy Ibrohim, bu nima degan gap? U Zot barcha sirlardan xabardor bo‘lsa, qalbdan kechayotgan narsalarni ham bilib tursa, biror narsa ham Unga maxfiy bo‘lmasa?!
– Hoy odam, Uning bergan rizqini yesang, U bergan makonda yashasang, U seni ko‘rib, barcha sirlaringdan xabardor ekanini bilsang, yana Unga isyon qilsang, shuni o‘zingga ep ko‘rasanmi?
– Yo‘q, aslo ep ko‘rmayman, to‘rtinchisini ayta qoling.
– Agar o‘lim farishtasi ruhingni olish uchun kelsa unga: meni qoldirib turgin, tavba qilib olay, degin.
– U buni qabul qilmaydi-ku, dedi.
– Agar tavba qilib olishing uchun o‘limni o‘zingdan qaytarib tura olmasang, joningni olish uchun kelgan paytda aslo ortga surmasligini bilsang, qanday qilib xalos bo‘lish haqida umid qilasan?!
– Bo‘ldi, beshinchisini ham ayting.
– Qiyomat kunida Zaboniyalar (do‘zaxga kirganlarni azoblashga tayin qilingan farishtalar) seni do‘zaxga olib ketishga kelsalar ular bilan birga bormagin.
– Ular bunga qarab o‘tirmaydilar-ku, dedi.
– Unday bo‘lsa najot topishdan qanday umidvor bo‘layapsan?!
– Ey Ibrohim, bo‘ldi, yetarli bo‘ldi, men Allohga istig‘for aytaman va Unga tavba qilaman!
355
Har bir inson o’qilmagan kitobdir. Ba’zi kitoblar sizni kitobxon qiladi, ba’zilari kitob o’qishdan bezdiradi..🍃
355
+1
Har bir inson o’qilmagan kitobdir. Ba’zi kitoblar sizni kitobxon qiladi, ba’zilari kitob o’qishdan bezdiradi..🍃
355
Estikina premium kettiya. Hali 1 oh ham ishlatmagan edim 1 yillik kuydi 😢
Stikerlari siz galati bo'lyapti, zerikarliga ohshedi
355
+1
Ustozamizni uyiga ham borib keldik.
Misrni qishlogiga 😁
Judayam chiroyli joy ekan.
Oylasi judayam yahshi, ovqatlari ajoyib va mazali.
Alhamdu lillah❤️
Endi oqiymiz 🤭
