cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TOSHKENT SHAHAR QURILISH BOSH BOSHQARMASI

Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi rasmiy kanali Murojaat uchun telefon: +998 55 512-10-01 (120)

Show more
Advertising posts
484
Subscribers
-124 hours
-997 days
+830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🎉💐#TABRIK    Kelajakka ishonch bilan boqing!  🔔 Bugun siz maktab bitiruvchilari - katta hayot boʻsagʻasida turibsiz. Bu hayotning yangi, masʼuliyatli bosqichi. Bilasizmi, baʼzan yuqori choʻqqilarni zabt etish imkonsizdek tuyuladi. Yuksak marralar faqat omadli va iqtidorlilar uchun degan fikrga kelamiz. Ammo unday emas. Barcha muvaffaqiyatlar eng avvalo, tinimsiz mehnat va harakat orqali keladi. Ishoning, egallab boʻlmaydigan bilim, oʻzlashtirish mumkin boʻlmagan koʻnikmaning oʻzi yoʻq. Kelajakka ishonch bilan boqing! Orzularingiz yoʻlida izlaning, mashaqqatli yoʻl faqatgina omad sari boshlashini aslo unutmang. 🎊 Men sizning chaqnoq nigohlaringizga boqib, buyuk insonlar, shu jumladan, salohiyatli quruvchilar, kommunal soha bilimdonlarini koʻraman. Xususan, mamlakatimizning bunyodkorlik sohasini rivojlantirishda bor kuch-gʻayrati, iqtidorini sarflashga tayyor, zamon bilan hamnafas fikrlovchi yoshlar borligidan quvonaman. ✔️Siz jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol aʼzosi, mamlakatimiz salohiyatini belgilovchi buyuk kuchsiz. Ishonchim komilki, Yangi Oʻzbekistonning munosib poydevorlari sifatida ota-onangiz va ustozlaringiz yuzini yorugʻ qilasiz. Orzularingiz, maqsadlaringiz bugungi islohotlar singari ulkan, erishadigan marrangiz, koʻtariladigan shohsupangiz esa  osmonoʻpar binolardek baland boʻlsin! 🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zakirov      Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga tabrik yoʻlladi 👉 https://xs.uz/uz/113730 Rasmiy sahifalarimiz👇 Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
Show all...
00:48
Video unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi Qurilish va meʼmorchilik haqida gap ketar ekan, unda quruvchilar mehnati va xavfsizligini alohida taʼkidlash lozim. Qurilish jarayonlarida ishchilarning hayot xavfsizligini to‘la taʼminlash har bir quruvchi tashkilotlardagi qurilish xavfsizligi bo‘yicha masʼul xodim zimmasiga yuklatiladi. Uning vazifasi: 🔹qurilish jarayonlarini muntazam kuzatib borish; 🔹xavfli vaziyatlar aniqlanganida, tezkorlik bilan bartaraf etish choraklarini koʼrish; 🔹 ishchilarni doimiy xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib borish; 🔹 havfsizlik kiyimlarida ishlashini ta’minlash; 🔹 va ish qurollarining sozligini nazorat qilishdan iboratdir. Instagram sahifamiz 👇 https://instagram.com/tsh_qurilish_bosh_boshqarmasi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Show all...
👍 1
00:06
Video unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir. Abu Ali ibn Sino
Show all...
👍 1👌 1🏆 1
00:18
Video unavailableShow in Telegram
#Bu_qiziq ❗️🏗 Qurilishda kaska nima uchun zarurligini ushbu o‘tkazilgan tajriba orqali bilib olishingiz mumkin. Instagram sahifamiz 👇 https://instagram.com/tsh_qurilish_bosh_boshqarmasi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Show all...
👍 2
#Murojaat_va_yechim Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda, tuman qurilish bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida jami 19 ta fuqarolar murojaati qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilib, qolgan 16 tasiga tuman mutaxassislari tomonidan huquqiy tushunchalar berildi. Instagram sahifamiz 👇 https://instagram.com/tsh_qurilish_bosh_boshqarmasi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik Isteʼmolchi ko‘chmas mulkni olgandan eʼtiboran 2 yil mobaynida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Instagram sahifamiz 👇 https://instagram.com/tsh_qurilish_bosh_boshqarmasi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Show all...
👍 1
#Murojaat_va_yechim Bugun aholining sohaga oid muammolarini tinglash hamda ularga yechim topish maqsadida, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida muntazam tarzda tashkil etib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda, tuman qurilish bo‘limlari mutaxassislari tomonidan davomida jami 27 ta fuqarolarning murojaatlari qayd etildi. Bunda asosiy murojaatlar: - ruxsatnomalar berish tartibi; - yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga qo‘yiladigan talablar; - loyihani kelishishda amalga oshiriladigan jarayonlar tartibi kabi masalalardan iborat bo‘ldi. Kelib tushgan murojaatlarning 7 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan bo‘lsa, qolgan 20 tasiga huquqiy tushunchalar berildi. Instagram sahifamiz 👇 https://instagram.com/tsh_qurilish_bosh_boshqarmasi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Statistika 📊 4 oyda O‘zbekistonda 46,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan 🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasida 46,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. ✅ Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 % ga oshgan. ✅ 2024 yilning 1 may holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 32 926 taga yetgan. ✅ Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning 7 248 tasi Toshkent shahrida joylashgan.
Show all...
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Unga ko‘ra, Yashnobod tumani, Barkamol MFY, Aviasozlar-2 mavzesida qurilishi rejalashtirilayotgan bino bo‘yicha aholi tomonidan noroziliklar bildirilgan. Mazkur obyekt “City Towers Stroy” MCHJga tegishli bo‘lib, Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan 2022-yil 4-iyunda 1726290-55485-sonli ruxsatnoma berilgan. Yuqoridagi ruxsatnoma asosida, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 15-iyunda 1726-1726290-44500-sonli Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. “Arh Stil Proekt” МЧЖ loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2023-yil 30-dekabrda 104827944-sonli xulosasi kelishib berilgan. Shuni ham taʼkidlab o‘tish joizki, qurilish ishlarini boshlashdan oldin qurilish tashkiloti Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng, qurilish yakunlanguniga qadar bo‘lgan jarayonlar inspeksiya nazoratida bo‘ladi. Hozirda ushbu hududda qurilish ishlari hali boshlanmaganligini maʼlum qilamiz. Instagram sahifamiz 👇 https://instagram.com/tsh_qurilish_bosh_boshqarmasi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Show all...