casiauz
Open in Telegram
📍Yangi avlod, yaxshi kontent platformasi 🗞Obuna bo‘ling, barchasidan voqif bo‘ling
Show more862
Subscribers
+124 hours
No data7 days
-1830 days
Posts Archive
862
Farg‘onada ikki hamshira pichoqlanib, ulardan biri vafot etdi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi tug‘ruqxonada ikki nafar hamshira pichoqlandi. Ulardan biri olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Hodisa 7-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hamshiralarni pichoqlagan shaxs ayol bo‘lgan. U hamshiralarni xonaga qamab, ularga pichoq bilan hujum qilgani aytilmoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ayol Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda hujum sababi va voqeaning boshqa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Manba: Kun.uz
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Qarshida 19 yoshli yigit uzun sochlari sabab IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
Qarshi shahrida 19 yoshli yigit huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan kuch ishlatilgan holda olib ketilgani va kaltaklangani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda yigitning opasi voqea haqida so‘zlagan. Uning aytishicha, profilaktika inspektorlari yigitni uzun sochlari sabab shubhali deb hisoblab, “terrorchiga o‘xshaydi” degan. Yigit voqeani telefoniga tasvirga olishga uringanida, xodimlar unga nisbatan kuch ishlatgani, bo‘g‘ib, xizmat mashinasiga majburan olib ketgani iddao qilingan.
Qizning ta’kidlashicha, yigit ichki ishlar bo‘limida qo‘llari kishanlangan holda izoh xati yozishga majburlangan. Unda u go‘yoki haqorat qilgani va xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani qayd etilgan. Tarqalgan kadrlarda yigitning yuzida ko‘karishlar, burni va boshidagi jarohatlar, orqa va yelkasidagi zarb izlari hamda yulingan sochlari ko‘rinadi. Yigitning opasi Prezident va davlat organlari rahbariyatiga murojaat qilib, holatni tekshirish va xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berishni so‘ragan.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Britaniyalik ayol burritoni 30,75 soniyada yeb, rekord o‘rnatdi
Britaniyalik Liya Shutkever burritoni 30,75 soniyada yeb, Ginnesning rekordlar kitobidagi burritoni eng tez yeyish rekordini qayta o‘rnatdi.
Shutkever avval ham ushbu rekordni o‘rnatgan, biroq 2022-yilda amerikalik Miki Sudo 31,47 soniyalik natija bilan rekordni yangilagan edi.
Shutkever yangi natijasi bilan avvalgi rekordni 0,72 soniyaga yaxshiladi.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Toshkentda issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar bo‘ladi
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli sentabr va oktabr oylarida ayrim hududlarda issiq suv 5 kunga vaqtincha o‘chiriladi.
Veolia Energy ma’lumotlariga ko‘ra, issiq suv ta’minoti quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich to‘xtatiladi:
🔹14–18 sentabr — Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur va Sergeli tumanlarining ayrim hududlari;
🔹21–25 sentabr — Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlari;
🔹28-sentabr – 2-oktabr — Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari;
🔹5–9 oktabr — Mirobod, Yashnobod, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarining ayrim hududlari;
🔹12–16 oktabr — Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlari.
Shuningdek, ayrim lokal qozonxonalarda ta’mirlash ishlari sababli issiq suv ta’minotida qo‘shimcha vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. To‘liq manzillar bo‘yicha o‘chirish jadvali Veolia Energy tomonidan e’lon qilingan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Vengriyada qabr qazish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Vengriyada qabr qazish bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Unda 19 ta ikki kishilik jamoa, jami 38 nafar mutaxassis qatnashdi. Musobaqa 5-sentabr kuni Vengriyaning Nergeshuyfalu shahridagi jamoat qabristonida bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilar qabrni faqat belkurak, ketmon va kirka yordamida qazigan.
Qabrning chuqurligi 1,6 metr, uzunligi 2 metr, eni esa 0,8 metr bo‘lishi belgilangan. Ishtirokchilar asosan ish tezligi va sifatiga qarab baholangan. Robert Nad va Laslo Kish 1 soat 21 daqiqada qabrni qazib, musobaqada g‘olib bo‘lgan. Ular 200 ming vengr forinti (taxminan 640 dollar) mukofotni bo‘lib olgan.
Musobaqadan ko‘zlangan maqsad qabr qazish kasbining murakkabligini ko‘rsatish va o‘lim mavzusidagi tabularni yumshatish bo‘lgan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekiston bilan mudofaa sanoati, jumladan, uzoq masofaga uchadigan ballistik raketalar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Uning aytishicha, Serbiya qisqa masofali raketalarni allaqachon ishlab chiqarmoqda. Mamlakat uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarishni esa bir yil ichida boshlashi mumkin.
Vuchich O‘zbekistonni mudofaa sanoatida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan davlatlardan biri sifatida ko‘rsatdi.
Bu bayonot 8-sentabr kuni Belgradda O‘zbekiston va Serbiya ishtirokidagi biznes forumda yangradi. Unda ikki davlatning 200 dan ortiq rasmiylari va ishbilarmonlari qatnashdi.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
🎵 Avariyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar ro‘yxati e’lon qilindi
2026-yil avgust oyida “Trujillo Gonsales” yuridik firmasi avtomobilda tinglash uchun mo‘ljallangan 30 ta Spotify pleylistini tahlil qilib, ularda eng ko‘p uchragan 50 ta qo‘shiqni o‘rgandi.
Tahlilga ko‘ra, daqiqasiga 120 martadan yuqori ritmga ega qo‘shiqlar tezlikni oshirish, haydovchi diqqatining pasayishi va rulda ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq.
Eng yuqori ritmli beshta qo‘shiq:
🔹 Ed Shiran — “Shape of You” — 192 BPM;
🔹 Oasis guruhi — “Wonderwall” — 173 BPM;
🔹 The Kid LAROI va Jastin Biber — “STAY” — 169 BPM;
🔹 Billy Idol — “Rebel Yell” — 166 BPM;
🔹 Blondie guruhi — “One Way or Another” — 162 BPM.
“Shape of You” 30 ta pleylistning 24 tasida uchragan va Spotify’da 5 milliard martadan ortiq tinglangan.
Tadqiqot barcha qo‘shiqlarni qamrab olmagan. Unda faqat 30 ta avtomobil pleylistida eng ko‘p uchragan 50 ta trek tahlil qilingan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
+1
Belgrad koʻchalaridan biriga Toshkent nomi berildi
Serbiyaning Belgrad shahridagi ko‘chalardan biriga Toshkent nomi berildi. Marosim Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganining ramzi ekanini ta’kidladi.
Yangi Toshkent ko‘chasi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash ramziga aylanishi qayd etildi.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Fransiyadagi Renuar muzeyidan qimmatbaho san’at asarlari o‘g‘irlandi
Fransiyadagi Renuar muzeyidan qiymati 9 million yevroga baholangan uchta san’at asari o‘g‘irlab ketildi.
8-sentabr kuni ikki nafar o‘g‘ri fransuz impressionist rassomi Per-Ogyust Renuarga bag‘ishlangan muzeyga bostirib kirib, to‘rtta rasmni olib ketgan. Biroq ulardan biri qochish vaqtida tushirib qoldirilgan. Hodisa joyiga signalizatsiya ishga tushganidan besh daqiqa o‘tib politsiya yetib kelgan. Gumondorlar qidirilmoqda, tergov davom etmoqda.
Renuar muzeyi rassom Per-Ogyust Renuar 1919-yilda vafot etishidan oldin yashagan uyda 1960-yilda tashkil etilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
O‘zbekiston va Serbiya strategik sherik davlatlarga aylandi
O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi. Bu haqdagi qo‘shma deklaratsiya Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich muzokaralaridan so‘ng Belgradda imzolandi.
Ikki davlat o‘rtasida transport, migratsiya, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, farmatsevtika, turizm, madaniyat va raqamlashtirish kabi sohalarda hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
Tomonlar, shuningdek, erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish va O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi.
Bundan tashqari, Samarqand viloyati va Serbiyaning Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuv tuzildi.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
G‘azodagi bolalar uch yildan so‘ng ilk bor multfilm tomosha qildi
G‘azodagi lagerda yashayotgan bolalar uch yildan so‘ng ilk bor multfilm tomosha qildi.
Little Wings (“Kichik qanotlar”) nomli kinotashabbus doirasida bolalar uchun maxsus ekran o‘rnatilib, multfilmlar namoyish etilmoqda.
Tashabbusdan maqsad — bolalarni yillar davomida yashab kelayotgan qo‘rquv va vayronagarchilik muhitidan hech bo‘lmaganda vaqtincha chalg‘itish.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida 210 ming dollar evaziga Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.A. o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirib, yuqori lavozimdagi tanishlari orqali fuqaro I.D.ni hokim lavozimiga tayinlatib qo‘yishni va’da qilgan. U kelishilgan 210 ming dollarning 100 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq moddalar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Do‘kon xodimi qizchani mashina urib ketishidan qutqarib, qahramonga aylandi
Meksikaning Puebla shahrida do‘kon xodimi yo‘lga yugurib chiqqan qizchani mashina urib ketishidan qutqarib qoldi. Voqea kuzatuv kamerasiga tushgan. Kadrlarida qizcha gavjum yo‘lga yugurib chiqqani, do‘kon xodimi esa xavfni ko‘rib, darhol uning oldiga yugurib, yaqinlashib kelayotgan mashina yo‘lidan olib qolgani aks etgan. Mazkur harakati uchun u ijtimoiy tarmoqlarda “qahramon” deb atalmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Surxondaryodagi poyezd va Gentra to‘qnashuvi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi temiryo‘l kesishmasida Gentra avtomobilini poyezd urib ketgani va oqibatda 4 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat berilib, hodisa oqibatida avtomobildagi ikki ayol halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Voqea 29-avgust kuni soat 17:13 atrofida “Ozod” mahallasidagi temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Dushanbe—Volgograd yo‘nalishidagi tranzit poyezdi harakatlanayotgan vaqtda Gentra kesishmadan o‘tgan.
To‘qnashuv oqibatida 1979-yilda tug‘ilgan Sho‘rchi tumani va 1996-yilda tug‘ilgan Denov tumani fuqarolari voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi hamda 2024-yilda tug‘ilgan qizaloq jarohatlanib, shifoxonaga olib borilgan. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Turkiyada tillalarni olib qochishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik kelin ayblovlarni rad etib, haqiqatni ochiqladi
Turkiyada uch kunlik to‘yidan so‘ng 5 million turk lirasi qiymatidagi tillalar bilan g‘oyib bo‘lganlikda ayblangan o‘zbekistonlik kelin voqeaga oydinlik kiritdi. U tillalarni o‘g‘irlamaganini va qochib ketmaganini bildirdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, to‘yda taqilgan barcha tillalarni ertasi kuni onasi bilan birga qaynotasiga topshirgan. Keyinchalik qaynotasi yozishmalarda ularni o‘z kredit va qarzlarini yopish uchun sotganini yozgan. Ayol bu yozishmalar va tillalarni topshirgan paytdagi videolarni huquq-tartibot organlariga taqdim etgan.
U hozir Milas hududida ekanini, hech qayerga qochmaganini va ayblovlar tarqalgach, o‘z ixtiyori bilan politsiyaga borib, ko‘rsatma berganini ma’lum qildi. Shuningdek, o‘ziga nisbatan tarqatilayotgan ayblovlarni rad etishini bildirdi.
Holat yuzasidan Turkiya huquq-tartibot organlari tergovni davom ettirmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Serbiyaga bordi
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Serbiyaning Belgrad shahriga bordi.
O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga Serbiya havo hududida mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qildi. Nikola Tesla xalqaro aeroportida prezidentni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.
Belgradda O‘zbekiston delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkil etildi. Shuningdek, shahardagi “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlarining muzokaralari, rasmiylar va ishbilarmonlar ishtirokidagi biznes forumi o‘tkazilishi hamda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Toshkentda kuryerni haqoratlagan qorovul qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda kuryer va ko‘p qavatli uy qorovuli o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan sud qarori chiqarildi.
Hodisa 6-sentabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. Buyurtmani yetkazish uchun kelgan 20 yoshli kuryerning aytishicha, qorovul uni haqorat qilib, kepkasini olib qo‘ygan va qaytarib bermagan.
Qorovul esa kuryer binoga kirganini to‘xtatishga uringanini, tortishuv vaqtida uni haqorat qilganini tan olgan.
Sud qorovulni mayda bezorilikda aybdor deb topib, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
OTM bitiruvchilarining 83 foizi ish bilan band ekani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda oliy ta’limni tamomlaganlarning 83 foizi ish bilan band. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining “Bitiruvchilar sifati indeksi” platformasida ma’lumot berildi.
Tahlilda 170 ta oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan 249 ming 432 nafar bitiruvchining mehnat bozoridagi holati o‘rganilgan. Ularning 206 ming 951 nafari, ya’ni 83 foizi ish bilan band ekani aniqlangan.
Shuningdek, 19 ming 314 nafar bitiruvchi (7,7 foiz) ta’limni davom ettirmoqda, 48 ming 125 nafari (19,3 foiz) bola parvarishlash ta’tilida.
Tahlilga ko‘ra, 41 ming 6 nafar bitiruvchi ishsiz, 1 ming 316 nafari (0,5 foiz) xorijiy fuqaro, 159 nafari (0,1 foiz) vafot etgan. Bitiruvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 million so‘mni tashkil etadi. Eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida — 6,6 million so‘m. Ishga joylashish uchun o‘rtacha 3 oy 5 kun vaqt ketmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
862
Istanbulda taksichi falastinlik ayollardan yo‘l haqi olmadi
Istanbulda taksichi ikki nafar falastinlik yo‘lovchidan yo‘l haqi olishdan bosh tortib, ularni hayratda qoldirdi.
Ayollar nega pul olmayotganini so‘raganida, taksichi Turkiya va Falastinni “birodar xalqlar” deb atab, ularga: “Sizlar mening opa-singillarimsiz”, deya javob bergan. Ayollardan biri pul to‘lashga qayta-qayta uringan bo‘lsa-da, haydovchi uni olishdan bosh tortgan.
📱 Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
