en
Feedback
BuxDPI Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yangiliklari

BuxDPI Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yangiliklari

Open in Telegram

Siz mazkur sahifada institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yangiliklari, tanlov, to'garaklar to'g'risida xabardor bo'lib borishingiz mumkin. Faoliyat bo'yicha fikr va mulohazalaringizni 👉 @BuxDPI_manaviyat ga yuborishingiz mumkin.

Show more
639
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-2930 days
Posts Archive
🔴🟦🟦 🟦🟦🟦 ❤️❤️❤️❤️ Jismoniy faollik — salomatlik garovi 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshl
+6
🔴🟦🟦 🟦🟦🟦 ❤️❤️❤️❤️ Jismoniy faollik — salomatlik garovi 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlaridan so‘ng talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida turli sport o‘yinlari tashkil etildi. ⚽️ Mashg‘ulotlarning sport o‘yinlari bilan davom ettirilishi ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki o‘zaro do‘stona munosabat, jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish imkonini berdi. 🗂 Ayniqsa, ustozlar va talabalar o‘rtasidagi bunday sport uchrashuvlari avlodlar o‘rtasidagi samimiy muloqotni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. ⚡️ Zero, sport — salomatlik garovi, jamoaviylik maktabi va g‘alabaga eltuvchi muhim vositadir! #Sog‘lomTurmushTarzi #ErtalabkiBadantarbiya #YoshlarBog‘i #FaolHayot #Sog‘lomAvlod 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

🔴🟦🟦 🟦🟦🟦 ❤️❤️❤️❤️ “Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!” 🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hudu
+9
🔴🟦🟦 🟦🟦🟦 ❤️❤️❤️❤️ “Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!” 🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda. 🗂 Ertalabki badantarbiya — nafaqat jismoniy faollik, balki kunni ko‘tarinki kayfiyat, tetiklik va yuqori ishchanlik bilan boshlashning samarali vositasidir. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, organizmni kunlik faoliyatga tayyorlamoqda. 💪 Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, salomatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat. Ayniqsa, mashg‘ulotlarning institutning ko‘rkam “Yoshlar bog‘i” hududida o‘tkazilayotgani ishtirokchilarga ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘ynida tetiklanish va yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlash imkonini beradi. 🧳 Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning birgalikdagi ishtiroki esa institutda sog‘lom muhitni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlarni faol hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌱 Har tongni harakat bilan boshlang — sog‘lom hayot sari bir qadam tashlang! #Sog‘lomTurmushTarzi #ErtalabkiBadantarbiya #YoshlarBog‘i #FaolHayot #Sog‘lomAvlod 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

💙💙💙 Sport – sog‘lom turmush garovi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-apre
💙💙💙 Sport – sog‘lom turmush garovi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, haftaning “Chorshanba” kuni – sport kuni etib belgilandi. 👍 9-sentyabr kuni soat 07:00 da Buxoro davlat pedagogika institutining Bosh bino “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, ishchi-xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 👍 Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#ARM #oyida_bir_kitob "Oyda bir kitob" loyihasi – sentabr oyi uchun! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida “Oyda bir kitob”
#ARM #oyida_bir_kitob "Oyda bir kitob" loyihasi – sentabr oyi uchun! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida “Oyda bir kitob” loyihasining navbatdagi bosqichi sentabr oyida start oldi. Bu oy uchun Luqmon Boʻrixonning “Jaziramadagi odamlar” asari tanlanib, umumiy o‘qish uchun tavsiya etildi. ✅ Bilimlarni baholash vaqti va shartlari belgilandi. ✅ Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ Talaba-yoshlar o‘rtasida: 🗓 Sana: 24-sentabr ⏰ Soat: 14:00 📍 Joy: Institut Axborot-resurs markazi 2️⃣ O‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida: 🗓 Sana:25-sentabr ⏰ Soat: 14:00 📍 Joy: Institut Axborot-resurs markazi 💬 Izoh: Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

"Talabalikka bagʻishlov" - yangi oʻquv yilining ilk qadamlari!
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti barcha 1-bosqich talabalarini yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi — “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiriga taklif etadi!
🎓 Talabalik — bu shunchaki yangi bosqich emas, balki katta orzular, ulkan maqsadlar, yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar sari boshlanadigan hayajonli yo‘ldir. 👥 Sizni institutimizning katta va ahil jamoasi bag‘rida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga chorlaymiz! 📅 7️⃣-sentabr, 2026-yilSoat 0️⃣8️⃣🔤0️⃣0️⃣ da 📍 BuxDPI bosh binosi — “Yoshlar bog‘i” 🎉 Aziz talabalar! Yangi o‘quv yilining ilk kunini birgalikda, unutilmas lahzalar va ko‘tarinki ruhda boshlaymiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#So‘ragan_edingiz 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti fakultet binolarining joylashuvi 👍 Buxoro davlat pedagogika institut
#So‘ragan_edingiz 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti fakultet binolarining joylashuvi      👍 Buxoro davlat pedagogika instituti 📍manzil ➡️ Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti📍 manzil ➡️ Aniq va tabiiy fanlar fakulteti📍 manzil ➡️ Jismoniy madaniyat fakulteti📍 manzil ➡️ Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti📍 manzil ➡️ Harbiy taʼlim fakulteti 📍 manzil 📞 Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti: +998905115727 📞 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti: +998997044841 📞 Jismoniy madaniyat fakulteti: +998907150316 📞 Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti: +998914179559 📞 Harbiy taʼlim fakulteti: +998902847096 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

💙💙💙 #IqtidorliTalabalar #IlmFan #TalabalarIlmiyFaoliyati #YangiImkoniyatlar Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar!
💙💙💙 #IqtidorliTalabalar #IlmFan #TalabalarIlmiyFaoliyati #YangiImkoniyatlar Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan iqtidorli, ilm-fanga qiziquvchi, izlanuvchan va tashabbuskor talabalar uchun maxsus Telegram kanal tashkil etildi. 📚 Mazkur kanalda: 📝 ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid yangiliklar; 🏆 tanlov va olimpiadalar; 🎓 davlat stipendiyalari va grantlar; 🎤 ilmiy konferensiyalar; 🚀 startap va innovatsion loyihalar; 🌟 iqtidorli talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar; 🔔 muhim e’lon va tavsiyalar muntazam berib boriladi. 🚀 Siz ham o‘z iqtidoringizni namoyon eting, yangi imkoniyatlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling! ➡️ Iqtidorli talabalar kanaliga obuna bo‘ling: 🚀@buxdpiiqtidorlitalabalar - Telegram kanal Ilm sari intilgan yosh - kelajak bunyodkori! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

#MustaqillikDarslari #BuxDPI, #Jadidlar #QatagʻonQurbonlari “MUSTAQILLIK DARSLARI” O‘TKAZILDI 📚 Joriy yilning 3-sentabr kuni
+5
#MustaqillikDarslari #BuxDPI, #Jadidlar #QatagʻonQurbonlari
“MUSTAQILLIK DARSLARI” O‘TKAZILDI
📚 Joriy yilning 3-sentabr kuni institutga ijara xonadonlari va talabalar turar joylariga joylashish maqsadida o‘quv jarayoni boshlanishidan avvalroq kelgan talabalar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. 🕊 O‘quv mashg‘ulotlari davomida institutga biriktirilgan qatag‘on qurboni, jadidlik harakati namoyandasi Ataullo Xo‘jayevning hayoti va faoliyati, uning millat ozodligi va mustaqilligi yo‘lidagi mashaqqatli kurashi haqida ma’lumotlar berildi. 📖 Shuningdek, buyuk ajdodimizning nomini abadiylashtirish, uning hayoti va faoliyatini yosh avlodga yetkazish maqsadida taqdimotlar, ma’ruzalar va suhbatlar tashkil etildi. 🇺🇿 Ajdodlarimizning ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi jasorati — bugungi avlod uchun ibrat maktabidir! Rasmiy sahifalarimiz 👉 @BuxDPImanaviyat

Buxoro davlat pedagogika instituti talabalar turar joyi talabalarni qabul qilishga tayyor! 🎓 👍 Yangi o‘quv yili oldidan Bux
+9
Buxoro davlat pedagogika instituti talabalar turar joyi talabalarni qabul qilishga tayyor! 🎓 👍 Yangi o‘quv yili oldidan Buxoro davlat pedagogika instituti Talabalar turar joylarida talabalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.Talabalarning qulay va mazmunli yashashi, ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida TTJ binolarida zamonaviy sharoitlar bilan bir qatorda 5 ta maxsus xona ham tashkil etildi. 👥 Ushbu xonalar talabalarning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda yangi ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qiladi.
🤩 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishi asosida tashkil etilgan xonalar:
1️⃣-TASHABBUS — San’at va ijod Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot va san’atga keng jalb etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi. 2️⃣-TASHABBUS — Sport va sog‘lom turmush tarzi Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini faol va mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi. 3️⃣-TASHABBUS — Raqamli texnologiyalar Talabalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish uchun qulay muhit yaratiladi. 4️⃣-TASHABBUS — Kitobxonlik va ma’naviyat Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi. 5️⃣-TASHABBUS — Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi Talaba-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelgusida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi. 🚀 Maqsad — faqatgina talabalarni turar joy bilan ta’minlash emas, balki ularning ta’lim olishi, ijod qilishi, sport bilan shug‘ullanishi, kitob o‘qishi va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi uchun qulay va mazmunli muhit yaratishdir. 🌟 Buxoro davlat pedagogika instituti talabalar turar joylari — qulay yashash, sifatli ta’lim va mazmunli bo‘sh vaqtni birlashtiruvchi maskan! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#Mustaqillik35yil 💙💙💙 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tanlov O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaq
#Mustaqillik35yil 💙💙💙 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi!
🎨 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 📸 “Eng yaxshi fotoalbom” Talabgorlar Mustaqillik bayrami mavzusida o‘z mobil telefonlarida olingan fotosuratlardan foydalanib, Microsoft PowerPoint dasturida fotoalbom tayyorlashlari va taqdim etishlari lozim. 🎤 “Eng yaxshi qo‘shiq” Talabgorlar mavzu doirasida o‘zlari istagan qo‘shiqni tanlab, minusovka jo‘rligida yoki cholg‘u asbobi yordamida jonli ijro etishlari hamda ijroni videotasvirga olib taqdim etishlari kerak. 📅 Ijodiy ishlar 15-sentabrga qadar qabul qilinadi. 📩 Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlaringizni @TASHKILOTCHI_1 Telegram manziliga yuboring. 🇺🇿 Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va bebaho qadriyatimiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

💙💙💙 “ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TANLOV BOSHLANDI! ✨ Iqtidorli, iste’dodli va ijodkor yosh qizlar uchun ajoyib imk
💙💙💙 “ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TANLOV BOSHLANDI!Iqtidorli, iste’dodli va ijodkor yosh qizlar uchun ajoyib imkoniyat! 🌱 Yosh xotin-qizlarning ilmiy, ijodiy va amaliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va salohiyatini namoyon etish hamda yutuqlarini rag‘batlantirish maqsadida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralash bo‘yicha OTM bosqichi tanlovi o‘tkaziladi. 🏆 Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: 📚 Ta’lim va fan ✍️ Adabiyot 🎨 Madaniyat va san’at 🏅 Sport 🖥 Axborot texnologiyalari 🎤 Jamoatchilik faoliyati 📌 Talabgorlar uchun muhim! ✔️ Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar o‘zlarining yutuqlarini tasdiqlovchi diplom, sertifikatlar, shuningdek ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlarni bosma shaklda tayyorlab, yig‘ma jild ko‘rinishida taqdim etishlari lozim.
📅 Hujjatlar 15-sentabrgacha qabul qilinadi.
📍 Hujjatlarni topshirish manzili: 👍 BuxDPI bosh bino, 2-qavat, 209-xona 📞 Murojaat uchun: +998 65 226 05 67 +998 90 718 05 08 💫 Tanlovda faol ishtirok eting! O‘z iste’dodingizni namoyon qiling va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sari dadil qadam tashlang! #ZulfiyaMukofoti #Tanlov #IqtidorliQizlar #BuxDPI #Yoshlar #XotinQizlar #IlmFan #Ijod #IsteDod #Imkoniyat Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI! Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va tal
⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI! Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar! ❗️ So‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali institut professor-o‘qituvchilari yoki talabalari nomidan turli mazmundagi xabarlar yuborilishi, ayrim hollarda esa shaxsiy ma’lumotlar, pul mablag‘lari yoki boshqa talablar bilan murojaat qilinishi mumkin. ❗️Shuni alohida ta’kidlaymizki, bunday xabarlar har doim ham aynan xabarda ko‘rsatilgan shaxs tomonidan yuborilgan bo‘lmasligi mumkin. Begona shaxslar ustozlar yoki talabalar nomidan foydalanib, siz bilan turli yo‘llar orqali bog‘lanishga urinishi ehtimoldan xoli emas. 🔎 Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
⚠️ Agar sizga: ▪️ institut xodimi yoki talabasi nomidan shubhali xabar kelsa; ▪️ pul mablag‘i yoki boshqa yordam so‘ralsa; ▪️ shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish talab qilinsa; ▪️ noma’lum havolaga kirish yoki fayl yuklab olish so‘ralsa; ▪️ xabarning mazmuni yoki yuboruvchisi sizda shubha uyg‘otsa — shoshilinch xulosa qilmang va hech qanday ma’lumot yoki mablag‘ yubormang.
✅ Avvalo xabar yuborgan shaxs bilan boshqa aloqa vositasi orqali bog‘lanib, ma’lumotni qayta tekshiring.
⚠️ OGOHLANTIRAMIZ: har qanday xabarga ishonishdan oldin uning manbasi va haqiqiyligini tekshiring!
🤩 Barchangizdan internet va messenjerlardan foydalanishda mas’uliyatli bo‘lish, firibgarlik va turli noqonuniy holatlarning oldini olish uchun doimo hushyorlikni saqlashni so‘raymiz. 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube

Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutori Z.R. Raximova tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli t
+5
Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutori Z.R. Raximova tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash maqsadida Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida talabalar muzeydagi noyob tarixiy eksponatlar, arxiv hujjatlari hamda qatag‘on yillarida xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlarni aks ettiruvchi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyasi qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning Vatan va millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yoritib berishi bilan talabalarda katta taassurot qoldirdi. Muzey Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan bo‘lib, tarixiy hujjatlar va eksponatlar orqali qatag‘on davri voqealarini yoritadi. Telegram Veb-sayt Facebook Instagram

‼️ TALABALAR DIQQATIGA! ‼️ 🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti hududida davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) asosida qurilgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi talabalarga o‘z xizmatlarini taklif etmoqda! 🎓 Mazkur talabalar turar joyi yoshlar uchun qulay, shinam va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida zamonaviy talablar asosida jihozlangan. 🏠 Bu yerda talabalar uchun: 😎 zamonaviy va qulay yashash xonalari; 😎 zarur mebel va jihozlar; 😎 o‘qish va mustaqil ta’lim olish uchun qulay sharoitlar; 😎 sanitariya-gigiyena talablari asosidagi sharoitlar; 😎 hordiq chiqarish uchun qulay muhit; 😎 talabalarning kundalik ehtiyojlari uchun zarur infratuzilma mavjud.
❗️ 400 o‘rinli talabalar turar joyi — ta’lim olish, yashash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni o‘zida mujassam etgan.
📣 Aziz talabalar, siz uchun yaratilgan eng qulay va zamonaviy sharoitlardan unumli foydalaning! 📍 Joylashuv (Buxoro shahar, Qayum Murtazoyev ko‘chasi, 16-uy.) 📞 Murojaat uchun: +998936560501 🏠 Qulay yashash muhiti — sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari muhim qadam! 🇺🇿🇺🇿 #DXSH #Mustaqillik35yil #kelajak #yangio'zbekiston #mustaqilyurt 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube