en
Feedback
BuxDPI Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yangiliklari

BuxDPI Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yangiliklari

Open in Telegram

Siz mazkur sahifada institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yangiliklari, tanlov, to'garaklar to'g'risida xabardor bo'lib borishingiz mumkin. Faoliyat bo'yicha fikr va mulohazalaringizni 👉 @BuxDPI_manaviyat ga yuborishingiz mumkin.

Show more
638
Subscribers
+224 hours
+57 days
-2730 days
Posts Archive
#tanlov #Eng_yaxshi_tyutor Buxoro davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar o'rtasida "Eng yaxshi tyut
#tanlov #Eng_yaxshi_tyutor Buxoro davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar o'rtasida "Eng yaxshi tyutor" tanlovi e'lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tyutorlar yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi murojaat qilishlari mumkin. Rasmiy sahifalarimiz 👉 @BuxDPImanaviyat

🎥 🟦🟦🟦 | 🟦🟦 🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #istiqlol35 #mustaqilyurt #renessanspoydevori #yangio'zbekiston 🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik – taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi 🇺🇿 Yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.
🇺🇿 👍 Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida ham bayramona ruh hukm surmoqda. Institut hududida yaratilgan bayramona muhit professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik — bugunimiz, ertangi kunimiz va porloq kelajagimiz poydevoridir! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

Bitiruvchilar bandligi — ustuvor vazifa 🎓 👍 20-avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institu
+2
Bitiruvchilar bandligi — ustuvor vazifa 🎓 👍 20-avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. 📌 Bitiruvchilar bilan o‘tkazilayotgan suhbatlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. 💼 Asosiy e’tibor — har bir bitiruvchining kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mutaxassisligiga mos ish o‘rniga yo‘naltirish va barqaror bandligini ta’minlashga qaratilgan. 🌱 Kelajak sari ishonchli qadam — sifatli ta’lim, munosib kasb va barqaror bandlikdan boshlanadi! #BuxoroDPI #TadbirkorlarKuni #BitiruvchilarBandligi #KelajakkaQadam #Yo

🟦🟦🟦 🟦🟦 TA’LIM GRANTLARINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida fakultet
+9
🟦🟦🟦 🟦🟦 TA’LIM GRANTLARINI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida 2026–2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayoni yakunlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-149-son qarori asosida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
❗️Maxsus komissiya bayonnomasiga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 1–2-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqich talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha yakuniy natijalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ma’lumotlar yetkazildi. Jarayon davomida grantlarni qayta taqsimlashning belgilangan tartib va mezonlar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilgani ta’kidlandi.Shuningdek, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlariga yakuniy natijalarni talabalar e’tiboriga yetkazish, ularni natijalar bilan tanishtirish hamda yangi o‘quv yilida ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🤩 Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha: ➡️ To‘liqvato‘liq bo‘lmagan ta’lim granti bo’yicha talabgorlar natijalari 🤩 Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha: ➡️ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti bo’yicha talabgorlar natijalari 📚 Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam! #Mustaqillik35 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

Талабалар турар жойига жойлашиш учун онлайн ариза қандай юборилади? Ариза топшириш тартиби: ✅️my.gov.uz портали орқали aризаa юбориш ✅️Ётоқхонага навбатни тeкшириш. 😎BUKHARA NEWS Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Repost from Edu.uz
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI! Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va tal
⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI! Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar! ❗️ So‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali institut professor-o‘qituvchilari yoki talabalari nomidan turli mazmundagi xabarlar yuborilishi, ayrim hollarda esa shaxsiy ma’lumotlar, pul mablag‘lari yoki boshqa talablar bilan murojaat qilinishi mumkin. ❗️Shuni alohida ta’kidlaymizki, bunday xabarlar har doim ham aynan xabarda ko‘rsatilgan shaxs tomonidan yuborilgan bo‘lmasligi mumkin. Begona shaxslar ustozlar yoki talabalar nomidan foydalanib, siz bilan turli yo‘llar orqali bog‘lanishga urinishi ehtimoldan xoli emas. 🔎 Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
⚠️ Agar sizga: ▪️ institut xodimi yoki talabasi nomidan shubhali xabar kelsa; ▪️ pul mablag‘i yoki boshqa yordam so‘ralsa; ▪️ shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish talab qilinsa; ▪️ noma’lum havolaga kirish yoki fayl yuklab olish so‘ralsa; ▪️ xabarning mazmuni yoki yuboruvchisi sizda shubha uyg‘otsa — shoshilinch xulosa qilmang va hech qanday ma’lumot yoki mablag‘ yubormang.
✅ Avvalo xabar yuborgan shaxs bilan boshqa aloqa vositasi orqali bog‘lanib, ma’lumotni qayta tekshiring.
⚠️ OGOHLANTIRAMIZ: har qanday xabarga ishonishdan oldin uning manbasi va haqiqiyligini tekshiring!
🤩 Barchangizdan internet va messenjerlardan foydalanishda mas’uliyatli bo‘lish, firibgarlik va turli noqonuniy holatlarning oldini olish uchun doimo hushyorlikni saqlashni so‘raymiz. 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

📢 DIQQAT, E’LON! 🎓 XALQARO VA MAHALLIY GRANTLARGA HUJJAT TOPSHIRISH BO‘YICHA AMALIY KURS 👍 Buxoro davlat pedagogika instit
📢 DIQQAT, E’LON! 🎓 XALQARO VA MAHALLIY GRANTLARGA HUJJAT TOPSHIRISH BO‘YICHA AMALIY KURS 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Inkubatsiya markazi professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalarni grant loyihalarini tayyorlash bo‘yicha amaliy o‘quv kursiga taklif etadi. 📚 Kursda: 🔹 mos grant dasturlarini izlash va tanlash; 🔹 Erasmus+, Horizon Europe, DAAD, KOICA, JICA, British Council kabi dasturlar imkoniyatlari; 🔹 grant loyihasi g‘oyasini shakllantirish; 🔹 grant arizasi va loyiha byudjetini tayyorlash; 🔹 hamkor tashkilotlarni topish va konsorsium tuzish; 🔹 motivatsion xat va zarur hujjatlarni tayyorlash; 🔹 ariza topshirishda uchraydigan xatolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy bilimlar beriladi. ➡️ Kurs yakunida ishtirokchilar grant imkoniyatlarini mustaqil izlash, loyiha ishlab chiqish va hujjatlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
‼️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish 💡Yaxshi g‘oya — katta imkoniyat. Uni grant loyihasiga aylantirishni biz bilan o‘rganing! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

🔹 Buxoro davlat pedagogika instituti yuriskonsulti tashabbusi bilan inson huquqlari sohasidagi targ‘ibot ishlari davom etmoq
+2
🔹 Buxoro davlat pedagogika instituti yuriskonsulti tashabbusi bilan inson huquqlari sohasidagi targ‘ibot ishlari davom etmoqda Institut yuriskonsulti A. Mirxodjayev tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida inson huquqlari, huquqiy madaniyat hamda xalqaro huquqiy standartlarga oid tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida huquqiy savodxonlikni oshirish, inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish va huquqiy ongni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti Yurisprudensiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma seminar-treninglar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. #BuxDPI #Yuriskonsult #InsonHuquqlari #HuquqiyMadaniyat #Hamkorlik

Diqqat, feyk! ❗️Telegram messenjerida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma'murov Bahodir Baxshulloyevich nomidan ins
Diqqat, feyk! ❗️Telegram messenjerida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma'murov Bahodir Baxshulloyevich nomidan institutda ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, ayrim shaxslar tekshiruvga chaqirilayotgani va mazkur jarayon tafsilotlari haqida yolg‘on xabar tarqatilmoqda. Mazkur xabar institut rektori tomonidan yuborilmagan va haqiqatga mos emas. 🚫 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday soxta xabarlarga ishonmaslik va ularni tarqatmaslikni so‘raymiz. ➡️ Faqat institutning rasmiy axborot manbalariga tayaning! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

Repost from Bahodir Ma’murov
Aziz yoshlar! Barchamizga maʼlumki, mamlakatimizda 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon
Aziz yoshlar! Barchamizga maʼlumki, mamlakatimizda 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Kirish imtihonlarida qatnashib, yuqori ballarni qoʻlga kiritgan va talabalik baxtiga muyassar boʻlgan yoshlarni samimiy muborakbod etaman. Buxoro davlat pedagogika institutida oʻqishni niyat qilgan va tanlagan yoshlarga puxta bilim olish, ilmiy-ijodiy izlanish, xalqaro imkoniyatlardan foydalanish hamda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishlarini tilayman. Buxoro davlat pedagogika instituti respublikamizda, qolaversa xorijda ham oʻz oʻrniga ega boʻlayotgan oliy taʼlim dargohi boʻlib, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozogʻiston Respublikasi, Malayziya kabi davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Oʻqish davrida mazkur oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuv asosida tahlil olish imkoniyatingiz mavjud. Bu yoʻlda institut rahbariyati va professor-oʻqituvchilar jamoasi sizga yordam berishga har doim tayyormiz. Yana bir bor talabalikka qabul qilinganingiz bilan tabriklayman, talabalik yillari hayotingizda haqiqiy iz qoldirsin. 👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga xush kelibsiz, qadrli yoshlar! Bahodir Ma’murov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

📢 E’LON 🇺🇿 “JONAJON O‘ZBEK TILIM” TANLOVIGA MARHAMAT! Davlat tiliga e’tiborlimisiz? O‘zbek tilining rivoji va nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi? O‘zbek tilini zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan va ijod orqali targ‘ib qilishga oid g‘oyalaringiz bormi? Unda “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi aynan siz uchun! Tanlov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. 🎯 Tanlovning asosiy maqsadi — o‘zbek tilining ijtimoiy hayotdagi mavqeini yanada oshirish, davlat tilini to‘laqonli joriy etishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. 🏆 TANLOV YO‘NALISHLARI: 🔹 O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; 🔹 O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; 🔹 O‘zbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; 🔹 Davlat tili bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material; 🔹 O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik; 🔹 O‘zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; 🔹 O‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. 📅 Loyihalar 20-avgustdan 20-sentabrgacha qabul qilinadi. 👥 Tanlovda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda ishtirok etish mumkin. 📩 Ishtirokchilar o‘zlari haqidagi ma’lumotlar (ismi, ota ismi, familiyasi, ish/o‘qish joyi) hamda ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini quyidagi manzillarga yuborishlari mumkin: 📧 Uz_til_jamgarma@umail.uz 📲 Telegram: @Jonajontilim_bot 🎁 G‘OLIBLAR UCHUN: 🏆 bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti; 📜 diplom; 🎁 esdalik sovg‘alari. Taqdirlash marosimi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida tashkil etiladigan tadbirlar doirasida tantanali ravishda o‘tkaziladi. ⚠️ Eslatma: Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar keyingi 3 yil davomida mazkur tanlovda ishtirok eta olmaydi. 🇺🇿 O‘zbek tilini sevish — uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodga munosib yetkazish demakdir! Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasini tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! @BuxDPImanaviyat

🎬 "Yoshlar bog‘i"da kino namoyishi tashkil etildi Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan "Yoshlar bog‘i" hudud
+2
🎬 "Yoshlar bog‘i"da kino namoyishi tashkil etildi Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan "Yoshlar bog‘i" hududida mahalla aholisi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, dunyoqarashi hamda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida kino namoyishi tashkil etildi. Namoyish etilgan film ishtirokchilarda yuksak ma’naviy qadriyatlar, vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur tadbir aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy-estetik didini yuksaltirish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi tashabbuslardan biri bo‘ldi.

♿️ Inklyuziv ta’lim – teng imkoniyatlar sari muhim qadam! Buxoro davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiy
+4
♿️ Inklyuziv ta’lim – teng imkoniyatlar sari muhim qadam! Buxoro davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 29-apreldagi 166-sonli xati ijrosi doirasida pedagog xodimlar uchun “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, inklyuziv ta’lim tamoyillarini ta’lim jarayoniga samarali joriy etish, teng imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. 🤝 Har bir inson uchun sifatli ta’lim, teng huquq va keng imkoniyatlarni ta’minlash — Yangi O‘zbekiston ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. #BuxDPI #InklyuzivTa'lim #TengImkoniyat #OliyTa'lim #YangiOzbekiston

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan "Obod xonadon" tanlovi e'lon qilinadi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaq
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan "Obod xonadon" tanlovi e'lon qilinadi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida "Obod xonadon" tanlovi o‘tkaziladi. 🤩 Tanlovdan ko‘zlangan maqsad professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida ozodalik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish, namunali xonadonlarni keng targ‘ib qilish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishdan iborat. 🏡 Tanlov ishtirokchilari o‘z xonadoni va hovlisida amalga oshirilgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ozodalik ishlarini aks ettiruvchi 3–5 ta fotosurat yoki 30–60 soniyalik videorolik tayyorlaydilar.
📅 Tayyorlangan foto va videomateriallar 2026-yil 22-avgustga qadar Buxoro davlat pedagogika institutining Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limiga taqdim etilishi lozim.
🏆 Tanlovga kelib tushgan materiallar tanlov hay'ati tomonidan baholanadi hamda g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida tashkkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🤝 Barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni "Obod xonadon" tanlovida faol ishtirok etishga chorlaymiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

#sayohat# Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari "Islom sivilizatsiyasi" markaziga tashrif buyurishdi. 👍 Buxoro davla
+4
#sayohat# Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari "Islom sivilizatsiyasi" markaziga tashrif buyurishdi. 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari ishtirokida Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.Ushbu tashrif davomida talabalar Islom sivilizatsiyasining boy tarixiy merosi, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda markazda yaratilgan zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya jarayonida ularga yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar, ularning ilmiy merosi va insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🎓 Mazkur sayohat iqtidorli yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlar va tarixiy merosga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash hamda ularni yangi izlanishlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivali Buxoro davlat pedagogika institutida yuqori saviyada tashkil etildi. 🌍 Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun! Buxoro davlat pedagogika institutida “Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori ostida turli millat vakili bo‘lgan yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida millatlararo do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilindi. Ishtirokchilar milliy madaniyatlar, urf-odatlar va qadriyatlarni namoyish etuvchi chiqishlar orqali yurtimizdagi tinchlik, totuvlik va birdamlik muhitini yana bir bor namoyon etdilar. Bunday uchrashuv va tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, millatlararo hamjihatlik hamda bunyodkorlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🤝 Birlik — taraqqiyot garovi, bunyodkorlik esa kelajak poydevoridir! #BuxDPI #YoshlarBirligi #Bunyodkorlik #MillatlararoTotuvlik #Bagrikenglik

Repost from N/a
“30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivali Buxoro davlat pedagogika institutida yuqori saviyada tashkil etildi. 🌍 Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun! Buxoro davlat pedagogika institutida “Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori ostida turli millat vakili bo‘lgan yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida millatlararo do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilindi. Ishtirokchilar milliy madaniyatlar, urf-odatlar va qadriyatlarni namoyish etuvchi chiqishlar orqali yurtimizdagi tinchlik, totuvlik va birdamlik muhitini yana bir bor namoyon etdilar. Bunday uchrashuv va tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, millatlararo hamjihatlik hamda bunyodkorlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🤝 Birlik — taraqqiyot garovi, bunyodkorlik esa kelajak poydevoridir! #BuxDPI #YoshlarBirligi #Bunyodkorlik #MillatlararoTotuvlik #Bagrikenglik