AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
Open in Telegram
Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy telegram kanali ==================================== ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 info@sttm.uz 🔗 https://sttm.uz
Show more3 726
Subscribers
-124 hours
-307 days
-16830 days
Posts Archive
➕Shifokor qabulxonasi: bachadon boʻyni salomatligi haqida savollaringiz ❗️
Bu videoda biz ayollar salomatligi uchun hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan mavzuni — bachadon boʻyni saratonini aniqlash uchun moʻljallangan skrining haqida suhbatlashamiz.
Skrining bu sogʻlom ayollarni bachadon boʻyni saratoniga tekshirish. Ushbu tekshiruv orqali kasallikni erta aniqlash va uning oldini olish mumkin.
Videoni oxirigacha koʻring!
Erta aniqla- hayotni saqla
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Sog'lom turmush tarzi va inson psixologiyasi, nimalarga e'tibor qaratishimiz lozim❗️
💡 Javobni bilishni xohlaysizmi?
✅ Bizning YouTube kanalimizdagi podcastni tomosha qiling va barcha sirlarni kashf eting!
🖤 [YouTube havolasi]
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ JSST eksperti: Elektron sigaretalarni taqiqlagan mamlakatlarda natija aniq — isteʼmol kamaymoqda❗️
Jahonda elektron sigaretalar va nikotinli veyplar yoshlar orasida tez surʼatda tarqalmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (WHO) Tamakiga qarshi kurash boʻlimi rahbari Dr. Vinayak Prasad Uzdiplomatʼga bergan intervyusida fikr bildirdi.
42 davlat elektron sigaretalarni butunlay taqiqlagan
JSSTning 2025 yil uchun Global tamaki nazorati hisobotiga (GTCR 2025) koʻra, dunyoda 42 ta davlat elektron sigaretalarni sotish, import qilish yoki ishlatishni toʻliq taqiqlagan.
Yana 7 ta davlat bir martalik veyplar aylanmasini cheklagan.
Hindiston misoli: 400 million yoshni himoya qilgan qaror
Hindistonda elektron sigaretalar toʻliq taqiqlangan. Mamlakat dunyodagi eng yosh aholiga ega davlatlardan biri — 400 milliondan ortiq yoshlar yashayotgan yurtda veyplar erkin boʻlganida oqibatlar juda ogʻir boʻlar edi.
Doktor Prasad:
«Agar bu mahsulot bozorda erkin boʻlganida, Hindistondagi yuz millionlab yoshlar uchun oqibatlar dahshatli boʻlardi. Taqiq millionlab aholini himoya qildi».
Koʻpincha aytiluvchi bahona — «qora bozor kuchayadi». Ammo Hindiston tajribasi aksincha holatni koʻrsatgan: noqonuniy savdo keskin oshmagan, bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari nazorati yetarli boʻlgan.
Singapurning ochiq chegaralarida ham nazorat bor
Elektron sigaretalarni taqiqlagan yana bir davlat – Singapur. Har kuni minglab odamlar qoʻshni mamlakatlar bilan erkin harakat qiladi, ammo mamlakat qatʼiy bojxona nazorati orqali noqonuniy mahsulot kirishining oldini olyapti.
JSSI ekspertiga koʻra:
«Singapur singari ochiq chegarali mamlakatlarda ham taqiq samarali. Bu faqat nazoratni kuchaytirish masalasi».
Deyarli 50 ta davlatda elektron sigaretalar taqiqlangan. Ularning barchasida umumiy tendensiya bitta:
✔️tamaki isteʼmoli pasaymoqda;
✔️yoshlar orasida nikotinga qoʻshimcha qiziqish kamaygan;
✔️davlatlar barqaror ijobiy natijalarga erishmoqda.
Eslatma, 2025 yil 30 aprelda Oʻzbekiston Senati elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonuni maʼqullagan. Ammo, qonun hamon kuchga kirgan emas.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
+4
➕Buxoro viloyati Olot tumanida “Salomatlik marafoni” oʻtkazildi❗️
Olot tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida “Salomatlik marafoni” boʻlib oʻtdi. Tadbirda 50 nafarga yaqin malakali shifokor va mutaxassislar ishtirok etdi.
Marafon doirasida aholiga sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish va profilaktikaning ahamiyati boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ JSST ekspertlari: “Filtrli sigaretalar himoya emas aldov va firib”❗️
✔️ Sigaretalardagi filtr sababli chekuvchilar saratonning yangi va og‘irroq turiga chalinmoqda
Jenevadagi COP11 anjumanida jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari jurnalistlar bilan uchrashuvda filtrli sigaretalar haqidagi eng katta yolg‘onni fosh etdi:
sigaretalarga qo‘yilayotgan filtrlar zararni kamaytirmaydi. Bu reklama va bozor uchun navbatdagi yolg‘on xolos. Bu haqida Jenevadan anjumanda qatnashayotgan uzdiplomat muharriri xabar bermoqda.
“Filtrlar insonni emas, statistikani aldaydi”
Ekspertlarning aytishicha, filtrlar sigareta xavfini kamaytira olmaydi. Ular faqat chekish mashinalaridagi o‘lchovlarni “ijobiy ko‘rsatish” uchun yaratilgan. Ventilyasiya teshiklari tufayli bu o‘lchovlar sun’iy ravishda past ko‘rinadi.
“Bu — firib. Filtrlar hech qanday himoya emas”, — dedi JSST mutaxassisi.
Saraton ko‘paymoqda
Olimlarning ta’kidlashicha, filtrli sigaretalar o‘tgan 20 yilda o‘pka saratonini kamaytirmadi.
Aksincha, saratonning chuqurroq to‘qimalarni zararlaydigan adenokarsinoma turi keskin ko‘paygan. Onkolog mutaxassis shunday deydi: “Ba’zida bir kunda yetti nafargacha saraton bo‘lgan bemorlarni ko‘raman. Ularning aksariyati — o‘pka adenokarsinomasi.”
JSSTning xulosasi
Filtr — himoya vositasi emas. U odamlar uchun emas, bozor va PR uchun yaratilgan.
Ayni vaqtda Jenevada (Shveysariya) Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha Hadli konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 11-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu tadbirda jurnalist Anora Sodiqova ishtirok etib, kun tartibida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan xabar bermoqda.
Manba
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Namangan viloyati Namangan tumanida "Salomatlik marafoni" davom etmoqda❗️
Ushbu marafon tumandagi har bir fuqaroning sogʻligʻini yaxshilashga, kasalliklarni erta aniqlashga va aholi orasida tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
+4
➕Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida sogʻlom hayot sari qadam: “Salomatlik marafoni” allaqachon boshlangan ❗️
Aholi salomatligini mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida Fargʻona Viloyati Fargʻona tumanida profilaktik tadbirlar — “Salomatlik marafoni” boshlangan.
Marafon doirasida belgilangan asosiy yoʻnalishlar:
Fargʻona tuman boʻyicha hududiy shtab shakllantirildi va masʼullarga vazifalar belgilandi;
2025–2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi;
Mahalliy hokimiyat bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi;
Koʻrik va targʻibot tadbirlari uchun zarur jihozlar, koʻrgazmali vositalar bilan taʼminlandi;
Aholi uchun profilaktik tibbiy koʻriklar muntazam oʻtkazilmoqda;
Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu marafon tumandagi har bir fuqaroning sogʻligʻini yaxshilashga, kasalliklarni erta aniqlashga va aholi orasida tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
