Tibbiyot kundaligi
Open in Telegram
@tibbiyot_kundaligi 🩺 TIBBIYOT KUNDALIGI Tibbiyot talabalariga anatomiya va tibbiyot fanlarini sodda va tushunarli o‘rganishga yordam beramiz. 📚 Konspektlar 🧠 Testlar 🎥 Qisqa video darslar 📝 Imtihonga tayyorgarlik 🎓 Oflayn va onlayn darslar.
Show more329
Subscribers
No data24 hours
+47 days
-730 days
Posts Archive
Oʻmrov suyagi (clavicula) — bu toʻsh suyagi va kurak suyagini bogʻlab turuvchi, S shaklida egilgan uzun naysimon suyakdir.
Umumiy tuzilishi
Joylashuvi: Koʻkrak qafasining yuqori qismida, old tomondan koʻndalang ravishda joylashgan.
Vazifasi: Qoʻlni tanadan uzoqroq tutib turadi va yelka boʻgʻimiga tayanch vazifasini bajaradi.
Qismlari:
Tana qismi (corpus claviculae)
Toʻsh uchi (extremitas sternalis) — qalinlashgan boʻlib, toʻsh suyagi bilan birikadi.
Kurak uchi (extremitas acromialis) — yassilashgan boʻlib, kurakning oʻsimtasi bilan birikadi.
🎁 🧸 Giftlar 3300 so'mdan
100 stars - 22000 so'mdan
"Sotib olish ✅" tugmasini bosing.
Atrofiya
📖Ta'rifi: hujayra yoki organning hajmi kichrayib, funksiyasi pasayishi.
📍Jarayon: protein sintezi ↓ va parchalanishi ortadi → hujayra hajmi ↓→ organ kichrayadi.
📋Sabablari: ishlatilmaslik, denervatsiya, ishemiya, oziqlanish yetishmovchiligi, gormonal stimul kamayishi va qarish.
📝Misollar: gipsdagi oyoq mushagi atrofiyasi, denervatsiyadan keyingi
mushak atrofiyasi, qarilikdagi miya atrofiyasi.
📌High-yield: atrofiya = hujayra hajmi ↓.
Metaplaziya
📖Ta'rifi: bir yetuk hujayra turining boshqa yetuk hujayra turiga qaytar
almashinuvi.
📍Jarayon: surunkali ta'sir → stem (o'zak) hujayralar differensiasiyasi
o'zgaradi→ boshga hujayra turi paydo bo'ladi.
📋Sababi: asosan surunkali irritatsiya va yallig'lanish tufayli.
📝Misollar: chekuvchida bronx epiteliyining yassi hujayrali metaplaziyasi;
gastroezofagial reflyuksda qizilo'ngachning yassi epiteliyi silindrsimon epiteliyga almashib -> Barrett qizilo'ngachi rivojlanishi.
📌High-yield: metaplaziya = bir yetuk hujayra→ boshqa yetuk hujayra.
Bizning kanalga obuna bo‘ling! 😊
https://t.me/imed_fundamental
Anatomiyani belgilabdi ko’pchilik koproq anatomiyadan malumotlar joylaymiz guruxga.
Gipertrofiya (Hujayra hajmining oshishi)
📝Tavsifi: Hujayralar soni ko'paymaydi, faqat ularning hajmi katta bo'ladi.
📍Jarayon: Mexanik stress -> O'sish omillari-> Oqsil sintezining oshishi-> Yirikroq hujayralar hosil bo'lishi.
📖Misollar: Sportchilar muskullari, Gipertrofik kardiomiopatiya.
Giperplaziya (Hujayralar sonining ko'payishi)
📝Tavsifi: Mitoz bo'linish orqali hujayralar soni ortadi.
📍Jarayon: O'sish omillari -> Hujayra bo'linishi -> Ko'proq hujayralar hosil bo'lishi.
📖Misollar: Endometriy giperplaziyasi, Qalqonsimon bez giperplaziyasi (bo'qoq), Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.
📍Muhim eslatma: Homiladorlik paytidagi bachadon o'sishida Gipertrofiya va Giperplaziya jarayonlari bir vaqtda kechadi.
Repost from N/a
🧠 PARKINSON KASALLIGI
Parkinson kasalligi — markaziy nerv sistemasining surunkali, progressiv neyrodegenerativ kasalligi bo‘lib, asosan harakat tizimining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallikning asosiy patomorfologik belgilaridan biri — substantia nigra pars compacta neyronlarining degeneratsiyasi va natijada dopamin yetishmovchiligining yuzaga kelishidir.📌 Klassik klinik triada: 🔹 Bradikineziya — harakatlarning sekinlashishi, harakatni boshlash va bajarishning qiyinlashishi. 🔹 Tinch holatdagi tremor — odatda qo‘l yoki barmoqlarda kuzatiladigan, bemor harakat qilganda kamayishi mumkin bo‘lgan titroq. 🔹 Rigidlik — mushak tonusining oshishi va passiv harakatlarda qarshilik sezilishi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida belgilar ko‘pincha tananing bir tomonida boshlanadi. Vaqt o‘tishi bilan esa ikki tomonga tarqalishi mumkin. 🚶 Yurishdagi o‘zgarishlar ham Parkinson kasalligiga xos. Bemor mayda qadamlar bilan yurishi, gavdasini oldinga egishi, qo‘l harakatlarining kamayishi va burilish vaqtida qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Ayrim bemorlarda “freezing” — qadam tashlashning vaqtincha imkonsiz bo‘lib qolishi kuzatiladi.
Ammo Parkinson kasalligi faqat harakat buzilishi bilan cheklanmaydi.
🧩 Noharakat simptomlari:
— hid bilishning pasayishi;
— qabziyat;
— uyqu buzilishlari;
— depressiv va xavotirli holatlar;
— kognitiv faoliyatning pasayishi;
— vegetativ disfunksiyalar.
🔬 Tashxis asosan klinik belgilar va nevrologik ko‘rikka asoslanadi. MRT yoki KT ko‘pincha Parkinson kasalligini bevosita tasdiqlash uchun emas, balki boshqa sabablarni istisno qilish uchun qo‘llanadi.
💊 Davolashning asosiy maqsadi simptomlarni kamaytirish va bemorning hayot sifatini yaxshilashdir. Dopaminergik preparatlar, jumladan levodopa, va boshqa vositalar klinik vaziyatga qarab qo‘llanadi.
📖 Klinik fikrlash nuqtayi nazaridan:
Agar bemorda bradikineziya + tinch holatdagi tremor + rigidlik birgalikda uchrasa, Parkinson sindromi haqida o‘ylash kerak.Lekin nevrologiyada eng muhim savol faqat “Bu qanday kasallik?” emas. “Bu belgilar qayerdagi va qanday patologik jarayon natijasida paydo bo‘lgan?” Ana shu savolga javob topish — nevrologik fikrlashning asosidir. 🧠 ✍️ @bigmurodov_a #Nevrologiya #Parkinson @Dr_Shoyista
🖥 2026-Yilda Hayotni Butunlay O'zgartirish — To'liq Yo'l Xaritasi📈
Barcha ko'rishi zarur bo'lgan mazmuni — 2026 yilni shaxsiy o‘sish, intizom, ongli rejalashtirish va hayotda aniq natijalarga erishish yili qilish bo‘yicha muxim strategiya taqdim etilgan.
❤️Medical_planet🐱
🧠 INSULT
Insult — bu miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, miya to‘qimasida ishemik nekroz yoki qon quyilishi natijasida nevrologik defitsit rivojlanuvchi holat hisoblanadi.
🧠 INSULTNING KLASSIFIKATSIYASI
I. PATOGENEZIGA KO‘RA
1️⃣ Ishemik insult (≈ 80–85%)
🔹 Miya tomirining tiqilishi natijasida yuzaga keladi.
☑️Sabablari:
1.Trombotik
Aterosklerotik blyashka ustida tromb
2.Embolik
3.Gemodinamik(qon bosimi hisobiga)
2️⃣ Gemorragik insult (≈ 15–20%)
🔹 Miya tomiri yorilishi natijasida qon quyilishi.
☑️Sabablari:
1.Arterial gipertenziya
2.Anevrizma
3.Travma
ZARARLANGAN HAVZASIGA KO‘RA
🧠 A. cerebri media
Qarama-qarshi gemiparez
Afaziya (dominant yarim shar)
Yuz va qo‘l ko‘proq zararlanadi
🧠 A. cerebri anterior
Oyoq ustun zararlanadi
Siydik tutmaslik
🧠 A. cerebri posterior
Ko‘rish buzilishi
Gallyutsinatsiyalar
⏱️ FAST QOIDASI (ESLAB QOLISH UCHUN)
F – Face: yuz qiyshayganmi?
A – Arm: qo‘l kuchsizmi?
S – Speech: nutq buzilganmi?
T – Time: zudlik bilan tez yordam chaqiring!
💊 DAVOLASH PRINSIPLARI
Ishemik:
Trombolizis (≤ 4,5 soat)
Antitrombotsitarlar
Neyroproteksiya
Gemorragik:
Qon bosimini nazorat
Jarrohlik (ko‘rsatmaga ko‘ra)
Gemostatiklar
✅Barcha tibbiyot talabalari bilishi zarur bo'lgan klinik xolat, o'qib o'rganing, kelajakda albatta kerak bo'ladi.Klinik belgilarni ko'rishingiz bilan zudlik bilan Shoshilinch tez yordam shifoxonalariga murojaat qiling o'zboshimchalik bilan davolashga urinib ko'rmang‼️❤️Medical_planet👩🚀
Tana vazniga nisbatan 1 foiz suv yo‘qotilganda tashnalik yuzaga keladi, 5 foizli taqchillikda hushdan ketish mumkin, 10 foizli kamayish esa o‘limga olib kelishi hech gap emas;
