Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe 👈
280
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
No data
Post views
No data24 hours
No data48 hours
No data
Engagement rate
No data
Posts per day
Posts Archive
280
Repost from N/a
QO‘SHNI QIZ.
Paranjini keng yoyib.
O‘rashibdi boshiga.
Ketdi sanam men qolib.
Begonani yoniga.
Yoshligimdan dilimga.
Ismini men yozgandim.
Uzatdilar o‘zgaga.
Qo‘shni qizni sevgandim.
Bir devor orqasidan.
Shodon kulgu kelardi.
Yor yorlar sadosidan.
Ko‘zga yoshlar to‘lardi.
Muhabbatim bilmagan.
Qo‘shni qizga yor yor.
To‘yi kuni yig‘lagan.
Yolg‘onchiga yor yor.
Ayriliqni sezgandim.
Qo‘lda gullar so‘lidi.
Muhabbatim go‘yoki.
Qurib qolgan ko‘l edi.
Aytgil sadog‘ang bo‘lay.
Sani sevmay man o‘lay.
Darddan kuygan yurakni.
Sensiz qanday ko‘ndiray.
Vadalari yolg‘onchim.
Olib ketdi yangalar.
Yorda qolib bu ko‘nglim
Boshdan sochdi tangalar.
" DADAXON MUQUM ,,
280
Repost from N/a
Ona va musofir oʻgʻil suhbati
Duet
Oʻgʻil
Assalom onajon sogʻmisiz oʻzi
Mehringizni qumsab ogʻrindim onam
Sogʻinchdan oʻgʻlingiz toʻrt boʻldi koʻzi
Men sizni judayam sogʻindim onam
Ona
Xayriyat ovozing eshitdim seni
Koʻzimga tor boʻldi bu katta olam
Qayt bolam bunchalar kutdirma meni
Men ham diydoringni sogʻindim bolam
Oʻgʻil
Qaytaman onajon biroz ishim bor
Ishlarim bitgandan uyga boraman
Ishim oz qolganda yogʻib qoldi qor
Bitgandan pulimga bilet olaman
Ona
Qoʻy bolam ishingni tugamaydi ish
Mening sabr kosam toʻldirma bolam
Sovuq yeb qolasan qattiq kelsa qish
Onangni beajal oʻldirma bolam
Oʻgʻil
Nega unday deysiz issiq ishxonam
Siz uchun asrayman oʻzimni oʻzim
Doimo gʻamimni yeysiza onam
Men tezda qaytaman farzandlik soʻzim
Ona
Ha mayli ehtiyot boʻlgina bolam
Pulni deb oʻzingni har oʻtga tiqma
Oʻzing yolgʻizimsan koʻzlari qoram
Qalinroq kiyib ol sovuqga chiqma
Oʻgʻil
Ishlashim kerakda yoqsa yoqmasa
Bu yerda yaxshiroq oylik olaman
Oziroq ishlayin xudo xohlasa
Sizni Madinaga olib boraman
Ona
Rahmat bolajonim borgancha boʻldim
Oʻzing Madinamsan oʻzing jahonim
Soʻzingdan yuragim togʻlarcha toʻldim
Meni oʻylaysana eh bolajonim
Oʻgʻil
Otam omonmikan ukamlar sogʻmi
Aytganingiz qilib yurgandir singlim
Men juda sogʻindim bolalik chogʻni
Gohida boʻshashib ketadi koʻnglim
Ona
Bari yurishibdi otang ham toʻyda
Ukang mol boqqani aylanib ketgan
Singling ham yuribdi yaxshi bir oʻyda
Oʻqishga kirishni koʻp niyyat etgan
Oʻgʻil
Hammasiga salom ayting onajon
Amaki togʻayu xola ammaga
Qoʻni qoʻshnilar ham juda mehribon
Xullas salom ayting hamma hammaga
Ona
Hammasi soʻraydi seni har kuni
Har kuni bittasi salom ayt deydi
Otanga duch kelsang bilmaysan shuni
Bir kunda yigʻishtir uyga qayt deydi
Oʻgʻil
Sogʻ boʻling onajon dunyo turguncha
Ilohim bizlarni bahtimiz koʻring
Allohim kun kelib uchrashtirguncha
Volidam oʻzingiz avaylab yuring
Ona
Mayli bolajonim omon boʻl sen ham
Yoru doʻstlaringga salomim aytgin
Kelishing intizor kutaman men ham
Sogʻintirib qoʻymay teziroq qaytgin
✍️ Dilshod Samatov.....26.01.2024........14:00
280
QARANG BUGUN YIG'LADIM.
Dardim qanday bilmadim,
Hech yurakdan kulmadim.
Besh kunlik dunyoni deb
Qarang,bugun yig'ladim.
Shodon boqar quyosh ham
Intizor unga oy ham.
Mendan ketmas hech alam,
Qarang bugun yig'ladim.
Yurak yonmaydi hamon
Orzu kelmas men tomon.
Bilmadim qanday zamon
Qarang bugun yig'ladim.
Zamon zo'rniki ekan
G'amlar boshimni ekkan.
Rostgo'yga kaltak tekkan,
Qarang bugun yig'ladim.
Qo'lda sozim, hamrohim,
Kuylab aytadi ohim.
Alloh kechir gunohim,
Qarang bugun yig'ladim.
🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
Content available for users 18+
By signing in to the service, you confirm that you are 18 years of age or older.
