Haniyf
Open in Telegram
“Haniyf” kanalimiz imkon qadar xalqimizning diniy qarashlarini kengaytirish maqsadida ochilgan.
Show more325
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-1230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '260
in 0 channels
August '26
+1
in 0 channels
Get PRO
July '26
+1
in 0 channels
Get PRO
June '26
+1
in 0 channels
Get PRO
May '26
+1
in 0 channels
Get PRO
April '26
+1
in 0 channels
Get PRO
March '26
+3
in 0 channels
Get PRO
February '26
+1
in 0 channels
Get PRO
January '26
+2
in 0 channels
Get PRO
December '25
+3
in 0 channels
Get PRO
November '25
+3
in 0 channels
Get PRO
October '250
in 0 channels
Get PRO
September '25
+4
in 0 channels
Get PRO
August '25
+4
in 0 channels
Get PRO
July '25
+4
in 0 channels
Get PRO
June '25
+5
in 0 channels
Get PRO
May '25
+5
in 0 channels
Get PRO
April '25
+14
in 0 channels
Get PRO
March '25
+8
in 0 channels
Get PRO
February '25
+9
in 0 channels
Get PRO
January '25
+12
in 0 channels
Get PRO
December '24
+11
in 0 channels
Get PRO
November '24
+6
in 1 channels
Get PRO
October '24
+15
in 0 channels
Get PRO
September '24
+26
in 0 channels
Get PRO
August '24
+19
in 0 channels
Get PRO
July '24
+41
in 1 channels
Get PRO
June '24
+16
in 1 channels
Get PRO
May '24
+37
in 0 channels
Get PRO
April '24
+87
in 0 channels
Get PRO
March '24
+141
in 0 channels
Get PRO
February '24
+726
in 4 channels
Get PRO
January '24
+48
in 3 channels
Get PRO
December '23
+125
in 4 channels
Get PRO
November '23
+339
in 3 channels
Get PRO
October '23
+2 922
in 1 channels
Get PRO
September '23
+932
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Xattobiy rahimahulloh Rasululloh ﷺ ning:
"Kishi o‘zining yaqin do‘stining dinidadir"
degan hadislarini sharhlab, shunday deydi:
"Buning ma’nosi shuki: dini va omonatdorligidan rozi bo‘lgan kishi bilan yaqin do‘stlashing. Chunki biror kishi bilan chin do‘stlashsangiz, u sizni o‘zining dini va yo‘liga ergashtirib boradi.
Shunday ekan, diningizni xavf ostiga qo‘ymang, o‘zingizni halokatga duchor qilmang! Dini va yo‘li maqbul bo‘lmagan kishi bilan yaqin do‘stlashishdan saqlaning".
Farzandingiz kim bilan do'st?
Albatta, bunga befarq bo'lmang!
@haniyfmediauz
| 2 | Avs Ibn Avsdan rivoyat qilinadi; Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kunlaringizning eng yaxshilaridan biri bu jumadir. U kunda Odam alayhissalom yaratilgan, shu kunda vafot topgan, shu kunda sur chalinadi, shu kunda qichqiriq keladi.
Bu kunda menga salovotni ko‘paytiringlar, o‘qigan salovotlaring menga ko‘rsatiladi", dedilar. Shunda sahobalar:"Yo Rosululloh, sizga salovotlarimiz qanday yetkaziladi? Tanangiz tuproqqa qo‘shilib ketgan bo‘lmaydimi?", deb so‘radilar.
Rosululloh:"Alloh yerga payg‘ambarlar alayhimussalomning jasadlarini yeyishni harom qilgan" , dedilar.
Imom Abu Dovud rivoyati. Sanadi sahih.
Hamma dunyo tashvishlarini unutib, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga besh daqiqa salovot aytishning o‘zgacha lazzati bor.
@haniyfmediauz | 96 |
| 3 | UJB HAQIDA
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu dedilar: “Halokat ikki narsadadir: umidsizlik va ujbda”.
Mutorrif rahimahulloh aytadilar: “Kechasi ibodatga uxlab qolib, nadomat qilishim men uchun kechasini ibodat bilan oʻtkazib, oʻsha ibodatim bilan ujb qilib tong orttirganimdan yaxshidir”.
Oisha roziyallohu anhodan soʻrashdi: “Kishi qachon yomon boʻladi?” U zot: “Qachonki oʻzini yaxshi deb bilsa”, deb javob berdilar.
@haniyfmediauz | 75 |
| 4 | Kibr nima?
@haniyfmediauz | 104 |
| 5 | Ko‘ring aniq ta‘sirlanasiz.
Birovlarning video va suratlarini
ularning ruxsatisiz tarqatayotganlar yaxshilab eshitsin.
@haniyfmediauz | 94 |
| 6 | Tush nima? Ustozdan
go'zal javob.
@haniyfmediauz | 94 |
| 7 | 🗣A’shuro kunining ro‘zasi va bu sababli bir yillik gunohlarning kechirilishi haqida bilasizmi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«A’shuro kunining ro‘zasini avvalgi yildagi gunohlarga kaffarot qilib berishini Allohdan umid qilaman» (Imom Muslim rivoyati).
«Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda ro‘za tutgan. Men Musoga ko‘proq (yaqin bo‘lishga) haqliroqman», dedilar va u kunda ro‘za tutib, odamlarni ham uning ro‘zasini tutishga buyurdilar». (Imom Buxoriy rivoyati).
«Agar Ramazondan keyin ro‘za tutmoqchi bo‘lsang, muharram oyida tutgin. Chunki u Allohning oyidir, unda bir qavmning tavbasini qabul qilgan yana boshqa qavmlarning ham tavbasini qabul qiladi»
(Imom Termiziy rivoyati)
⚠A’shuro kuni — Muharram oyining 10-kuni, ya’ni ushbu (iyun) oyning 25-kuni (payshanba kuniga) to‘g‘ri keladi.
@haniyfmediauz
Ulamolar ashuro kunidan bir kun oldingi kunda (24-iyun kuni) yoki ashuro kunidan bir kun keyingi (26-iyun kuni) ham ro‘za tutishlik afzal bo‘lishligini aytishgan.
Shunday ekan oldimizda juda katta imkoniyat - Allohning bizga rahmati, o‘tgan bir yillik gunohlarimizning kechirilishi mumkin. Bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan boy berib bo‘lmaydi!
‼G‘aflatda qolmang va ushbu eslatmani barcha tanigan insonlaringizga yuborish orqali ko‘plab ajrlarni qo‘lga kiriting! | 321 |
| 8 | Ibratli hikoya.
Alloh barchalarimizni zino va boshqa gunoh va faxshlardan asrasin.
@haniyfmediauz | 90 |
| 9 | Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh .
🕋 Bu muborak kun bizga Ibrohim alayhissalomning sabrini, Ismoil alayhissalomning itoatini va Allohga bo‘lgan cheksiz muhabbatni eslatadi…
Qurbonlik — shunchaki amal emas, u qalbdagi ixlos, tavakkal va sadoqatdir.
Alloh har bir qilgan duolarimizni qabul qilsin, qalblarimizni sokinlik bilan, uylarimizni esa baraka va quvonch bilan to‘ldirsin ✨
Yaqinlarimiz doim yonimizda, dasturxonlarimiz fayzli, qalblarimiz esa iymonga boy bo‘lsin.
🌙Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin !
@haniyfmediauz | 113 |
| 10 | Yer yuzidagi eng buyuk to‘planish!
Eng ulug‘ soatlar....
Alloh ta’olo yer osmoniga tushib, bandalarini maqtaydigan kun (Ibn Xuzayma va Ibnu Hibbon rivoyati)
Duoni ko‘patiiraylik, eng yaxshi duo Arafa kunidagi duo...
@haniyfmediauz | 101 |
| 11 | #duo
Arafaning ro‘zasi bir yil oldingi va bir keyingi kichik gunohlar kechirilishiga sabab bo‘ladi. Ro‘za tutishga oshiqish bilan birga quyidagi hadisni ham unutmaylik:
عن عبد الله بن عمرو بن العاص رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم قال :خير الدعاء دعاء يوم عرفة وخير ما قلت أنا والنبيّون من قبلي لا إله إلا الله وحده لا شريك له له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير
رواه الترمذي
Abdulloh ibn Amr inbul Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Eng yaxshi duo Arafa kunida qilingan duodir. Men va mendan oldingi payg‘ambarlar aytgan eng yaxshi gap "Laa ilaaha illaa Alloh vahdahu laa shariyka lah lahul mulku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay’in qodiyr*", deb aytdilar.
Imom Termiziy rivoyati
*Allohdan o‘zga iloh yo‘q, faqat O‘zi ilohdir, Unga sherik yo‘qdir. Mulk va maqtovlar Unikidir. U har narsaga qodirdir.
– Arafa kunida duoni ko‘paytiringlar.
– Har namozdan keyin nimani so‘rashlikni reja qilib oling. Vaqtingiz zoye ketmaydi.
@haniyfmediauz | 79 |
| 12 | Avs Ibn Avsdan rivoyat qilinadi; Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kunlaringizning eng yaxshilaridan biri bu jumadir. U kunda Odam alayhissalom yaratilgan, shu kunda vafot topgan, shu kunda sur chalinadi, shu kunda qichqiriq keladi.
Bu kunda menga salovotni ko‘paytiringlar, o‘qigan salovotlaring menga ko‘rsatiladi", dedilar. Shunda sahobalar:"Yo Rosululloh, sizga salovotlarimiz qanday yetkaziladi? Tanangiz tuproqqa qo‘shilib ketgan bo‘lmaydimi?", deb so‘radilar.
Rosululloh:"Alloh yerga payg‘ambarlar alayhimussalomning jasadlarini yeyishni harom qilgan" , dedilar.
Imom Abu Dovud rivoyati. Sanadi sahih.
Hamma dunyo tashvishlarini unutib, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga besh daqiqa salovot aytishning o‘zgacha lazzati bor.
@haniyfmediauz | 75 |
| 13 | Tarbiya: nafs, oila va farzandlar
1-qism
Tobe’iynlardan bo‘lgan Siyriyn rohmatullohi alayh eng ilmli sahobalardan biri Anas roziyallohu anhu qo‘llarida qul edi. Ham xizmat qilib, ham sahobiy ta’limidan foyda olardi. Mohir temirchi,juda g‘ayratli va ishni ko‘zini biladigan kishi edi. O‘zi oila qurib farzand tarbiya qilishga ishtiyoqi baland bo‘lib, Anas roziyallohu anhudan o‘zining ozod bo‘lishi borasida shartnoma tuzishni so‘raydi. Anas ko‘nmaydilar. Siyriyn o‘sha davrdagi xalifa Umar roziyallohu anhuning huzuriga borib bo‘lgan voqe’ani aytadi. Umar roziyallohu anhu Anasga bu shartnomani qabul qilishni so‘raydi. Chunki Alloh ta’olo Qur’onda:
وَالَّذِينَ يَبْتَغُونَ الْكِتَابَ مِمَّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ فَكَاتِبُوهُمْ إِنْ عَلِمْتُمْ فِيهِمْ خَيْرًا
"Sizlar egalik qilgan qullaringizdan ozod bo‘lish shartnomasini istaganlarida yaxshilik ko‘rsangiz ular bilan shartnoma tuzinglar" deb buyurgan. (Nur surasi, 33-oyat).
Anas roziyallohu anhu rozi bo‘ladi va Siyriyn rohmatullohi alayh tez orada kelishilgan mablag‘ni ishlab topib to‘lab ozod bo‘lib ketadi.
Ko‘p o‘tmay Abu Bakr roziyallohu anhu ozod qilgan Sofiyya ismli ayolga uylanadi. Bu ayolidan oltita farzand qo‘rgan. Ularni shunday tarbiya qiladiki, ummat uchun quyidagi insonlar bo‘lib yetishadilar:
1. Ma’bad inbu Siyriyn: sahobalardan hadis rivoyat qilishda eng ishonchli olimlardan hisoblanadi.
2. Muhammad ibnu Siyriyn: mufassir, muhaddis, faqiyh va o‘zidan keyin ummat ichida tush ta’bir qilishda tengsizligi bilan mashhur.
3. Yahyo ibnu Siyriyn: ba’zi ulamolar bu olimni o‘z akasi Muhammad ibnu Siyriyndan ham afzal deb aytgan. Hatto Muhammadning o‘zi ham bir hadisni ukasidan o‘tkazib olganini rivoyat qilgan.
4. Anas ibnu Siyriyn: Anas ibnu Malik, Abdulloh ibnu Abbos, Abdulloh ibnu Umar kabi sahobalardan ta’lim olgan. Shuningdek katta akasi Ma’badning hadis rivoyatlari faqat Anas ibnu Siyriyn orqali kelgan. Yahyo ibnu Ma’iyn rohimahulloh aytadi: "Siyriynning olti farzandi ichida eng kuchlisi Muhammad, undan keyingi o‘rinda Anas turadi".
5. Hafsa bintu Siyriyn: zamonasi ayollari faqiyhasi, muhaddisa, o‘z akasi Muhammad ibnu Siyriynga hadis rivoyat qilgan, ba’zi salaflar bu ayolni Hasan Al-Basriydan ham afzal deyishgan.
6. Kariyma bintu Siyriyn: muhaddisa, olima va juda ibodatli ayolgan bo‘lgan. Imom Mahdiy ibn Maymun rivoyat qiladi: "Hafsa bintu Siyrinning singlisi Kariyma o‘n besh yil davomida uyining namozgohida zaruratsiz chiqmay yashagan".
Ota-onaning xizmatiga baho berish o‘zingizdan.
Davomi bor...
@haniyfmediauz | 106 |
| 14 | “OXIRGI OʻN KUN”
Tasavvur qiling: men sizni qarshimga olib kelib shunday desam:
Mana bu yerda o‘nta chamadon turibdi, ulardan birida 100 million dollar bor.
Siz faqat bittasini tanlab ochasizmi, u bo‘lsa ham bo‘lmasa ham?
Yoki hammasini ochib ko‘rasizmi?
Albatta aytasiz: hammasini ochaman. Chunki bunday masalada hazil bo‘lishi mumkin emas.
Endi o‘ylab ko‘ring: atigi o‘n kecha qoldi.
Har bir kecha — Allohga qasamki — butun dunyo va undagi hamma narsadan qimmatroq, hatto o‘sha ichi toʻla chamadonlarning barchasidan ham ulug‘roqdir.
U kechalarda shunday bir kecha bor: agar siz unga muvaffaq bo‘lsangiz, go‘yo Allohga 84 yildan ham ortiq ibodat qilgandek bo‘lasiz.
Endi siz faqat bitta kecha bilan kifoyalanasizmi?
“Menimcha, shu Laylatul Qadr bo‘lsa kerak”, deb faqat o‘sha kechada namoz o‘qib, Qur’on tilovat qilasizmi?
Yoki hamma kechalarda ham jiddiy harakat qilib, inshaAlloh, uni topganlar qatorida bo‘lishga harakat qilasizmi?
Tanlov sizning qo‘lingizda.
U atigi bitta kecha, ammo agar siz unga erishsangiz, hayotingiz butunlay yaxshilik tomonga o‘zgaradi va Allohning izni bilan do‘zaxga kirmaysiz.
@haniyfmediauz | 83 |
| 15 | Ibn Masud roziyallohu anhu:
“Ey insonlar kim bir narsani bilsa
gapirsin, agar bilmasa (الله أعلم)
Alloh bilguvchiroq desin. Chunki
kishi bilmagan narsasi haqida
Alloh bilguvchiroq deyishi uning
ilmiga dalolatdir”.
@haniyfmediauz | 91 |
| 16 | Har bir inson xatokor albatta
xato-kamchilikka, biror-bir gunoh
ishga bilib-bilmay, istab-istamay qoʻl uradi. Lekin bu narsa insonga
gunoh qilaverishiga bahona
boʻlmaydi. Kishi agar biror
gunohga tushib qolsa darxol shu
gunohini ketkazadigan istigʻfor,
tavba, kafforot, va yaxshiliklar
kabi ishlarni qilishligi shart.
Zero Alloh taolo taqvodor zotlar
haqida qur’oni karimda shunday
marhamat qiladi: “( U taqvodor
zotlar) qachon biron bir noloyiq
gunoh ish qilib qoʻysalar yoki
(qandaydir gunoh ish qilish bilan)
oʻzlariga zulm qilsalar, darhol
Allohni eslab, gunohlarini magʻfirat
qilishini soʻraydilar. Gunohlarni
Allohdan oʻzga kim magʻfirat
qilardi? Va ular bilib turib, gunoh-
larida bardavom boʻlmaydilar”.
Oli Imron surasi 135 oyat.
@haniyfmediauz | 89 |
| 17 | 📌 Dunyo – imtihon maydoni
«Dunyo balolar uchun yaratilgan; oqil kishi oʻzini sabrga tayyorlab qoʻyishi lozim».
Chunki moʻmin doimo sinovda boʻladi. Agar kimki unga hech qanday balo yetmay, doim tinch-omon yashashini oʻylasa, u dunyoning haqiqatini bilmagan va unga aldangandir.
@haniyfmediauz | 84 |
| 18 | kitobdan:
Ro‘za havoyi nafsning noo‘rin istaklarini yo‘lga solishga, to‘g‘rilashga, shahvatni jilovlashga, qorin talablarini ham izga solishga xizmat qiladi. Ro‘za nafs balosidan qutulib, Allohning toatiga xolis ajrab chiqishga yordam beradi. Kim iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani “taqvo” deb nomlanuvchi, ikki dunyo saodatiga eltuvchi baxtga muyassar qiladi.
@haniyfmediauz | 88 |
| 19 | Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Yon qo‘shnisi och o‘tirganini bila turib qorni to‘q yotgan kishi mo‘min emas”. (Imom Hokim rivoyati).
Sizning mahallangizda shunday insonlar bormi? Agar bor bo‘lsa imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Muborak ramazon oyida insonlarning qalbiga hursandchilik olib kiring! Shoyat shu ishingiz sababli Alloh sizga rahm qilsa!
@haniyfmediauz | 79 |
| 20 | Ramazon yarimiga yetdi…
Imom Ibn Rajab rahimahulloh shunday deydi:
“Ey Allohning bandalari! Ramazon oyi yarimiga yetdi.
Qaysingiz bu oyda Alloh uchun nafsini hisob-kitob qildi?
Qaysingiz bu oyda uning haqqini ado etdish uchun qiyom turdi?
Qaysingiz jannat eshiklari yopilishidan oldin u yerda o‘ziga qavat-qavat xonalar qurishga azm qildi?”
Ramazon kundan-kunga kamayib bormoqda…
Ammo amal qilish imkoniyati hali qo‘limizda.
Har bir oy o‘tib ketadi va uning o‘rniga boshqasi keladi.
Lekin Ramazon o‘tsa — uning o‘rnini hech narsa bosmaydi.
Shunday ekan:
• Qur’onni ko‘proq o‘qing
• Kechalarni ibodat bilan tiriltiring
• Tavbani ko‘paytiring
• Yaxshilik qilishga shoshiling
“Chunki Ramazon tez o‘tib ketadi, ammo uning savobi abadiy qoladi”.
@haniyfmediauz | 161 |
