cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Geografiya olami /Asilbek official

╔┓┏╦━━╦┓╔┓╔━━╗ ║┗┛║┗━╣┃║┃║╯╰║ ║┏┓║┏━╣┗╣┗╣╰╯║ ╚┛┗╩━━╩━╩━╩━━╝ ✵Оʀɪɢɪɴᴀʟ ᴄʜᴀɴɴᴇʟ🇺🇿 ⚠ sᴜᴘᴇʀ ᴛᴇsᴛʟᴀʀ ғᴀǫᴀᴛ ʙɪᴢᴅᴀ ⚠︎ Geografiya testlar kanaliga xush kelibsiz ⚠ ︎Geografiyadan eng ommabop testlar kanali ⚠︎ Testlarimiz hamma uchun ⚠︎ Kanalda qoling

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
179
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🏜 BILASIZMI 📝 1⃣9⃣6⃣ Ganga daryosi, Hindiston 🇮🇳 Ganga — Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uzunligi 2700 km, havzasining maydoni Braxmaputra bilan birgalikda 2055 ming km². Himolay togʻlarida 4500 m dan ham balandroq joylardan, irmoqlari Bhagirathi (Yaqinda Hindistonning Uttarkand shtatidagi Gangotri muzliklari ko'chishidan hosil bo'lgan suv toshqini hududi) va Alaknandaning qoʻshilishidan boshlanadi. Irmoqlar qoʻshilgach Ganga Himolay togʻlarining chuqur daralaridan oqadi. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻiga quyiladi. Quyilish yerida Braxmaputra bilan qoʻshilib, juda katta (100 ming km²) delta hosil qiladi. Eng yirik irmoqlari: oʻngdan — Jamna, Soʻn, Damodar, chapdan — Gomati, Ghaghra, Gandak, Bagmati, Ghugri, Mahananda. Oʻzanining kengligi 400–600 m, quyi oqimida 2 km. Bugungi kunda Ganga daryosi havzasida 400 million aholi istiqomat qiladi u bu jihati bo'yicha jahonda birinchi.
Show all...
GEOGRAFIK ATAMALAR✳️ 5️⃣7️⃣5️⃣Chorvachilik – qishloq xoʻjaligining chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. 5️⃣7️⃣6️⃣Tabiatni muhofaza qilish – tabiatni insoniyat manfaatlarini koʻzlab saqlashga va ongli ravishda oʻzgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar. 5️⃣7️⃣7️⃣Tabiat yodgorliklari – jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: gʻorlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, geyzerlar, buloqlar, relyefning gʻaroyib shakllari, geologik ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar va boshqalar.
Show all...
GEOGRAFIK ATAMALAR✳️ 5️⃣7️⃣2️⃣Shahar aglomeratsiyalari – turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy aloqalar ta’sirida joylashuvi. 5️⃣7️⃣3️⃣Shakllanayotgan urbanizatsiya – shahar aholisining ulushi 50 % dan past boʻlib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga oʻtib ketadi. 5️⃣7️⃣4️⃣Shartli oʻzgartirilmagan landshaftlar (ibtidoiy landshaftlar) – bevosita inson ta’siriga va xoʻjalikdagi faoliyatiga duchor boʻlmagan landshaftlar. Masalan, baland togʻlardagi qor-muzliklar va oʻrmonlar, qoʻriqxonalar va h.k.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🏜 BILASIZMI 📝 1⃣9⃣4⃣ Fudziyama tog'i, Yaponiya 🇯🇵 Fudziyama – (aynlar tilida Fudzi — olov maʼbudasi, yaponcha yama — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulqon, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Fudziyama Yevrosiyodagi ikkinchi eng baland vulqon (undan oldingi o'rinda Klyuchi Sopkasi keyingi o'rindi esa Sumatra orolidagi Kerinchi vulqoni). Fuji Tokio shahridan taxminan 100 km janubi gʻarbda joylashgan. Fudziyama asosan bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—1708 yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yonbagʻirlarida doimiy yashil oʻrmon va butazorlar, tog' tepasida esa tundra iqlim sharoiti shakllangan. Fudziyama yaponlarning muqaddas togʻidir. Turistlar koʻp boradi.
Show all...
📡Biz bilan birga bo‘ling👇 https://t.me/geografiya_quiztest
Show all...
📚 Geografiya DTM test savollari 🔺 Rus tilida.
Show all...
Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-sharqiy qismida yoz oylarida havo harorati necha gradusga teng?Anonymous voting
  • A) +25°C, +29°C
  • B) +24°C, +27°C
  • C) +30°C, +32°C
  • D) +26°C, +28°C
0 votes
09:38
Video unavailableShow in Telegram
📹 🇺🇸 AQSH, San-Fansisko shahri. San-Fransisko - AQSHning Kaliforniya shtatidagi shahar va okrug. Ushbu shahar sertepali yarimorolda joylashgan. San-Fransisko qo‘ltig‘i va Oltin Darvoza bo‘g‘iziga qurilgan ko‘priklar uni atrofidagi shaharlar bilan bog‘laydi. Aholisi 776,7 ming kishi (2000-yil). Shaharga 1776-yilda asos solingan. 1945-yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan San-Fransisko konferensiyasida BMT tashkil etilgan.
Show all...
Qaysi davlat aholi soni bo'yicha Yaponiyadan ilgarilab ketganidan keyin, Yaponiya jahon mamlakatlarining birinchi o'ntaligidan chiqdi?Anonymous voting
  • A) Rossiya
  • B) Indoneziya
  • C) Meksika
  • D) Braziliya
0 votes
Qaysi tabiiy geografik okrugning mezozoy, paleogen davr yotqiziqlari orasida bosimli, chuchuk suvlar mavjud, paleozoy yotqiziqlari orasida mineral, termik suvlar aniqlangan?Anonymous voting
  • A) Qizilqum
  • B) Ustyurt
  • C) Quyi Amudaryo
  • D) Orol
0 votes