cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bitiklarim ❦︎

Yo'qlik manzili... @bitiklarimga_bot

Show more
Advertising posts
189
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-2930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Remarkdan doimiy hislar: qaysi kitobini o'qishimdan qat'iy nazar qalbimga qayg'uni joylab qo'yadi. Hislarni shu darajada yetkazib beradiki, qahramonlarni shunchaki kitob qahramoni emas, hayotimni bir bo'lagidek his qilaman. Shunchaki Remark deb ham, stressga tushib qolishim hech gapdek bo'lib qolibdi ^-^ Dunyodan kitob tomon qochmoqdaman ammo dardlar hech qayerda tark etmayapti O mening sevimli fantastikam... Bekorga emas fentezini sevishim... Remark... Hatto nafratlanyapman. Shafqatsiz yozuvchi bo'lgani uchun ayblamoqdaman, ammo men yozuvchi bo'lganimda Remarkdanda shafqatsizroq bir yozuvchi bo'lardim. Qalbim og'rimoqda... Hayot...?
Show all...
🍓 6 1
Odamzod o'zini bir chimdimgina yaxshiligini, ko'pincha, vaqt o'tgandan keyin eslaydi. So'ngra naqadar oliyjanob bo'lishi mumkulinligidan to'lqinlanib, o'zini oliyhimmat kishilar qatoriga qo'shib yuradi. Yaxshi fazilat, poklik, oliyjanoblik... - Bu xislatlarni hamma vaqt boshqalardan qidirasan, azbaroyi ularning o'zlarini chuv tushirish uchun qidirasan 📚Uch og'ayni @QonliBitiklarim
Show all...
4🔥 2🍓 2
"O'zingizga xon, o'zingizga beksiz", - dedi Xesse. Bir hisobda tog'ri - yolg'iz odamni hech kim tashlab ketmaydi 📚Uch og'ayni @QonliBitiklarim
Show all...
7💯 6💔 4🔥 3 2
"Hech narsani yuragingga yaqin olma, - derdi Kester. - Yaqin olsang, o'sha narsani asrab qolmoqchi bo'lasan. Bu dunyoda hech narsani mangu asrab bo'lmaydi" 📚Uch og'ayni @QonliBitiklarim🍓
Show all...
🍓 9 4💔 3 2🔥 1💯 1
Eng qizig'i animeda yomon va yaxshi insonlar yo'q. 1-2-3-fasllarda siz kimlardandir nafratlanishingiz, kimlarnidir yomon deb hisoblashingiz mumkin ammo eng so'nggi faslda o'sha yomon deb o'ylagan insonlaringiz hikoyasi va maqsadini eshitib, nafratlanganlaringiz uchun afsuslanasiz. Yomon deb hisoblagan odamlaringizga achinasiz. Deyarli barcha yovuzlarda bo'lganidek har bir yovuzni bir qonli o'tmishi bo'ladi.
Hech kim yovuz bo'lib tug'ilmaydi Yovuz bo'lib ulg'ayadi
Anime ba'zi qahramonlari vahshiy bo'lib ko'rinsa-da, aslida ularning ham buyuk va ezgu maqsadlari bor. Ammo har narsani badali bo'ladi... Muallif juda murakkab syujet bilan sizni o'ziga rom etadi. Xullas ko'rish joiz yaxshilar :)
Show all...
🔥 8 3💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
5🔥 3
#anime Titanlar hujumi (Attack of titan) Qism: 90 ta Turi: Manga Janr: Fentezi, drama, ekshen, qo'rqinchli Muallif: Hajime Isayama
Faqatgina ozodlikning quli...
Bu anime uchun taqriz yozishdan ko'ra ko'proq hissiyotlarim bilan bo'lishmoqchiman. Animeni birinchi qismini ko'rishim bilanoq o'ziga tortti. Ichidan chiqib ketolmaydigan darjada o'ziga asir qildi. Birinchi qismdanoq qalbimgacha kirib bordi. Animening syujeti haqida qisqacha gapirsam. Animedagi voqealar 3 ta shaharda bo'lib o'tadi. Bu 3 ta shahar ulkan devorlar bilan o'ralgan. Bu devorlarning maqsadi tinch aholini "Titanlar" deb ataluvchi odamxo'r mahluqlardan himoya qilish. 100 yillardan buyon insonlarni himoya qilayotgan devorni bir kuni ulkan zirhli titan vayron qiladi... Asarning bosh qahramonlari Eren Yeger, Mikasa Akerman va Armin Arlert devor tashqarisidagi hayot va ozodlikka intiluvchi o'smirlar. Shiganshina shahri vayron etilgandan so'ng ular harbiy razvedka(skautlar)ga qo'shilishadi va titanlarga qarshi kurashishadi. Ammo ko'pgina sarguzashtlardan keyin bu urush, titanlar va insonlar orasidagi emas, insonlar o'rtasidagi urushga aylanib ketadi. Animeda hayotning naqadar beshafqatligini, shubhasiz angladim. Titanlarga qarshi kurashda, tiriklayin yem bo'lgan askarlar, do'stlari uchun qurbon bo'lganlar... Shunchaki dahshatni his qildim. Askarlarning irodasiga qoyil qoldim. Animedagi janglarni, chigal vaziyatlarni, umidsiz holatlarni ko'rar ekanman, bu holatda o'zimni tasavvur qildim. Askarlar taslim bo'lmay kurashar ekan, meni hayolimda faqat suidsidlik aylandi. Nega endi titanga tiriklayin yem bo'lib, o'lish uchun kurashish kerak? Undan ko'ra suidsidlik ancha oson-ku, degan narsa hayolimda aylanaverdi. Hattoki umid 0.1% bo'lganda ham kurashishni shu animedan o'rgandim. Komandirlarning askarlarini ruhlantirishlari, askarlar o'zining buyuk maqsadi yo'lida jonini qurbon qilishi, bular shunchaki balandparvoz gap yoki safsata emas, bu ularning hayoti mazmuni edi. Animedagi ko'p vaziyatlar jahon urushlarida ham bo'lgan. Va ba'zi qahramonlar o'tgan asrda yashab o'tgan, mashhur insonlardan ilhonlamlangan Animeni ko'pchilik yosh bolalar uchun deb hisoblashi eng katta xatodir. Birgina shu animeda, hayotning ma'nosi, millatchilik oqibati, qasos, qullik psixologiyasi, davlat va xalq o'rtasidagi munosabat, inson qadri, genosid kabi muhim mavzular olib chiqilgan Animeda hissiyotlar shu qadar yorqin ochib berilganki, sizni ham yig'latadi ham xursand qiladi. Animeni ko'ra turib, ichingizga sig'may ketasiz, bu haqida kimdir bilan suhbatlashgingiz keladi, mazmuni haqida soatlab suhbatlashgingiz keladi. Menda aynan shunday bo'ldi. Animeni har bir qismi tugagandan so'ng kuchli  hayajon ichra qoldim. Hatto hozir ham ta'siridaman. Aslida juda ko'p narsalarni ochiqlamoqchi edim ammo spoyler bo'lib ketardi shuning uchun hissiyotlarimni zo'rg'a bosib, bu taqrizni amallab yozdim. Bekorchi serial va filmlar o'rniga shu animeni ko'rishni qattiq tavsiya qilaman. Shaxsiy reyting: 10/10 ! ©Bibliophile @QonliBitiklarim🍓
Show all...
5🔥 2
... to live... and be happy.
Show all...
7🕊 2
#Yangi mutolaalar ("Bovari xonim" yakunlandi. Fikrlarim jamlanib olsa, taqriz yozaman)
Show all...
13🔥 1🍓 1
Photo unavailableShow in Telegram
#New book
Show all...
6💔 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.