756
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-5030 days
Posts Archive
756
Sodiqlikdan gap ochgan ekansan unda eshit:
Agar kimnidir rostdan yaxshi ko`rsam, butun dunyo kelib yomonlasa ham ,hurmatim o'zgarmaydi :) ...
@hayrlisi_12
756
Dunyoda sendan voz kechishdan ogʻirroq tuygʻu yoʻq deb oʻylardim.
Aslida bor ekan. Bu —
Seni mendan voz kechganingni koʻrish ekan... :(
756
Yigʻla koʻz yoshlaringni tiyma,
Toʻyib yigʻlab ol.
Chunki...
Chunki koʻz yoshlaringni artadigan men borman...
756
Agar bir kun mendan ketmoqchi boʻlsang,
Oʻzgalar soʻzi uchun emas,
Koʻzlarimda oʻzingni koʻrmaganing uchun ket...
756
Insonlarning qora roʻyhatida boʻlish hech narsa emas,
Allohning qora roʻyhatida boʻlmasang bas...
@hayrlisi_12
756
Tunning uzoqligini uhlay olmaganlar ,
Qadrning qadrini esa qadrlanmaganlar biladi...
@hayrlisi_12
756
Aksariyat qilmaganlarimiz uchun emas,
Qilganlarimiz uchun aziyat chekamiz...
Shuning uchun ham balkim sukut afzaldur
756
Ulkan tashvish boshingga tushganda,
Yechimi jaynamoz ustidaligi esingga tushsa, oʻzingni shunaqangi baxtli his qilasanki...
756
Ey nafsim, qarshingda tiz cho'ksam mangu,
Hech-da to'xtatmading havas-o'ylarni
Ramazon oyida tuzalmading-ku,
Qandoq kuchi yetsin boshqa oylarni?!
Xayrulla Hamidov...
@hayrlisi_12
756
Bir ketsam ketaman, ehtiyot bo‘lgin,
Jur’ating yetmaydi bag‘rim tilgani.
Borimda qadrlab ko‘nglimni olgin,
Men bahor emasman qaytib kelgani.
Bir ketsam ketaman, ehtiyot bo‘lgin,
Qalbim bir eshikmas qayta ochgani.
Baxtimdan quvonib to‘lishib-to‘lgin,
Men bahor emasman qaytib kelgani.
Bir ketsam ketaman, ehtiyot bo‘lgin,
Kelmadim sen uchun ermak bo‘lgani.
Takroran aytaman, azizim, bilgin,
Men bahor emasman qaytib kelgani.
Bir ketsam ketaman, ortimga boqmay,
Ishongin, topmaysan bir bor ko‘rgani.
Axtarib qolasan izlarim tinmay,
Men bahor emasman qaytib kelgani.
Bir ketsam ketaman, ehtiyot bo‘lgin…
Abdumalik Umida Hamroyeva@hayrlisi_12
756
🌸✨ 8-MART — XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI ✨🌸
🌷
Dunyoda sensiz bir goʻzallik boʻlmas,
Sendagi bu mehr-muhabbat oʻlmas.
To dunyoda ayol nomi bor ekan,
Hayotda joʻshqinlik aslo yoʻq boʻlmas…
🌷
Alloh yaratgan moʻjizalarning eng goʻzallari,
eng nozik hilqatlari, mehrga toʻla va muhabbatga tashna qalbli
goʻzal va latofatli ayol-qizlar! 💐
Sizlarni bugungi goʻzal ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.
🤲 Alloh taolo sizlarni doimo o‘z panohida asrasin,
qalbingizni iymon nuri bilan bezasin,
hayotingizni baraka, quvonch va xotirjamlik bilan to‘ldirsin.
Alloh dunyo va oxirat yaxshiliklarining barchasi bilan sizni siylasin. 🌙✨
💐 BAYRAM MUBORAK BO‘LSIN! 💐
@hayrlisi_12
756
Avvalo, o‘zim uchun eslatma:
Insonlar doimo qulay vaqtni kutib yashashadi. Masalan, to‘ydan keyin o‘rganaman, keyin o‘rganishga bemalolroq bo‘laman, keyin o‘qiyman va hokazo. Ammo o‘sha qulay vaqt hech qachon kelmaydi.
Turmush qurgunga qadar o‘qib o‘rganmagan inson katta ehtimol bilan to‘ydan keyin ham o‘qiy olmaydi. Chunki avval mas’uliyati faqat o‘zidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi mas’uliyat bir necha barobar ortadi. Turmush o‘rtoq, qaynona-qaynota, boshqa oila a’zolariga qarash va xizmat qilish kabi. Alohida yashashgan taqdirda ham o‘zini rivojlantirish qiyin. Nimaga? Chunki bunga o‘rganmagan, vaqti bor paytida rivojlanishga harakat qilmagan inson keyin ham oqsoqlanadi.
Yana bir holat — homiladorlik payti ko‘pincha oson kechmaydi va o‘ylanadiki, farzandli bo‘lib olsam o‘rganaman deb. Ammo yana oldingiday bo‘sh vaqt ortishi o‘rniga kamayib boradi. Jajji chaqaloqqa 24/7 qarash zarur, katta bo‘lgani sari mas’uliyati yana ortadi va keyin boshqa farzandlar.
Shuning uchun hech qachon keyingi qulay vaqtni kutmang. U hech qachon kelmaydi. Hozir fursat borligida bajaring va rivojlaning. Qizlik davridan oila va farzand borasidagi ilmlarni sarpo yig‘gandek yig‘ib boring. Ziyoli onadan ziyoli farzandlar dunyoga keladi va tarbiyalanadi.
Biz dunyoda urushlarni to‘xtatib, tinchlik va farovonlik bo‘lishini istasak, ziyoli va ilmli farzandlar tarbiya qilishimiz zarur. Bu esa onalardan o‘z ustida ishlashni talab etadi. Bekorchi, foyda keltirmaydigan narsalarga berilgandan ko‘ra ilmga berilish eng maqbul yechim...
@hayrlisi_12
