en
Feedback
HR MKBANK

HR MKBANK

Open in Telegram
4 969
Subscribers
+324 hours
-337 days
-1 92630 days
Posts Archive
#MKBANK #bilimlarkuni #maktab Videolavha“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi M.Avazov o‘zi tahsil olgan Uchtepa tumanidagi 81-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. 💼@hrmkbank

#MKBANK #bilimlarkuni #maktab 📚 Yangi o‘quv yili — yangi orzular va katta maqsadlarning boshlanishi! 🇺🇿 Bugun yurtimiz bo‘
+7
#MKBANK #bilimlarkuni #maktab 📚 Yangi o‘quv yili — yangi orzular va katta maqsadlarning boshlanishi! 🇺🇿 Bugun yurtimiz bo‘ylab barcha umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ayniqsa, minglab jajji o‘g‘il-qizlar uchun bu kun unutilmas hayajon va quvonchga boy. ✅ Shunday qutlug‘ kunda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi M.Avazov o‘zi tahsil olgan Uchtepa tumanidagi 81-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. 🔘 Tadbirda so‘zga chiqqan M.Avazov barcha o‘quvchilarni, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga omad va zafarlar tiladi.
Eng quvonarlisi, tadbir davomida jajji bilimdonlarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi. Shuningdek, Boshqaruv raisi o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar to‘plamini sovg‘a qildi. Bu ezgu tashabbus yosh avlodning kitobga mehrini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
👏 Aziz bolajonlar, ilk qo‘ng‘iroq sadosi sizlarni buyuk orzular, yorqin kelajak va ulkan marralar sari boshlasin! 💼@hrmkbank

🇺🇿MKBANK xodimlari yuksak mukofot bilan taqdirlandi! 🎉Yurtimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezmoqda. 🔘 O‘zbe
+9
🇺🇿MKBANK xodimlari yuksak mukofot bilan taqdirlandi! 🎉Yurtimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezmoqda. 🔘 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan “Mikrokreditbank” ATB xodimlariga mazkur yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. ✅ Bank Boshqaruv Raisi esdalik nishonlarni o‘z egalariga topshirarkan, ularning yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti hamda bank rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalarini alohida e’tirof etdi. 👏 Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz! 🎈 Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin! 💼@hrmkbank

#MKBANK #Shaxmat #Sport #JamoamizFaxri #Mustaqillik35 📣 MKBANK xodimi — shaxmat musobaqasi sovrindori! 🎉 Poytaxtimizda Must
+2
#MKBANK #Shaxmat #Sport #JamoamizFaxri #Mustaqillik35 📣 MKBANK xodimi — shaxmat musobaqasi sovrindori! 🎉 Poytaxtimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” ochiq chempionatida 120 nafardan ortiq ishtirokchi kuch sinashdi. ✅ Quvonarlisi, MKBANK sharafini himoya qilgan Sirdaryo hududiy boshqarmasi Xovos BXM xodimi Akmal Shermatov banklar xodimlari orasida 2-o‘rin, vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida esa faxrli 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🏆 Akmal Shermatovni ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz! Hamkasbimizga kelgusidagi musobaqalarda ham yuqori marralar va omad tilaymiz! 👏 MKBANK xodimlar o‘rtasida sportga qiziqishni doim qo‘llab-quvvatlaydi. 💼@hrmkbank

#Uzb35 #Mustaqillik35 ✅ 1991-yilda davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi o‘zbek xalqining qaddini rostladi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekistonni dunyo tanidi. Mustaqillik sharofati bilan Oʻzbekistonning istiqlol va taraqqiyot yoʻli tanlandi… 🎼 Quyidagi misralar esa har birimiz uchun Vatan nima degan savolning javobiga aylandi. Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim. O‘zim xoqon, O‘zim sulton Sen taxti Sulaymonim. Yolg‘izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim... 💼 @hrmkbank

#MKBANK #KorrupsiyagaQarshiKurash #Shaffoflik #JamoatchilikNazoratі ✅ Bugun MKBANKda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan “Jamoatchilik eshituvi"dan lavha 💼 @hrmkbank

✅ Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi 🔘 “Mikrokreditbank” ATBda 20
+8
Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi 🔘 “Mikrokreditbank” ATBda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha qator tizimli choralar amalga oshirildi. ✅ Jumladan, bankda korrupsiyaga oid xavflarni barvaqt aniqlash maqsadida ichki va tashqi muhitda anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ichki so‘rovnomada 1 840 nafar bank xodimi, tashqi so‘rovnomada esa 2 180 nafar fuqaro — tadbirkorlar, bank-moliya sohasi vakillari va boshqa faoliyat subyektlari ishtirok etdi. ⚡ 2026-yilning birinchi yarim yilligida aloqa kanallar orqali jami 96 ta murojaat va xabar kelib tushdi. Batafsil 💼 @hrmkbank

Шаблон НС от Пред..docx0.34 KB

#MKBANK #IlmiyYutuq #PhD #BizningJamoa 📣MKBANK jamoasida yana bir ilmiy yutuq! 👏 Hamkasbimiz Hasanov To‘lqin Axmatovichni i
#MKBANK #IlmiyYutuq #PhD #BizningJamoa 📣MKBANK jamoasida yana bir ilmiy yutuq! 👏 Hamkasbimiz Hasanov To‘lqin Axmatovichni iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgani bilan samimiy muborakbod etamiz! ✅ Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Davlatning ijtimoiy soha muassasalari moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini takomillashtirish” ✅ Ilmiy yo‘nalish va ixtisoslik: 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” ✅ Ilmiy daraja: O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 10-iyuldagi bayonnomasiga asosan berildi. ✅ Ta’lim muassasasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi 👨‍🎓 Albatta, ushbu ilmiy daraja — katta mehnat, izlanish, bilim va fidoyilikning munosib natijasidir. To‘lqin Axmatovichning ilmiy izlanishlari nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki butun bank jamoasi uchun ham faxrli yutuqdir. 🎓 Hurmatli To‘lqin Axmatovich! Sizni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusidagi DSc ilmiy izlanishlaringizda, kasbiy faoliyatingizda yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va ilmiy zafarlar tilaymiz. ✅ Ilmingiz ziyoda, izlanishlaringiz samarali, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! 💼 @hrmkbank

📚“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi ✅ Navbatdagi “Kitob o‘qish soati” uchun O‘tkir Hoshimovnin
+5
📚“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi ✅ Navbatdagi “Kitob o‘qish soati” uchun O‘tkir Hoshimovning qalblarni ezgulikka chorlaydigan va kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan “Dunyoning ishlari” asari tanlandi. 💬 Mutolaa davomida xodimlar asarda ulug‘langan ona mehri, insoniylik, mehr-oqibat, fidoyilik va hayotning eng muhim qadriyatlari haqida fikr almashdilar. ✅ Ishtirokchilar asar yuzasidan tuzilgan test savollariga javob berib, o‘zlarini ta’sirlantirgan parchalarni o‘qib berish orqali o‘z bilim va mulohazalarini namoyon etdi. Tadbir yakunida eng faol kitobxonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 👏 Quvonarlisi, bank xodimlari har o‘qilgan sahifa yangi g‘oya, yangi ilhom va yangi marralar sari dadil qadam ekanligini ta’kidlashdi. 🗣 MKBANK — Birgalikda kitob o‘qiymiz! 💼 @hrmkbank

#Uzb35 #Mustaqillik35 "Mustaqillikni asrash va uni yanada mustahkamlash — har birimizning muqaddas burchimizdir" Shavkat Mirz
#Uzb35 #Mustaqillik35 "Mustaqillikni asrash va uni yanada mustahkamlash — har birimizning muqaddas burchimizdir" Shavkat Mirziyoyev 💼 @hrmkbank

#MKBANK #GiyohvandlikkaQarshi #HuquqiyMadaniyat 🔘 MKBANKda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga tahdidi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatidan lavha 💼 @hrmkbank

✅ MKBANKda giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi 🔘 MKBANKda “Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilakt
+6
MKBANKda giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi 🔘 MKBANKda “Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga tahdidi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅ Tadbirda Boshqaruv raisi oʻrinbosari S.Melibayev, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xodimi, kapitan Ulugʻbek Altiboyev, bank xodimlari va yoshlar ishtirok etdi. 💬 Mazkur tadbirning asosiy maqsadi bank xodimlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining ayanchli oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda ularni turli zararli illatlardan asrashga qaratildi. Batafsil 💼 @hrmkbank

#KaryeraKuni2026 ✅ Bank sohasidagi karyera kuni – MKBANK yangi imkoniyatlar biz bilan boshlanadi! 💼 @hrmkbank

#YoshlarKuniHR ✅ Bank sohasidagi karyera kuni – MKBANK yangi imkoniyatlar biz bilan boshlanadi! 🗣MKBANK jamoasi joriy yilnin
+2
#YoshlarKuniHR ✅ Bank sohasidagi karyera kuni – MKBANK yangi imkoniyatlar biz bilan boshlanadi! 🗣MKBANK jamoasi joriy yilning 22-iyul kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR” forum doirasida tashkil etilgan “Bank sohasidagi karyera kuni” mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi. 🔘 Tadbirda bankimiz mutaxassislari ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, bankdagi faoliyat va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda karyera rivoji haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, tadbir davomida ish izlovchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, munosib nomzodlarning rezyumelari qabul qilindi. ✅ Mazkur yarmarka bankimiz uchun iqtidorli mutaxassislarni jalb etish, kadrlar zaxirasini kengaytirish hamda ish beruvchi brendini mustahkamlash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. 👏MKBANK stendiga tashrif buyurgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz! 💼 @hrmkbank

#MKBANK #RahbarVaYoshlar #YoshTadbirkorlar #Biznes #Muloqot 📣"Rahbar va yoshlar" muloqoti: yosh tadbirkorlar bilan ochiq mul
+6
#MKBANK #RahbarVaYoshlar #YoshTadbirkorlar #Biznes #Muloqot 📣"Rahbar va yoshlar" muloqoti: yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot ✅ 16-iyul kuni “Mikrokreditbank” ATB Bosh ofisida Boshqaruv raisi o‘rinbosari v.v.b. Umrbek Jumaniyazov boshchiligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 💬 Tadbir "Yosh tadbirkorlar bilan" shiori ostida tashkil etilib, yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslari, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iqtisodiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlandi. 🔘 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglash, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi. ✅ MKBANK yoshlarning bilim va salohiyatiga ishonadi hamda ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 💼 @hrmkbank

📣 Korrupsiya yo‘q deng: "Mavrid" ilovasida ham sizni eshitamiz! 🔘 "Mikrokreditbank" ATBda korrupsiyaga oid holatlarning old
📣 Korrupsiya yo‘q deng: "Mavrid" ilovasida ham sizni eshitamiz! 🔘 "Mikrokreditbank" ATBda korrupsiyaga oid holatlarning oldini olish va ularga qarshi birgalikda kurashish uchun bankda 6 ta maxsus aloqa kanali doimiy ish rejimida ishlamoqda. ✅ Aloqa kanallari ichida eng qulay va tezkor xabar yuborish yoʻli bu - "Mavrid" mobil ilovasidagi "Antikorrupsiya" boʻlimidir. Bu boʻlim orqali har bir fuqaro yoki bank xodimi o‘zi guvoh boʻlgan qonunbuzilish holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yuborishi mumkin.
Yodda tuting: Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti - Sizning dushmaningiz emas! Departamentning bosh vazifasi jinoyat sodir etilgandan keyin kimgadir chora koʻrish emas! Balki sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatning oldini olish orqali - bank xodimini notoʻgʻri yoʻldan saqlab qolishdir.
❗️ Unutmang! Qonunbuzilish holatlariga duch keldingizmi? "Mavrid" ilovasi orqali tezkor xabar yuboring. 🤝 Biz Sizni tinglashga va himoya qilishga tayyormiz! Korrupsiyaga qarshi nazorat deparatamenti 💼 @hrmkbank

✅ “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikram Karimbayevich Jumaniyazovni tavallud ayyomi
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikram Karimbayevich Jumaniyazovni tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklaydi. 🤔 Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar, amalga oshirayotgan ezgu tashabbuslaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. 👏 Bankimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz, tashabbuskorligingiz hamda fidokorona mehnatingiz bundan buyon ham yuksak natijalar bilan davom etishini tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 💼 @hrmkbank

#MKBANK #MKBANKYoshlari #IslomSivilizatsiyasiMarkazi ✅ MKBANK yoshlari Islom sivilizatsiyasi markazida 👏 MKBANK yoshlarining ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini boyitish, tarixiy merosimiz va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg'usini yanada mustahkamlash maqsadida Islom sivilizatsiyasi markazida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar Markaz faoliyati, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosi, noyob qo'lyozmalar hamda zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
💬 Uchrashuv yoshlarni ilm-fanga intilish, milliy o'zlikni anglash va ajdodlarimizning boy merosini chuqur o'rganishga ruhlantirdi. 🔘 MKBANK yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, ularning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan bunday uchrashuvlarni muntazam davom ettiradi. 💼 @hrmkbank

✅ “Mikrokreditbank” ATB jamoasi Boshqaruv raisi oʻrinbosari Sodir Aliyevich Melibayevni tavallud ayyomi bilan chin dildan mub
✅ “Mikrokreditbank” ATB jamoasi Boshqaruv raisi oʻrinbosari Sodir Aliyevich Melibayevni tavallud ayyomi bilan chin dildan muborakbod etadi! 🔘 Sizga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, farovonlik hamda masʼuliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilaymiz. 🎉 Kasbiy faoliyatingizdagi qatʼiyat va tajriba bankimiz taraqqiyoti va jamoamizning yutuqlariga xizmat qilsin. 👏 Bankimiz rivoji yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Kelajakda bundanda yuqori martabalarga erishishingizning tilakdoshimiz! Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! 💼 @hrmkbank